Axborot soati materiallari


Download 455.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2019
Hajmi455.37 Kb.
#78583

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



AXBOROT SOATI MATERIALLARI 

12 fevral 2019 yil

 

 



YANGILIKLAR VA VOQEALAR 

 

XORIJIY DAVLATLAR BILAN HAMKORLIKKA OID “YOʻL XARITA”LARI IJROSI 



KOʻRIB CHIQILDI 

 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  4  fevral  kuni 



Germaniya, Fransiya, Hindiston va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama 

hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, qabul qilingan 

“yoʻl xarita”larini soʻzsiz 

ijro etish masalalariga 

bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi. 

Bu haqda 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati maʼlum qildi. 

Investitsiya 

– iqtisodiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Shu bois bu 

masala davlatimiz rahbarining doimiy 

eʼtiborida boʻlib kelmoqda. 2019 yil mamlakatimizda 

“Faol  investitsiyalar  va  ijtimoiy  rivojlanish  yili”  deb  eʼlon  qilindi.  Bu  sohadagi  ishlar 

samaradorligini  oshirish  maqsadida 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  va  tashqi 

savdo vazirligi tashkil etildi. 

Yigʻilishda  mamlakatimiz  iqtisodiyotiga  investitsiyalarni  jalb  etib,  ular  asosida 

biznesni rivojlantirish, ish 

oʻrinlari yaratish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, 

lekin bular hali yetarli emasligi 

taʼkidlandi.  

–  Investitsiya  bilan  shugʻullanuvchi  kadrlar  yetishmaydi.  Investorlar  bilan  ishlash 

tizimini  takomillashtirish,  mavjud  infratuzilmani  rivojlantirish  zarur.  Shu  bois  bu  soha 

boʻyicha hali yana koʻp ishlashimiz, izlanishimiz kerak. Tashqaridan investitsiya kirmasa, 

mamlakat rivojlanmaydi, 

– dedi Shavkat Mirziyoyev.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Keyingi  yillarda 

Oʻzbekistonning  yetakchi  xorijiy  davlatlar  bilan  aloqalari  jadal 

rivojlanib,  yangi  mazmun  bilan  boyib  bormoqda.  Siyosiy  muloqotlar  va  delegatsiyalar 

almashuvi faollashyapti.  

Davlatimiz rahbarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari davomida 

oʻzaro hamkorlik va 

sheriklik  munosabatlari  yangi  bosqichga 

koʻtarilgani,  Oʻzbekiston  bilan  Germaniya, 

Fransiya,  Hindiston  va  Birlashgan  Arab  Amirliklari 

oʻrtasida  umumiy  qiymati  14  milliard 

AQSH dollardan ortiq 

boʻlgan manfaatli shartnoma va kelishuvlar imzolangani qayd etildi. 

 

Jumladan,  Fransiya  va  Germaniya  kabi  nafaqat  Yevropa  Ittifoqi,  balki  jahonning 



yetakchi  davlatlari 

Oʻzbekistonning  ishonchli  va  istiqbolli  sheriklaridan  boʻlib,  tashriflar 

oʻzaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.  

Ushbu  mamlakatlardan  avvalo,  zamonaviy  texnologiyalar,  innovatsiyalar, 

ilgʻor 

tajriba va boshqaruv menejmentini yurtimizga jalb etish eng ustuvor vazifadir. 



Investitsiyaviy  loyihalar 

boʻyicha  bitim  va  kelishuvlarning  bajarish  muddati,  masʼul 

idoralar va shaxslar 

“yoʻl xarita”larida aniq koʻrsatilgan. 

Davlatimiz  rahbari  xalqimiz  farovonligiga  xizmat  qiluvchi  istiqbolli  loyihalarni 

oʻz 


vaqtida va 

toʻliq bajarish zarurligini taʼkidladi.  

Shu  maqsadda  Germaniya  bilan  tuzilgan  Investitsiya  va  texnologiyalar 

boʻyicha 

qoʻshma  qoʻmitaning  ishchi  guruhi  “Yoʻl  xaritasi”dagi  loyihalar  monitoringi  va  soʻzsiz 

amalga oshirilishiga javob beradi. Shunday tizimli ishni boshqa davlatlar bilan ham tatbiq 

qilish kerakligi qayd etildi.  

Prezidentimiz 

oʻtgan yili oktyabr oyida Nyu-Dehlida va shu yil yanvar oyida Gujaratda 

Hindiston Bosh vaziri Modi bilan uchrashib, ushbu tashriflar natijasida salkam 3,5 milliard 

dollarga  teng  investitsiyaviy  loyihalar  va  savdo  bitimlarini  amalga  oshirishga  kelishib 

olingan edi. Ushbu bitimlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 

sogʻliqni saqlash va 

farmatsevtika,  innovatsiya,  qishloq 

xoʻjaligi,  agroklasterlar,  taʼlim  kabi  sohalarga 

tegishlidir.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Andijonda  farmatsevtika  sohasi 

boʻyicha birinchi qoʻshma erkin iqtisodiy zonasi va 

Sharda universiteti, Toshkentda texnopark va Amiti universitetining ochilishi, zamonaviy 

tibbiyot klinikalari qurilishi va shu kabi qator loyihalar 

toʻliq ijro etilishi zarurligi qayd etildi.  

Arab-musulmon dunyosida katta nufuzga va ulkan salohiyatga ega Birlashgan Arab 

Amirliklari bilan ham ikki va 

koʻp tomonlama hamkorlikni davlatlarimiz imkoniyatlariga mos 

darajaga 

koʻtarish  yoʻlida  izchil  qadamlar  tashlanmoqda.  Keyingi  paytlarda  ushbu 

mamlakat  bilan  delegatsiyalar  almashuvi  faollashib,  loyihalar 

boʻyicha jadal tayyorgarlik 

ishlari olib borilmoqda. 

Yigʻilishda BAAning moliyalashtirish imkoniyatlari va investitsiyalarini Oʻzbekistonga 

jalb qilish xususida ham 

soʻz yuritildi.  

 

“Yoʻl  xarita”laridagi  har  bir  loyiha  sifatli  va  oʻz  muddatida  bajarilishiga  erishish, 



muammoli  loyihalar 

boʻyicha  yangi  hamkorlarni  izlab  topishga  asosiy  eʼtibor  qaratish 

kerakligi qayd etildi. 

Yigʻilishda  xorijiy  sheriklar  bilan  oʻzaro  manfaatli  hamkorlikni  izchil  rivojlantirishga 

qaratilgan  bu  kabi 

qatʼiy  saʼy-harakatlar  mamlakatimizning  barqaror  taraqqiyotiga  va 

xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi 

taʼkidlandi. 

Xorijiy 

investitsiyalar 

boʻyicha  erishilgan  kelishuvlarning  ijrosi  yuzasidan 

mutasaddilarning axboroti eshitildi.  

 

 

IQTISODIYOT TARMOQLARI VA HUDUDLARDA EKSPORT HAJMINI 



OSHIRISH VAZIFALARI BELGILAB BERILDI 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 6 fevral kuni 



iqtisodiyot  tarmoqlari  va  hududlarda  eksport  hajmini  oshirish  borasidagi  eng 

muhim vazifalarga 

bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.  

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Unda  Bosh  vazir  va  uning 

oʻrinbosarlari,  vazirlik  va  idoralar  rahbarlari, 

videokonferensaloqa  orqali 

Qoraqalpogʻiston  Respublikasi,  viloyatlar,  Toshkent  shahar 

rahbariyati, yirik kompaniyalar vakillari, elchilar ishtirok etdi.  

Eksport 


–  iqtisodiyot  barqarorligining  asosiy  omili.  Valyuta  zaxiralarini 

koʻpaytirishning yagona yoʻli ham eksport hajmini keskin oshirishdir.  

Mamlakatimizda  eksport  faoliyatini  yengillashtirish  va 

qoʻllab-quvvatlash  borasida 

koʻrilayotgan choralar natijasida oʻtgan  yili eksport hajmi 14 milliard 258 million dollarni 

tashkil etib, 13,6 foizga 

oʻsgan.  

Keyingi  ikki  yilda  eksport  geografiyasi  50  ta  davlatga  kengayib,  140  taga  yetgan. 

Eksportga 120 ta yangi turdagi mahsulot chiqarilgan. Eksport tarkibida tayyor mahsulotlar 

ulushi  56  foizni  tashkil  etib,  hududiy  sanoat  eksporti  qariyb  1,7  barobar 

oʻsgan.  Biroq 

shunga 


qaramay, 

hali 


ham 

mamlakatimizning 

eksport 

salohiyatidan 

toʻliq 

foydalanilmayapti.  



Yigʻilishda  Prezidentimiz  eksportbop  mahsulotlar  tarkibini  diversifikatsiya  qilish, 

eksportda  xomashyo 

boʻlmagan  mahsulotlar  ulushini  kamida  60  foizga  yetkazish 

zarurligini 

taʼkidladi.  Shu  maqsadda  Oʻzbekiston  Respublikasining  2019-2025  yillarga 

moʻljallangan milliy eksport strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.  

Mazkur strategiya eksportyorlarga 

koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini toʻliq elektron 

shaklga 

oʻtkazish, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, mamlakatimizni “Doing Business” 

reytingida 

“tashqi  savdo”  koʻrsatkichi  boʻyicha  yuqori  50  ta  davlat  qatoriga  kiritish 

masalalarini  qamrab  oladi.  Xorij  tajribasidan  kelib  chiqib,  eksport  qiluvchilar  faoliyatini 

muvofiqlashtirish,  ularga  har  tomonlama 

koʻmaklashish  maqsadida  Oʻzbekiston 

eksportyorlar assambleyasi tashkil etiladi.  

Videoselektor 

yigʻilishida  eksportni  koʻpaytirishda  yoʻl  qoʻyilgan  kamchiliklarni 

bartaraf etish, bu boradagi ishlarni jonlantirish masalalari muhokama qilindi.  

Oʻtgan  yili  hududiy  eksport  prognozi  bajarilmagani,  ayniqsa,  Qashqadaryo, 

Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida bu borada 

sustkashlikka 

yoʻl  qoʻyilgani  qayd  etildi.  Hududiy  meva-sabzavot  eksporti  prognozdan 

ancha kam 

boʻlgani, birorta hududda bu boradagi reja bajarilmagani tanqid qilindi.  

Albatta, eksport jahon bozoridagi 

konʼyunkturaga ham bogʻliq. Xorijiy ekspertlar joriy 

yilda  ham  asosiy  xomashyo  mahsulotlarining  jahon  bozoridagi  narxlari  past 

boʻlishini 

prognoz qilmoqda. Shu bois, 2019 yilgi eksport prognozi 

oʻtgan yilga nisbatan 30 foizga 

koʻp etib belgilandi.  

Davlatimiz  rahbari  eksport  prognozini 

taʼminlashni  aniq  hisob-kitob  asosida  tashkil 

etish, bu borada yangi tizimni 

yoʻlga qoʻyishni taklif qildi. Unga muvofiq, avvalo, Respublika 

eksport  shtabi  faoliyati  tubdan  takomillashtiriladi.  Shtab  vakillari 

Qoraqalpogʻiston 

Respublikasi va viloyatlarga biriktiriladi.  

Shuningdek,  Bosh  vazir 

oʻrinbosarlari  va  maslahatchilari  oʻzlari  mutasaddilik 

qiladigan  vazirlik  va  idoralar  hamda 

xoʻjalik  birlashmalari  tomonidan  eksport  prognozi 

bajarilishi uchun shaxsan javobgar etib belgilanadi.  

Respublika  eksport  shtabi,  Bosh  vazir 

oʻrinbosari  hamda  Investitsiyalar  va  tashqi 

savdo vazirligi tarmoqlar va hududlar 

boʻyicha oʻn kunlik eksport jadvallarini ishlab chiqib, 

tuzilgan eksport shartnomalarini 

soʻzsiz bajarish hamda qoʻshimcha kelishuvlar imzolash 

choralarini 

koʻradi.  

Ikkinchidan, har bir viloyat, tuman va shaharda eksport 

boʻyicha doimiy ishlaydigan 

shtablar tashkil etiladi. Ular 

masʼulligida eksportbop mahsulotlar ekish, xoʻjaliklarni sifatli 

urugʻ  va  koʻchat  bilan  taʼminlash,  hosilni  nest-nobud  qilmasdan  yigʻib  olish,  saralash, 

qadoqlash,  saqlash  va  qayta  ishlash,  mahsulotlarni  tashqi  bozorga  chiqarishgacha 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



boʻlgan yaxlit tizim yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, ushbu shtablar ichki va tashqi logistika, 

sertifikatsiya  masalalariga,  kichik  biznes  subyektlarining  eksportini 

koʻpaytirish,  kerak 

boʻlsa, aylanma mablagʻlar uchun kreditlar ajratilishiga koʻmaklashadi.  

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, har bir viloyat, tuman va shahar shtablari tarkibiga 

iqtisodiyot,  qishloq 

xoʻjaligi,  transport,  energetika,  bojxona,  standartlashtirish,  karantin 

boʻyicha  respublika  idoralari,  shuningdek,  Savdo-sanoat  palatasining  joylardagi 

boshqarma va 

boʻlimlari hamda tijorat banklaridan vakillar kiritiladi.  

Yigʻilishda  hududdagi  shtablar  eksportyorlar  bilan  doimiy  ravishda  ishlashi, 

muammolarini tezda hal qilib borishlari zarurligi 

taʼkidlandi. Amalga oshirilayotgan ishlar 

natijalari 

“onlayn” maʼlumotlar bazasiga kiritilib, nazorat qilib boriladi.  

Uchinchidan, vazirlar va 

xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻz yoʻnalishidagi korxonalar 

boʻyicha eksport prognozi bajarilishi uchun javobgar boʻladi.  

Misol  uchun, 

“Oʻztoʻqimachiliksanoat”  uyushmasi  klasterlarda  paxta  xomashyosini 

yetishtirishdan tortib, uni chuqur qayta ishlashga, respublika 

boʻyicha barcha toʻqimachilik 

mahsulotlari eksportiga 

masʼul boʻladi.  

Shu  bois,  tarmoqlarda  zamonaviy  texnologiyalarni  jalb  etgan  holda,  yuqori 

qoʻshimcha qiymatli tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarurligi taʼkidlandi.  

Toʻrtinchidan,  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  Eksportni  qoʻllab-quvvatlash 

milliy tizimini samarali ishga solib, korxonalarga tashqi bozorga chiqishga 

koʻmaklashadi, 

ularni moliyaviy 

qoʻllab-quvvatlash va sugʻurtalash choralarini koʻradi. Ushbu tizim faoliyati 

eksport  shtablari  bilan  hamkorlikda 

yoʻlga  qoʻyilishi,  eng  muhimi,  korxonalar  bu  tizim 

samarasini sezishi lozimligi qayd etildi.  

Beshinchidan, eksportni 

taʼminlashda barcha vazirlik va idoralar bevosita qatnashadi. 

Jumladan, Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari elchilar bilan birgalikda 

xorijiy  davlatlardagi  bozor  talablari  va  buyurtmachilarni  aniqlab,  eksport  shtablariga 

muntazam taqdim etib boradi.  

Hududlarga  biriktirilgan  elchilar  hokimliklarga  tashqi  bozorda  xaridor  topish  hamda 

mahalliy korxonalarni xorijiy davlatlardagi 

koʻrgazmalarga yuborishga koʻmaklashadi.  

Oltinchidan, transport va logistika xizmatlarini yaxshilashga katta 

eʼtibor qaratiladi.  

Maʼlumki,  bu  borada  20  dan  ortiq  xalqaro  transport  koridori  va  yoʻnalishlari  yoʻlga 

qoʻyilgan, avtomobilda xalqaro yuk tashish boʻyicha 30 davlat bilan hamkorlik oʻrnatilgan. 

Lekin logistika va 

yoʻl infratuzilmasi, chegara bojxona punktlari quvvati oʻsib borayotgan 

tranzit talablariga 

toʻla javob bermayapti.  

Mutasaddilarga logistika markazlari va 

yoʻlboʻyi infratuzilmasini yanada rivojlantirish, 

chegara-bojxona  punktlarining  texnik  holati  va 

oʻtkazuvchanlik  qobiliyatini  yaxshilash, 

transport vositalari va yuklarni rasmiylashtirishda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish 

yuzasidan topshiriqlar berildi.  

Samolyotda 

yoʻlovchi va yuk tashish uchun tarif siyosatini optimallashtirish, xususiy 

operatorlarga  vagonlar  parkini  tashkil  etishda 

koʻmaklashish,  tranzit  davlatlardan 

chegirmalar olish va eksportyorlarga tatbiq etish vazifalari 

qoʻyildi.  

Yettinchidan,  eksport  tovarlarini  standartlashtirish  va  sertifikatlash  talab  darajasida 

emasligi, aksariyat standartlar jahon andozalariga mos kelmasligi ularni eksport qilishda 

jiddiy qiyinchiliklar 

tugʻdirmoqda. Shu bois, “Oʻzstandart” agentligiga manfaatdor vazirlik 

va  idoralar  bilan  birgalikda  sertifikatlash  va  standartlashtirish 

boʻyicha  mavjud 

kamchiliklarni bartaraf etish topshirildi.  

Yigʻilishda  meva-sabzavot  mahsulotlarini  eksport  qilishni  samarali  tashkil  etish 

masalalari  ham  muhokama  qilindi.  Shu 

yoʻnalishga  ixtisoslashtirilgan  67  ta  tumanda 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



ekinlarni  optimal  joylashtirish,  yetishtirilgan  meva-sabzavotlarning  kamida  25  foizini 

eksportga 

yoʻnaltirish zarurligi taʼkidlandi.  

Mazkur  tumanlarda  meva-sabzavotchilik  klasterlari  tashkil  etish,  shunday 

mahsulotlarni qayta ishlaydigan zamonaviy korxonalarni 

koʻpaytirish yuzasidan tavsiyalar 

berildi.  

Hamma  aniq  bilishi  kerak.  Eksportbop  sifatli  meva-sabzavotlar  yetishtirilmasa  va 

xorijga yil davomida yetkazib berilmasa, eksportni keskin oshirib 

boʻlmaydi, dedi Shavkat 

Mirziyoyev.  

Meva-sabzavot  mahsulotlari  eksportyorlariga  yengillik  yaratish  maqsadida 

Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Boltiqboʻyi davlatlari bilan “yashil yoʻlak” tizimini joriy 

qilish, karantin xizmatlaridan belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali Xitoy, Janubiy 

Koreya,  Yaponiya,  Hindiston,  AQSH  va  Yevropa  bozoriga  kirish 

boʻyicha  koʻrsatmalar 

berildi.  

Yigʻilishda  yana  bir  dolzarb  vazifa  –  xizmatlar  eksportini  kengaytirish,  ayniqsa, 

turizmni rivojlantirish istiqbollari haqida ham 

soʻz yuritildi.  

Makroiqtisodiy barqarorlik 

koʻp jihatdan importni tartibga solishga ham bogʻliq ekani 

taʼkidlanib, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish, importning 

tarif va notarif boshqaruv siyosatini takomillashtirish masalalariga 

eʼtibor qaratildi.  

Videoselektor 

yigʻilishida  muhokama  qilingan  masalalar  yuzasidan  mutasaddi 

rahbarlarning hisoboti eshitildi. 

 

 

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI 



TAʼMINLASH SOHASIDA KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI 

TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 

QARORI 

Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatida  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat 

xavfsizligini 

taʼminlash  sohasida  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  samaradorligini 

yanada oshirish maqsadida: 

1. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi,  Milliy  gvardiyasi  va  Ichki  ishlar 

vazirligining  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatining  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va 

jamoat  xavfsizligini 

taʼminlash  sohasida  yuridik  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 

boʻyicha  Toshkent  davlat  yuridik  universitetining  Ixtisoslashtirilgan  filialini  (keyingi 

oʻrinlarda – Filial) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. 

2. Filialning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 

yurisprudensiya  sohasida  bazaviy  va  amaliy  kasbiy  tayyorgarlikni 

taʼminlashga 

qaratilgan 

oʻquv  rejalari  va  dasturlari  asosida  huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat 

xavfsizligini 

taʼminlash sohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash; 

nazariy  tayyorgarlikning  huquqni 

qoʻllash  faoliyati  bilan  uzviy  bogʻliqligini 

taʼminlashga  qaratilgan  zamonaviy  shakl  va  usullar,  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini 

qoʻllagan  holda  oʻquv  jarayonini  taʼlim  berishning  modul  tizimi  asosida 

tashkil etish; 

taʼlim oluvchilarning psixologik tayyorgarligi, huquqiy, siyosiy madaniyati va huquqiy 

ongini oshirishning samarali tizimini yaratish; 

taʼlim  oluvchilarning  aholi  va  ommaviy  axborot  vositalari  bilan  ishlash  va  oʻzaro 

hamkorlik qilish 

koʻnikmalarini takomillashtirish; 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat  xavfsizligini 

taʼminlash  boʻyicha  faoliyatini 

uslubiy va konsultativ 

taʼminlash; 

yuridik  kadrlarni  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  malakasini  oshirishni  amalga 

oshiruvchi 

taʼlim  va  ilmiy-tadqiqot,  shu  jumladan,  xorijiy  mamlakatlardagi  muassasalar 

bilan 


oʻzaro samarali idoralararo hamkorlikni chuqurlashtirish. 

3. Belgilab 

qoʻyilsinki: 

Filial  Toshkent  davlat  yuridik  universitetining  tarkibiy 

boʻlinmasi  –  yuridik  shaxs 

maqomiga ega oliy 

taʼlim muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat 

gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhri va blanklariga, mustaqil balansiga va 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  Gʻaznachiligida  shaxsiy  hisobraqamlarga 

ega 


boʻladi; 

Filialga 

Oʻzbekiston  Respublikasi  adliya  vaziri  taqdimiga  binoan  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  lavozimiga  tayinlanadigan  va  lavozimidan 

ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi; 

Filial  direktori  mehnatga  haq 

toʻlash,  moddiy  ragʻbatlantirish,  tibbiy  va  transport 

xizmati 


koʻrsatish  shart-sharoitlari  boʻyicha  Oʻzbekiston  Respublikasi  adliya  vaziri 

oʻrinbosariga,  direktor  oʻrinbosarlari  esa  –  Toshkent  davlat  yuridik  universiteti 

prorektorlariga tenglashtiriladi. 

4. Quyidagilar: 

Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tuzilmasi 1-ilovaga; 

Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  Ixtisoslashtirilgan  filialining  samarali 

faoliyatini tashkil etish 

boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

Filial  direktoriga  Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  rektori  va 

Oʻzbekiston 

Respublikasi  Adliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  Filial  tuzilmasiga  xodimlarning 

belgilangan shtat birliklari va mehnatga haq 

toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish 

huquqi berilsin. 

5. Belgilansinki: 

Filialda 

“huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat  xavfsizligini  taʼminlash” 

soha  mutaxassisligi 

boʻyicha  yuridik  kadrlarni  tayyorlash  kunduzgi  taʼlim  shaklida 

bakalavriatning  maxsus  uch  yillik  dasturi 

boʻyicha  belgilangan  namunadagi  diplom 

berilgan holda amalga oshiriladi; 



Filialda 

“huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat  xavfsizligini  taʼminlash” 

mutaxassisligi 

boʻyicha  oliy  noyuridik  maʼlumotga  ega  boʻlgan  kadrlarni  qayta 

tayyorlash  kunduzgi 

taʼlim  shaklida  maxsus  olti  oylik  dastur  boʻyicha  belgilangan 

namunadagi diplom berilgan holda amalga oshiriladi; 

Filialda 

oʻqitish davlat grantlari asosida amalga oshiriladi; 

Filial bakalavriatiga qabul kvotasi yiliga 255 kishini, kadrlarni qayta tayyorlash dasturi 

boʻyicha esa – har olti oyda 50 kishini tashkil etadi; 

Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Ichki ishlar vazirligi va Milliy 

gvardiyaning  buyurtmalariga  muvofiq  hamda  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatining 

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini 

taʼminlash sohasida yuridik kadrlarga 

boʻlgan  ehtiyojini  inobatga  olib,  Filialga  qabul  kvotalarini  koʻpaytirish  yoki  kamaytirish 

huquqi beriladi; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi  va  Milliy  gvardiyasiga  byudjetdan 

tashqari 

mablagʻlari  hisobidan  alohida  shaxslarni  yuridik  kadrlarni  tayyorlash  dasturlari 

boʻyicha belgilangan kvotalar (davlat grantlari)dan tashqari Filialda oʻqitish uchun toʻlovni 

amalga oshirish huquqi beriladi; 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Filial  diplomining  mavjudligi  ichki  ishlar  organlariga 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Ichki 

ishlar  vazirligi  Akademiyasida  maxsus  kasbiy  tayyorgarlikni 

oʻtmasdan,  “leytenant” 

maxsus unvoni berilgan holda xizmatga qabul qilish uchun asos 

boʻladi. 

6. Shunday tartib 

oʻrnatilsinki, unga koʻra: 

bakalavriat dasturi 

boʻyicha Filialga qabul tanlov asosida amalga oshiriladi; 

Filialga  qayta  tayyorlash  dasturi 

boʻyicha  oʻqishga  Oʻzbekiston  Respublikasi  ichki 

ishlar  vaziri  va  Milliy gvardiya 

qoʻmondoni tavsiyalari asosida oliy noyuridik maʼlumotga 

ega 

boʻlgan amaldagi xodimlar va harbiy xizmatchilar belgilangan tartibda egallab turgan 



lavozimi va pul 

taʼminoti saqlab qolingan holda qabul qilinadi; 

huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jinoyatchilikka  qarshi  kurashishga  munosib  hissa 

qoʻshgan  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyati  profilaktika  inspektorlarining  jamoat 

tartibini saqlash 

boʻyicha yordamchilariga oʻrnatilgan qabul kvotalari doirasida Oʻzbekiston 

Respublikasi  adliya  vaziri  tomonidan  belgilanadigan  alohida  kvotalar 

boʻyicha  Filialga 

oʻqishga kirish uchun tanlovda ishtirok etish huquqini taqdim etadigan Toshkent shahar 

Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining 

tavsiyalari berilishi mumkin; 

Filialda 

oʻqishni  tamomlagan  shaxslar  Toshkent  shahri  va  Toshkent  viloyatida 

huquqbuzarliklar  profilaktikasi  va  jamoat  xavfsizligini 

taʼminlash  tizimida  kamida  5  yil 

ishlab berish majburiyatini oladilar; 

Filial sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar, shuningdek, 

ilmiy-tadqiqot  va  oliy 

taʼlim  muassasalari,  vazirliklar,  idoralar  mutaxassislari  va  boshqa 

mutaxassislarni 

oʻrindoshlik  tartibida  yoki  mehnatga  soatbay  haq  toʻlash  shartlarida 

pedagogik faoliyatni amalga oshirishga jalb etish huquqiga ega; 

Toshkent  davlat  yuridik  universiteti  faoliyatini  tartibga  soluvchi  normalar,  agar 

qonunchilik yoki universitet qarorlari bilan boshqa qoidalar nazarda tutilmagan 

boʻlsa, Filial 

faoliyatiga ham tatbiq etiladi. 

7. Filialning Vasiylik kengashi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin. 

Belgilansinki, 

Vasiylik 

kengashi 

Filialning 

har 


tomonlama 

rivojlanishiga 

koʻmaklashadi, jumladan: 

manfaatdor  vazirlik  va  idoralarning  byudjetdan  tashqari 

mablagʻlari  hisobidan 

xodimlarni moddiy 

ragʻbatlantirish uchun Filialning moliyalashtirilishini taʼminlaydi; 

Filialning pedagog va boshqa xodimlarining mehnat sharoitlari va ijtimoiy 

taʼminotini 

yaxshilash 

boʻyicha choralarni koʻradi; 

oliy yuridik 

taʼlimning rivojlanishiga koʻmaklashuvchi yangi shakl, dastur va istiqbolli 

tashabbuslarni, ilmiy ishlanmalar natijalarini qonun ijodkorligi faoliyati va huquqni 

qoʻllash 

amaliyotiga samarali joriy etishda 

qoʻllab-quvvatlashni amalga oshiradi; 

oʻzaro  hamkorlik  toʻgʻrisida  sheriklik  kelishuvlari  tuzilishi  va  ularni  roʻyobga 

chiqarishda muvofiqlashtirishni amalga oshiradi; 

taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikning rivojlanishiga koʻmaklashadi. 

8. Quyidagilar Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin: 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari; 

Filialda 

taʼlim olish uchun toʻlangan mablagʻlar; 

byudjetdan  tashqari  Adliya  organlari  va  muassasalarini  rivojlantirish 

jamgʻarmasi 

mablagʻlari; 

jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya 

mablagʻlari; 

xalqaro moliya instituti grantlari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa 

manbalar. 

9. Belgilab 

qoʻyilsinki: 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Filial 

taʼminoti uchun byudjet mablagʻlari 2019 yilda Adliya vazirligining asoslangan 

hisob-kitoblari 

boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2019 yil ijtimoiy soha 

uchun  tasdiqlangan 

koʻrsatkichlari  doirasida  ajratiladi,  2020  yildan  boshlab  esa 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari parametrlarida nazarda tutiladi; 

huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlaridan ishga qabul qilingan Filial 

xodimlariga  oldingi  ish  joyidagi  barcha  ustama  va 

qoʻshimcha  toʻlovlar,  tibbiy  xizmat 

koʻrsatishning  imtiyoz  va  shartlari  ularni  tegishli  organning  amaldagi  kadrlar  zaxirasiga 

qonunchilikda belgilangan tartibda 

oʻtkazgan holda saqlab qolinadi; 

Filialning  xodimlariga  Toshkent  davlat  yuridik  universitetining  tegishli  lavozimlari 

uchun nazarda tutilgan mehnatga haq 

toʻlash miqdorlari tatbiq etiladi; 

Filial  xodimlariga  martaba  darajalari  va  uzoq  yillik  xizmati  uchun  ustama  va 

qoʻshimcha toʻlovlar toʻlash boʻyicha xarajatlarni byudjetdan tashqari Adliya organlari va 

muassasalarini  rivojlantirish 

jamgʻarmasi  mablagʻlari  hisobidan  moliyalashtirish  orqali 

Oʻzbekiston  Respublikasi  adliya  organlari  va  muassasalarining  martaba  darajalari 

qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi; 

oʻz  xizmat  vazifalarini  vijdonan  va  samarali  bajargan  Filial  xodimlariga  direktor 

buyrugʻi asosida Vasiylik kengashi bilan kelishgan holda tarif stavkasining 200 foizigacha 

boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin; 

Filial xodimlariga tarif stavkasining 200 foizigacha 

boʻlgan miqdorda har oylik shaxsiy 

ustamalarni 

toʻlash  uchun  mablagʻlar  Toshkent  shahar  hokimligi,  Oʻzbekiston 

Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi, Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik 

universitetining  byudjetdan  tashqari 

mablagʻlari  hamda  qonunchilikda  taqiqlanmagan 

boshqa manbalardan ajratiladi. 

10. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirligi  va  Davlat  aktivlarini  boshqarish 

agentligining  Filialni 

begʻaraz  foydalanish  huquqi  asosida  Oʻzbekiston  Respublikasi 

Mudofaa vazirligining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining 

Toshkent  shahri,  Yunusobod  tumani,  Quloqtepa 

koʻchasi,  9-uyda  joylashgan  bino  va 

inshootlarida joylashtirish 

toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin. 

11. 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: 



manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  2019  yil  1  sentyabrga  qadar 

hududlarning yuridik kadrlarga 

boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda Toshkent davlat 

yuridik universitetining hududiy filiallarini tashkil etish yuzasidan takliflarni kiritsin; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  va  oʻrta  maxsus  taʼlim  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi, 

Bosh prokuraturasi va Milliy gvardiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzax politexnika 

instituti negizida mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyati ichki ishlar 

organlarining oliy noyuridik 

maʼlumotga ega boʻlgan xodimlarini qayta tayyorlash sayyor 

kurslarini tashkil etsin; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi  va  Milliy 

gvardiyasi bilan birgalikda Toshkent shahar hokimiyati 

koʻmagida ikki oy muddatda chet 

el 


oʻquv markazlari va taʼlim muassasalariga tanishuv safarlarini tashkil etishni nazarda 

tutgan  holda  poytaxt  hududining  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlari  uchun  yuridik 

kadrlarni tayyorlash va  qayta tayyorlash sohasidagi 

ilgʻor xorijiy tajribaning oʻrganilishini 

taʼminlasin; 

manfaatdor  idoralar  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu 

qarordan kelib chiqadigan 

oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin. 

12.  Toshkent  shahar  hokimi  belgilangan  tartibda  Filial  bino  va  inshootlarining 

zamonaviy  talablar  asosida  rekonstruksiya  qilinishini  hamda  yuklatilgan  vazifalarning 

oʻziga  xos jihatlari  va taʼlim oluvchilarning yashashini inobatga olgan holda uning  ishini 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

10 


 

samarali  tashkil  etish  uchun  zarur 

boʻlgan  mebel,  oʻquv-laboratoriya  va  kriminalistik 

uskunalar,  kompyuter  texnikasi  va  boshqa  moddiy-texnika  vositalari  bilan  jihozlanishini 

taʼminlasin. 

13.  Filialga  ikkita  yengil,  shu  jumladan,  bitta  shaxsan  biriktirilgan  avtotransport 

vositasi 

taʼminoti uchun limit belgilansin. 

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish 

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri 

A.N.Aripov, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Xavfsizlik  kengashi  kotibi 

V.V.Mahmudov, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  maslahatchisining  birinchi 

oʻrinbosari  B.M.Mavlonov  va  Toshkent  shahar  hokimi  J.A.Artikxodjayev  zimmasiga 

yuklansin. 



 

Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 

 

Toshkent shahri, 

2019 yil 7 fevral 

 

 



INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVINI 

TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI  

TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING  

QARORI 

Mamlakatda  iqtisodiyot  tarmoqlariga  innovatsiyalarni  joriy  etish  mexanizmlarini 

takomillashtirish,  uning  raqobatbardoshligini 

taʼminlash,  faol  tadbirkorlik  va  innovatsion 

faoliyatni  rivojlantirishga  qaratilgan  sharoitlarni  yaratish,  intellektual  mulkning  ishonchli 

huquqiy himoyasini 

taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Shu  bilan  birga,  huquqni 

qoʻllash  amaliyotining  oʻtkazilgan  tahlili  shuni  koʻrsatdiki, 

intellektual  mulk  sohasidagi  huquqbuzarliklarni 

oʻz  vaqtida  aniqlash  va  ularga  barham 

berish 


boʻyicha  ishlarning  lozim  darajada  bajarilmaganligi,  davlat  xizmatlari  koʻrsatish 

tizimining  samarasizligi,  idoralararo  mustahkam  hamkorlikning  mavjud  emasligi, 

intellektual mulk sohasida malakali  kadrlarning  yetishmasligi, shuningdek,  patent  bojlari 

va 


toʻlovlarining  yuqori  darajada  ekanligi  ushbu  sohani  rivojlantirishga  salbiy  taʼsir 

etmoqda. 

Intellektual 

mulk 


sohasida  davlat 

boshqaruvini 

yanada  takomillashtirish, 

mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 

yillarda 

Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yoʻnalishi  boʻyicha 

Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda: 

1. 


Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining intellektual mulkni huquqiy 

muhofaza  qilish  va  ushbu  sohadagi 

umumeʼtirof  etilgan  xalqaro  normalarni 

implementatsiya qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilsin. 

2. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Intellektual  mulk  agentligi  Oʻzbekiston  Respublikasi 



Adliya vazirligi tizimiga 

oʻtkazilsin va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi 

Intellektual mulk agentligi (keyingi 

oʻrinlarda – Agentlik) etib qayta nomlansin. 

Belgilansinki: 

Agentlik,  shu  jumladan,  Intellektual  mulk  sohasida  kadrlarni  qayta  tayyorlash  va 

ularning malakasini oshirish 

oʻquv markazi mavjud shtat birliklari va moddiy-texnik bazasi 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

11 


 

bilan 


toʻliq hajmda, moliyalashtirish, mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishning 

amaldagi tartibini saqlab qolgan holda 

oʻtkaziladi; 

Agentlikka 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan 

va  lavozimdan  ozod  etiladigan 

Oʻzbekiston  Respublikasi  adliya  vazirining  oʻrinbosari  – 

direktor boshchilik qiladi; 

Agentlik  direktorining 

oʻrinbosarlari  belgilangan  tartibda  Oʻzbekiston  Respublikasi 

adliya vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 

3. 2019 yil 1 martdan shunday tartib 

oʻrnatilsinki, unga muvofiq: 

tovar  belgisi,  xizmat 

koʻrsatish belgisi va tovar kelib chiqqan joy nomini roʻyxatdan 

oʻtkazish  uchun  talabnomalar  topshirilgandan  soʻng,  Agentlik  bir  ish  kuni  mobaynida 

ushbu talabnomalar haqidagi 

maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi; 

ishlab  chiqaruvchilar,  yetkazib  beruvchilar,  sotuvchilar  yoki  ularning  vakillari 

talabnomalar 

eʼlon  qilingandan  soʻng  Agentlikka  roʻyxatdan  oʻtkazish  uchun  nohalol 

topshirilgan arizalar haqidagi yozma 

eʼtirozlarini taqdim etishlari mumkin; 

tovar belgisiga va xizmat 

koʻrsatish belgisiga doir mutloq huquq, tovar kelib chiqqan 

joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi 

oʻrinlarda 

–  tovar  belgisi)  oʻsha  kunning  oʻzida  tovar  belgisi  haqidagi  maʼlumotlarni  Agentlikning 

rasmiy  veb-saytida  majburiy  tarzda  joylashtirgan  holda  Tovar  belgilari  davlat  reyestrida 

roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi; 

tovar  belgisiga  doir  guvohnomaning  amal  qilishi  tovar  belgisi 

Oʻzbekiston 

Respublikasi hududida 

soʻnggi uch yil mobaynida uzluksiz ravishda foydalanilmaganda, 

shuningdek,  jamoaviy  belgidan  foydalanish 

toʻgʻrisidagi  kelishuv  buzilgan  taqdirda 

manfaatdor  shaxsning  arizasiga  binoan  qabul  qilingan  sud  qarori  asosida  muddatidan 

avval 


toʻliq yoki qisman tugatilishi mumkin. 

4. 


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab tovar 

belgisini 

roʻyxatdan  oʻtkazish  uchun  taqdim  etiladigan  talabnomalarni  faqat  elektron 

shaklda  davlat  xizmatlari  markazlari  yoki 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Yagona  interaktiv 

davlat  xizmatlari  portali  orqali  topshirish  tartibini  joriy  etish 

toʻgʻrisidagi  taklifiga  rozilik 

berilsin. 

Oʻzbekiston 

Respublikasi 

Adliya 

vazirligi, 



Axborot 

texnologiyalari 

va 

kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  2019  yil  1  iyulga  qadar 



Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  tegishli  davlat  xizmatlarini 

koʻrsatish  boʻyicha 

maʼmuriy reglamentlar loyihalarini kiritsin. 

5. Intellektual mulkning samarali himoyasini 

taʼminlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ilovaga 

muvofiq tasdiqlansin. 

Vazirlik  va  idoralar  rahbarlari  zimmasiga 

“Yoʻl  xaritasi”da  nazarda  tutilgan 

tadbirlarning o

ʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin. 

6. Belgilab 

qoʻyilsinki, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab patent vakillari har besh yilda 

kamida bir marta keyinchalik attestatsiyadan 

oʻtkazilgan holda intellektual mulk sohasida 

oʻz malakalarini oshirishlari lozim. 

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uch oy muddatda ilgʻor taʼlim standartlari va 

texnologiyalari hamda Toshkent davlat yuridik universitetining 

oʻquv va ilmiy salohiyatidan 

foydalangan holda intellektual mulk sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash 

va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish 

boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasiga takliflar kiritsin. 

7. 


Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 

23  maydagi 

“Byudjet  mablagʻlaridan  foydalanish  samaradorligini  tubdan  oshirish  va 

iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  mexanizmlarini  takomillashtirish  chora-tadbirlari 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

12 


 

toʻgʻrisida”gi  PF-5446-son  Farmoniga  muvofiq,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga 

“xufiyona 

iqtisodiyot”  shakllanishi  holatlarini  aniqlash,  yashirin  ishlab  chiqarish,  kontrafakt 

mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga chek 

qoʻyish funksiyalari yuklangan. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligi  Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh 

prokuraturasi  huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  bilan 

birgalikda: 

2019 yil 1 iyulga qadar 

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan hammaga 

maʼlum  tovar  belgilarining  nohalol  roʻyxatdan  oʻtkazilishini  aniqlash  nuqtai  nazaridan 

Oʻzbekiston  Respublikasi  hududida  roʻyxatdan  oʻtkazilgan  barcha  tovar  belgilarini  toʻliq 

xatlovdan 

oʻtkazsin va qonun talablari buzilgan holda berilgan tovar belgilarini roʻyxatdan 

oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomalarni bekor qilish choralarini koʻrsin; 

intellektual  mulk  sohasida  huquqbuzarliklarni 

oʻz  vaqtida  aniqlash  va  oldini  olish 

boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin. 

8.  Agentlik 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Davlat  bojxona  qoʻmitasi,  Bosh  prokuratura 

huzuridagi  Iqtisodiy  jinoyatlarga  qarshi  kurashish  departamenti  va 

Oʻzbekiston 

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda 2019 

yil  1  iyulga  qadar  quyidagilarni 

taʼminlovchi  intellektual  mulk  obyektlarining  yagona  va 

doimiy  yangilanib  boradigan  integratsiyalashgan 

maʼlumotlar  bazasini  ishlab  chiqsin  va 

joriy etsin: 

huquqiy himoya olgan va undan mahrum 

boʻlgan intellektual mulk obyektlarini real 

vaqt rejimida kuzatib borish; 

intellektual mulk obyektlari huquqiy himoya olgan va undan mahrum 

boʻlganda ularni 

avtomatik ravishda tegishlicha Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish 

va chiqarish; 

intellektual  mulk  sohasidagi  huquqbuzarliklarni  aniqlash  va  oldini  olishda  vakolatli 

davlat organlari bilan hamkorlik qilish. 

9. 


Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: 

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, boshqa manfaatdor 

idoralar bilan birgalikda intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini, shu jumladan, 

Mulk  huquqini  himoya  qilish  xalqaro  indeksi  mezonlarini  inobatga  olgan  holda 

taʼminlashning zamonaviy baholash va tahlil qilish tizimini joriy etish boʻyicha Kompleks 

chora-tadbirlarni  ishlab  chiqsin  va  2019  yil  1  iyulga  qadar 

Oʻzbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin; 

Moliya  vazirligi,  Investitsiyalar  va  tashqi  savdo  vazirligi  bilan  birgalikda  ikki  oy 

muddatda  2020  yil  1  yanvardan  boshlab  intellektual  mulk  sohasidagi  integratsiya 

jarayonini inobatga olgan holda patent bojlari va 

toʻlovlarini, shuningdek, norezidentlardan 

tovar  belgisi  va  sanoat  namunasining  huquqiy  muhofazasini  berish  uchun  undiriladigan 

individual  boj  stavkalarini  bosqichma-bosqich  kamaytirish 

toʻgʻrisida  Oʻzbekiston 

Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  birgalikda  ikkioy  muddatda 

Agentlikning faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish, shu jumladan, uning xodimlarini 

moddiy 

ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar kiritsin; 



manfaatdor  idoralar  bilan  birgalikda  ikki  oy  muddatda  qonun  hujjatlariga  ushbu 

qarordan  kelib  chiqadigan 

oʻzgartirish  va  qoʻshimchalar  toʻgʻrisida  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  takliflar  kiritsin,  shuningdek, 

oʻzlari  qabul  qilgan 

normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

13 


 

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish 

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri 

A.N.Aripov, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  maslahatchisining  birinchi  oʻrinbosari 

B.M.Mavlonov  va 

Oʻzbekiston  Respublikasi  adliya  vaziri  R.K.Davletov  zimmasiga 

yuklansin. 



Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti Sh.Mirziyoyev 

 

Toshkent shahri, 

2019 yil 8 fevral 

 

 




Download 455.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling