Axborot soati materiallari


Download 375.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana27.12.2019
Hajmi375.85 Kb.
  1   2   3

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



AXBOROT SOATI MATERIALLARI 

25 dekabr 2018 yil

 

 



YANGILIKLAR VA VOQEALAR 

 

OʻZBEKISTONGA JADAL ISLOHOTLAR SURʼATIGA MOS ILGʻOR KADRLAR KERAK 



 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  18  dekabr  kuni 

mamlakatimizda  zamonaviy  kadrlarga  ehtiyojni 

taʼminlash,  bilimli  yoshlarni  strategik 

sohalarga jalb etish masalalariga 

bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.  

Keyingi  yillarda 

taʼlim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan 

qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy 

taʼlim tizimini kompleks 

rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Joriy yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy 

taʼlim muassasasi, 

jumladan,  xorijiy  universitetlarning  filiallari  tashkil  etildi.  Fanlar  akademiyasi  va  Innovatsion 

rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi.  

Albatta, bunday 

eʼtibor yaqin kelajakda oʻz samarasini beradi. Lekin barcha sohalarda jadal 

islohotlar olib borilayotgan bir paytda mamlakatimizga shu 

surʼatga mos ilgʻor kadrlar bugun ham 

kerak.  


Hozirgi  tizimli 

oʻzgarishlar  jarayonida  aksariyat  mutaxassislarning  bunga  tayyor  emasligi, 

ularning bilimi, malakasi va 

koʻnikmasi zamon talabiga javob bermasligi ayon boʻlib qoldi.  

Masalan,  xorijda  magistratura  va  doktoranturada 

oʻqitish,  malaka  oshirish  va  stajirovka 

tashkil  qilish 

boʻyicha  dastlabki  ehtiyoj  3,5  mingdan  ortadi.  Yurtimizda  xalqaro  ilmiy  va  amaliy 

tajribaga ega 600 nafardan ziyod vatandoshimizga ehtiyoj mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olim va 

ekspertlarni jalb etishga talab bor.  

Yaʼni,  bugun  kechiktirib  boʻlmaydigan,  oddiy  ilmiy  va  ilmiy-pedagogik  kadrlarga  ehtiyoj  5 

mingdan  ziyodni  tashkil  etadi.  Agar  ishlab  chiqarishdagi  talab  ham  inobatga  olinsa,  bu  raqam 

kamida 50-100 barobar oshadi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



– Bu hali bugungi ehtiyoj. Yaqin va uzoq istiqboldagi iqtisodiy rivojlanish nuqtai nazaridan 

bizga  qaysi  soha  uchun  qanday  mutaxassis kerak 

boʻladi? Shuni hozirdan chuqur oʻylashimiz, 

zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlar tarbiyalashimiz kerak. Kelajagimiz, ertangi kunimiz 

bu masalani bugun qanday hal qilishimizga 

bogʻliq, – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining joriy  yil 25 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Mutaxassislarni  xorijda  tayyorlash  va  vatandoshlar 

bilan muloqot qilish 

boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etilgan edi.  

Jamgʻarma  zimmasiga  oʻzbekistonlik  iqtidorli  yoshlarni  magistratura  va  doktorantura 

dasturlari 

boʻyicha  oʻqitish,  turli  soha  mutaxassislarining  malakasini  oshirish  va  stajirovkasini 

tashkil  etish,  xorijdagi  vatandoshlar  bilan  doimiy  muloqot 

oʻrnatish,  ularni  mamlakatimizda 

boʻlayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar va ilmiy markazlar 

bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlar tayyorlashga 

qoʻmak berish vazifalari yuklatilgan.  

Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019 yilda davlat byudjetidan 45 milliard 

soʻm 


ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz 

koʻrsatmasiga muvofiq, bu mablagʻ yanada oshiriladigan 

boʻldi.  

Yigʻilishda shu yoʻnalishdagi ishlarni toʻgʻri tashkil etish masalalari muhokama qilindi.  

Vazirlar Mahkamasiga 

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda barcha vazirlik va idoralar 

kesimida  xorijda  kadrlar  tayyorlash,  stajirovkasini  tashkil  qilish 

boʻyicha  “Yoʻl  xaritasi”  ishlab 

chiqish vazifasi 

qoʻyildi.  

Oliy va 

oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga kadrlarni xorijga yuborish 

boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash va tanlov eʼlon qilish boʻyicha topshiriq berildi.  

Jamgʻarma Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda xorijda katta tajribaga 

ega 

boʻlgan  vatandoshlarimiz  toʻgʻrisidagi  maʼlumotlarni  shakllantirib  borishi,  Axborot 



texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini  rivojlantirish  vazirligi  mamlakatlar  va  mutaxassisliklar 

kesimida vatandoshlar 

toʻgʻrisida maʼlumotlar reyestrini tezroq ishga tushirishi zarurligi qayd etildi.  

Shavkat  Mirziyoyev  mamlakatimizga  jalb  etilayotgan  har  qanday  xorijiy  investitsiyaning 

maʼlum bir qismini malakali mutaxassislar tayyorlashga yoʻnaltirish kerakligini alohida taʼkidladi.  

Yigʻilishda  istiqbolli  boshqaruv  kadrlarini  tanlab  olish,  ularning  kasb  malakasini  uzluksiz 

oshirib borishga 

koʻmaklashish masalalari ham koʻrib chiqildi.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 maydagi “Istiqbolli boshqaruv kadrlarini 

tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi qarorida 

vazirlik,  idora  va  tashkilotlarda  rahbar  kadrlarga 

boʻlgan  ehtiyojni  qoplash  maqsadida  tanlov 

oʻtkazish belgilangan edi.  

Tanlovning dastlabki bosqichidan 

soʻng 8 ming 334 talabgordan 3 ming 825 nafari keyingi 

bosqichlarga tavsiya etildi. Yakunda 50 nafar yuqori malakali kadr tanlab olinadi.  

Davlatimiz  rahbari  tanlovning  final  bosqichi  ishtirokchilari  malakasini  qisqa  muddatli 

kurslarda 

oshirish 

zarurligini 

taʼkidladi. 

Tanlov 

gʻoliblarining 



stajirovkasi 

qaysi 


rivojlanganmamlakatda, qaysi tashkilot va qanday mezonlar asosida 

oʻtkazilishini aniq belgilash 

boʻyicha topshiriqlar berdi.  

Yigʻilishda qayd etilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi. 

 

 

ADOLATLI VA 



RAGʻBATLANTIRUVCHI SOLIQ TIZIMI ISHLAB CHIQARISH VA 

INVESTITSIYA SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHGA XIZMAT QILADI 

 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  raisligida  20  dekabr  kuni 

yangi qabul qilingan soliq siyosati konsepsiyasini amaliyotga 

toʻliq tatbiq qilish masalalari 

boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.  

Ochiq-oshkora  va  adolatli  soliq  tizimi  iqtisodiyot  rivojining  eng  muhim  asosidir.  Lekin 

yurtimizda hozirgacha amal qilib kelinayotgan soliq 

maʼmuriyatchiligida koʻplab noaniqliklar borligi 

biznes, tadbirkorlik, investitsiya sohalari ravnaqiga 

toʻsiq boʻlayotgan edi. Mavjud stavkalarning 

yuqoriligi insofli soliq 

toʻlovchilarga qarshi ishlardi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Misol uchun, korxona foydasidan 

qatʼi nazar, tovar aylanmasidan 3,2 foiz miqdorida davlat 

maqsadli 

jamgʻarmalariga ajratma toʻlab kelingan. Bu soliq yuki korxona daromadining kamida 21 

foiziga teng 

boʻlib, ularning raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishiga xalal 

berardi.  

Bu  kabi  muammolarni  bartaraf  etish,  soliq  yukini  kamaytirish  va  chinakam  bozor 

iqtisodiyotini  rivojlantirish  maqsadida  davlatimiz  rahbari  tashabbusi  bilan 

Oʻzbekiston 

Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.  

Xalqaro  valyuta 

jamgʻarmasi,  Jahon  banki  va  boshqa  tashkilotlar  ekspertlarini  jalb  qilgan 

holda,  rivojlangan  davlatlar  tajribasi  asosida  qabul  qilingan  ushbu  konsepsiyada  biznes  uchun 

juda katta imkoniyatlar, xalqaro darajadagi qulay sharoitlar nazarda tutilgan. Xususan, soliq turlari 

kelasi  yildan  19  tadan  15  tagacha  qisqarmoqda.  Yuridik  shaxslardan  olinadigan  foyda 

soligʻi 

stavkasi 14 foizdan 12 foizgacha, dividendlar va foizlar 

koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha foyda 

soligʻi stavkasi 10 foizdan 5 foizgacha pasaytirildi.  

Yana  bir  muhim  jihati,  endi  soliq  stavkalari  avvalgiga 

oʻxshab  keskin  oʻzgaruvchan 

boʻlmaydi.  Bu  investorlarga  uzoq  muddatli  biznes  loyihalarini  rejalashtirishda  qiyinchilik 

tugʻdirmaydi.  

Yangi soliq konsepsiyasida yuqorida qayd etilgan tovar aylanmasidan ajratma 

toʻlash tartibi 

ham  bekor  qilinmoqda.  Buning  natijasida  yirik  korxonalar 

oʻz  ixtiyorida  5  trillion  soʻmdan  ortiq 

mablagʻni saqlab qoladi.  

Shu  kabi  yengilliklar  tufayli  Xalqaro  valyuta 

jamgʻarmasi  soliq  tizimining  isloh  etilishini 

Oʻzbekistonning eng katta yutuqlaridan biri, deb eʼtirof etdi.  

Bir 

soʻz bilan aytganda, soliq maʼmuriyatchiligida yangi tizim yaratildi. Navbatdagi vazifa uni 



amaliyotga 

toʻliq tatbiq qilishdir.  

Videoselektor 

yigʻilishida bu tizimni oqilona yoʻlga qoʻyish uchun amalga oshiriladigan chora-

tadbirlar belgilab berildi.  

2019  yil  1  yanvardan  boshlab,  xodimlar  sonidan 

qatʼi  nazar,  tovar  aylanmasi  1  milliard 

soʻmdan yuqori boʻlgan subyektlar umumbelgilangan soliq toʻloviga oʻtadi.  

Shu 

oʻrinda  nima  uchun  umumbelgilangan  soliq  toʻlovchilari  sonini  koʻpaytirishga  qaror 



qilindi,  degan  tabiiy  savol 

tugʻiladi.  Chunki  yagona  soliq  toʻlovchi  bilan  umumbelgilangan  soliq 

toʻlovchilar  oʻrtasida  soliq  yukidagi  farq  haddan  tashqari  yuqori  boʻlib,  bu  kichik  biznesning 

yiriklashuvini 

ragʻbatlantirmaydi. Vaholanki, dunyoga mashhur “Adidas”, “Nayk”, “Indezit”, “Knauf” 

kabi  brendlar 

oʻz  vaqtida  kichik  oilaviy  korxona  boʻlgan  va  ushbu  ragʻbat  tufayli  yirik 

kompaniyalarga aylangan.  

Shular haqida fikr yuritar ekan, Prezidentimiz 

Oʻzbekistonda qachon shunday yirik brendlar 

paydo 

boʻladi, deya savol qoʻydi.  



Umumbelgilangan  soliqlarni  hisoblash 

boʻyicha  hududiy  soliq  organlari  xodimlarining 

malakasi  va  amaliy 

koʻnikmalarini  oshirish,  tadbirkorlik  subyektlari  buxgalterlarini  bunga 

tayyorlash kerakligi 

taʼkidlandi.  

Soliq  organlari  xodimlarini  biriktirib,  umumbelgilangan  soliq 

toʻloviga  oʻtayotgan 

korxonalarda tushuntirish olib borish, ularga amaliy yordam 

koʻrsatish boʻyicha topshiriq berildi. 

Yirik  aksiyadorlik  jamiyatlari  va 

xoʻjalik  birlashmalari  Davlat  soliq qoʻmitasi mutaxassislari  bilan 

birgalikda 

oʻz  tasarrufidagi  korxonalarning  masʼul  xodimlari  uchun seminar-treninglar  oʻtkazishi 

zarurligi qayd etildi.  

–  Umumbelgilangan  soliq  hisoblanishi  va  yuritilishida  eng  murakkab  toʻlov  turi  bu  – 

qoʻshimcha qiymat soligʻidir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu borada yengillik yaratish uchun uni 

ikki yil mobaynida bosqichma-bosqich joriy etishni rejalashtirganmiz.  

Jumladan,  tovar  aylanmasi  1  milliard 

soʻmdan  3  milliard  soʻmgacha  boʻlgan  korxonalar 

qo

ʻshimcha qiymat soligʻini ixtiyoriy ravishda soddalashtirilgan tartibda toʻlaydi. Yaʼni, korxonalar 



sotib  olingan  tovarlar 

boʻyicha  alohida  hisob-faktura  yuritmaydi  va  soliqni  tovar  aylanmasidan 

kelib chiqib, sohalar kesimida tabaqalashgan holda 

toʻlaydi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Yigʻilishda  bu  ishlarni  toʻgʻri  tashkil  etish  uchun  zamonaviy  axborot  texnologiyalarini  joriy 

etish,  yuridik  shaxslarni  zarur  kompyuter  dasturlari  bilan 

taʼminlash,  hisobchilar  tayyorlash 

boʻyicha koʻrsatmalar berildi.  

Soliq 

toʻlovchilar yuzaga keladigan barcha tushunmovchiliklarga javob topishi uchun “Savol 



va 

javob” internet sahifasini hamda tunu kun ishlaydigan “Koll sentr”lar faoliyatini yoʻlga qoʻyish 

zarurligi 

taʼkidlandi.  

Davlatimiz rahbari 

qoʻshimcha qiymat soligʻi kichik biznesga ham joriy etilishi natijasida narx-

navo  oshib  ketishining  oldini  olish  masalasiga  alohida 

eʼtibor  qaratdi.  Mutasaddilarga  tayyor 

mahsulot  ishlab  chiqarishgacha 

boʻlgan  har  bir  jarayonda  yaratilayotgan  qoʻshimcha  qiymatga 

soliqlarni joriy etish orqali narxni 

toʻgʻri shakllantirish, uning asossiz ravishda oshib ketmasligini 

taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berdi.  

Yangi  soliq  tizimida  norasmiy  faoliyatni  legalizatsiya  qilish 

boʻyicha  bir  qator  yangiliklar 

kiritildi. Jumladan, foyda 

soligʻi 14 foizdan 12 foizga tushirilib, tadbirkor faqat daromad olsagina 

toʻlanishi  belgilandi.  Norasmiy  bandlikni  kamaytirish  maqsadida  ish  haqidan  30  foizgacha 

olinadigan daromad 

soligʻi oʻrniga yagona 12 foizlik soliq turi kiritildi va 8 foizlik sugʻurta badali 

umuman bekor qilindi. Biznes yelkasida 

ogʻir yuk boʻlib kelayotgan yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 

25 foizdan 12 foizga tushirildi. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 

qatʼiy belgilangan 

soliq stavkalari ham 30 foizga pasaytirildi.  

Bu imkoniyatlar tadbirkorlarning halol ishlashi, 

koʻproq ish oʻrinlari yaratishiga xizmat qiladi.  

Yigʻilishda  soliq  yigʻuvchanligini  oshirish  masalasi  ham  muhokama  qilindi.  Soliq  xodimlari 

ishi qoniqarli emasligi, joylarda soliq qarzi saqlanib qolayotgani 

taʼkidlandi. Tegishli tashkilotlarga 

soliq tushumini 

toʻla taʼminlash boʻyicha topshiriqlar berildi.  

Qayd  etilganidek,  soliq 

maʼmuriyatchiligini  yuritishda  mavjud  byurokratik  toʻsiqlar 

eksportyorlar  faoliyatiga  salbiy 

taʼsir  koʻrsatmoqda.  Jumladan,  mahsulotini  eksport  qilayotgan 

ishlab  chiqaruvchi  korxonalar 

oʻzlarining  qoʻshimcha  qiymat  soligʻi  summasi  qoplab  berilishi 

uchun  bir  necha  oylab  tuman,  viloyat  va  respublika  soliq  idoralariga  murojaat  qilishga  majbur 

boʻlmoqda.  

Shu  bois  Prezidentimiz 

qoʻshimcha  qiymat  soligʻini  oʻn  kun  muddatda  qoplab  berishni 

nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartib joriy qilish zarurligini 

taʼkidladi.  

– Yangi soliq kodeksi soliqqa tortish boʻyicha barcha tartib, mexanizm va uslublarni toʻliq 

qamrab olishi, hamma uchun tushunarli 

boʻlishi kerak. Bu ishlar adolatli va ragʻbatlantiruvchi soliq 

tizimini yaratish 

boʻyicha qoʻygan birinchi qadamlarimizdir, – dedi davlatimiz rahbari.  

Yigʻilishda  muhokama  qilingan  masalalar  boʻyicha  mutasaddi  rahbarlarning  axboroti 

tinglandi. 

 

 



TOSHKENT YUQORI TEXNOLOGIYALAR RIVOJLANGAN YIRIK XALQARO 

MARKAZGA AYLANADI 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  21  dekabr  kuni  Toshkent 

shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va yirik loyihalar bilan tanishdi.  

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad hayotimiz obodligi, xalqimiz uchun 

munosib turmush sharoitini 

taʼminlashdan iborat. Bu tibbiyot tizimidagi izchil oʻzgarishlarda ham 

aks etmoqda. Aholiga sifatli tibbiy yordam 

koʻrsatish borasidagi ishlar natijasida mamlakatimizda 

oʻrtacha umr koʻrish 1990 yildagi 67 yoshdan 2017 yilda 74 yoshni tashkil etdi.  

Xalqimizga  sifatli  va 

oʻz  vaqtida  tibbiy  xizmatlar  koʻrsatishda  xususiy  sektorning  ulushi 

ortmoqda.  Davlatimiz  rahbarining  2017  yil  1  apreldagi 

“Sogʻliqni  saqlash  sohasida  xususiy 

sektorni  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi  qarori  asosida  mamlakatimizning 

barcha hududlarida xususiy tibbiyot muassasalari qurish va 

koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat turlarini 

kengaytirishga alohida 

eʼtibor qaratilmoqda.  

2018  yilda  mamlakatimizda  400  dan  ziyod,  jumladan,  Toshkent  shahrida  115  ta  xususiy 

klinika tashkil etildi.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Prezidentimiz ana shunday muassasalardan biri, Mirzo 

Ulugʻbek tumanidagi “DMS” xususiy 

innovatsion klinikasiga tashrif buyurdi.  

Toʻrt qavatli ushbu shifo maskani xavfsizlik, energiya tejamkorlik va mijozlar ehtiyojidan kelib 

chiqib, 

koʻp  tarmoqli  tibbiy  xizmat  koʻrsatish  boʻyicha  eng  zamonaviy  talablarni  hisobga  olib 

qurilgan.  Klinika  fasadi  Germaniyaning  innovatsion  texnologiyasi  asosida  ishlab  chiqarilgan 

issiqlik va ovoz qaytaruvchi izolyatsiya materiallari bilan qoplangan.  

Oʻzbekistonda  xizmat  koʻrsatgan  sogʻliqni  saqlash  xodimi  Zulfiya  Maqsudova  rahbarlik 

qilayotgan  klinika  Rossiya,  AQSH,  Germaniya,  Avstriya,  Yaponiyada  ishlab  chiqarilgan  yuqori 

texnologiyali tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Shifokorlarning barchasi xorijdagi yetakchi klinika 

va tibbiyot markazlarida malaka oshirgan.  

Joriy  yil aprel oyida faoliyat boshlagan innovatsion klinikada oftalmologiya, neyrojarrohlik, 

ortopediya,  plastik  jarrohlik,  kardiologiya,  LOR,  pediatriya,  reabilitatsiya,  fizioterapiya  kabi 

oʻn 

beshdan ortiq ixtisoslik 



boʻyicha tashxislash va davolash yoʻlga qoʻyilgan. Zamonaviy laboratoriya 

diagnostikasi bilan 

taʼminlangan.  

Birinchi  qavatda  bemorlar  tashxisdan 

oʻtkazilib,  mutaxassislar  maslahatini  oladi.  Ikkinchi 

qavatda  jarrohlik  amaliyotlari  bajariladi.  Viloyatlar  va 

qoʻshni  mamlakatlardan  kelgan  bemorlar 

yotib davolanadi. Kompyuterli bioboshqaruv xonasida medikamentlarsiz davolash, ruhiy va nutqiy 

nuqsoni bor bemorlarni 

sogʻlom hayotga qaytarish mumkin.  

Klinikada 

toʻr  parda  kasalliklari  va  patologik  holatlarni  kontrast  vositalarsiz  tashxislash 

imkonini  beradigan 

“Topcon”  tamograf-angiografi,  mikroinvaziv  operatsiyalar  oʻtkazish  uchun 

“Constellation  Vision  System”  apparati  oʻrnatilgan.  Bundan  tashqari,  soʻnggi  avlod  artroskopi 

yordamida kam invazivli davolash diagnostik amaliyotlari bajariladi. 

Boʻgʻimlarda endoprotezlash 

amaliyotlari, jarohatlar va operatsiyalardan keyingi kompleks reabilitatsiya xizmatlari 

koʻrsatiladi.  

Davlatimiz  rahbari  innovatsion  klinikadagi  sharoitlarni 

koʻzdan  kechirdi,  shifokorlar  bilan 

suhbatlashdi. Kasalliklarni erta aniqlash, davolash va sifatga 

eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.  

Biz nima uchun tibbiyotda xususiy tarmoqqa sharoit yaratyapmiz? Raqobat 

boʻlishi kerak. 

Raqobat bor joyda sifatga intilish 

boʻladi, davolash, xizmat koʻrsatish yaxshilanadi, dedi Shavkat 

Mirziyoyev.  

Koʻz mikrojarrohligi boʻyicha innovatsion oʻquv-simulyatsiya markazini tashkil etish loyihasi 

haqida 


maʼlumot  berildi.  Ushbu  markazda  koʻz  mikrojarrohligi  mutaxassislarini  tayyorlashning 

jahon standartlariga mos innovatsion uslubi tatbiq etiladi.  

Davlatimiz rahbari loyihani 

maʼqullab, kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladigan bunday 

simulyatsiya  markazlarini  tibbiyotning  boshqa 

yoʻnalishlari  va  mamlakatimizning  boshqa 

hududlarida ham tashkil etish zarurligini 

taʼkidladi.  

Shavkat  Mirziyoyev 

“Steel  property  construction”  MCHJ  qoʻshma  korxonasi  hududidagi 

ishlab chiqarish quvvatlarini 

koʻzdan kechirdi.  

Yashnobod  tumanidagi  sobiq  aviatsiya  zavodiga  qarashli  foydalanilmay  yotgan  binolarda 

ish boshlagan ushbu MCHJ hududida qator korxonalar faoliyat 

koʻrsatmoqda. Bu yerda xorijdan 

texnologiyalar keltirilib, bozorbop mahsulotlar ishlab chiqarish 

yoʻlga qoʻyilgan. Qariyb 20 gektarlik 

hududda marmar plitalar, issiqxona jihozlari, metall konstruksiyalar, eshiklar, quvurlar, 

poʻlatdan 

tayyorlangan isitish radiatorlari, sendvich panellar ishlab chiqarilmoqda.  

Masalan, 

“Dacros”  korxonasi  Yevropa  texnologiyasi  asosida  temir  eshiklar  tayyorlashga 

ixtisoslashgan. Bu eshiklar 

koʻp qavatli turar joylar yoʻlaklari, namunaviy uylarga oʻrnatilmoqda.  

Yana bir binoda Niderlandiya texnologiyasi asosida turli 

oʻlchamdagi metall konstruksiyalar 

ishlab  chiqarish  tashkil  etilgan.  Bu  yerda  yiliga  24  ming  tonna  metall  mahsulotlar  bilan  birga, 

sendvich  panellar,  bruschatkalar, 

yoʻl  cheti  toʻsiqlari,  isitish  radiatorlari  tayyorlanadi.  Ichki 

bozordan tashqari 

qoʻshni mamlakatlar mahsulotning asosiy bozori hisoblanadi.  

“Midas  agrotech”  korxonasida  zamonaviy  issiqxona  majmualari  uchun  konstruksiyalar, 

shuningdek,  quyosh  nuridan  himoyalovchi 

toʻrlar,  plastik  yashiklar,  polietilen  plyonka  kabilar 

ishlab chiqariladi.  

"Bektemir  metall 

konstruksiyalari”  korxonasida  yoʻl  toʻsiqlari,  yoritish  ustunlari,  qurilish 

konstruksiyalari, elektr payvandlangan quvurlar tayyorlanadi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Davlatimiz rahbari mazkur sexlardagi ishlab chiqarish jarayonini kuzatdi. Mahsulotlar sifati 

va bozori bilan qiziqdi.  

Bektemir  tumanidagi 

“Binokor”  masʼuliyati  cheklangan  jamiyati  tomonidan  amalga 

oshirilayotgan ishlar namoyish etildi.  

Prezidentimiz mazkur korxonada ishlab chiqarilgan temir-beton panellardan namuna sifatida 

qurilgan  xonalarga  kirib 

koʻrdi.  Koʻp  qavatli  uylarni  tez  muddatlarda  qurish,  aholini  uy-joy  bilan 

taʼminlash  uchun  bunday  korxonalar  juda  zarurligini  taʼkidladi.  Shu  yoʻnalishga  ixtisoslashgan 

korxonalarni 

koʻpaytirish va kadrlar tayyorlash boʻyicha topshiriqlar berdi.  

Shu yerda Toshkent shahri iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, yangi korxonalar 

tashkil etishga doir loyihalar taqdimoti 

oʻtkazildi.  

2019  yilda  poytaxtimizga  kamida  2  milliard  700  million  dollar  miqdorida 

toʻgʻridan-toʻgʻri 

investitsiya kiritilishi 

moʻljallanmoqda. Ushbu mablagʻlar hisobiga 227 ta loyiha amalga oshirilib, 

tumanlar  kesimida  28  mingdan  ziyod 

qoʻshimcha  ish  oʻrinlari  tashkil  etiladi.  Natijada  sanoat, 

qurilish,  xizmat 

koʻrsatish  va  boshqa  tarmoqlarda  oʻsish  koʻrsatkichlari  taʼminlanadi,  byudjetga 

soliq tushumlari yanada 

koʻpaytiriladi.  

Tashqi iqtisodiy faoliyati milliy banki, 

“Asakabank”, “Oʻzsanoatqurilishbank” negizida tashkil 

etiladigan 

“Investor markazlari”da tadbirkor va sarmoyadorlarga kompleks xizmatlar koʻrsatiladi.  

Germaniyaning 

“VERIDOS”  kompaniyasi  bilan  hamkorlikda  tashkil  etilgan  qoʻshma 

korxonada  plastik  kartochkalar,  ID  karta  va  chiplar, 

“Best  stainless  stell  Co.ltd”  korxonasi 

tomonidan  nikel  metall  mahsulotlari, 

“Real  House”  kompaniyasi  tomonidan  koʻp  tarmoqli 

shifoxona,  logistika  markazi,  shuningdek,  beton  mahsulotlari,  mebel,  mato  va  sochiqlar  ishlab 

chiqarish korxonalari tashkil etiladi.  

Davlatimiz  rahbari  kiritiladigan  investitsiyalarni  kafolatlash,  eksportbop  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish  hajmini  oshirish,  poytaxtimizda  yangi  investitsiyaviy  muhit  yaratish  yuzasidan 

mutasaddilarga topshiriq berdi.  

Prezidentimiz  Chilonzor  tumani 

Bogʻiston  koʻchasida  bunyod  etilayotgan  koʻp  qavatli 

uylarning  qurilishi  bilan  tanishdi.  Bu  yerda  9  qavatli  23  ta  uy  qurilib,  kelasi  yil  foydalanishga 

topshiriladi.  

Sir emas, mamlakatimizda uy-joylar qurilishi deyarli 

toʻxtab qolgandi. Atigi uch-toʻrt yil oldin 

ham nafaqat poytaxtimizda, viloyat, tuman va shahar markazlarida, olis qishloqlarda arzon uy-

joylar qurilishini hech kim tasavvur qilolmas edi.  

Shavkat  Mirziyoyev  Prezidentlik  lavozimiga  kirishgan  ilk  kunlardanoq  ana  shu 

ogʻriqli, 

hayotiy dolzarb muammoni hal qilishga kirishdi.  

2017 yildan ilk marotaba aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega 

boʻlgan koʻp qavatli 

uy-joylar qurilishi boshlandi. Shu yilning 

oʻzida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-

joylar foydalanishga topshirildi. Aholining arzon uylarga talabini qondirish uchun joriy yilda birgina 

qishloq  joylarning 

oʻzida  3  mingdan  ziyod  yoki  oʻtgan  yilga  nisbatan  ikki  barobar  koʻp  arzon 

namunali uy-joy qurildi. Bu jarayon izchil davom etadi.  

Bogʻistonda  qurilishi  boshlangan  koʻp  qavatli  uylar  ham  milliy  mentalitetimizga  xos 

zamonaviy  qurilish  andozalari  asosida  qad  rostlaydi.  Turar  joylar  zilzilabardoshligi,  nogironlar 

uchun 

qoʻshimcha  qulayliklarga  egaligi  bilan  ajralib  turadi.  Hovlisida  bolalar  maydonchalari, 



avtoturargoh, savdo markazi 

boʻladi.  

Prezidentimiz  yangi  uylar  poytaxtimizdagi  eng  namunali  yashash  manzillaridan  biriga 

aylanishi kerakligini 

taʼkidladi.  

Shu yerda Toshkent shahrida kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, kanallarni 

taʼmirlash va 

tutash hududlarni obodonlashtirish, 

yoʻl oʻtkazgichlar qurilishi boʻyicha loyihalar namoyish etildi. 

2019 yilda Salor, Damashi, Qorasuv, Bektemir, 

Boʻzsuv, Joʻn, Boʻrijar kabi kanallar taʼmirlanib, 

atrofi obodonlashtiriladi.  

Kanallar  atrofida,  odamlar  dam  oladigan,  bolalar 

choʻmiladigan  obod  va  xavfsiz  hududlar 

tashkil etish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Prezidentimiz  chiqindilarni  saralash  va  qayta  ishlash,  issiqlik  manbai 

boʻyicha  yopiq  suv 

taʼminoti tizimi loyihalarini tezlashtirish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bugun Sergeli tumanida qurilish kranlari shunchalik 

koʻpki, xuddi daraxtzorga oʻxshaydi. Bu 

bunyodkorlik ishlari 

koʻlamidan, shiddatidan. Jumladan, Choshtepa mahallasi hududida 3 ming 

696 xonadonli 66 ta 

koʻp qavatli uy qurilmoqda.  

Davlatimiz rahbari yangi uy-joylarni borib 

koʻrdi.  

Shavkat Mirziyoyev joriy yilning iyul oyida ushbu mahallaga tashrif buyurib, qurilish jarayoni 

bilan  tanishgan,  mutasaddilarga  bunyodkorlik  ishlarini 

oʻz  vaqtida  va  sifatli  yakunlash  boʻyicha 

topshiriqlar bergan edi. Atigi besh oyda bu yerda ulkan mavze qad 

koʻtardi. 1 ming 176 xonadonga 

moʻljallangan 21 ta uy barpo etildi. Boshqa uylar qurilishi davom etmoqda.  

Ahamiyatli tomoni, Turkiyaning innovatsion texnologiyalari asosida binoning tashqi devorlari 

energiya tejamkor materiallar bilan qoplangan. Bu uylarning qishda issiq, yozda salqin 

boʻlishini 

taʼminlaydi.  

Prezidentimiz ushbu uylardan birini kirib 

koʻrdi. Qurilish sohasida yangi tizim yaratilganini, 

bu aholini uyli qilish bilan birga 

koʻplab ish oʻrinlari ham ochayotganini taʼkidladi.  

Mavzeda mahalla guzari ham bunyod etilgan bo

ʻlib, unda mahalla raisi va maslahatchilari 

xonalari, uy-joy mulkdorlari shirkati, profilaktika inspektori xonasi, kutubxona faoliyat yuritadi.  

Shavkat Mirziyoyev tuman hududidagi yana bir mavzeda 

boʻldi. Bu yerda ham koʻp qavatli 

turar joy binolari barpo etilmoqda.  

Davlatimiz rahbari milliy-diniy qadriyatlarimizni tiklash, buyuk ajdodlarimizning islom rivojiga 

qoʻshgan ulkan hissasini targʻib etishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shunday tashabbuslardan 

biri 

–  “Maʼrifat  va  diniy  bagʻrikenglik”  nomli  rezolyutsiya  qabul  qilish  taklifi  BMT  Bosh 



Assambleyasining  12  dekabrdagi  yalpi  sessiyasida  barcha  davlatlar  tomonidan 

qoʻllab-


quvvatlandi.  

Ushbu tarixiy voqea 

Oʻzbekistonda din sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jahonda 

tan olinayotganidan, yurtimizning ushbu masalalarda boy tarix  va katta tajribaga ega ekanidan 

dalolat beradi.  

Poytaxtimizda  barpo  etilayotgan  Islom  sivilizatsiyasi  markazi  davlatimiz  rahbarining  ayni 

sohasidagi ezgu tashabbuslaridan biridir.  

Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15 iyun kuni ushbu markaz qurilishiga tashrif buyurib, inshoot 

poydevoriga tamal toshi 

qoʻygan edi. Bugungi kunda bino konstruksiyalari qad koʻtarib, qurilish 

ishlari jadal davom etmoqda.  

Uch qavatli markaz qadimiy madrasalarimiz uslubida quriladi. Binoning simmetrik markaziga 

Usmon 

Qurʼoni  qoʻyiladi.  Ikkinchi  qavatda  kutubxona,  anjumanlar  va  koʻrgazma  zallari  boʻladi. 



Uchinchi qavat axborot-resurs markazi, ilmiy kafedralar va boshqa xonalarni 

oʻz ichiga oladi.  

Prezidentimiz qurilish jarayoni bilan tanishdi. 

Koʻrgazmalar zalida Oʻzbekiston tarixi davrlar 

boʻyicha,  har  bir  asr,  har  bir  allomaga  oid  manbalar  va  ashyolar  asosida  namoyish  etilishi 

zarurligini 

taʼkidladi.  

Hamma 


oʻz tarixini ulugʻlaydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek 

buyuk  allomalar  hech  qayerda 

yoʻq.  Bu  merosni  chuqur  oʻrganishimiz,  xalqimizga,  dunyoga 

yetkaza bilishimiz kerak. Bu markazga kelgan odam tariximiz haqida 

toʻla tasavvurga ega boʻlishi, 

katta 


maʼnaviy ozuqa olib ketishi zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Davlatimiz  rahbari  markazni  pardozlash  va  jihozlashni  takomillashtirish 

boʻyicha 

koʻrsatmalar berdi.  

Shu kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi 

boʻlib 


oʻtdi.  

Sessiyada 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.  

Toshkent shahrida 2017 yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga 

oʻsgani qayd qilindi. Joriy yilda 

bu 


koʻrsatkich  8,1  foizni  tashkil  etishi  kutilmoqda.  Shuningdek,  joriy  yil  yakuni  boʻyicha  sanoat 

mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foiz, qurilish ishlari 11,6 foiz, xizmat 

koʻrsatish 10,5 foiz oʻsadi. 

Bu mamlakatimiz 

boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichlardan biridir.  

Prezidentimiz Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 

boʻyicha muhim yoʻnalishlarni 

koʻrsatib  oʻtdi.  Toshkent  shahrini  yirik  ishbilarmonlik  va  moliya  markaziga  aylantirish  boʻyicha 

strategiya ishlab chiqish zarurligini 

taʼkidladi.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan olish mumkin 

 



Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay 

sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik 

sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, 

sugʻurta va boshqa zamonaviy xizmatlar 

koʻrsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar 

ichi esa innovatsion hudud 

boʻlishi kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Ijtimoiy  soha,  qurilish  va  kommunal  tarmoqlarini  rivojlantirish,  aholi  va  turistlar  uchun 

qulayliklarni 

koʻpaytirish boʻyicha ham istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi.  

Sessiyada  tashkiliy  masala 

koʻrildi.  Prezident  Shavkat  Mirziyoyevning  tavsiyasiga  binoan 

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir 

Ortiqxoʻjayev Toshkent 

shahar hokimi etib tasdiqlandi.  

Soʻzga  chiqqanlar  hokim  va  uning  barcha  oʻrinbosarlari,  barcha  faollar  Prezidentimiz 

tomonidan poytaxtimizni jadal rivojlantirish 

boʻyicha belgilab berilgan vazifalarni bajarish yoʻlida 

bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etishini 

taʼkidladilar. 

 

 



Download 375.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling