Axborot soati materiallari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana15.12.2019
Hajmi0.7 Mb.
  1   2   3   4

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



AXBOROT SOATI MATERIALLARI 

22 yanvar 2019 yil

 

 



YANGILIKLAR VA VOQEALAR 

 

OʻZBEKISTON – HINDISTON: KOʻP QIRRALI HAMKORLIKNI YANADA 



MUSTAHKAMLASH YOʻLIDA 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  Hindiston  Respublikasi 

Bosh  vaziri  Narendra  Modining  taklifiga  binoan  17-18  yanvar  kunlari  ushbu  mamlakatda 

amaliy 

tashrif 

bilan 

boʻlib, 

“Joʻshqin  Gujarat  –  2019”  IX 

xalqaro 

investitsiya 

sammitida 

ishtirok etdi.  

Davlatimiz  rahbari  18  yanvar 

kuni  Gandinagar  shahrida 

“Joʻshqin 

Gujarat 

–  2019”  xalqaro  sammiti 

doirasida 

Hindiston 

Respublikasi 

Bosh  vaziri  Narendra  Modi  bilan 

uchrashdi.  

Bosh 


vazir 

Prezidentimizni 

Hindistonga yana bir bor tashrifi bilan 

samimiy 


qutlar 

ekan, 


nufuzli 

Oʻzbekiston delegatsiyasining sammit 

ishidagi 

ishtiroki 

uchun 

chuqur 


minnatdorlik izhor qildi.  

Oʻzbekiston  Prezidentining  Hindistonga  tashrifi  oliy  darajadagi  muloqotning  mantiqiy 

davomi,  shuningdek,  mamlakatlarimiz 

oʻrtasida  tobora  mustahkamlanib  borayotgan  doʻstlik  va 

sheriklik munosabatlarining yana bir yorqin dalilidir.  

Uchrashuvda 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtgan yili oktyabr oyida Hindistonga 

davlat  tashrifi  yakunlari 

boʻyicha  erishilgan  kelishuvlar  va  imzolangan  bitimlarning  amaliy  ijrosi 

bilan 


bogʻliq  masalalar,  shuningdek,  ikki  tomonlama  koʻp  qirrali  hamkorlikni  kengaytirish 

istiqbollari 

koʻrib chiqildi.  

Tashrifdan 

soʻng  oʻtgan  qisqa  vaqt  davomida  barcha  yoʻnalishdagi  oʻzaro  aloqalar 

faollashgani qayd etildi.  

Oʻtgan  hafta  Samarqand  shahrida  “Hindiston  –  Markaziy  Osiyo”  muloqoti  tashqi  ishlar 

vazirlarining Afg

ʻoniston ishtirokidagi birinchi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.  

Savdo-iqtisodiy  hamkorlik  sohasida  Toshkentda 

qoʻshma  Tadbirkorlikni  rivojlantirish 

markazi 


oʻz faoliyatini boshladi. Mamlakatimizda Hindiston sanoat konfederatsiyasi vakolatxonasi 

ochilishi 

koʻzda tutilmoqda.  

Sammit arafasida  Gujaratda 

Oʻzbekiston – Hindiston ishbilarmonlar kengashining birinchi 

majlisi 


boʻlib oʻtdi.  

Hindistonlik  hamkorlar  bilan  Toshkent  shahrida 

ilgʻor  axborot  texnologiyalari  texnoparki, 

Andijon viloyatida farmatsevtika zonasi tashkil etilmoqda.  

Hindiston Eksimbanki bilan 

Oʻzbekistonda ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun 

qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish 

boʻyicha kelishuvga erishildi.  

Yangi 

oʻquv  yilidan  boshlab  mamlakatimizda  Hindistonning  yetakchi  oliy  oʻquv  yurtlari  – 



Amiti va Sharda universitetlari 

oʻz ishini boshlaydi.  

Davlat rahbarlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 

sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, 

zargarlik  sanoati,  qishloq 

xoʻjaligi,  sayyohlik  infratuzilmasini  modernizatsiya  qilish  va  boshqa 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



yoʻnalishlardagi  ustuvor  loyihalar  va  hamkorlik  dasturlarining  amaliy  ijrosini  jadallashtirish 

zarurligini qayd etdi.  

Madaniy-gumanitar almashuvni yanada kengaytirish masalalariga alohida 

eʼtibor qaratildi. 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari 

boʻyicha fikr almashildi.  

Oʻzbekiston  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  va  Hindiston  Bosh  vaziri  Narendra  Modi  ikki 

mamlakat 

oʻrtasidagi  koʻp  qirrali  hamkorlikni  faol  rivojlantirish  yoʻlida  qatʼiy  ekanliklarini 

taʼkidladilar.  

Uchrashuv 

soʻnggida Hindistonga uran yetkazib berish boʻyicha imzolangan uzoq muddatli 

kelishuvni 

oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi.  

Gandinagar  shahridagi 

“Mahatma  Mandir”  koʻrgazmalar  majmuasida  “Joʻshqin  Gujarat  – 

2019” IX xalqaro investitsiya sammiti boʻlib oʻtdi.  

Sammitda 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Avstraliya, 

Kanada,  Fransiya,  Yaponiya,  Norvegiya,  Niderlandiya,  Polsha,  Koreya  Respublikasi,  Daniya, 

Chexiya,  Malta,  Tailand,  BAA  kabi  mamlakatlardan  davlat  va  hukumat  rahbarlari,  xalqaro 

tashkilotlar va transmilliy korporatsiyalar boshliqlari, ekspertlar ishtirok etdi.  

Yirik  iqtisodiy  anjumanda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  nutq 

soʻzladi.  

Gujarat  shtati  qadimdan  savdo  va  tadbirkorlikda  yetakchi  hudud 

boʻlib  kelgani,  mazkur 

sammit  ana  shu 

anʼanalarni  davom  ettirib,  zamonaviy  Hindistonning  biznes  ruhini  namoyon 

qilayotganini 

taʼkidladi.  

Davlatimiz  rahbari  Hindiston  bilan  uzoq  muddatli  strategik  sheriklikni  mustahkamlash 

Oʻzbekiston  tashqi  siyosatining  ustuvor  yoʻnalishlaridan  biri  ekanini  alohida  qayd  etib,  ikki 

tomonlama hamkorlikni kengaytirish uchun qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.  

– Eramizdan avvalgi III-II asrlarda hind zaminini Markaziy Osiyo bilan Buyuk Hindiston yoʻli 

bogʻlagani yaxshi maʼlum. Bugun ham Markaziy va Janubiy Osiyo bozorlari oʻrtasidagi ishonchli 

savdo  va  transport  kommunikatsiyalarini  yaratish  har  qachongidan  dolzarbdir.  Biz 

Transafgʻon 

temir 

yoʻli  loyihasini  muhokama  qilyapmiz.  Istiqbolda  bu  yoʻl  Janubiy  Osiyoga,  jumladan, 



Choxbahor porti orqali Hindistonga chiqish imkonini beradi, 

– dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Davlatimiz  rahbari  axborot  texnologiyalari,  dasturiy 

taʼminot,  qishloq  xoʻjaligi,  qayta 

tiklanadigan  energiya  hamda  ushbu  sohalar  uchun  mutaxassislar  tayyorlash 

boʻyicha qoʻshma 

loyihalarni amalga oshirishni taklif etdi. Bu 

boʻyicha dastlabki harakatlar boshlangan. 

Sarmoyadorlarni 

Oʻzbekistonga  jalb  qilish  uchun  eng  qulay  sharoitlar  yaratilishi  alohida 

taʼkidlandi.  

Oʻzbekiston,  avvalo,  kimyo  sanoati  va  energetika,  farmatsevtika,  toʻqimachilik,  charm-

poyabzal, turizm sohalaridagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.  

– Gujaratning ulkan iqtisodiy salohiyati va Andijon viloyati bilan sheriklik aloqalaridan kelib 

chiqib,  shoh  Bobur 

tugʻilgan  va  ulugʻ  Akbarshoh  ajdodlarining  vatani  boʻlmish  Andijonda 

Oʻzbekiston  –  Hindiston  mintaqalari  biznes-forumini  shu  yili  oʻtkazishni  taklif  qilamiz,  –  dedi 

Prezidentimiz.  

Davlatimiz  rahbari  2020  yilda  Hindistonda 

“Oʻzbekiston  madaniyati  yili”ni  hamda 

Oʻzbekistonda  “Hindiston  madaniyati  yili”ni  oʻtkazish,  joriy  yilda  yurtimizda  Oʻzbekiston  – 

Hindiston Yoshlar festivalini tashkil qilish taklifini ilgari surdi.  

Prezidentimiz 

soʻzining  yakunida  yurtimizning  sanoat,  investitsiya  va  sayyohlik  salohiyati, 

boy  tarixi  va  madaniyati  haqida  tanishish  imkonini  beruvchi  sammit  doirasida  tashkil  etilgan 

Oʻzbekiston koʻrgazmasiga barchani taklif qildi.  

“Joʻshqin  Gujarat  –  2019"”  sammitida  soʻzga  chiqqanlar  hamkor  mamlakatlar  oʻrtasida 

oʻzaro tajriba va texnologiya almashish, yangi sheriklar va investitsiyalar jalb etish yoʻllarini topish 

boʻyicha oʻz nuqtai nazarlarini bayon etdi.  

Shu  bilan 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyevning  Hindiston 

Respublikasiga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.  



Umar Asrorov, 

OʻzA  

Gandinagar 

– Toshkent. 

Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



 

SHAVKAT MIRZIYOYEV: QANCHA KOʻP BILIMLI BOʻLSAK, SHUNCHA QUDRATLI 

BOʻLAMIZ 

 

Germaniyada 



oʻqiyotgan,  ilmiy  izlanishlar  olib  borayotgan  bir  guruh  oʻzbekistonlik 

yoshlar  Berlin  shahrida  Prezident  Shavkat  Mirziyoyevni  katta  xursandchilik  bilan  kutib 

oldi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



Mamlakatimiz delegatsiyasi joylashgan qarorgoh oldida samimiy suhbat 

boʻlib oʻtdi. 

Davlatimiz rahbari vatandoshlarimizning 

oʻqish va ishlari, orzu-istaklari bilan qiziqdi. 

– Rivojlangan davlatlar barcha sohalarga ilmiy yondashib natijaga erishgan. Biz ham juda 

katta izlanishdamiz. Butun harakatlarimiz dunyo bilan teng 

boʻlishga, xalqimizga munosib hayot 

yaratishga  qaratilgan.  Islohotlarni  sizdek 

ilgʻor  yoshlar  bilan  birga  amalga  oshiramiz.  Hamma 

oʻrgangan bilim, “nou-xau”laringni Oʻzbekistonning har bir sohasi intiqlik bilan kutyapti. Qancha 

koʻp bilimli boʻlsak, shuncha qudratli boʻlamiz,- dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident  yoshlarni 

oʻqish  va  izlanishlarini  muvaffaqiyatli  tugatib,  bilim  va  tajribalarini 

mamlakatimiz rivojiga 

yoʻnaltirishga taklif etdi. 

 

 



2017-

2021 YILLARDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHNING 

BESHTA USTUVOR YOʻNALISHI BOʻYICHA HARAKATLAR STRATEGIYASINI “FAOL 

INVESTITSIYALAR VA IJTIMOIY RIVOJ

LANISH YILI”DA AMALGA OSHIRISHGA OID 

DAVLAT DASTURI TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI 

“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon 

qilingan 2018 yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy 

ilm-fan  yutuqlari,  innovatsion 

gʻoyalar  va  texnologiyalarni  joriy  etish  boʻyicha  kompleks  chora-

tadbirlar amalga oshirildi. 

Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini 

roʻyobga chiqarish doirasida 21 trillion soʻm va 1 

milliard AQSH dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi. 

“Obod  qishloq”  va  “Obod  mahalla”  dasturlariga  muvofiq  400  dan  ortiq  qishloq  va 

mahallalarda  munosib  turmush  sharoitlarini  yaratishga  qaratilgan  qurilish  va  obodonlashtirish 

ishlariga 3 trillion 

soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. 

“Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion soʻmga yaqin 

mablagʻ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi. 

Ijtimoiy  sohani  rivojlantirish,  aholining  ijtimoiy  himoyasini  kuchaytirish  va  mehnatga  haq 

toʻlash  tizimini  yanada  takomillashtirishga  alohida  eʼtibor  qaratildi  hamda  bu  aholining  real 

daromadlarini 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi. 

Yangi 

oʻquv  yoʻnalishlarini  ochish  va  qabul  kvotalarini  oshirish  hisobiga  oliy  taʼlim  olish 



imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi. 

Soliq 


maʼmuriyatchiligining  mohiyatan  yangi  tartibi  joriy  etilgani  sababli  soliqlarning 

prognozdan  oshirib  bajarilgan  qismi  hisobidan  mahalliy  byudjetlar  ixtiyorida  5,5  trillion 

soʻm 

mablagʻ  qoldirildi.  Bu  2017  yilgi  koʻrsatkichlarga  nisbatan  6  barobar,  2016  yilga  nisbatan  32 



barobar 

koʻpdir. 

Bundan  tashqari,  iqtisodiy  rivojlanishni 

ragʻbatlantirish,  ishbilarmonlik  muhiti  va 

investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini 

kamaytirishga  qaratilgan 

Oʻzbekiston  Respublikasining  soliq  siyosatini  takomillashtirish 

konsepsiyasi qabul qilindi. 

Xususan,  yagona  ijtimoiy 

toʻlov  stavkasining  12  foizgacha  pasaytirilishi  hamda  yuridik 

shaxslarning  aylanmasi  (tushumi)dan  davlat  maqsadli 

jamgʻarmalariga  undiriladigan  majburiy 

ajratmalarning  bekor  qilinishi  korxonalar  ixtiyorida 

qoʻshimcha  mablagʻlar  qolishi  uchun  shart-

sharoit yaratdi. 

2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSH dollariga teng 

investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan 

qiymati 23 milliard AQSH dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 

2017-2021  yillarda 

Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yoʻnalishi 

boʻyicha  Harakatlar  strategiyasi  ijrosini  taʼminlash,  shuningdek,  Oʻzbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2018  yil  28  dekabrdagi  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  belgilangan  vazifalarni 

amalga oshirish maqsadida: 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



1.  Umumiy  qiymati  16,9  trillion 

soʻm  va  8,1  milliard  AQSH  dollariga  teng  loyihalarni 

amalga  oshirishni  nazarda  tutuvchi  hamda  quyidagilarga  qaratilgan  2017-2021  yillarda 



Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yoʻnalishi  boʻyicha 

Harakatlar  strategiyasini 

“Faol  investitsiyalar  va  ijtimoiy  rivojlanish  yili”da  amalga 

oshirishga oid davlat dasturi (keyingi 

oʻrinlarda – Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 



davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida 

– parlamentning muhim 

qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat 

tizimini  optimallashtirish, 

maʼmuriy  islohotlarni  davom  ettirish,  davlat  boshqaruvida  zamonaviy 

menejment  uslublarini  keng 

qoʻllash,  davlat  xizmatlarini  rivojlantirish,  davlat  xizmatiga  malakali 

mutaxassislarni  jalb  etishga  qaratilgan  yagona  kadrlar  siyosatini  shakllantirish,  mahalliy  davlat 

hokimiyati  organlarining  vakolat  va 

masʼuliyatini  qayta  koʻrib  chiqish,  ularning  mustaqilligini 

oshirish; 

qonun ustuvorligini 

taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – 

sud  hokimiyatining  haqiqiy  mustaqilligiga  erishish,  aholi  tinchligi,  xavfsizligini  va  qonuniylikni 

taʼminlash,  jinoyatchilikning  barvaqt  oldini  olish  boʻyicha  zarur  choralar  koʻrish,  jinoyat 

qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish; 



iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida 

– makroiqtisodiy 

barqarorlikni 

taʼminlash,  sogʻlom  raqobat  uchun  zarur  sharoitlarni  yaratish,  ishbilarmonlik  va 

investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, 

yuqori iqtisodiy 

oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning 

ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish; 



ijtimoiy  rivojlanish  sohasida 

–  aholi  oʻrtasida  ishsizlikni  kamaytirish,  odamlarning 

daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz 

taʼlimni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va 

ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy 

qoʻllab-quvvatlashni 

kuchaytirish,  odamlarning  turmush  sharoitlarini  yaxshilash,  ularni  munosib  turar  joy  bilan 

taʼminlash  va  farovonligini  oshirish,  jamiyatda  sogʻlom  turmush  tarzini  qaror  toptirish,  jismoniy 

tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish; 

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy 

bagʻrikenglikni taʼminlash, shuningdek, tashqi 

siyosat sohasida 

– mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli 

Kuchlarining  salohiyatini  mustahkamlash,  milliy  mudofaa  sanoati  kompleksini  shakllantirish, 

ekologik xavfsizlikni 

taʼminlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, 

oʻzaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini 

yanada oshirish. 

2.  Davlat  dasturida  nazarda  tutilgan  tadbirlar,  ayniqsa,  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish, 

qulay  investitsiya  muhitini  yaratish,  shuningdek,  mamlakatimiz  hududlarining  ijtimoiy  rivojlanish 

darajasini oshirish sohasidagi tadbirlarning samarali va 

oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash uchun 

shaxsan 


masʼul hisoblangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar 

Mahkamasi  mansabdor  shaxslari,  vazirlik  va  idoralar  rahbarlari, 

Oʻzbekiston 

Respublikasining 

xorijdagi 

diplomatik 

vakolatxonalari 

2-ilovaga 

muvofiq 

mamlakathududlariga biriktirilsin. 

Belgilansinki, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalari  tomonidan  har  chorakda 

Davlat dasturi ijrosining borishi 

toʻgʻrisida hisobotlar eshitiladi, mavjud muammo va kamchiliklarni 

bartaraf  etish 

boʻyicha  takliflar  kiritiladi,  Davlat  dasturidagi  tadbirlar  sifatli  va  oʻz  vaqtida 

bajarilishini 

taʼminlash uchun zarur choralar koʻriladi. 

3.  Har  oyda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  vazirlik  va  idoralar,  mahalliy 

ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  rahbarlari, 

Oʻzbekiston  Respublikasining  xorijdagi 

diplomatik  vakolatxonalari  rahbarlari  bilan  birgalikda  investitsiya  loyihalari  amalga 

oshirilishining borishini muhokama qilish, investorlar faoliyatiga 

toʻsqinlik qilayotgan muammolarni 

tezkor va samarali hal etishni 

taʼminlash maqsadida investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni, 

shu  jumladan,  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalangan  holda 

oʻtkazish amaliyoti joriy etilsin. 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

 



4.  Mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni  maslahat  va  ekspertlik  jihatidan 

taʼminlashni  amalga  oshirish,  shuningdek,  jamiyat  va  davlat  hayotini  isloh  qilish,  iqtisodiyot  va 

ijtimoiy  sohani  rivojlantirishning  dolzarb  masalalari,  jumladan,  mamlakatda  investitsiya  muhitini 

yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan 



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 

huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etilsin. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  va  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda 

tutuvchi 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin: 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Ekspert  kengashi  tarkibi,  bunda  uning 

tarkibiga  muvaffaqiyatga  erishgan  tadbirkorlar,  atoqli  davlat  va  jamoat  arboblari,  olimlar, 

jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarni kiritish nazarda tutilsin; 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom. 

5. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Iqtisodiyot  va  sanoat  vazirligi  Investitsiyalar  boʻyicha  davlat 

qoʻmitasi,  Qoraqalpogʻiston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar 

hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar har bir hududning 

oʻziga xos xususiyatlarini 

hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor 

yoʻnalishlarni nazarda 

tutuvchi 

Oʻzbekiston  Respublikasining  oʻrta  muddatli  istiqboldagi  investitsiya  siyosati 

strategiyasi(keyingi 

oʻrinlarda – Strategiya) ishlab chiqilishini taʼminlasin. 

6. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi,  Tashqi  savdo  vazirligi,  Investitsiyalar 



boʻyicha  davlat  qoʻmitasi  boshqa  manfaatdor  vazirlik  va  idoralar  bilan  birgalikda  bir  hafta 

muddatda 2019 yilda 



Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar 

bilan  savdo-iqtisodiy,  investitsiya,  madaniy-gumanitar  va  siyosiy,  shuningdek,  xavfsizlik 

sohasidagi  hamkorligini  yanada  faollashtirish  va  rivojlantirishga  qaratilgan  aniq  tadbirlar 

boʻyicha takliflarni kiritsin. 

Belgilansinki, 

Oʻzbekiston  Respublikasining  xorijiy  mamlakatlar  –  ustuvor  hamkorlar  bilan 

hamkorligini yanada faollashtirish 

boʻyicha taklif etiladigan tadbirlar va yoʻnalishlar Davlat dasturi 

va 


Oʻzbekiston Respublikasining 2019 yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi bilan oʻzaro uzviy 

bogʻliq boʻlishi lozim. 

7. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  boʻyicha  davlat  qoʻmitasi,  Moliya  vazirligi, 



Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot 

jamgʻarmasining quyidagilarni tashkil etish 

toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin: 

a) 


eʼlon  qilingan  kapitali  1  milliard  AQSH  dollarimiqdorida  boʻlgan  Oʻzbekiston 


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling