Axborot soati materiallari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.12.2019
Hajmi0.7 Mb.
1   2   3   4

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  

Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri,  

2019 yil 17 yanvar 

 

 



TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH BOʻYICHA 

QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI 

¶Taʼlim  sifatini  nazorat  qilish  tizimini  yanada  takomillashtirish  maqsadida,  shuningdek, 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini 

takomillashtirish 

boʻyicha  qoʻshimcha  chora-tadbirlar  toʻgʻrisida”gi  PF–5538-son  Farmoniga 

muvofiq:  

1. 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Taʼlim  sifatini  nazorat  qilish 



davlat inspeksiyasi (keyingi 

oʻrinlarda – Davlat inspeksiyasi) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy 

va 

oʻrta  maxsus  taʼlim  vazirligining  2019  yil  1  martdan  boshlab  xorijiy  davlatlarda  berilgan 



taʼlim  olganlik  toʻgʻrisidagi  hujjatlarni  tan  olish  va  nostrifikatsiya  qilish  (ekvivalentligini 

qayd etish) tartibini joriy etish 

boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi:  

a) 


Oʻzbekiston  Respublikasi  hududida  alohida  boʻlinmalari  (filiallari)  va  qoʻshma  taʼlim 

muassasalari  faoliyat  yuritayotgan  xorijiy 

taʼlim  muassasalarida  taʼlim  olgan  Oʻzbekiston 

Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi 

boʻlmagan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda 

– fuqarolar);  

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining 

qoʻshma  qarori  bilan  roʻyxati  har  yili  tasdiqlanadigan  xalqaro  eʼtirof  etilgan  tashkilotlarning 

(Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking 

of World Universities) reytingida oliy 

taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan 

xorijiy oliy 

taʼlim muassasalarida taʼlim olgan fuqarolarning;  

tasarrufida oliy 

taʼlim muassasalari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirlik va idoralarining 

yoʻllanmalari  asosida  mutaxassislarni  maqsadli  tayyorlash  uchun  xorijiy  davlatlar  tomonidan 

ajratilgan kvotalar (grantlar) hisobidan 

taʼlim olgan fuqarolarning;  

1992 yil 1 yanvargacha xorijiy 

taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan fuqarolarning;  

Oliy 

taʼlimda  sifatni  kafolatlash  Yevropa  assotsiatsiyasining  (European  Association  for 



Quality  Assurance  in  Higher  Education) 

toʻlaqonli  aʼzolari  –  vakolatli  tashkilotlar  tomonidan 

akkreditatsiya  qilingan 

taʼlim  muassasalarida  taʼlim  olgan  fuqarolarning,  roʻyxati  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan 

yoʻnalishlar,  mutaxassisliklar  va 

kasblar bundan mustasno;  

Amerika 


Qoʻshma Shtatlari, Avstraliya Ittifoqi, Isroil Davlati, Kanada, Singapur Respublikasi, 

Koreya  Respublikasi,  Yaponiya  davlatlarining  ushbu  davlatlar  vakolatli  tashkilotlari  tomonidan 

akkreditatsiya  qilingan 

taʼlim  muassasalarida  taʼlim  olgan  fuqarolarning,  roʻyxati  Oʻzbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilanadigan 

yoʻnalishlar,  mutaxassisliklar  va 

kasblar bundan mustasno;  

xorijiy  oliy 

taʼlim  muassasalarida  mutaxassislarni  maqsadli  tayyorlash  uchun  Oʻzbekiston 

Respublikasining  vazirlik  va  idoralari  tomonidan  ajratilgan 

mablagʻlar  hisobidan  taʼlim  olgan 

fuqarolarning;  

Oʻzbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari,  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

va 


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda taʼlim 

olganlik 

toʻgʻrisidagi  hujjatlarini  toʻgʻridan-toʻgʻri  (maxsus  sinovlarsiz)  tan  olish  va  nostrifikatsiya 

qilish (ekvivalentligini qayd etish);  

b) 

taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd 



etish) 

toʻgʻrisidagi  arizalarni  faqatgina  Davlat  xizmatlari  markazlari  yoki  Oʻzbekiston 

Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilish 

toʻgʻrisidagi taklifi 

maʼqullansin.  


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

12 


 

2. Davlat inspeksiyasiga quyidagi 

qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:  

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalari reytingini tuzish va rasman eʼlon qilish;  

oʻquvchilarning  bilim  darajasini  baholash  boʻyicha  xalqaro  dasturlar  va  tadqiqotlarda 

Oʻzbekiston Respublikasining ishtirokini taʼminlash;  

dunyoning  yetakchi  reyting  tashkilotlari  bilan  hamkorlik  qilish  va  milliy  oliy 

taʼlim 


muassasalarining ushbu reytinglarga kirishiga har tomonlama 

koʻmaklashish.  

3. Milliy oliy 

taʼlim muassasalari faoliyatini oʻrganish hamda ushbu muassasalarda kadrlar 

tayyorlash sifatini, jumladan, xalqaro standartlar va 

ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish orqali oshirish 

yuzasidan  har  chorakda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasiga  takliflar 

kiritib  borish  uchun 

masʼul  boʻlgan  Davlat  inspeksiyasi  boshligʻining  birinchi  oʻrinbosari 

lavozimi kiritilsin.  

Belgilansinki, Davlat inspeksiyasi 

boshligʻining birinchi oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  lavozimga  tayinlanadi  va  lavozimidan  ozod  etiladi  hamda 

maqomi,  tibbiy  va  transport 

taʼminoti  sharoitlari  boʻyicha  vazirning  birinchi  oʻrinbosariga 

tenglashtiriladi.  

4.  Davlat  inspeksiyasining  boshqaruv  xodimlari  cheklangan  soni  108  nafardan  iborat 

yangilangan tashkiliy tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.  

Davlat  inspeksiyasining 

boshligʻiga,  zarur  hollarda,  xodimlarning  oʻrnatilgan  cheklangan 

umumiy  soni  va  mehnatga  haq 

toʻlash  fondi  doirasida  Davlat  inspeksiyasi  tuzilmasiga 

oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.  

5. Davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:  

taʼlim muassasalarining reytingini belgilovchi dunyoning yetakchi reyting tashkilotlari bilan 

hamkorlik 

oʻrnatsin;  

2019  yil  1  aprelga  qadar 

ilgʻor  xorijiy  tajribani  oʻrganish  natijalariga  koʻra,  taʼlim 

muassasalarini  attestatsiyadan  va  davlat  akkreditatsiyasidan 

oʻtkazish tartibini takomillashtirish 

toʻgʻrisida  hukumat  qarori  loyihasini  ishlab  chiqsin  va  Oʻzbekiston  Respublikasi  Vazirlar 

Mahkamasiga kiritsin;  

2019  yil  1  iyunga  qadar 

taʼlim  muassasalari,  pedagog  xodimlar,  taʼlim  oluvchilar,  taʼlim-

tarbiya  jarayoni  va  boshqa  zarur  axborotlar 

toʻgʻrisida  yagona  maʼlumotlar  bazasini 

shakllantirishni 

oʻz  ichiga  olgan  taʼlim  sifatini  taʼminlovchi  axborot  tizimini  joriy  etish  boʻyicha 

takliflar tayyorlasin va 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.  

6. Belgilansinki, 2019 yil 1 fevraldan:  

pedagog kadrlarga birinchi va oliy malaka toifasi, yetakchi va bosh 

oʻqituvchi lavozimi berish, 

shuningdek,  umumiy 

oʻrta,  oʻrta maxsus  va  kasb-hunar  taʼlimi muassasalarida mazkur  malaka 

toifasiga  va  lavozimiga  talabgorlarga  malaka  toifasini  berishda 

toʻlanadigan  yigʻimlardan 

tushadigan 

mablagʻning  50  foizi  Davlat  inspeksiyasining  byudjetdan  tashqari  Rivojlantirish 

jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma);  

Jamgʻarmaga tushadigan mablagʻlarning 80 foizgacha boʻlgan miqdori Davlat inspeksiyasi 

boshligʻining qaroriga koʻra, lavozim maoshining 200 foizigacha miqdorda oylik ustamalar toʻlash, 

moddiy yordam 

koʻrsatish, xizmat vazifalarini vijdonan va tashabbuskorlik bilan bajarganligi uchun 

mukofot puli, shuningdek, mamlakat ichida va tashqarisidagi xizmat safarlari xarajatlarini 

toʻlash 


tarzida xodimlarning moddiy 

ragʻbatlantirilishiga yoʻnaltirilishi mumkin.  

7.  Davlat  inspeksiyasiga 

Jamgʻarmaning  mablagʻlari  hisobidan  quyidagi  xarajatlarni 

toʻlashga ruxsat etilsin:  

Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish doirasida davlat organlari 

va  tashkilotlari,  ilmiy  va  oliy 

taʼlim  muassasalari,  yetakchi  xalqaro  va  xorijiy  tashkilotlarning 

malakali mutaxassislari, shu jumladan, 

taʼlim sohasidagi xorijiy ekspertlar va xorijda yashayotgan 

vatandoshlarni maslahatchilar sifatida jalb qilish;  

Davlat  inspeksiyasi  xodimlarini  ilmiy-tadqiqot, 

taʼlim  va  boshqa  muassasalarda,  shu 

jumladan, xorijda 

oʻqitish, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish;  

Davlat inspeksiyasi, unga idoraviy mansub tashkilotlar va hududiy 

boʻlimlarining faoliyatiga 

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish.  



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

13 


 

8. 


Oʻzbekiston  Respublikasi  Investitsiyalar  boʻyicha  davlat  qoʻmitasi,  Moliya  vazirligi  va 

Davlat inspeksiyasi tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Davlat inspeksiyasining bino 

va  inshootlarini  rekonstruksiya  qilishni 

Oʻzbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  kelgusi 

yillardagi davlat dasturlariga kiritilishini 

taʼminlasin.  

9. Quyidagilar:  

Oʻzbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  oʻrinbosari  A.A.Abduhakimovga  –  yuklatilgan 

vazifalarning  lozim  darajada  bajarilishi  yuzasidan  vazirlik  va  idoralarni  muvofiqlashtirish, 

shuningdek, ushbu qarorning bajarilishini muntazam 

koʻrib chiqish yuzasidan;  

Davlat  inspeksiyasining 

boshligʻi  U.N.Tashkenbayevga  –mazkur  qarorga  muvofiq  joriy 

etiladigan  xorijiy  mamlakatlarda  berilgan 

taʼlim  olganlik  toʻgʻrisidagi  hujjatlarni  tan  olish  va 

nostrifikatsiya  qilish  (ekvivalentligini  qayd  etish)  tartibining  amalda 

roʻyobga  chiqarilishini 

taʼminlash, mazkur sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha sifatli va puxta ishlab 

chiqilgan takliflarni kiritish yuzasidan shaxsan javobgar ekanliklari 

koʻrsatib oʻtilsin.  

10. Davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:  

a) quyidagi 

boʻyicha yangi yigʻimlar miqdorlarini tasdiqlash:  

xorijiy  mamlakatlarda  berilgan 

taʼlim  olganlik  toʻgʻrisidagi  hujjatlarni  tan  olish  va 

nostrifikatsiya qilish (ekvivalentligini qayd etish);  

milliy 


taʼlim  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  tomonidan  berilgan  rasmiy  hujjatlarga  apostil 

qoʻyish;  

b)  qonun  hujjatlariga  ushbu  qarordan  kelib  chiqadigan 

oʻzgartirish  va  qoʻshimchalar 

toʻgʻrisida takliflar kiritsin.  

11.  Mazkur  qarorning  ijrosini  nazorat  qilish 

Oʻzbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri 

A.N.Aripov, 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Administratsiyasi  rahbari  Z.Sh.Nizomiddinov, 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va Oʻzbekiston Respublikasi 

Prezidenti maslahatchisining birinchi 

oʻrinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin. 



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  

Sh.MIRZIYOYEV  

Toshkent shahri,  

2019 yil 16 yanvar 

 

 



AHOLI MUAMMOLARI BILAN ISHLASH SOHASIDA YANGI TIZIMGA 

OʻTILMOQDA 

2019  yil  17  yanvarda 

Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Aholi  muammolari  bilan 

ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. 

“Insonlarning dardu tashvishlarini oʻylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalq 

davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi 

kerak”, “Xalqimiz oʻz hayotida 

ijobiy 

oʻzgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun koʻrishi kerak”. Prezident 



Shavkat  Mirziyoyevning  el-yurtimiz  qalbi  va  ongidan  chuqur  joy  olgan  bu 

soʻzlari  bugun 

mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub 

oʻzgarish va islohotlarni 

harakatlantiruvchi  qudratli  kuchga, 

taʼbir  joiz  boʻlsa,  ularning  gʻoyaviy  oʻzagiga  aylandi. 

Xalqimizning  hayotiy  talab  va  ehtiyojlarini 

taʼminlash,  odamlarimizni  rozi  qilish  yoʻlidagi  zalvorli 

ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh 

gʻoyalar asosida olib borilib, tobora yangi maʼno 

va mazmun bilan boyib bormoqda. Bunday tarixiy 

oʻzgarishlar silsilasida xalq bilan muloqot qilish, 

murojaatlar bilan ishlash 

boʻyicha tamomila yangi tizimga asos solingani, xalqaro miqyosda noyob 

tuzilma  sifatida  keng 

eʼtirof  etilayotgan  Prezident  Virtual  qabulxonasi  va  Xalq  qabulxonalari 

instituti yaratilgani, shubhasiz, markaziy 

oʻrinlardan birini egallaydi. 

Xalq qabulxonalari xalqimizning necha yillik orzu-armonlarini ushaltirish maqsadida tashkil 

etilgani bois, el-yurtimiz hayotidan, mamlakatimizda kechayotgan yangilanishlar jarayonidan tez 

fursatda 

oʻzining munosib oʻrnini topib, har bir hudud va sohadagi real manzarani, asl holat va 

mavjud  muammolarni  aniqlash  hamda  hal  qilish 

yoʻlida  yangi  gʻoyalar,  amaliy  taklif  va 



Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

14 


 

tashabbuslar  yuzaga  keladigan,  ularni  hayotga  tatbiq  etishning  aniq  mexanizmlari  ishlab 

chiqiladigan markazlarga aylanib bormoqda. 

Oʻtgan davrda Prezident Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari yordamida 2 million 500 

mingdan ziyod kishi 

oʻzini qiynab kelayotgan muammolarga yechim, oʻylantirayotgan savollarga 

javob  topgani  ularning  xalqimiz  mushkulini  oson, 

ogʻirini  yengil  qilish,  jamiyatimizda  adolat 

tamoyillarini mustahkam qaror toptirishda amaliy ahamiyati naqadar yuqori 

boʻlayotganini yaqqol 

koʻrsatadi. 

Bir 


soʻz  bilan  aytganda,  Xalq  qabulxonalari  davlat  organlari  bilan  aholi  oʻrtasida  ochiq 

muloqotni 

yoʻlga  qoʻyish,  dolzarb  muammolarni  aniqlash,  murojaatlar  qonuniy  va  sifatli  koʻrib 

chiqilishini 

taʼminlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda oʻzini toʻla oqladi. Albatta, hayot 

hech qachon bir joyda 

toʻxtab turmaydi. Zamon bilan hamqadam boʻlish, kerak boʻlsa, undan bir 

qadam ilgari odimlash 

– bugungi kun talabi. Shu maʼnoda, biz yashayotgan hozirgi shiddatli davr, 

oldimizga 

qoʻygan ulkan maqsadlar barcha sohalarda boʻlgani kabi mazkur muhim yoʻnalishda 

ham 


oʻtgan  qisqa  davrda  orttirilgan  ijobiy  tajribalarni  yanada  takomillashtirish,  uni  mazmun 

jihatidan rivojlantirishni talab etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 28 dekabrda Oliy 

Majlisga  Murojaatnomasida  ana  shu  dolzarb  masalaga  alohida 

toʻxtalib,  Xalq  qabulxonalari 

faoliyatida mutlaqo yangi tizimga 

– sifat jihatidan yanada yuksak bosqichga oʻtilishi haqida maʼlum 

qilgan edi. Mana, oradan hech qancha vaqt 

oʻtmasdan, davlatimiz rahbarining davlat organlari va 

boshqa  tashkilotlarning  fuqarolar  bilan  bevosita  ishlashga 

oʻtishini,  ularning  xalqqa,  jumladan, 

tadbirkorlik  subyektlariga  yaqin 

koʻmakchi  boʻlishini,  Murojaatnomada  belgilangan  vazifalar 

ijrosini 

taʼminlashga qaratilgan“Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish 

chora-tadbirlari 

toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. 

Xoʻsh, bu farmonning qabul qilinishi qanday sabab-omillar bilan bogʻliq? Mazkur sohadagi 

qanday  muammolar  mazkur  hujjatga  asos 

boʻldi?  Ushbu  yoʻnalishdagi  oʻzgarishlar  qaysi 

jihatlarda namoyon 

boʻladi? 

Farmon muqaddimasida qayd etib 

oʻtilganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga 

keyingi  ikki  yilda  2,5  milliondan  ortiq  murojaat  kelib  tushgani,  Respublika  ishchi  guruhlari 

tomonidan  uyma-uy  yurish,  ijtimoiy  soha  va  boshqa  obyektlarni 

oʻrganish  natijasida  yana  1,1 

milliondan ortiq turli muammolar aniqlangani joylarda yechimini kutayotgan masalalar 

koʻpligini, 

ayrimlari 

oʻrta va quyi boʻgʻindagi tashkilotlar darajasida hal etilmayotganini koʻrsatmoqda. Aholi 

murojaatlari  bilan  ishlash,  ularni  qiynab  kelayotgan  muammolarni  aniqlash  va  bartaraf  etish 

boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinganda bir qator kamchiliklar mavjudligi maʼlum boʻldi. 

Avvalo, murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini 

toʻliq 


qamrab  olish  va  tezkorlik  bilan  hal  qilish  imkonini  bermayotganini 

taʼkidlash  joiz.  Aniqlangan 

muammolarni tizimli tahlil qilish va hal etishda Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, mahalliy 

davlat 


hokimiyati 

organlari, 

Xalq 

qabulxonalari 



va 

boshqa 


tashkilotlar 

faoliyatini 

muvofiqlashtirishning yagona mexanizmi mavjud emasligi barcha 

boʻgʻinning yaxlit organizm kabi 

oʻzaro uygʻun ishlashiga imkoniyat bermayapti. Shu bois ham tegishli ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar 

loyihalarini  ishlab  chiqishda  Prezident  Virtual  qabulxonasi  va  Xalq  qabulxonalariga  kelib 

tushayotgan  murojaatlar,  joylarda  aniqlangan  boshqa  muammolar  yetarli  darajada  aks 

ettirilmayapti.  Boz  ustiga,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  rahbarlari 

aholi bilan bevosita muloqot qilish, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etishga, 

zimmasiga yuklatilgan vazifalarni 

toʻliq va sifatli bajarishga yetarli eʼtibor qaratmayapti. 

Ana shu jihatlarni 

eʼtiborga olgan holda, Prezident farmoniga muvofiq, 2019 yil 1 fevraldan 

boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash 

boʻyicha amaldagi tizimi bilan bir 

qatorda,  Xalq  qabulxonalarining  muammolarni  uyma-uy  yurish  orqali  aniqlash  va  hal  qilishini, 

davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinmoqda. 

Mazkur  yangi  tizimning  birinchi  jihati 

–  Xalq  qabulxonalari  hududlarni  kompleks  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirish 

boʻyicha sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 

uyma-uy yurish, ijtimoiy va boshqa obyektlarni 

oʻrganish orqali muammolarni aniqlaydi hamda hal 

qilinishini 

taʼminlaydi. Yaʼni, endi Xalq qabulxonalari maʼlum muammo yuzasidan murojaat kelib 

tushishini kutib 

oʻtirmaydi. 


Axborot soati materialini 

www.mtm.buxdu.uz

 veb-saytidan  

va tellegramdagi 

https://t.me/axborotsoati

 manzilidan olish mumkin  

15 


 

Bunga sabab 

boʻlgan asosiy omil – murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining 

mavjud muammolarini 

toʻliq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotgani bilan 

bogʻliq. Chunki barcha davlat organlari kabi Xalq qabulxonalari ham oʻz faoliyatida jismoniy va 

yuridik  shaxslarning  murojaatlarini  qabul  qilish  va 

koʻrib  chiqish  amaliyotidan  foydalanib 

kelmoqda. Lekin mavjud murojaatlar tahlili aholi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obyektlaridagi 

muammolarni 

toʻliq qamrab olish va aniqlash imkonini bermayapti. Qolaversa, odam ariza yoki 

shikoyat bilan murojaat qilmasa, bu unda umuman muammo 

yoʻq, degani emas. Ayniqsa, sabr-

qanoat va shukronalikni hayot mazmuni, oriyatu 

gʻururni ulugʻ qadriyat darajasida eʼzozlaydigan 

xalqimiz 

oʻrtasida  dardu  tashvishi  qiynab  turgan  boʻlsa-da,  bu  haqda  mahalla-koʻy,  mutasaddi 

idora  va  tashkilotlarga  murojaat  qilishni 

oʻziga  ep  koʻrmaydigan,  istihola  qiladiganlar  koʻp.  Shu 

bois ham davlatimiz rahbarining 

gʻoyasi va tashabbusi bilan mamlakatimizda xalq bilan muloqot 

qilish, murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarini hal etish sohasida yangi davrga qadam 

qoʻyilmoqda.  Bundan  buyon  davlat  organlari  Xalq  qabulxonalari  boshchiligida  oʻzlari  masʼul 

boʻlgan hududlarda mahallama-mahalla, koʻchama-koʻcha, uyma-uy yurib, har bir xonadon, har 

bir oila muammolarini 

oʻrganib, ularni hal qilish choralarini koʻradi. “Kasalni davolagandan koʻra, 

uning  oldini  olgan 

afzal”  deganlaridek,  muammo  haqida  kimdir  murojaat  qilib  kelishini  kutib 

oʻtirmasdan, xalq ichiga, odamlar orasiga chuqur kirib borib, ular duch kelayotgan muammolarni 

erta aniqlab, hal qilish yangi tizimdan 

koʻzlangan bosh maqsad hisoblanadi. Binobarin, bevosita 

muloqot,  yuzma-yuz  uchrashuvlarning 

taʼsir  kuchi  katta  boʻlib,  bunday  suhbatlar  jarayonida 

qogʻozlarga  sigʻmay  qolgan  tafsilotlar  oydinlashadi,  ortiqcha  ovoragarchiliklarsiz  u  yoki  bu 

masalaga daxldor yangi 

maʼlumotlarni aniqlashtirib olish imkoniyati katta boʻladi. 

Yana ham muhim bir jihat borki, bu haqda alohida aytib 

oʻtish ayni muddaodir. U ham boʻlsa, 

bunday  ish  tizimi  nainki  odamlarning  muammolarini  aniqlash  va  hal  qilishda,  balki  ularning 

yurtimizda  kechayotgan  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  haqidagi  fikr-mulohazalarini 

oʻrganish, 

davlatimiz  va  jamiyatimizni  har  tomonlama  rivojlantirishga  doir  taklif  va  tavsiyalarini  jamlashda 

ham 

taʼsirchan vositaga aylanadi. 



Mazkur  farmonda  belgilangan  yana  bir  yangilik 

–  endi  tuman  va  shaharlardagi  Xalq 

qabulxonalari boshchilik qiladigan sektorlar shtablari 

aʼzolaridan iborat ishchi guruhlarhududlarni 

mahalla va xonadonlar, oilalar kesimida tahlil qilib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf 

etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va 

oʻrta muddatli manzilli tadbirlar rejalarini shakllantiradi. Bunda 

tuman va shaharlar hokimliklari, Qora

qalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 

Toshkent  shahar  hokimliklari,  Vazirlar  Mahkamasining  tegishli  kompleksi  qisqa  muddatli 

–  bir 

yilga 


moʻljallangan  manzilli  tadbirlar  rejalariijrosini  taʼminlaydi,  Xalq  qabulxonalari  va  Prezident 

Administratsiyasi 

boʻlinmalari esa mazkur tadbirlar rejalariijrosini nazorat qiladi. 

Oʻrta  muddatli  manzilli  tadbirlar  rejalari,  davlat  investitsiya  dasturlari,  ijtimoiy-iqtisodiy 

sohadagi  hududiy,  tarmoq  va  davlat  dasturlari,  xalqaro  moliya  institutlari  ishtirokida  amalga 

oshiriladigan  loyihalarni  ishlab  chiqishda  Prezident  Virtual  qabulxonasiga  kelib  tushgan 

murojaatlarda  aks  etgan  tizimli  muammolar  inobatga  olinadi. 

Yaʼni,  endi  har  qanday  dasturni 

ishlab  chiqishda  yuzaki  yondashuvga 

yoʻl  qoʻyilmaydi,  bunda  har  bir  loyiha  bevosita  odamlar 

yoʻllagan murojaatlar tahliliga, real hayot manzarasi va xalq talab-istaklariga asoslanadi. 

Farmonda belgilanganidek, Xalq qabulxonalari hududlardagi ijtimoiy muhitni 

oʻrganish, aholi 

muammolarini  hal  qilishda  jamoatchilik  vakillari,  ommaviy  axborot  vositalari  va  boshqa 

tashkilotlarni jalb qilgan holda ochiqlik, shaffoflik va xolislikni 

taʼminlash choralarini koʻradi. Bunda, 

ayniqsa, Xalq qabulxonalarining ommaviy axborot vositalari bilan birga jamiyatdagi muammolarni 

aniqlashi,  tahlil  qilishi  nohaqdan  haqni  ajratish,  har  qanday  masalaga  obyektiv  yondashish 

imkonini beradi. 

Bugun 


“Obod  qishloq”  va  “Obod  mahalla”  dasturlari  mamlakatimizning  yangi  qiyofasini 

shakllantirishga  xizmat  qilmoqda.  Mazkur  dasturlar  amalda 

oʻz  natijasini  berishi  uchun  ularga, 

birinchi navbatda, eng 

ogʻir va murakkab sharoitdagi aholi punktlarini kiritish lozim. Bu boradagi 

real manzarani aniqlash uchun esa Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish 

zarur.  Shu  bois  davlatimiz  rahbari  farmoniga 

koʻra,  endi  “Obod  qishloq”  va  “Obod  mahalla” 

dasturlari  doirasida  qurilish  va  obodonlashtirish  ishlari  amalga  oshiriladigan  aholi  punktlari 

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling