Axborot texnologiyalari haqida tushuncha


Download 1.68 Mb.
bet1/2
Sana21.11.2023
Hajmi1.68 Mb.
#1792228
  1   2
Bog'liq
Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo\'yicha o\'quv jarayonini rejalashtirish tizimi

  • Reja:
  • 1. Informatika fanidan o‘quv mashg’ulotlarini tashkil qilish ishlari mazmuni
  • 2. Informatika fanidan o‘quv dasturlari va o‘quv rejalaridan foydalana olish
  • masalalari.
  • Informatika fanidan o‘quv jarayonini tashkil qilish uchun fan uchun ta’lim muassasalariga mo‘ljallangan DTS va o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, yillik ishchi o‘quv dasturlar va rejalar, bir soatlik dars rejasi va dars ishlanmalari, kompyuter sinfi va axborot texnologiyalar vositalari, ko‘rgazmali vositalar kerak bo‘ladi. Har bir informatika o‘qituvchisi dars o‘tishi uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uslubiy vositalardan foydalana olishi va kerakli hujjatlarni tayyorlay olishi kerak

Informatika fani bo‘yicha har bir ta’lim bosqichi uchun alohida DTS, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy vositalar yaratilgan. Oliy ta’lim uchun DTS lariga aoslanib tayanch oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari tayyorlananadi va amaliyotga joriy qilinadi.

  • Informatika fani bo‘yicha har bir ta’lim bosqichi uchun alohida DTS, o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv-uslubiy vositalar yaratilgan. Oliy ta’lim uchun DTS lariga aoslanib tayanch oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari tayyorlananadi va amaliyotga joriy qilinadi.
  • Oliy o‘quv yurtlarida namunaviy o‘quv dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar tuziladi. ishchi o‘quv dasturlari va kalendar tematik rejalar fan o‘qituvchisi tomonidan tuziladi, ishchi o‘quv dastur kafedra yig’ilishida ko‘rib chiqiladi va oliy o‘quv yurti Ilmiy Metodik kengashi tomonidan tasdiqlanadi, kalendar tematik reja esa kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi
  • Darslarning aniq taqsimlanishi o‘quvchining bandligining aniq maromini belgilashga sharoit yaratadi.
  • Taqvim – mavzu reja har semestrda alohida tuziladi va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini tomonidan tasdiqlanadi.
  • Taqvim – mavzu rejasiga kiritiladigan o‘zgarishlar fan texnikaning rivojlanishi nazariyasining o‘zgarishi va hokazolar kafedra hay’ati tomonidan muhokama qilinishi kerak.
  • O‘quvchilarning bilim darajasini tabaqalashtirish uchun nazariy mashg’ulotlarda topshiriqlarni 4 xil darajada berishga erishish kerak. Topshiriqlarning 1 – chi va 2 – chi darajasi davlat ta’lim standartlariga mos kelishi 3 – chi va 4 – chi darajasi esa ijodiy xarakterdagi topshiriqlar ko‘rinishda tavsiya qilish kerak. Har bir mavzu o‘tilganda mashg’ulot uchun tanlangan nazorat topshiriqlari 4 xil darajaga bo‘lganda 40 % - i 1 – chi darajali, 30 % - i 2 – chi darajali, 20 % - i 3 – chi darajali va 10 % - i 4 – chi darajali topshiriqlardan iborat bo‘lishi kerak. 1 – chi va 2 – chi darajali topshiriqlar davlat ta’lim standartlariga mos kelib, barcha o‘quvchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi. 3 – chi va 4 – chi darajali topshiriqlar ijodiy xarakterdagi topshiriq bo‘lgani uchun yetarlicha qobiliyat va iqtidor talab qiladi.
  • O‘quvchilar bilimining tabaqalashishi natijasida ta’limga bo‘lgan e’tibor ortib, o‘quvchilarning rivojlanishida ijobiy o‘zgarishlar kuzatiladi. Bahs va munozaralar shakllanib ta’limga, rivojlanishga bo‘lgan talab kuchayib boradi.
  • Nazariy mashg’ulot yuqoridagi talab darajasida berilgandan so‘ng mavzularga mos ravishda amaliy mashg’ulotlar taklif qilinadi. Informatika fanining tushunchalari va iboralarini o‘zlashtirishda amaliy mashg’ulotlarning o‘rni beqiyosdir.
  • Amaliy mashg’ulotlarning bir ko‘rinishi bo‘lgan laboratoriya mashg’ulotlarida o‘quvchilarga beriladigan mustaqil topshiriqlar ham tabaqalashgan holatda oddiydan murakkabga qarab taklif qilinishi maqsadga muvofiq.
  • Amaliy mashg’ulotlarni Oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida mavjud yo‘nalishlarni e’tiborga olib o‘tkazish ijobiy natijalar berishi tajribalardan ma’lum bo‘lmoqda.
  • Masalan, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘quv muassasalarda har xil matnli ma’lumotlarni qayta ishlashga doir topshiriqlar; aniq fanlar va iqtisodiyot yo‘nalishli o‘quv muassasalariga qo‘shimcha qilib hisobla sh, turli jarayonlarni dasturlashga doir topshiriqlar tavsiya qilish maqsadga muvofiq

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling