Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassisga qo`yiladigan psixologik talablar


Download 20.25 Kb.
bet1/3
Sana25.02.2023
Hajmi20.25 Kb.
#1229995
  1   2   3
Bog'liq
Шахснинг индивидуал хусусиятлари

Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassisga qo`yiladigan psixologik talablar

Reja:


  • Axborot texnologiyalari haqida tushuncha

  • Psixologning professional faoliyatida axborot texnologiyalarining o`rni

  • Axborot texnologiyalari sohasida mutaxassisga qo`yiladigan psixologik talablar

Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi. Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi. Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini


kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog`lik faoliyat soxalari tashkil qiladi.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishdagi turlari Saqlovchi-texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi-axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi
Yaratuvchi-axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat. Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi. Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy extiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o`sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Zamonaviy jamiyatni axborotlashtirish jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida, shu jumladan, psixologlarning amaliyotchi mutaxassislarining qobiliyatlari va ko'nikmalari ro'yxatiga an'anaviy nuqtai nazarni o'zgartiradi. Psixologiyada axborot-kommunikatsiya ishlarini qanday amalga oshirish kerakligi va psixologiya rivojlanishining hozirgi darajasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarida mavjud bo'lgan usullarni ishlab chiqish va o'zgartirishda qanday strategik va
taktik yondashuvlar maqbul ekanligi borasida hech qanday nuqtai nazar mavjud emas. Biroq, bugungi kunda psixologning zamonaviy dunyoda bo'lishi kerakligi haqida ishonch bilan aytish mumkin:

- kompyuterda ishlash, amaliy muammolarni o'rnatish va hal qilish;



  • mahalliy va global tarmoq axborot resurslariga kirish texnologiyalariga yetarlicha egalik qilish;

  • zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish

tendensiyalarini va ularni psixologik amaliyotda qo'llash
imkoniyatlarini bilish.

Download 20.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling