Axborot texnologiyalari


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
Sana14.11.2020
Hajmi0.51 Mb.
#145499
Bog'liq
1-maruza at


1-bob. “Axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari. 

1-ma‟ruza 

Mavzu:  Kirish  ―Axborot  texnologiyalari‖  fanining  predmeti.  ―Axborot 

texnologiyalari‖  fanining  predmeti.  Hisoblash  vositalarining  rivojlanish  tarixi. 

Zamonaviy  komputerlar,  ularning  turlari  asosiy  xarakteristikalari  va  qo'llanish 

sohalari. 



Reja: 

1. Axborotlashgan jamiyat va axborot  madaniyati. Axborot -kommunikatsion 

texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etish.  

2. Axborot informatika faninig asosiy tushunchasi. 

3. 


Axborot tushunchasi ,turlari va o‘lchov birliklari. Axborotlarning kompyuterda 

tasvirlanishi

 

4.  Informatikaning asosiy qismlari. Informatika va HT ning rivojlanish tarixi. 



 

Darsning maqsadi:  

1.Talabalarda  informatika  to‘g‘risida  bumumiy  va  asosiy  tushunchalarni  hisil 

qilish. 

2. Informatika va informatsion jarayon to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish. 

3. Informatika va HT ning rivojlanish tarixi bo‘yicha ma‘lumotga ega bo‘lish. 

 

Tayanch  iboralar:  informatika,  dokumentalistika,  informasion  texnologiya, 



mexanik mashina, elektron hisoblash mashinasi, EHM avlodlari

Dars  o„tish  vositalari:  sinf  doskasi,  o„quv-uslubiy  qo„llanmalar,  ma„ruza 

matnlari, komputer, Power Point dasturi, ma„ruza bo„yicha slaydlar

Dars o„tish usuli:namoyish dasturiy vositalar orqali , jonli muloqotli ma„ruza.  

Darsning xrono xaritasi – 80 minut. 

Tashkiliy qism: xonaning tozaligi, jihozlanilishi, sanitariya holati. Talabalarning 

davomati– 2 minut. 

Talabalar  bilimini  baholash:  o„tilgan  mavzuni  qisqacha  takrorlash,  talabala 

bilan savol javob o„tkazish - 10 minut. 

Yangi mavzu bayoni - 55 minut. 

Mavzuni o‟zlashtirish darajasini aniqlash va mustahkamlash – 10 minut. 

Sinov savollari – 5 minut. 

Uyga vazifa berish – 3 minut. 

Ma„ruza bayoni 

Axborotlashgan jamiyat va axborot madaniyati. Axborot -kommunikatsion 

texnologiyalarni O‟zbekistonda joriy etish. 

     Axborotlashgan jamiyat dеganda – barcha faoliyat sohalariga intеllеktual 

mеhnat quroli sifatida dunyoviy bilim manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan 

samarali foydalanish, ixtiyoriy (qogozdagi, matn yoki tasvir ko‘rinishidagi) 

axborotni juda qisqa muddat ichida qayta ishlash, jarayonlarni, voqеalarni va 

hodisalarni modеllashtirish imkonini bеruvchi kompyutеrlar va boshqa axborot 

tеxnika va tеxnologiyalar kiritilgan jamiyatni tushunamiz. 


      Axborotlashgan  jamiyatda  inson  axborotlarni  qayta  ishlashda  zamonaviy 

vositalar  bilan  ishlashga  o‘zini  tayyorlashi  kеrak.  Bu  shuni  ko‘rsatadiki  inson 

informatsiyalarga  murojaat  etishda  ma'lum  darajadagi  axborot    madaniyatiga  ega 

bo‘lishi kеrak.    

 

Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va 

axborotlarni  olish  uchun,  qayta  ishlash,  kompyutеrli  informatsion  tеxnologiyani   

va zamonaviy tеxnik vositalarni va usullarni qo‘llashni anglatadi.  

Faqat  yuqori 

darajadagi  axborot  madaniyatiga  ega  bo‘lgan  kishilargina  tabiiy,  ijtimoiy  va 

ekologik  rеsurslarni  aniq  xisobini  qila  oladilar.  Bu  esa  barcha  tarmoq 

yo‘nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tеzlik bilan xal etish imkonini bеradi va 

rеspublikani ravnaq topishida muhim o‘rin egallaydi.  

    Axborot  tеxnologiyalari  rivojlanishining  zamonaviy  jahon  darajasi  shundayki, 

rеspublikada  jahon  axborot  makonining  infratuzilmalari  va  milliy  axborot  - 

hisoblash  tarmog‘i  intеgratsiyasiga  mos  kеluvchi  milliy  tizimni  yaratish 

iqtisodiyot,  boshqarish,  fan  va  ta'lim  samaradorligining  muhim  omili  bo‘lmoqda. 

Bu  muammolar  ancha  murakkab  va  ayni  paytda  rеspublikamiz  uchun  dolzarbdir.   

Hozirda  olib  borilayottan  iqtisodiy,  tuzilmaviy  va  boshqa  o‘zgarishlarni  amalga 

oshirish  natijalari  rеspublikada  axborotlashtirish  bilan  bog‘liq  muammolarning 

qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog‘liqdir. 

    1994  yil  dеkabrda  O‘zbеkiston  Rеspublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  O‘zbеkiston 

Rеspublikasining 

axborotlashtirish 

kontsеptsiyasini 

qabul 

qildi. 


Ushbu 

Kontsеptsiyaning  asosiy  maqsadi  va  unda  qo‘yilgan  masalalar  quyidagilardan 

iboratdir: 

 



milliy axborot-hisoblash tarmog‘ini yaratish; 

 



axborotlarga  tovar  sifatida  yondashishning  iqtisodiy,  huquqiy  va  mе'yoriy 

hujjatlarini yuritish;  

 

axborotlarni qayta ishlashda jahon standartlariga rioya qilish; 



 

informatika industriyasini yaratish va rivojlantirish



 

axborotlar tеxnologiyasi sohasidagi fundamеntal tadqiqotlarni 



rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash; 

 



informatika vositalaridan foydalanuvchilarni tayyorlash tizimini 

muvofiqlashtirish. 

Kontsеptsiyaning asosiy qoidalari hisobga olingan "O‘zbеkiston Rеspublikasining 

axborotlashtirish dasturi" ishlab chiqildi, u uch maqsadli dasturni o‘z ichiga oladi:  

a) milliy axborot — hisoblash tarmog‘i; 

b) Elektron hisoblash mashinalarni matеmatik va dasturiy ta'minlash; 

v) shaxsiy kompyutеr. 

Axborot  tеxnologiyalarini  rivojlantirishning  olti  ustivor  yo‘nalishi  quyidagilardan 

iborat: 

1. Davlat statistika tizimi, krеditmoliya va bank tizimlari. 

2. Elеktron ma'lumotlar bazasi. 

3. Fan-tеxnika axboroti (FTA) tarmog‘i 

4.  Ta'lim,  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash,  ijtimoiy  muhofaza  va  sog‘liqni 

saqlash sohalari axborot tizimlari. 



5. Ma'lumotlarni uzatish va aloqa tizimlari. 

6. Favqulodda holatlarning oldini olish va xabar bеrishning axborot tizimlari. 

 

Mazkur  dasturda  Vazirlik  va  mahkamalar  axborot  tarmoqlari,  Milliy 



axborot-hisoblash  tarmog‘ini  yaratish,  kompyutеrlar  va  hisoblash  tеxnikasi 

vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etish, yangi axborot tеxnologiyalari sohasida 

kadrlar  tayyorlashni  takomillashtirish,  hujjatlashtirishning  mе'yoriy-uslubiy  va 

huquqiy tizimini yaratish va boshqalar joy olgan. 

 

Maqsadli  dasturlar  va  ustuvor  izlanishlar  kiritilgan  ko‘pgina  axborot 



tizimlari loyihalash va amalga oshirish bosqichida turibdi. Bunday tizimlarga soliq 

organlari,  Vazirlar  Mahkamasi,  Markaziy  bank,  Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  milliy 

banki,  Tashqi  ishlar  Vazirligi,  Makroiqtisodiyot  va  statistika  Vazirligi,  Davlat 

mulk  qo‘mitasi,  Tashqi  iqtisodiy  aloqalar  Vazirligi  va  boshqalarning  kompyutеr 

tizimlarini  kiritish  mumkin.  Bir  qator  yirik  loyihalar,  jumladan  Tashqi  iqtisodiy 

faoliyatni  axborot  bilan  ta'minlashning  yagona  avtomatlashtirilgan  davlat  tizimi, 

Fan-tеxnika  axborotining  rеspublika  tarmog‘i,  Aholi  bandligi  xizmatining 

kompyutеr  tizimi,  Ichki  ishlar  organlarining  yagona  axborot  tizimi,  Adliya 

Vazirligining axborot tizimi va boshqalar ishlab chiqilmoqda. 

 

Milliy  axborot  hisoblash  tarmog‘i  davlat  aloqa  tizimi  nеgizida  ishlaydigan 



va  yagona  o‗rnatilgan  qoidalarga  rioya  qilish  asosida  qurilgan  davlat  va idoraviy 

xususiyatga  ega  axborot  hisoblash  tarmoqlari  mujassamlashganligini  o‘zida 

namoyon etuvchi ochiq, tizim sifatida yaratilishi lozim. 

 

O‘zbеkistanda axborot tеxnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun 



quyidagi  qonunlar  ham  qabul  qilindi:  ―Hududiy  axborotlash  markazlarida,  bosh 

axborotlash markazlarida axborotni muhofaza etish, hamda axborot but saqlanishi 

uchun  mansabdor  shaxslar  javobgarligi  qoidalari‖  (1996),  ―Axborotlashtirish 

to‘g‘risida‖ (2004), ― Elektron raqamli imzo to‘g‘risida‖ (2004),  ―Elektron hujjat 

aylanishi to‘g‘risida― (2004),― Elektron tijorat to‘g‘risida ‖ (2004). 

  

Fanlar  akadеmiyasi,  oliy  va  o‘rta  maxsus  o‘quv  yurtlari,  ishlab  chiqarish 



korxonalari  va  firmalarda  kompyutеr  tеxnikasi,  aloqa,  dasturiy  va  axborot 

ta'minoti, axborot tizimlari bo‘yicha malakali kadrlar ishlamoqda. 

 

Mamlakatimiz  rivojlangan  davlatlar  qatoridan  mustahkam  o‘rin  egallashi 



uchun  zamonaviy  axborot  (kompyutеr)  tеxnologiyalarini  hayotimizning  barcha 

jabhalariga kеng  joriy  etish  zarur.  Buning  uchun, birinchidan, zamonaviy  axborot 

tеxnologiyalarini  rivojlantirish,  davlat  muassasalari  va  xo‘jalik  sub'еktlari, 

muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatini yo‘lga qo‘yish. 

 

Ikkinchidan,  ilm,  fan, ta'lim, tеxnika, ijtimoiy, iqtisodiyot va uni boshqarish 



sohalarida  axborot  tizimlarini  shakllantirish.  Uchinchidan,  rеspublikaning  jahon 

axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishini ta'minlash kеrak.  



 

Axborot- informatika fanining asosiy tushunchasi 

          Informatika  fanining  asos  tushunchasi  axborotdir.    Axborot      atrof-muhit 

ob‘yektlari  va  hodisalari,    ularning  o‘lchamlari  va  holatlari  to‘g‘risidagi 

ma'lumotlardir.  Kеng  ma'noda  axborot  insonlar  o‘rtasida  ma'lumotlar  

ayriboshlash,  odamlar    va  qurilmalar  o‘rtasida  signallar    ayriboshlashni  o‘ziga 

mujassamlashtirgan  umummilliy tushunchadir. 



 

Informatika  fani  axborotga  bizning  atrof-muhit  hodisalari  yoki    ob‘yektlari 

to‘g‘risidagi  tasavvurlarimizni  o‘zgartiruvchi,  o‘zaro  kontsеptual  bog‘liq 

ma'lumotlar, ko‘rsatkichlar, nеgizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. 

        Informatikada  axborot  bilan  bir  qatorda    ma'lumotlar  tushunchasi  ham  kеng 

qo‘llaniladi. 

 

Ma'lumotlarga  u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat 



saqlanadigan bеlgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar 

bu  ma'lumotlardan  biror  narsa  to‘g‘risidagi      mavhumlikni    kamaytirish  uchun 

foydalanish  imkoniyati  tug‘ilsa,  ma'lumotlar  axborotga  aylanadi.  Shuning  uchun 

axborotni foydalanadigan ma'lumotlar, dеb atasa ham bo‘ladi. 

 

Masalan,  kog‘ozga tеlеfon  raqamlarini  ma'lum tartibda yozib, uni boshqa 



kimsaga  ko‘rsatsangiz,  u  buni  biror    axborot  bеrmaydigan      ma'lumot  sifatida  

qabul qiladi.   Biroq ana shu har bir tеlеfon raqami to‘g‘risiga muayyan korxona 

yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma'lumot axborotga 

aylanadi. 

 

Iqtisodiy  axborot  -  axborotning  eng  muhim    turlaridan  biri  hisoblanadi. 



Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy rеsurslar, bozorlar, bank va 

moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir. 

               Axborot asosan uchta muhim sifatga ega bo‘lishi lozim: 

 



Axborot to‘liqlik sifatiga ega bo‘lishi lozim, axborot o‘rganilayotgan  narsa 

yoki hodisani har taraflama to‘liq ifodalashi lozim; 

 

Axborot  ma'lum  darajada  qimmatli  bo‘lishi  lozim,  aks  holda  undan 



foydalanish extiyoji tug‘ilmaydi; 

 



Axborot  ishonchli  bo‘lishi  lozim.  Aks  holda  uni  qayta  ishlashga  zarurat 

tug‘ilmaydi. 

       Axborotni turli bеlgilarga qarab tasniflash mumkin: 

      1. Olish usuli bo‘yicha axborot quyidagi natijaga ko‘ra ajratiladi: 

 

 a) tadqiqot  davomida bеvosita so‘rov o‘tkazish  orqali;   



        b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish orqali; 

        v)  ma'lumotlarni tеlеfaks yoki tayyorlangan magnitli  tashuvchilar vositasida 

uzatish. 

 

2.Qayta  ishlash  usuliga  ko‘ra,  ma'lumotlar  birlamchi,  ikkilamchi,  hosila, 



mantiqiy  xulosa  va  yakunlarga  bo‘linadi.  Jumladan  boshlang‘ich  axborot  odatda 

muhitda  yuz  bеruvchi  jarayonlarni  kuzatish  natijasida  shakllanadi  va  qayta 

ishlanmasdan  qayd  etiladi.  Ikkilamchi  axborot  o‘z  asosiga  ko‘ra  birlamchi  

ma'lumotlarga  tayanadi.  Hosila    axborot    dastlabki,  ikkilamchi  yoki  boshqa 

axborotni qayta ishlash natijasidir.          

         3. Tadqiqot ob‘yekti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit 

ta'sirini  hisobga  olgan  holda  ma'lumotlar  bazasini  yaratish  va  avtomatlashtirilgan 

ma'lumotlar  banklaridan  foydalanish  uchun  ancha  asoslangan  yo‘nalishni  tanlash 

maqsadida bozor extiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. 

     4.  Funksional  vazifasiga  ko‘ra  axborotni  quyidagicha  klassifikatsiyalarga 

ajratish mumkin: 

a)  yangi  tovarlarni  ishlab  chiqarish  va  sotishda  bozorda  firmaning  moliyaviy  va 

iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib bеruvchi axborot; 


b)  bozorning  aniq  sеgmеntida  raqobatchilar  holatini    ifodalovchi  axborot  va 

hokazolar. 

         5.  Vazifasiga  ko‘ra,  axborot  ma'lumotnoma,  tavsiyanoma,  mе'yoriy,  va 

signalli turlariga bo‘linadi. 

 

Ma'lumotnoma  axborot  ko‘proq  tanishtiruvchi  xususiyatiga  ega, 



ob‘yektlarning  qancha  barqarorligi  bеlgilarini    tavsiflaydi  va  ma'lumotnomalar 

(spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo‘ladi.  

Xorijiy    ma'lumotnoma  axborotini  avtomatlashtirilgan  ma'lumotlar  banki  orqali 

olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz ko‘payib bormoqda. 

 

Tavsiyanoma  axborot  o‘z  navbatida  bosma  nashrlarda  e'lon  qilingan  va 



tijorat  ma'lumotlar  bazalaridagi  ma'lumotlar  tahliliga  asoslangan  maxsus 

tadqiqotlarni o‘tkazish   natijalariga ko‘ra shakllanadi. 

          Mе‘yoriy  axborot  asosan  ishlab  chiqarish  sohasida  shakllanadi  va 

foydalaniladi.  

         6.Taqdim  etish  usuliga  ko‘ra  axborot  matn,  jadval,  matritsa,  grafik  va 

dinamik  qatorlarga  bo‘linadi.  Matn  axboroti  eng  ko‘p    rasmiylashtirilgandir,  shu  

bois  uni  qayta  ishlash  uchun  hozirgi  paytda    gipеrmatn  dastur  tizimi  ko‘rinishida 

maxsus dasturiy vositalar  qo‘llanilmoqda.  

       7.  Axborot  o‘zining  barqarorligiga  ko‘ra  o‘zgaruvchan,  shartli-doimiy  va 

doimiyga bo‘linadi. o‘zgaruvchan axborot ob‘yektlar ishlashining miqdoriy va 

 sifat  xususiyatlarini  aks  ettiradi.  Shartli-doimiy  va  doimiy  axborotlar  muhitning 

doimiy  o‘lchamini  aks  ettiradi,    shu  bois  ular  uzoq  vaqt  mobaynida  o‘zgarmas 

bo‘lib qoladi. 

Axborot tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-

II son ―Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida‖gi Qonuniga binoan, 

axborot  -  manbalari va taqdim  etilish  shaklidan qat‘iy  nazar  shaxslar, predmetlar, 

faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlardir. 

Axborot  keng  qamrovli  tushuncha  bo‘lib,  unga  quyidagicha  ta‘riflar  ham  berish 

mumkin: 


1.  Dalil,  voqyea,  xodisa,  predmet,  jarayon  kabi  obyektlar  haqidagi  bilim  hamda 

tushunchalar yoki buyruqlar

2. Ma‘lum xos matnda aniq ma‘noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqyea, 

xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi obyektlar haqidagi bilimlar majmui; 

3.  Qiziqish  uyg‘otishi  mumkin  bo‘lgan,  saqlanishi  va  qayta  ishlanishi  lozim 

bo‘lgan  jami  dalil  va  ma‘lumotlar.  Kitob  matni,  ilmiy  formulalar,  bank  hisob 

raqamidan  foydalanish  va  to‘lovlar, dars  jadvali,  o‘lchash  majmualarining  yer  va 

fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma‘lumotlar va hokazolar axborot 

bo‘lishi mumkin. 

Axborotlarni uzatish. Axborotni uzatish deganda ehtiyojdan kelib chiqib, uni bir 

kishidan  ikkinchi  kishiga  yoki  bir  kompyuterdan  ikkinchi  kompyuterga  turli 

vositalar  yordamida  yetkazib  berish  tushiniladi.  Axborotlarni  uzatishning  turli  xil 

usullari  mavjud  bo‘lib,  ular  kompyuter  dasturlari  yordamida,  pochta  orqali, 

transport  vositalari  yordamida,    aloqa  tarmog‘i  orqali  uzatish  mumkin.  Aloqa 

tarmog‘i  orqali  axborotlarni  qisqa  vaqt  ichida  uzoq  masofaga  uzatish  mumkin. 

Bunda ma‘lumotlarni uzatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi. 


          

      


 

Axborotning  turlari:  matn,  tasvir,  animasiya,  audio  va  video.  Ma‘lumki, 

axborotlarni  insonlar  bir-biriga  uzatish  jarayonida    matn  ko‘rinishdagi,  jadval 

ko‘rinishdagi,  tovush  ko‘rinishdagi  va  tasvir  ko‘rinishdagi  ma‘lumotlardan 

foydalanadi. 



Matn.  Matn  –  bu  ma‘lumotlarni  ifodalash  shakli  bo‘lib,  u  mazmunan  yagona, 

yaxlit  va  tanlangan  tilning  belgilari  ketma-ketligidan  iborat.  Matn  hujjat  asosidir. 

Axborot  tizimiga  matn  kiritish  klaviatura,  nurli  pero,  mikrofon,  yoki  skaner 

yordamida amalga oshiriladi. Matnlarga ishlov berish matn muharriri deb ataluvchi 

maxsus  amaliy  dasturlar  majmuasi  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Tarmoq  orqali 

matnlar ma‘lumotlar bo‘laklari ko‘rinishida uzatiladi. 

 

Tasvir. Tasvir – bu biror voqyea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm 

bo‘laklari va ranglardan iborat ma‘lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar 

grafigi, statistik ma‘lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash ma‘lumotlar tasvir 

hisoblanadi.  Kompyuter  yordamida  tasvirlarga  ishlov  berishni  to‘rt  guruhga 

ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 

1. Kulrang va rangli tasvirlar

2. Ikki xil va bir necha ―rangli‖ tasvirlar; 

3. Uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar; 

4. Nuqtalar yoki ko‘pburchaklar iborat tasvirlar. 

Bu  turkumlash  tasvirni  ko‘rib  idrok  qilish  mexanizmi  bilan  emas,  balki  ularni 

taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq. 

 

Animasiya. Animasiya ma‘lum tezlikda tasvirlarni almashtirish mahsulidir. Bunda 

ma‘lum  vaqt  oralig‘ida,  ma‘lum  sondagi  bir  xil  o‘lchamga  ega  bo‘lgan  tasvirlar 


tezkor  almashtiriladi.  Natijada  multiplikasiyaga  o‘xshash  harakatlanuvchi 

(animasion)  tasvir  hosil  bo‘ladi.  Filmlar  va  video  ma‘lumotlarning  asosini 

animasiyalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25-30 ta tasvir 

tezkor  almashtiriladi.  Shundan  qilib,  videofilm  tarkibidagi  tasvirlarni  hisoblab 

chiqish  mumkin,  ya‘ni  bir  soatlik  film  3600  soniyani,  undagi  tasvirlar  esa  90 

mingtani tashkil etadi.   

Animasiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin: 

 



matn axborotini qismlashni; 

 



tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini; 

 



rasm harakatlarini; 

 



tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini; 

 



fizik va kimyoviy jarayonlarni; 

 



texnologik jarayonlarni; 

 



tabiiy hodisalar jarayonini; 

 



siyosiy hodisalar jarayonini; 

 



ijtimoiy hodisalar jarayonini; 

 

Axborot  birliklari,  axborotning  o‟lchov  va  hajm  tushunchalari.  Har 

qanday  maxsulotning  o‘lchov  birligi  mavjud,  masalan  litr,  metr,  kilometr, 

kilogramm,  volt,  amper,  kubometr  va  boshqalar.  Xuddi  shunga  o‘xshash 

axborotning ham o‘lchovi mavjud. Ikkilik sanoq tizimida axborotning eng kichik 

birligi  bit  xisoblanadi,  bir  bit  bu  bitta  ―1‖  yoki  bitta  ―0‖.  Bunda  signalning 

mavjudligi  ―1‖  bilan  yoki  yo‘qligi  ―0‖  bilan  ifodalanadi.  Bitlarning  butun  deb 

qaraladigan  tutash  ketma-ketligi  bayt  deb  ataladi.  Bayt  8  bitga  teng  deb  qabul 

qilingan.  Shuningdek  katta  hajmdagi  ma‘lumotlar  sig‘imini  o‘lchash  uchun 

kilobayt  (kb),  megabayt  (mb),  gigabayt  (gb),  terrabayt  (tb)  va  x.k.o‘lchamlar 

mavjud: 


1 Kb =1024 bayt,  

1 Mb=1024 Kbayt, 

1 Gb =1024 Mbayt, 

1 Tb =1024 Gbayt. 

 

Zamonaviy tarmoqlarda ma‘lumotlarni uzatish ketma-ket amalga oshiriladi, 



ya‘ni  bir  bayt  axborot  bitlar  bo‘yicha  uzatiladi.  Tarmoq  sohasida  kilobayt  va 

megabaytlar fanning boshqa sohalaridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi. 



 

Axborotning jamiyatda va kundalik xayotimizda tutgan o‟rni. Jamiyatni 

axbortlashtirish:  mehnat,  ilmiy  tadqiqot,  loyiha,  ishlab  chiqarish  jarayonlarini 

avtomatlashtirish, aholiga xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirish, tashkiliy-iqtisodiy  

boshqarishni  avtomatlashtirish,  ta‘lim  va  kadrlar  tayyorlash  tizimini 

axborotlashtirish kabi sohalarni o‘z ichiga oladi. 

Jamiyatda  axborot  ham  bilim  manbai  ham  eng  asosiy  muloqot  vositasi  bo‘lib 

hisoblanadi.  Jamiyatni  axborotlashtirishda  radio,  televideniye,  ommaviy-axborot 

vositalari va Internet tizimining ahamiyati juda yuqoridir. Har kim har doim biror 

ishni bajarish yoki biror maqsadga erishish uchun axborotdan foydalanadi. Har bir 

inson  ob-havo  prognozini,  transport  vositalari  qatnovi  jadvalini,  bank  va  biznes 

ma‘lumotlarini  hamda  kundalik  yangiliklardan  habardor  bo‘lishga  muxtojdir. 


Agarda  inson  kundalik  axborotlar  va  yangiliklardan  xabardor  bo‘lmas  ekan  u 

jamiyatdan uzilib qolishi muqarrar. 



Axborot resurslari va axborot tizimlari. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 

11  dekabrdagi  560-II  son  ―Axborotlashtirish  to‘g‘risida‖gi  Qonuniga  binoan 

quyidagicha ta‘rif berish mumkin.  

Axborot  resurslari  -  alohida  hujjatlar,  hujjatlarning  alohida  to‘plamlari,  axborot 

tizimlaridagi 

(kutubxonalardagi, 

arxivlardagi, 

fondlardagi, 

ma‘lumotlar 

banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to‘plamlari. 

Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan 

hujjatlashtirilgan  axborot,  bosma,  audio,  audiovizual  hamda  boshqa  xabarlar  va 

materiallar kiradi. 

Axborot  tizimi  -  axborotni  to‘plash,  saqlash,  izlash,  unga  ishlov  berish  hamda 

undan  foydalanish  imkonini  beradigan,  tashkiliy  jihatdan  tartibga  solingan  jami 

axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 



 

Axborotning salbiy va ijobiy ta‟siri.  Axborotning ijobiy  tomoni shundan 

iboratki,  o‘z  vaqtida  olingan  to‘g‘ri  va  sifatli  axborot    turli  sohalarda  aniq  qaror 

qabul  qilish  imkonini  beradi.  To‘g‘ri  sifatli  axborot  insonlar,  ayniqsa  yoshlarning  

dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini 

beradi,  zero  Prezidentimiz  ta‘kidlaganlaridek  farzandlari  sog‘lom  yurt  qudratli 

bo‘lur. 


 

Axborotning  salbiy  tomoni  shundan  iboratki,  hozirgi  kunda  ayrim  g‘arb 

davlatlaridan  kirib  kelayotgan  bizning  milliy  qadriyatlarimizga  yot  bo‘lgan 

axborotlar  va  qarashlar  hamda  insonlar  ongini  zaharlovchi  ma‘lumotlar  ham 

mavjud. Ayniqsa bunday  ma‘lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. 

Internet  va  SMS  xabarlar  orqali  tarqalayotgan  jamiyatimizga,  qadriyatlarimiz  va 

an‘analarimizga,  davlatchiligimizga  zid  bo‘lgan  nojo‘ya  axborotlar  yoshlarning 

ongini  zaharlashi  va  ularni  noto‘g‘ri  yo‘llarga  boshlashi  mumkin.  Bunday 

holatlarning  oldini  olish  bizning  vazifamizdir.  Har  doim  axborotdan  o‘rinli  va 

to‘g‘ri foydalanish zarur. 



Kompyuterlarda  axborotlarni tasvirlanishi. 

 Har  qanday  axborotni  katta  bo‘lmagan  oddiy  qismilarga  bo‘laklarga  bo‘lish 

mumkin. Masalan, matn harflardan va belgilardan, son raqamlar ketma-ketligidan 

iborat  bo‘ladi.  Harf-bu  matnli  axborotlarning,  raqam  esa  –  sonlarning  elementlar 

bo‘ligidir. 

 

Axborot kodlangan deyiladi, agar uning ixtiyoriy bo‘ligi sonlar ko‘rinishida 

ifodalangan bo‘lsa. Bunday sonlar kodlar deb yuritiladi. Matnning har bir harfini 

kodlarga almatirish orqali kodlash mumkin bo‘ladi. 

 

Kompyuter  faqat  kodlangan  axborotlarni  qayta  ishlaydi.  Axborotlar  bilan 



ishlanganda  uning  kompyuter  xotirada  egallangan  hajmini  bilish  kerak  bo‘ladi. 

Buning uchun o‘lchov birliklaridan foydalaniladi. 

 

Axborotlarning eng kichik o‘lchov birligi bit hisoblanadi. Bir bit axborot- bu 



ikkilik raqam 0 yoki 1 dan iborat bo‘ladi. Bit -  axborotlarning eng kichik o‘lchov 

birligidir.  Shuning  uchun  kompyuterda  axborotlarni  elementar  qismlarini  qayta 

ishlash  uchun  kattaroq  o‘lchov  birligi  –  bayt  ishlatiladi.  Bir  bayt  bu    sakkiz 


razryadli  kod  orqalibo‘lib,  u  yordamida  qanday  kattalikdagi  butun  sonni  yozish 

mumkin degan savol hosil bo‘lishi mumkin.  

 

Bu  son  8  bitning  hammasi  1  ga  teng  bo‘lgan  sondir.  Uning  o‘nli  sanoq 



sistemasidagi  qiymatini  aniqlash  uchun,  unga  1  sonini  ham  qo‘shamiz    ham 

ayiramiz. 



11111111

2

=(11111111

2

+1)-1=100000000

2

-1=2

8

-1=255 

 

Bundan ko‘rinib turibdiki, 1 baytda 0 dan 255 tagacha bo‘lgan 256 ta butun 



sonlardan  bittasini  saqlash  mumkin  ekan.  Lotin  alifbosi  harflarini  kodlash  uchun 

52  ta  son  kerak  bo‘ladi.  (26  ta  bosh  va  26  ta  kichik  harflar).  Rus  alifbosi 

harflarini kodlash uchun 66 ta son, unli raqamlarni kodlash uchun yana  10 ta son 

kerak  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  1  bayt  orqali  lotin,  rus  alifbosi  harflari,  o‘nli 

raqamlardan  tashqari    yana  128  ta  (256-52-66-10=12*)  bosh  belgilarni  (nuqta, 



vergul,  arifmetik amallar va boshqalar) ham kodlash mumkin ekan. 

1 bayt= 1 belgi. 

 

Bir bayt – bu faqatgina axborotlarning o‘lchov birligi emas balki kompyuter 

xotirasininig  elementar  yacheykasi  hamdir.  Kompyuterlar  xotirasi  ana  shunday 

yacheykalar  ketma-ketligidan  tuzilgan.  Har  bir  yacheyka,  ya‘ni  bayt  o‘zining 

adresiga ega. Adres bu yacheyka nomeridan va unda saqlanayotgan ikkilik koddan 

iborat  bo‘ladi.  Prosessor  axborotlarni  qayta  ishlayotganda  xotiradan  kerakli 

yacheykani nomer bo‘yicha topadi,  unda saqlanayotgan axborotni o‘qiydi, kerakli 

amallarni bajaradi va hosil bo‘lgan natijasi boshqa yacheykaga saqlaydi. 

 

Kompyuter  xotirasining  hajmi  baytlarda  o‘lchanadi,  lekin    buning  uchun 



ko‘p  hollarda  boshqa  o‘lchov  birliklari  ham  ishlatiladi:  kilobayt  (Kbayt)  va 

megabayt (Mbayt). 

1 K bayt= 2

10

 bayt-1024 bayt               1Mbayt-2

10 

Kbayt=1024 Kbayt 

Odatda  yaxshi  kompyuterlarning  tezkor  xotirasining  hajmi  512  Kbayt  yoki  640 



Kbaytni tashkil qiladi. Shu o‘rinda yaxshi kompyuter uchun bu ko‘pmi yoki ozmi 

degan  savol  tug‘ilishi  tabiiy.  Bitta  sahifaga  taxminan  50  ta  satr  joylashadi. 

Shuning  uchun  bitta  sahifa  taxminan  60



50=300  belgidan  iborat  yoki  3  Kbayt 

axborotdan  iborat  bo‘ladi.  Demak  kompyuterning  tezkor  xotirasiga  640:3=200 

varaqdan iborat matnni sig‘dirish mumkin ekan. Quvvati yuqori kompyuterlarning 

tezkor xotirasi bir necha Mbaytgacha hajmga ega bo‘lishi mumkin. 

Biz  yuqorida  ta‘kidlanimizdek  bitta  belgidan  iborat  bo‘lgan  axborot  kompyuter 

xotirasining 1 baytida saqlanadi. 

Kompyuter 

sonli 

axborotlarni 



qanda 

tartibda 

qayta 

ishlashi, 



unda 

foydalanilayotgan prosessorga bog‘liq bo‘ladi. 

Har  bir  prosessor  ma‘lum  bir  uzunlikdagi  ikkilik  kodlarni  qayta  ishlash  uchun 

mo‘ljallangan bo‘ladi. Eng birinchi yaratilgan shaxsiy kompyuterlarda bir buyruq 

bilan  faqat  bir  bayt  axborotlarni  qayta  ishlovi  prosessorlar  qo‘llanilgan.  Bu 

kompyuterlar  sakkiz  razryadli  hisoblangan.  Ko‘pchilik  zamonaviy  kompyuterlar 



16  razryadlidir.  Bu  kompyuterlarda  bitta  buyruq  bilan  2  bayt  axborotni  qayta 

ishlash mumkin. 

 16  –razryadli  kompyuterlarda  butun  sonlarni  saqlash  va  qayta  ishlash  uchun 

xotiraning  2  bayti  ishlatiladi.  Bunday  kompyuterlar  qanday  butun  sonlarni  qayta 

ishlashi  mumkin  degan  savol  hosil  bo‘lishi  tabiiy.  Bizga  ma‘lumki,  butun  sonlar 


musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Shuning uchun son shiorasini qanday kodlash 

mumkin?  Buning  uchun  16  bitdan  bittasi,  ya‘ni  chap  tomondagi  bit  ishlatiladi. 

Agar  u    0  ga  teng  bo‘lsa,  demak  on  ishorasi  musbat,  agar  u  1  ga  teng  bo‘lsa,  u 

holda son manfiy bo‘ladi. Quyida butun sonlarni saqlash sxemasi keltirilgan. 



                 2 bayt=16 bit 



bit 

son 

ishorasi uchun 

15 bit sonning absolyut qiymat uchun 

Agar sxema bo‘yicha 15 bitning hammasi 1ga teng 7 bo‘lsa, u holda butun son eng 

katta absalyut qiymatiga ega bo‘ladi: 

 (111 1111 1111 1111

2

+1)-1=1000 0000 0000 0000

2

-=2

15

-1=32767 

16-razryadli  kompyuterlar  qayta  ishlashi  mumkin  bo‘lgan  eng  katta      butun  son 

32767 ga teng. 

Agar  katta  miqdordagi  butun  sonlarni  qayta  ishlash  kerak  bo‘lsa,  u  holda  ularni 

saqlash uchun 2 baytdan ziyod xotira lozim bo‘ladi. Prosessor bitta buyruq bilan 

bunday  axborotni  qayta  ishlay  olmaydi.  Shuning  uchun  32767  dan  katta  sonlarni 

qayta ishlash uchun maxsus dastur tuzish kerak bo‘ladi. 

 Butun  sonlarni  qayta  ishlash  jarayoni  bo‘yicha  aytilgan  fikrlar  haqiqiy  (kasr) 

sonlari uchun  ham tegishli bo‘ladi. Odatda 16-razryadli kompyuter kasr sonlarnini 

qayta ishlay olmaydi, buning uchun maxsus dastur ishlatiladi. 

Kompyuter  xotirasida  haqiqiy  sonlar  odatda  4  baytni  egallaydi.  Haqiqiy  sonning 

o‘zi eksponensial (qo‘zg‘aluvchan nuqtali) ko‘rinishda tasvirlanadi. Masalan, 



-184.525  soni    -0.184525Ye+3  ko‟rinishida  yoziladi.  Bu  yerda  184525  sonning 

mantissasi, 3 esa son tartib (Ye+3 yozuv 10

3

ni anglatadi. 

4 baytdan iborat yacheykada sonning mantissasi ishorasi bilan tartibi ishorasi bilan 

saqlanishi lozim. Haqiqiy sonlarning saqlanilish sxemasi quyida berilgan. 

4 bayt=32 bit 

7 bit tartib uchun       25 bit son mantissasi uchun 

Bu sxema bo‘yicha son eng katta absalyut miqdori 2

6

-1=63 ga teng, mantissasi eng 



katta qiymati 2

24

-1=16777215 ga teng. Bundan ko‘rinib turibdiki, mantissa 8 tadan 

ortiq  o‘nli  raqamli  haqiqiy  sondan  iborat  bo‘la  olmaydi.  Kompyuter  hisoblash 

jarayonida  mantissadagi  ortiqcha  raqamlarni  tashlab  yuboradi.  Shuning  uchun 

haqiqiy  sonlar  bilan  bajariladigan  barcha  hisoblashlar  har  doim  taqriban 

hisoblanadi. 

Hisoblash texnikasining rivojolanish tarixi

      Informatika o‘rganilayotgan obyekt va u to‘g‘risidagi bilimlar oralig‘idan joy 

egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o‘rgana turib, axborot oladi, uni 

biron  narsaga  belgilab,  yozib  yoki  saqlab  qo‘yadi.  Axborot  tashuvchi  sifatida 

adabiyot,  magnit  lentalar,  kartalar,  sxemalar  ishlatilishi  mumkin.  Axborotlarni 

qayta  ishlash  orqali,  bizni  o‘rab  turgan  dunyo  to‘g‘risida  bilimga  ega  bo‘lamiz, 

natijada  yangi  izlanish  usullarini  yaratish,  yangi  axborotlarga  ega  bo‘lish,  ularni 

saqlash, qayta ishlash va hokazo imkoniyatlar hosil  bo‘ladi.  

Axborotlarni  yig‘ish,  saqlash,  qayta  ishlash  va  tasvirlashning  samarali  usullarini 

yaratish informatikaning  asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib qoldi. Asrimizning 50-

yillarigacha  masalaning  bunday  qo‘yilishi  haqiqat  bo‘lib,  axborotlarni  yig‘ish  va 



qayta  ishlash  usullari  bo‘yicha umumiylik  yo‘qdek  edi. Tibbiyotda, geografiyada, 

fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni yig‘ish va qayta ishlashda 

bog‘liqlik  yo‘q  edi.  Ko‘pchiliklarning  fikricha  matematika  bilan  fizika,  ximiya 

bilan tibbiyot o‘rtasida bog‘liqlik borligi tan olinar edi.  Kompyuterl arning paydo 

bo‘lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada o‘zgardi. 

Hisoblash texnikasining tarixi bir necha davrni o`z ichiga oladi: 

Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr  

 

Mexanik mashinalar davri  



 

Elektromexanik mashinalar davri  



 

Elektron hisoblash mashinalar davri 



          Mexanik  mashinalargacha  bo`lgan  davr.  Inson  hisoblay  boshlashidagi 

dastlabki  hisoblash  vositasi  bo'lib  odamlarning  barmoqlari  xizmat  qilgan.  Odam 

tabiiy hisoblash vositasi bo'lmish qo'l va oyoq barmoqlari yordamida faqat sanash 

ishlarini bajargan. Maskur vosita yordamida biror hisoblash nari tursin, balki ikki 

yoki undan ortiq raqamli sonlarni qo'shish ham  juda qiyin yoki umuman  mumkin 

emas. Shuning uchun asta-sekin sun`iy hisoblash vositalari vujudga kela boshladi. 

Shubhasiz  birinchi  hisoblash  vositalari  toshlar  va  tayoqchalardir.  So'ngra  birka, 

abak, Neper tayoqchalari, rus cho'tlari vujudga keldi. 



Mexanik  mashinalar  davri.  Nemis  olimi  Vilgelm  Shikkard  (1592-1636) 

tomonidan 1623 yili ixtiro qilingan mexanik moslamalar bilan mexanik mashinalar 

davri boshlandi. Aslida esa, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 

yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr etilmagan ikki 

jildli  qo'lyozmasi  topilgan.  Qo'lyozmadagi  chizmalar  ichida  o'n  uchta  raqamli 

sonlarni  qo'sha  oladigan  hisoblash  qurilmasining  chizmasi  mavjud  bo'lib,  ular 

asosida mashina yaratilganda, bu qo'shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma 

ekanligi  ma`lum  bo'ldi.  Shunga  ko'ra,  uyg'onish  davrining  buyuk  rassomi, 

matematigi  italiyalik  olim  Leonardo  da  Vinchi  (1452-1519  yillar)  birinchi 

hisoblash  qurilmasining  ixtirochisi  deb  hisoblanadi.  Vilgelm  Shikkard  yasagan 

mexanik hisoblash mashinasi ham, Leonardo da Vinchining loyihasi ham hayotda 

qo'llanilmadi. 

"Frantso‘zlarning  Arximedi"  degan  nomni  olgan  olim  Blez  Paskal  1642  yilda 

keyinchalik  keng  ko'lamda  go'llanilgan  va  keyingi  hisoblash  mashinalari  uchun 

asos bo'lib xizmat qilgan mexanik mashina yaratdi. 

Ana shu ixtiro tufayli duyidagi savollarga dastlabki javoblar olindi:  

 

Sonlarni mashinada qanday qilib tasvirlash kerak?  



 

Hisoblash uchun lozim bo'lgan boshlang'ich sonlarni mashinada qay usulda 



kiritish kerak?  

 



Arifmetik amallarni mexanik ravishda qanday bajarish kerak?  

 



Amal bajarish davomida o'nliklarni qanday qilib o'tkazish kerak?  

 



Amal bajarish natijasida hosil qilingan sonlarni qanday tasvirlash kerak?  

  1662-1645  yillarda  Pascal  mexanik  tarzda  hisoblovchi  qurilmasining  50  dan 

ziyod  shakillarini  yaratdi.  Ularning  eng  mukammali  1645  yilda  yaratildi  va 

"arifmetik mashina" yoki "Paskal g'ildiragi" deb nomlandi. 

          1820 yili Sharl de Kolmar tomonidan birinchi kalkulyator- "Arifmometr" ni 

yaratdi.  U  qariyib  90  yil  (ba`zi  kichik  o'zgarishlar  bilan  qayta  ishlangan  holda) 



qo'llanildi.  

          Elektromexanik  mashinalar  davri.  Mexanik hisoblash mashinalarida  mos 

qurilmalar  qo'l  kuchi  bilan  harakatga  keltirilar  edi.  Mana  shu  vazifani  elektr 

energiyasi  yordamida  amalga  oshiruvchi  hisoblash  mashinalarining  yaratilishi 

elektromexanik  hisoblash  mashinalar  davrini  boshlab  berdi.  Bunday  mashina 

loyihasi dastlab Rossiyada yashab turgan shved olimi V.T.Odner tomonidan 1875 

yilda  yaratildi1925  yilda  V.Bush  elektr  releda  yig'ilgan  hisoblash  mashinasini 

yasadi va hayotga tatbiq etdi. 

         Elektron  hisoblash  mashinalari  davri.  1943-1945  yillarda  birinchi  bo'lib 

AQSHdagi  Pensilvaniya  universitetida  Mouchli  va  Ekkert  70  tonnaga  yaqin 

og'irlikdagi,  150  kvadrat  metrli  xonani  egallaydigan  va  18  mingta  elektron 

lampaga  ega  bo'lgan  ulkan  elektron  hisoblash  mashinasi  -  "ENIAC"  yaratildi.  U 

elektron hisoblash mashinalari davrini boshlab berdi. 

 

1947  yilda  Bell  laboratoriyasinig  hodimlari  Uilyam  Shokli,  Jon  Bardin  va  Uolter 



Berteyn tomonidan birinchi tranzistor yaratildi. Mazkur kashfiyot uchun ular 1956 

yilda Nobel mukofotiga sazovor bo'ldilar. Qisqa davr ichida, tranzistor va integral 

sxemaning 

kashfiyoti 

tufayli, 

bugungi 


kungacha 

elektron 

hisoblash 

mashinalarining to'rtta avlodi yaratildi: 

Birinchi  sovet  EHMi  1950  yilda  akademik  S.A.Lebedev  rahbarligida  yaratildi.  U 

MESM  (kichik  elektron  hisoblash  mashinasi)  deb  ataldi.  Bir  yildan  keyin 

S.A.Lebedev rahbarligida BESM (katta elektron hisoblash mashinasi) yaratildi. 



Birinchi  avlod  mashinalari.  (1950  yillar  boshlari)  Birinchi  avlod  EHMlari 

markaziy  prosessorining  elementlar  bazasi  sifatida  umumiy  soni  bir  necha  o‘n 

minglarga  yetgan  elektron  lampalardan  foydalanilgan.  Operativ  xotira  ferrit 

uzaklar bloklarida qurilgan. Ko‘plab ishlab chiqarilgan sovet davri mashinalaridan 

birinchi avlodga mansublari Strella (1953 y.), Ural (1954y.), M-20 (1959y.), Minsk 

-1 (1960 y.), BESM seriyali qator mashinalar kiradi. 

Sekundiga 10 000 amalni bajaradi. Xotirasiga 2047 tagacha son sig‘adi.  

Operativ  xotira  hajmi  mashinaviy  so‘zning  uzunligi  bilan  ikkilik  raqamlar  yoki 

bitlar (bit-bo‘lak, bo‘lakcha ma‘nosini anglatadigan inglizcha bit so‘zidan olingan 

bo‘lib, bitta ikkilik raqamidan tashkil topgan ma‘lumotdagi axborot miqdori kabi 

aniqlanadigan  informasiya  birligini  anglatadi)  soni  bilan  aniqlanadi.  Mashinaviy 

so‘zning standart uzunligi 8 ta ikkilik raqamni o‘z ichiga oladi bunday birlikni bayt 

(bite-bo‘lakcha) deyiladi: 1 bayt- 8 bit. Shunga o‘xshash kattaroq o‘lchov birliklari 

ham ishlatiladi: 1-kilobayt (kb)=1024 bayt, 1 megabayt(mg)=1024 kb. 



Ikkinchi  avlod  mashinalari.  (1960  yillar  boshlari).  Ikkinchi  avlod  mashinalari 

birinchi  avlod  mashinalaridan  farqli  o‘laroq  markaziy  prosessorining  elimentlar 

bazasi  sifatida  tranzistorlar  ishlatilgan  operativ  xotira,  avvalgidek  ferromagnit 

o‘zaklaridan quriladi, ammo ularning o‘lchovlari keskin kamaytirilgan edi. 

Ikkinchi  avlod  mashinalari  o‘zining  parametrlari  bo‘yicha  birinchi  avlod 

mashinalaridan  keskin  ustunlikka  ega  edi.  Ular  bir  sekundda  100  000  taga  yaqin 

amallardan iborat tezkorlikka va 10 000 ta so‘zdan iborat operativ xotira xajmiga 

ega edi. Tranzistorlar asosida yig‘ilgan.  

Ikkinchi  avlod  mashinalari  qatoriga  Rossiyada  ishlab  chiqarilgan  Mir,  Minsk-22, 

M-220, BESM-4, Minsk-32 va boshqalar kiradi. 

Birinchi  avlod  mashinalarida  ishlaganda  dasturlovchi  dasto‘rni  bevosita  mashina 

tilida  yozar,  ikkinchi  avlod  mashinalarining  ko‘pchiligi  esa  mashinalar  tilida 

dasturlashdan  algoritmik  tillarda  dasturlashga  o‘tilgan.  Birinchi  algoritmik  tillar 

50-yillarning  oxiri  60-yillarning  boshida  paydo  bo‘ldi.  Misol  sifatida  Algol-60  ni 

keltirish mumkin. 

Algoritmik  tillarning  muhim  afzalligi  ularning  universalligida  va  xalkaro 

standartning  mavjudligidadir,  bu  tillarda  yozilgan  dastur  qanday  konkret  tur 

mashinaga  mo‘ljallanganiga  mutlaqo  bog‘lik  emas.  Algoritmik  tilda  yozilgan 

dastur  EHMda  bajarilishi  uchun  u,  avvalo,  shu  universal  tildan  mashinaning  o‘z 

tiliga  o‘tkazilishi  lozim.  Buni  EHM  ning  o‘zi  maxsus  dastur  -traslyator 

(translator-tarjimon) yordamida amalga oshiriladi. 

Uchinchi  avlod  mashinalari.  (1960  yillar  oxiri  va  70  yillar  boshlari).  Yarim 

o‘tkazgichlarni  ishlab  chikarish  texnologiyasining  takomillashishi  integral 



sxemalar deb nom olgan mikroelektron qurilmalarining yaratilishiga olib keldi. 

Alohida  tranzistorlar  o‘rniga  integral  sxemalardan  foydalanish  EHM  uzellari 

o‘lchamlarini  ancha  kamaytirishga,  ularning  tejamliligiga  va  mustaxkamligini 

oshirishga  imkon  beradi.  Integral  sxemalar  uchinchi  avlod  mashinalari  markaziy 

prosessorlarining elementlar bazasi bo‘lib qoladi. 

Hisoblash  texnikasida  integral  sxemalarining  keng  qo‘llanilishi  ularni 

takomillashtirish,  tezkorligini  sekundiga    10  mln.  ta  amalga  yetkazish,  operativ 

xotirani  bir  necha  megabaytgacha  (MB)  kengaytirish  kabi  yangi  imkoniyatlar 

ochdi.  Uchinchi  avlod  mashinalariga  misol  qilib  yagona  sistemadagi  EHM  (YeS 

EVM) larni keltirish mumkin. Bu sistema SEV ga a‘zo sosialistik mamlakatlarning 

halqaro  xamkorligi  tomonidan  1969  yil  dekabrida  tasdiqlangan  ko‘p  tomonlama 

kelishuvi buyicha yaratildi va ularni 1972 yildan boshlab ishlab chiqarildi. Keyingi 

yillarda  YeS  EVM  ning  uzgartirilgan  modellarini  chiqarish  boshlandi.Yagona 

sistemadagi EXM qator kapitalistik mamlakatlardagi EXM modellari bilan raqobat 

qila oladi. Turiga qarab sekundiga 2 mln. gacha turli amallarni bajara oladi.  

To‟rtinchi  avlod  mashinalari.  To‘rtinchi  avlod  mashinalari-    bu  hisoblash 

texnikasi  rivojlanishida  yangi  qadamdir.To‘rtinchi  avlod  EHMlari  katta  integral 

sxemalarda  qurilgan,  ko‘p  prosessorli  mashinalardir.  Bu  turdagi  EHM  larning 

tezligi sekundiga 10 million amaldan ortiqdir. 

To‘rtinchi avlodga tegishli bo‘lgan hisoblash mashinalaridan biri ko‘p prosessorli 

hisoblash  kompleksi-  «ELBRUS»  dir.  KXK  «Elbrus»  zamonaviy  aloqa  yo‘llari 

orqali  juda  ko‘p  EHM  larni  yagona  markazga  birlashtirish  va  ularga  uzoqda 


joylashgan  termininallarni  ulash  imkoniyatiga  ega.  Bu  holda  barcha 

foydalanuvchilar  ixtiyoriy  EHM  dan    foydalanish  va  undagi  axborotlarni  olish 

imkoniyatiga  ega  bo‘la  oladilar.  EHMlardan  foydalanishning  bu  usuli  ( 

ko‘pchilikning  bir  paytda  foydalanishi)  hisoblash  tarmog‘i  bo‘lib,  u  o‘zaro  bir-

biriga ulangan va ma‘lumotlarni bir-biriga tezda uzata oladigan EHMlar guruxidan 

iboratdir.  



Beshinchi  avlod  mashinalari  -  Hozirgi  eng  zamonaviy  IBM  PC  tizimidagi 

kompyuterlar  5-avlod  EHM  hisoblanadi.  EHM  bu  avlodi  matiqiy  masalalarni  hal 

qila oladi. Rasm va chizmalarni taniydi. Matnlarni tarjima qila oladi. Multimediya 

sistemasi yordamida musiqa eshitish, tasvirlarning harakatini ko‘rish mumkin. Bu 

avlod  mashinalariga:    IBM-386,  486,  Pentium  I,  II,  III,  IV  rusumidagi 

kompyuterlar kiradi.  

Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik – mantiqiy, boshqarish, xotira, axborotni kiritish 

va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadi. Ulardan arifmetik – 

mantiqiy  va  boshqarish  qurilmalari  prosessor(markaziy  prosessor)ni  tashkil 

qiladilar.  

 

Shunday  qilib,  universal  EHM  lar  arxitekturasiga  qarab  quyidagilarga 



bo‘linadi: 

 

Birinchi  avlod  EHM  lari  -  bu  tarkibida  tezkor  xotira  qurilmasi  ham  bor 



bo‘lgan «bazaviy EHM»dir; 

 

Ikkinchi  avlod  EHM  lari-  bu  birinchi  avlod  mashinasidan  tarkibida  tashqi 



xotira qurilmasi ham borligi bilan farq qiladi; 

 

Uchinchi  avlod  EHM  lari-  bu  ikkinchi  avlod  mashinasidan  tarkibida 



almashuv  (kanal)  qurilmasi  ham  borligi  bilan  farq  qiladi.  Almashuv  (kanal) 

qurilmasi  tezkor  xotira  bilan  EHM  ning  tashqi  qurilmalari  orasida  axborot 

almashuviga  imkon  beradi.  Shu  tufayli  ko‘p  dasturli  (bir  vaqtning  o‘zida,  misol 

uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma‘lumotlarni kiritish va hokazo) 

rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, ES EHM va boshqalar uchinchi 

avlod mashinalari sirasiga kiradi ; 

 

EHM 

AVLODLARI 

SHU AVLOD 

EHM IGA 

MISOL 

ASOSIY 

(BAZAVIY) 

ELEMENTI 

ARIFMETIK 

AMAL BAJARISH 

TEZLIGI 

XOTIRA 

SIG'IMI 

1-AVLOD 


1940-1950 y 

BESM 


MINSK-1 

ELEKTRON 

LAMPA 

1 sekundda 10



4

 gacha 


1024 So'z 

2-AVLOD 


1950-1965 y 

BESM-6 


MINSK-2 

TRANZISTOR 

DIOD 

1 sekundda 10



5

 gacha 


32000 So'z 

3-AVLOD 1965-

1975 y 

Minsk-32 



Razdan 

IBM-360 


INTEGRAL 

SXEMA 


1 sekundda 2*10

6

 



gacha 

2048 So'z 

4-AVLOD  

1975 yildan 

boshlab 

PRAVETS 


ES-1010 dan 

ES-1060gacha 

IBM 

KATTA integral 



sxema 

1 sekundda 

10

8

 va undan yuqori 



1024 Mbayt 

va undan 

yuqori 

To‘rtinchi  avlod  EHMlari  -  bu  uchinchi  avlod  mashinasidan  tarkibida    har  biri 



parallel ravishda ishlashi mumkin bo‘lgan ikki  va undan ko‘p prosessorliligi bilan 

farq  qiladi.  Cheget,  Elbrus-2  kabi  EHM  lar  to‘rtinchi  avlodga  mansub. 

Toshkentdagi  «Algoritm»  zavodida  ishlab  chiqarishga  mo‘ljallangan  Elbrus-2 

EHM tarkibida har biri sekundiga 1 mln amallarni bajarish tezligida ishlaydigan 10 

ta prosessor bor. 

 

Beshinchi  avlod  EHM  lari  -  bu  to‘rtinchi  avlod  mashinasidan  tarkibida 



intellektual  interfeys  (bilimlar  bazasi,  masalalarni  avtomatik  ravishda  yechish 

ta‘minoti,  dialog  prosessori  qurilmalari)  borligi  bilan  farq  qiluvchi,  universal 

sun‘iy tafakkur mashinalaridir. 

 

Universal EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni kompyuterlar 



egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprosessor 

kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarishda 

avvaliga asosan IRELS firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi 

mahsulotlari hisobiga kengayib bordi. 



Sinov savollari 

1.  Informatika  fani  paydo  bo‘lishi  to‘g‘risida  qanday  to‘g‘risida  ma‘lumotlarni 

bilasiz?. 

2. Informatika fanining predmeti nima?. 

3. Informatikaning asosiy qismlari qaysilari?. 

4. Informatika va HT ning rivojlanish bosqichlari nimalardan iborat? 

5. Informatika faninin asosiy xususiyatlari? 

Uyga vazifa : Ichlab chiqarish jarayonlarini axborotlashtirish va axborotlarni 

qayta ichlash doir misollar kelterish va ularni tushuntirib berish. 

Adabiyotlar 

[1],[2],[3],[4],[5],[12] 

1-ma‟ruzaga ilova 

AKT ni rivojlantirish buyicha me‟yoriy xujjatlar 

 

 



Hozirgi kunda barcha sohalar kabi  o‘quv jarayonida ham  kompyuter 

va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish bugungi kunning muhim 

masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, davlatimiz tomo nidan  qolaversa 

hurmatli prezidentimiz I.A. Karimovning sayh hara katlari tufayli  ta‘lim 

jarayonini axborotlashtirish va hamda o‘quv jarayonida axborot-

telekommunikasion texnologiyalaridan samarali foydalanish yuzasidan ko‘plab 

tadbirlar amalga oshirilmoqda.  

 

1)2003 yil 11 dekabrdagi O‟zbekiston respublikasining «Axborotlashtirish 



to‟g‟risidagi» qonuni; 

 

2)  O‟zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6 iyundagi  



«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikasiya 

texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‟g‟risidagi» qarori; 

 

3) O‟zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasining 2006 yil  7 iyundagi 



«O‟zbekiston respublikasi  XTV huzurida multimediya umumta‟lim dasturlarini 

rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‟g‟risidagi» qarori;  

 

4) 

1999 

yil 

20 

avgustdagi 

O‟zbekiston 

respublikasining 

«Telekommunikasiya-lar 

to‟g‟risidagi» 

qonuni; 

    

 5)  O‟zR  Prezidentining  28.09.2005  y.  PK-191-son  Qarori  /  O‟zbekiston 

Respublikasining  jamoat  ta‟lim  axborot  tarmog‟ini  (“Ziyonet”)  tashkil  yetish 

to‟g‟risida 

    

6) O‟zR BM 17.12.2007 y. 259-son Qarori/ Internet tarmog‟ida O‟zbekiston 

Respublikasining 

xukumat 

portalini 

yanadarivojlantirish 

chora-tadbirlari 

to‟g‟risida. 

    

7)  O‟zR  BM  10.10.2002.  y.  259-son  Qarori/  Xalqaro  kompyuter 

tarmoqlaridan 

foydalanishni 

markazlashtirishdan 

chiqarish 

to‟g‟risida. 

 

   8)  O‟zR  BM  07.11.2002  y.  385-son  Qarori/  Toshkent  axborot 

texnologiyalari 

universiteti 

faoliyatini 

tashkil 

yetish 

to‟g‟risida. 

   

 9)  O‟zR  VM  07.06.2006  y. 110-son  Qarori/  O‟zbekiston  Respublikasi  XTV 

huzurida  multimedia  umumta‟lim  dasturini  rivojlantirish  markazini  tashkil  yetish 

chora-tadbirlari 

to‟g‟risida. 

 

 10)  O‟zR  XTV  24.03.2006  y.  69-sonli  Buyruq/  Xalq  ta‟limi  tizimida 

axborotlash  -tirish  sohasi  bo‟yicha  normative-huquqiy  bazani  takomillashtirish 

to‟g‟risida. 

  

 11)  O‟zR  XTV  03.08.2006  y.  6/5-XB-sonli  Buyruq/  2006-2007  o‟quv  yilini 

“Axborot  kommunikasiya  texnologiyalaidan  foydalanishda  pedagog  kadrlar 

salohiyatini 

oshirish 

o‟quv 

yili” 

deb 

nomlash 

to‟g‟risida. 

 

 12)  O‟zR  XTV  13.02.2008  y.  35-sonli  Buyruq  /  Xalq  talimi  vazirligining 

axborot-ta‟lim  portali  (WWW.  EDUPORTAL.UZ)  va  uning  mazmunini 

takomillashtirish to‟g‟risida hokoza buning yaqqol misolidir 

Sinov savollari 

1. Axborot nima?. Uning qanday ko‘rinishlarinin bilasiz? 

2. Axborotning asosiy xususiyatlari nimadan iborat? 

3. Axborotlarni qayta ishlash texnologiualarini izohlang?. 

4. Axborotlarning o‘lchov birliklarni ayting? 

5. Axborotlar komputerda qanday tasvirlanadi.? 



Uyga vazifa : Axborotlarni hosil qilish va ularni qayta ichlashga doir misollar 

keltering hamda  tushuntirib bering. 

 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling