Axborot tizimlari fan dasturi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2020
Hajmi0.69 Mb.
#120433
Bog'liq
3-07 Axborot tizimlari-2017


 

 

 



 

 

 



 

AXBOROT TIZIMLARI 

 

FAN DASTURI 

 

 

 

 

Bilim sohasi:   

 

100000 – Gumanitar 



Ta‟lim sohasi: 

 

110000 – Pedagogika 



Ta‟lim yo„nalishi:   

5110700 – Informatika o„qitish metodikasi 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



 

 

A.A.Abduqodirov  - «Informatika o„qitish metodikasi» kafedrasi professori, 

pedagogika fanlari doktori 

R.Y.Mexmonov 

– “Informatika o„qitish metodikasi” kafedrasi o„qituvchisi 

 

 

 



Taqrizchilar:  

Axatov A.R.          



 

–    SamDU  Amaliy  matematika  va  informatika  fakulteti                                           

dekani, texnika fanlari doktori, professor  

Yuldаshеvа U.T. 

– TTЕSI qоshidаgi аkаdеmik litsеy dirеktоri, texnika 

fanlari nomzodi 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



I. Oquv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi orni 

Bugungi  axborotlashgan  jamiyatning  har  bir  a‟zosining  axborotga  bо„lgan 

ehtiyoji,  uning rivojlanishi,  aniqligi,  tezligi, sifati  va boshqa  hususiyatlariga bо„lgan 

talabi  ortib  bormoqda.  Ushbu  talab  va  ehtiyojdan  kelib  chiqib,  axborot 

texnologiyalari, ularni qо„llash va foydalanish tizimlari kun sayin rivojlanib, hayotga 

tadbiq  qilib  kelinmoqda.  О„zbekiston  Respublikasidagi  ta‟lim  sohasida  olib 

borilayotgan islohotlar, axborot tizimlari va texnologiyalarining rivojlanishi yо„lidagi 

joriy  etilayotgan  yangiliklar  bizning  ushba  “Axborot  tizimlari”  fanining  mazmunini 

yangilashga  ham  turki  bо„lmoqda.  Mazkur  fanni  zamonaviy  axborot  va  pedagogik 

texnorlogiyalar  asosida  о„qitish  uning  bugnungi  kun  bilan  bilan  hamnafas  kadrlarni 

chiqarishning  muhim  omilidir.  Ushbu  fanning  rivojlanishi  –  barcha  fan  va 

sohalarning  rivojlanishiga,  ularninig  bog„liq  ravishda  ishlashiga,  axborotga 

qо„yiladigan  talablarni  yetarlicha  bajarilishiga  turtki  bо„ladi.  Fanning  о„rni  barcha 

sohadagi axborot tizimlarining ishlash prinsiplarida ijobiy о„zgarishlar va natijalarda 

namoyon bо„ladi.  

“Axborot  tizimlari”  fanidan  olingan  bilim,  ko„nikma  va  malakalar 

umumta‟lim  maktablari,  akademik  lisey  va  kasb-hunar  kollejlaridagi  kasbiy 

faoliyatida  asosiy  o„rin  tutib,  yoshlarga bilim  berishda va  mutaxassis  tayyorlashda 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  fanni  o„zlashtirishi  bo„lajak  fan  o„qituvchisining 

umumta‟lim  maktablari,  akademik  litsey  va  kasb–hunar  kollejlarida  “Informatika” 

yo„nalishidagi fanlarni o„qitish uchun yetarlicha bilimlarga ega bo„lgan kadr sifatida 

ishlashiga imkon yaratib beradi.  

“Axborot tizimlari” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 3 

va  4-kursda  o„qitilishi  maqsadga  muvofiq.  “Axborot  tizimlari”  fani  “Informatika 

o„qitish  metodikasi”  ta‟lim  yo„nalishida  o„qitiladi.  Mazkur  fan  Informatika, 

Dasturlash  tillari,  kompyuter  tarmoqlari,  Kompyuter  grafikasi,  Ma‟lumotlar  bazasi, 

Kompyuter  ta‟minoti  kabi  fanlarning  nazariy  va  uslubiy  asosini  tashkil  qilib,  o„z 

rivojida aniq va tabiiy fanlar uchun zamin bo„lib xizmat qiladi.  



 

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi 

“Axborot  tizimlari”  fanini  o„qitishdan  maqsad  -  bo„lajak  informatika 

o„qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo„lgan bilimlar va amalda qo„llash 

uchun ko„nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Unda har bir 

kasb  egasining  faoliyati kerak bo„lgan  tayanch  nazariy  va  amaliy  ma‟lumotlarni  o„z 

ichiga oladi.  

“Axborot tizimlari” fanining vazifasi

- tizim, tizim va muhit munosabatlari, tizim tarkibiga kiruvchi elementlar, 

tizimlarning faoliyatini va rivojlanishini xarakterlovchi asosiy tushunchalar hakida 

bilimlar berish; 

- axborot tizimlari, axborot tizimlaridagi uchraydigan tushunchalar va ularning 

ishlatilishi haqidagi tasavurlarini kengaytirish; 

- texnologiya tushunchasi, axborot texnologiyalari va ularning turlari, ta‟minoti, 

vositalari haqidagi bilimlarni rivojlantirish; 

-  ta‟limda  axborot  va  kommunikasiya  texnologiyalari  va  ularning  qullanilishi 

haqidagi dunyoqarashirin shakllantirish;  



 

 



-  axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  vositalaridan  ta‟lim  jarayonida 

foydalanishning  istiqbolli  yo„nalishlari  va  kelajagi  xaqidagi  bilimlarni  o„rgatishdan 

iborat.  

 Fan  bo„yicha  talabalarning  bilim,  ko„nikma  va  malakalariga  quyidagi  talablar 

qo„yiladi. Talaba: 

 -  tizim  va  uning  turlari,  tizim  tarkibiga  kiruvchi  elementlar,  tizimlarning 

maqsadi,  tuzilmalar  turi  va  shakllari,  tizimlarning  faoliyatini  va  rivojlanishini 

xarakterlovchi asosiy tushunchalar, tizimlarning tasnifi, tizimlarni faoliyat kо„rsatish 

va  rivojlanish  qonuniyatlari,  tizimlarning  hayot  sikli,  tizimli  tahlil  metodlari  va 

modellari,  fan  va  texnikada  tizimli  yondoshuv,  axborot  tizimlarining  tuzilmasi  va 

turlari,  axborotlarni  izlash  va  tanlash  tamoyillari,  ma‟lumotlarning  axborotli 

modellari,  axborot  texnologiyalari  va  ularning  turlari,  ta‟minoti,  vositalari,  dasturiy 

vositalari,  ma‟lumotlar  bazasi  va  banki,  ekspert  tizimlar,  multimedia,  tarmoq  va 

Internet texnologiyalari distansion (masofaviy) ta‟lim texnologiyasiga doir bilimga; 

-  tizim  va  uning  turli  ta‟riflarini,  tizim  va  muhit  munosabatlarini,  tuzilmalar, 

tuzilmalar turi va shakllarini, sodda va murakkab, ochiq va yopiq, statik va dinamik, 

yaxshi  tashkillashgan,  yomon  tashkillashgan  va  о„z-о„zini  tashkillashtiruvchi 

(rivojlanuvchi),  tizimlarni  faoliyat  kо„rsatish  va  rivojlanish  qonuniyatlari,  aqliy 

hujum,  ekspertli  baholash,  modellashtirish,  fan  va  texnikada  tizimli  yondoshuvni, 

axborot  tizimlari  va  ularda  ma‟lumotlarni  tasvirlash  va  tashkil  etish,  faktografik, 

relyatsion,  iyerarxik,  tarmoqli,  axborotli  modelni  yaratish  bosqichlarini,  axborot 

texnologiyalarining dasturiy vositalarini, axborot texnologiyalarining turlari va ularda 

ishlash ko‘nikmasiga; 

-axborot tizimlaridan foydalanish, axborot tizimlaridan dasturiy vositalari bilan 

ishlay olish, turli axborot texnologiyalarini (multimedia, tarmoq, internet, masofaviy 

ta‟lim  texnologiyalarida  ishlash  va  ularni  tashkil  eta  olish  malakasiga  ega  bо‘lishi 



lozim. 

 

III. Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari) 

 

1-MODUL. TIZIMLARNING UMUMIY TA’RIFI 

 

1-mavzu. Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari 

Tizim  tushunchasi  va  uning  turli  ta‟riflari,  tizim  va  muhit  munosabatlari,  tizim 

tarkibiga  kiruvchi  elementlar,  aloqa  va  teskari  aloqa,  tuzilmalar,  tuzilmalar  turi  va 

shakllari,  tizimlarning  faoliyatini  va  rivojlanishini  xarakterlovchi  asosiy 

tushunchalar: holati, o„zini tutishi, muvozanatliligi, turg„unligi, rivojlanishi  

 

2-mavzu. Tizimlarning tasnifi 

Tizimlarning tasnifi: sodda va murakkab, ochiq va yopiq, yaxshi tashkillashgan, 

yomon tashkillashgan va o„z-o„zini tashkillashtiruvchi(rivojlanuvchi). 

 

3-mavzu. Tizimlarning faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonuniyatlari 

Tizimlarni  faoliyat  ko„rsatish  va  rivojlanish  qonuniyatlari:  yaxlitlik, 

integrativlik, 

kommunikativlik, 

ierarxlilik, 

tarixiylik, 

o„z-o„zini 



 

 



tashkillashtiruvchanlik,  tizimli  tahlil,  tizimli  tahlil  metodlari  va  modellari:  aqliy 

hujum,  ekspertli  baholash,  modellashtirish  va  boshqalar,  fan  va  texnikada  tizimli 

yondoshuv. 

4-mavzu. Axborot tizimlari 

Axborot tizimlari, axborot tizimlarining tuzilmasi va turlari, axborot tizimlar va 

kompyuterlar.  

 

5-mavzu. Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash. 

Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni izlash 

va tanlash tamoyillari,  

 

6-mavzu. Ma’lumotlarning axborotli modellari 

Ma‟lumotlarning  axborotli  modellari:  faktografik,  relyasion,  ierarxik,  tarmoqli; 

axborotli  modelni  yaratish  bosqichlari,  ma‟lumotlar  modelining  turlari,  predmet 

sohasining konseptual modeli. 



 

2- MODUL. Axborot texnologiyalari 

 

7-mavzu. Axborot texnologiyalari va ularning turlari 

Texnologiya  tushunchasi,  axborot  texnologiyalari  va  ularning  turlari,  axborot 

texnologiyalarining rivojlanish bosqichlari, axborot texnologiyalarining ta‟minoti,  

 

8-mavzu. Zamonaviy axborot texnologiya vositalari 

Zamonaviy  axborot  texnologiya  vositalari,  matnni  qayta  ishlash  texnologiyasi 

va  uning  dasturiy  vositalari,  grafik  axborotlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  va  uning 

dasturiy  vositalari,  sonli  axborotlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  va  uning  dasturiy 

vositalari,  ma‟lumotlar  bazasi  va  banki  haqida  ma‟lumotlar,  ekspert  sistemalari 

haqida ma‟lumotlar,  



 

9-mavzu. Multimedia texnologiyalari, tarmoq texnologiyalari 

Multimedia  texnologiyalari,  tarmoq  texnologiyalari,  Internet  texnologiyasi  va 

uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta‟lim texnologiyasi.  

 

10-mavzu. Axborot texnologiyalari evolyusiyasi. 

Axborot  texnologiyalari  evolyusiyasi  –  axborot  texnologiyalari  taraqiy 

etishining  asosiy  bosqichlari,  Axborotlarni  taqdim  etish  tizimlarining  rivojlanishi, 

kommunikasiya  tizimining  rivojlanishi,  avtomatlashtirilgan  axborot  texnologiyalari 

evolyusiyasi, axborot texnologiyalarining rivojlanish tendensiyasi. 

 

11-mavzu.

 

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 

Avtomatlashtirilgan 

axborot 

tizimlari 

– 

tashkilotni 



boshqarishning 

avtomatlashtirilgan axborot tizimi, avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual 

modeli,  axborot  tizimining  funksional  modeli,  axborot  muxiti,  axborot  tizimining 

namunaviy tarkibi,  



 

 

 



12-mavzu. Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta’minoti. 

Avtomatlashtirilgan 

axbort 

tizimining 



tuzilmasi 

va 


ta‟minoti, 

avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli.  

 

13-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlaring tasnifi. 

Avtomatlashtirilgan 

axborot 

tizimlaring 

tasnifi 

–  darajasiga  ko„ra 

avtomatlashtirish, boshqaruv jarayoni ko„rinishiga ko„ra qo„llanish sohalari bo„yicha 

avtomatlashtirish yo„llari, integrasiyalashuviga ko„ra axborot tizimining sinflari, sinf 

darajasiga ko„ra axborot tizimlari. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari evolyusiyasi- 

axborot  tizimlaridan  foydalanishga  nisbatan  yondoshuvning  o„zgarishi,  qaror  qabul 

qilishni  qullab  quvvatlash  tizim  va  uning  evolyusiyasi,  aviakompaniya  tizimi, 

geografik tizim, qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari, ekspert tizimi.  

 

14-mavzu. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari samaradorligi. 

Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  samaradorligi  -  avtomatlashtirilmagan  va 

avtomatlashtirilgan  tizimning  afzalliklari  va  ularning  farqlari,  avtomatlashtirilgan 

axborot  tizimini  tadbiq  etishning  samarali  yo„llari.  Avtomatlashtirilgan  axborot 

tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tendensiyasi va omillari. 

 

3-MODUL. Ta’limda axborot va kommunikasiya texnologiyalari 

 

15-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari 

Axborot-kommunikasiya 

texnologiyalari 

haqida 

tushuncha, 



axborot-

kommunikasiya  texnologiyalari  vositalari  va  ularni  ta‟lim  jarayonida  qo„llash 

imkoniyatlari,  shaxsning  ta‟lim,  tarbiyasi  va  rivojlanishida  zamonaviy  axborot 

texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari.  



 

16-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish 

Axborot-kommunikasiya  texnologiyalari vositalarini  yaratish va  o„quv-tarbiya 

jarayonida qo„llashning didaktik asoslari, o„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish 

va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ularni sifatini baholash. 

 

17-mavzu. O‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini 

O„quv-tarbiya  jarayonining  axborot-metodik  ta‟minotini  va  o„quv  muassasasi 

tashkiliy-  boshqaruv  tizimini  avtomatlashtirish  va  uning  istiqbollari,  elektron  o„quv 

materiallar  bazasining  tuzilmasi  va  tarkibi,  ta‟limiy  Internet  resurslar  va  ulardan 

o„quv  jarayonida  foydalanish,  elektron  o„quv-metodik  materiallar  majmuasi,  uning 

tuzilmasi va tarkibi. 

 

18-mavzu.  Axborot-kommunikasiya  texnologiyalaridan  ta‟limiy  maqsadlarda 

foydalanish. 

Axborot-kommunikasiya  texnologiyalari  vositalaridan  ta‟limiy  maqsadlarda 

samarali  va  xavfsiz  foydalanishning  pedagogik-ergonomik  shart  sharoitlari, 

informatika  va  axborot  texnologiyalari  xonasiga  qo„yiladigan  talablar  va  unda  ish 


 

 



jarayonini tashkil etishning metodik jihatlari, axborot-kommunikasiya texnologiyalari 

vositalaridan ta‟lim jarayonida foydalanishning istiqbolli yo„nalishlari va kelajagi.  



 

IV. Amaliy mashgʻulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 

Amaliy mashg‛ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 

1.  Axborot tizimlarida ma‟lumotlarni tasvirlash va tashkil etish, axborotlarni 

izlash 


2.  Ma‟lumotlarning axborotli modellari 

3.  Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashishi 

4.  Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash 

5.  Sonli  axborotlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  va  uning  dasturiy  vositalari  bilan 

ishlash 

6.  Ma‟lumotlar bazasi va banki haqida ma‟lumotlar 

7.  Multimedia texnologiyalari bilan ishlash 

8.  Internet  texnologiyasi  va  uning  xizmatlari,  distansion  (masofaviy)  ta‟lim 

texnologiyasi bilan ishlash 

9.  Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv 

10. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish  

11. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar evolyusiyasi  

12. Ekspert tizimi. 

13. Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimini  yaratish  va  rivojlantirishning  zamonaviy 

tendensiyasi va omillari 

14. Shaxsning ta„lim, tarbiyasi va rivojlanishida zamonaviy axborot 

texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalari 

15. Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o„quv-

tarbiya jarayonida qo„llashning didaktik asoslari 

16. O„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-

ergonomik talablar va ularni sifatini baholash 

17. Ta„limiy Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish 

18.  Elektron o„quv-metodik materiallar majmuasi, uning tuzilmasi va tarkibi 

Amaliy  mashgʻulotlar  multimedia  qurilmalari  bilan  jihozlangan  auditoriyada  har 

bir  akadem  guruhga  alohida  oʻtiladi.  Amaliy  mashg„ulotlarni  tashkil  etish  bo„yicha 

kafedra  professor-o„qituvchilari  tomonidan  ko„rsatma  va  tavsiyalar  ishlab  chiqiladi. 

Shuningdek,  darslik  va  o„quv  qo„llanmalar,  ma‟lumotnomalar,  pedagogik 

ensiklopediyalar,  lugʻatlar,  ma‟ruza  matnlari,  tarqatma  materiallar  asosida  talabalar 

bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, mavzular 

bo„yicha ko„rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Mashgʻulotlar 

interfaol  metodlar  yordamida  oʻtiladi.  Unda  «Aqliy  hujum»,  «BBB»,  «Venn 

diagrammasi», «T-chizma», «Insert», «FSMU», «Klaster», «Bumerang», «Qanday?», 

«Nima  uchun?»,  «Insert»,  «SWOT»  tahlil,  «Yelpigʻich»  kabi  metodlar  qoʻllaniladi. 

Koʻrgazmali materiallar va axborotlar multimedia vositalari yordamida uzatiladi. 



 

V. Laboratoriya mashgʻulotlari bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 

Laboratoriya mashg‛ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 



 

 



-  axborot  tizimlarida  ma‟lumotlarni  tasvirlash  va  tashkil  etish,  axborotlarni 

izlash, ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli; 

axborotli modelni yaratish bosqichlari 

1.  Axborot  tizimlarida  ma‟lumotlarni  tasvirlash  va  tashkil  etish,  axborotlarni 

izlash  

2.  Ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli; 

axborotli modelni yaratish bosqichlari 

3.  Ma‟lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion, ierarxik, tarmoqli; 

axborotli modelni yaratish bosqichlari 

4.  Zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan tashishi 

5.  Matnni qayta ishlash texnologiyasi va uning dasturiy vositalari bilan ishlash 

6.  Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash 

7.  Grafik axborotlar bilan ishlovchi dasturiy vositalari bilan ishlash 

8.  Sonli  axborotlar  bilan  ishlash  texnologiyasi  va  uning  dasturiy  vositalari  bilan 

ishlash 

9.  Ma‟lumotlar bazasi va banki haqida ma‟lumotlar 

10.  Multimedia texnologiyalari bilan ishlash 

11.  Internet texnologiyasi va uning xizmatlari  

12.  Internetda distantsion ta‟lim texnologiyasi bilan ishlash 

13.  Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan tanishuv 

14.  Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta‟minoti 

15.  Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli 

16.  Ekspert tizimlar bilan ishlash 

17.  Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini o„rganish  

18.  Avtomatlashtirilgan axborot tizimini loyihalash 

19.  Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish 

20.  Avtomatlashtirilgan axborot tizimini sinovdan o„tkazish  

21.  Axborot – kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish 

22.  O„quv-tarbiya jarayonida Axborot – kommunikasiya texnologiyalarini 

qo„llash 

23.  O„quv maqsadli elektron vositalarni yaratish 

24.  Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish 

Laboratoriya  mashg„ulotlarida  talabalar  ma‟ruzada  egallagan  bilimlarini 

bevosita  amaliyotda  kompyuter  texnologiyasi  yordamida  tadbiq  qilishga  olib  keladi 

va  amaliy  masalalarning  kompyuterda  tasvirlanish  usullar  bilan  tanishadilar  va 

xulosalar  chiqaradilar.  Laboratoriya  mashgʻulotlar  multimedia  qurilmalari  bilan 

jihozlangan  auditoriyada  har  bir  akadem  guruhga  alohida  oʻtiladi.  Mashgʻulotlarda 

axborot  (taqdimot,  multimedia  texnologiyalari)  va  ta‟limning  zamonaviy 

texnologiyalari  hamda  interfaol  metodlar  qoʻllanilib,  koʻrgazmali  materiallar  va 

axborotlar  multimedia  qurilmalari  yordamida  uzatiladi.  Mustaqil  o„zlashtiriladigan 

mavzular  bo„yicha  talabalar  tomonidan  referatlar  tayyorlanadi  va  uni  taqdimoti 

tashkil qilinadi.   



 

 

 



VI. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 

Talaba  mustaqil  ta‟limni  tayyorlashda  muayyan  fanning  xususiyatlarini 

hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: 

 



ma‟ruzalar qismini mustaqil o„zlashtirish; 

  elektron darsliklar va  o„quv ko„llanmalar, avtomatlashtirilgan o„rgatuvchi va 



nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash; 

  maxsus adabiyotlar bo„yicha fanlar bo„limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 



  yangi axborot-kommunikasiya texnologiyalarni o„rganish; 

  talabaning o„quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog„liq bo„lgan fanlar 



bo„limlari va mavzularni chuqur o„rganish; 

  faol va muammoli o„qitish uslubidan foydalaniladigan o„quv mashg„ulotlari; 



masofaviy ta‟lim. 

Tavsiya etilayotgan mustaqil ta‟lim mavzulari: 

1. 

Tashkilotlarda axborot tizimlariga kirish 



2. 

Ma‟lumot, axborot va bilim  

3. 

Global iqtisodiyotda axborot tizimlari 



4. 

Kompyuter tizimlari turlari 

5. 

Kompyuter tizimlari: turli texnologiyalar bilan intergratsiyasi 



6. 

Dasturiy ta‟minot tizimi 

7. 

Ma‟lumotlar bazasi tizimi 



8. 

Telekommunikatsiyalar, Internet, Intranet, Extranet 

9. 

Dinamik tizimlar haqida tushuncha 



10. 

Statik tizimlar haqida tushuncha 

11. 

Ochiq tizimlar haqida tushuncha 



12. 

Yopiq tizimlar haqida tushuncha 

13. 

Murakkab tizimlar haqida tushuncha 



14. 

Sodda tizimlar haqida tushuncha 

15. 

Axborot tizimlarida Internetning fuktsiyalari  



16. 

Axborot tizimlarida Intranet, Extranet 

17. 

Elektron va mobil tijorat tizimlari 



18. 

Axborot va qaror qabul qilish tizimlari 

19. 

Axborot tizimlarini boshqarish  



20. 

Bilimlarni boshqarish va ixtisoslashgan axborot tizimlari  

21. 

Ekspert tizimlaridan foydalanish  



22. 

Multimedia va real voqelik  

23. 

Ixtisoslashgan tizimlar  



24. 

Rivojlantirish tizimlari 

25. 

Tekshirish tizimlari  



26. 

Tizimli tahlil 

27. 

Amalga oshirish tizimlari 



28. 

Boshqarish va ta‟minlash tizimlari  

29. 

Kuzatish tizimlari  



 

10 


 

30. 


Axborot tizimlari va biznes muhit 

31. 


Kompyuter sarfi va hatolari 

32. 


Axborot tizimlarida kompyuter jinoyati 

33. 


Axborot tizimining tarmoqli modeli 

34. 


Axborotli modelni yaratish bosqichlari 

35. 


Ma‟lumotlar modelining turlari  

36. 


Predmet sohasining konseptual modeli 

37. 


Shaxsning ta„lim va tarbiyasida zamonaviy axborot texnologiyalari  

38. 


Shaxsning  ta„lim,  tarbiyasi  va  rivojlanishida  pedagogik  dasturiy 

vositalari 

39. 

Yomon tashkillashgan tizimlar  



40. 

Ekspert tizimlari haqida ma‟lumotlar 

41. 

Axborot tizimlaridan foydalanishga nisbatan yondoshuvning oʻzgarishi,  



42. 

Qaror qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizim  

43. 

Qaror qabul qilishni qo„llab-quvvatlash tizimining evolyusiyasi 



44. 

Qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari 

45. 

Internet texnologiyasi va uning xizmatlari 



46. 

Distantsion ta‟lim texnologiyasi 

47. 

Yaxlitlik, integrativlik, kommunikativlik, ierarxlilik 



48. 

Tarixiylik, oʻz-oʻzini tashkillashtiruvchanlik, tizimli tahlil 

49. 

O„quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta„minotini 



50. 

O„quv muassasasi tashkiliy-boshqaruv tizimini avtomatlashtirish 

51. 

Avtomatlashtirilgan axborot tizimini tadbiq etishning samarali yoʻllari 



52. 

Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimini  yaratish  va  rivojlantirishning 

zamonaviy tendensiyasi va omillari 

53. 


Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimini  boshqaruv  jarayoni  koʻrinishiga 

koʻra qoʻllanish sohalari 

54. 

Integrasiyalashuviga koʻra axborot tizimining sinflari  



55. 

Avtomatlashtirilgan  axborot  tizimlari  -  tashkilotni  boshqarishning 

avtomatlashtirilgan axborot tizimi 

56. 


Avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual va funksional modeli 

57. 


Avtomatlashtirilgan axbort tizimining tuzilmasi va ta‟minoti 

58. 


Avtomatlashtirilgan axborot tizimining hayotiy sikli 

59. 


Ta„limiy Internet resurslar va ulardan o„quv jarayonida foydalanish 

Mustaqil  o„zlashtiriladigan  mavzular  bo„yicha  talabalar  tomonidan 

referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. 

 

VII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 

Asosiy adabiyotlar: 


 

11 


 

1.  M  Aripov,  B.Begalov  va  boshqalar.  Axborot  texnologiyalari.  O„quv  qo„llanma. 

T.:, “Noshir”, 2009 y. 

2.  С.С.Ғуломов ва бошқалар. Ахботор тизимлари ва технологиялари. Дарслик. 

Тошкент, “Шарқ”, 2000 й. 

3.  M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova Informatika va axborot texnologiyalari. 

O„quv qo„llanma. T.: “O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y. 

4.  Xoshimov  O.  Kompyuterli  va  raqamli  texnologiyalar.  T.:,  “Yangi  asr  avlodi”, 

2009 y. 

5.  Под  ред.  Проф.  Н.В.Макаровой.  Информатика.  Мет.пос.  М.:  Финансы  и 

статистика, 2003 г. 

6.  Федотова Д. CASE-технология. Москва, «Издательский дом БХВ», 2003 г.  

7.  Бондаренко  С.В,  Бондаренко  М.  3DS  max  7.  Москва,  «Издательский  дом 

Питер», 2006 г. 



 

Qo‘shimcha adabiyotlar 

8. Мирзиѐев Шавкат Миромонович. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон 

давлатини  биргаликда  барпо  этамиз. Ўзбекистон  Республикаси  Президенти 

лавозимига  киришиш  тантанали  маросимига  бағишланган  Олий  Мажлис 

палаталарининг  қўшма  мажлисидаги  нутқ  /  Ш.М.  Мирзиѐев.  –   Тошкент  : 

Ўзбекистон, 2016. - 56 б. 

9.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Танқидий  таҳлил,  қатъий  тартиб-интизом 

ва  шахсий  жавобгарлик  –  ҳар  бир  раҳбар  фаолиятининг  кундалик  қоидаси 

бўлиши 

керак. Мамлакатимизни 



2016 

йилда 


ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантиришнинг  асосий  якунлари  ва  2017 йилга  мўлжалланган  иқтисодий 

дастурнинг  энг  муҳим  устувор  йўналишларига  бағишланган  Вазирлар 

Маҳкамасининг  кенгайтирилган  мажлисидаги  маъруза,  2017  йил  14  январ  / 

Ш.М. Мирзиѐев. – Тошкент : Ўзбекистон, 2017. – 104 б.               

10.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.   Қонун  устуворлиги  ва  инсон 

манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиѐти ва халқ фаровонлигининг гарови. 

Ўзбекистон  Республикаси  Конституцияси  қабул  қилинганининг  24  йиллигига 

бағишланган  тантанали  маросимдаги  маъруза.   2016  йил  7  декабр 

/Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: “Ўзбекистон”, 2017. – 48 б.  

11.  Мирзиѐев  Шавкат  Миромонович.  Буюк  келажагимизни  мард  ва  олижаноб 

халқимиз  билан  бирга  қурамиз.  Мазкур  китобдан  Ўзбекистон  Республикаси 

Президенти  Шавкат  Мирзиѐевнинг  2016  йил  1  ноябрдан  24  ноябрга  қадар 

Қорақалпоғистон  Республикаси,  вилоятлар  ва  Тошкент  шаҳри  сайловчилари 

вакиллари  билан  ўтказилган  сайловолди  учрашувларида  сўзлаган  нутқлари 

ўрин олган. /Ш.М.Мирзиѐев. – Тошкент: : “Ўзбекистон”, 2017. – 488 б 

12. 

Ўзбекистон  Республикаси  Президентининг  Фармони.  Ўзбекистон 



республикасини  янада  ривожлантириш  бўйича  ҳаракатлар  стратегияси 

тўғрисида. (Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 6-



сон, 70-модда) 

13. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Т.: Ўзбекистон. 2014. -46 б. 

14.  Закирова  Ф.М.  и  др.  Информатика  и  информационные  технологии.  - 

Ташкент: Aloqachi, 2007 г.  



 

12 


 

15. Шафрин Ю. Информационные технологии. – М.: Бином, 2003 г. 

16.  Симонов  Ю.Ф.  и  др.  Информационные  технологии  в  экономике.  –  М.: 

Феникс, 2003 г. 

17.  Михеева  Е.В.  Информационные  технологии  в  профессиональной 

деятельности. M.: Академия, 2004 г. 



 

Internet saytlari  

18. www. ziyonet. uz 

19. www.edu.uz 

20. http://kon-maksim.narod.ru/Index.html 

21. http://technologies.su/informacionnye_tehnologii 

22. http://www.ctc.msiu.ru/materials/Book1,2/index1.html  



23. http://www.ctc.msiu.ru/materials/CS_Book/A5_book.tgz 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling