Axborot uzatish muhiti O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar Koaksial kabellar


Download 428.17 Kb.
bet1/7
Sana13.01.2022
Hajmi428.17 Kb.
#330333
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu
11-18 Scan1, 4 топ.диагностик, murojaatnoma (Lotincha), murojaatnoma (Lotincha), xitoy kerak, The Diary of Anne Frank ( PDFDrive ), 4-topshiriq, #ta'lim berishda kompetensiyaga asoslangan yondashuv, Blockchain texnalogiyasi, 1 Тесты Язык и речь(1) (1), talaba-varaqasi-388191100578, Ma\'lumot 6-ilova (5), 1 mavzu, 2-такдимот

Lokal tarmog`ining jihozlari. Kabel tizimini roli. Tarmoq adapterlari.

Reja:

1) Axborot uzatish muhiti

2) O‘ralgan juftlik asosidagi kabellar

3) Koaksial kabellar

4) Shisha tolali kabellar

5) Kabelsiz aloqa
Tayanch iboralar: O‘ralgan juft simli kabel, koaksial kabellar, shisha tolali kabellar, kabelsiz aloqa.
Tarmoqlaming o'zaro aloqasida kommutatsiya vositalari. MHT ni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin. Kabellar asosan uchga bo'linadi:

Eng arzon kabel telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat bo'lgan o'rama juft kabelidir. O'rama juft kabellari (tvisted pair - vitaya para) telefon simini eslatadi. O'tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi. U ekranlangan va ekranlanmagan bo'lishi mumkin. Ekranlangan kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo'ladi. Lekin amaliyotda aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi, chunki bunday turdagi kabeldan telefon liniyalarini o'tkazishda foydalaniladi va ekranlangan kabeldan ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay.



Ushbu kabelning kamchiliklari signallarning so'nish koeffitsienti yuqoriligi va elektr magnit halaqitlariga yuqori darajada sezgirligi, shuning uchun MHT da o'rama juftlikdan foydalanishda faol qurilmalar o'rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo'ladi.



Mahalliy kompyuter tarmoqlari ingichka (Ethernet) koaksial sim yoki «vitaya para» bazasida ko'riladi. Odatda bunday koaksial simlar yordamida tashkil qilingan tarmoq umumiy shina (sim) orqali birlashtiriladi.


Bu esa ma'lum noqulayliklarga olib keladi. Masalan, koaksial simning biror joyida uzilish bo'lsa, tarmoq kompyuterlari ishlamay qoladi. Sim uzilgan joyni topish masalasi esa amrimahol bo'lib qoladi. Shuning uchun hozirda lokal kompyuter tarmoqlarini yaratish strukturalash printsipiga asoslanadi. Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan ulangan bir necha kompyuterlar tarmoq adapteri (moslovchisi) orqali kompyuter bilan bog'langan shaklda tuziladi. Bunda har bir struktura alohida «vitaya para» simlari bilan bir necha kompyuterlarning tarmoq adapterlari orqali kompyuterlarga ulangan holda bo'ladi. Tarmoqni kengaytirish uchun unga yangi shunday struktura qo'shiladi xolos. «Vitaya para» printsipida tarmoq tuzishda qo'shimcha joylar (yangi kompyuterlar olinganda) tashkil qilish uchun qo'shimcha simlar tortiladi. Natijada yangi foydalanuvchini tarmoqqa qo'shish bir yoki bir necha panellarda kommutatsiyani o'zgartirishga olib keladi xolos. Toking ring («vitaya para») asosida qurilgan tarmoqlar biroz qimmatroq bo'lsada, kelajakda u o'zini to'la oqlaydi va ko'p yillar buzilmay ishlaydi.

Koaksial kabel. Bu kabeldan ma'lumotlar uzatishning ikita turli tizimida foydalanish mumkin: signalni modulyatsiyalab modulyatsiyalamasdan uzatish. Birinchi holda raqamli signal (ShK) shaxsiy kompyuterdan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo'ylab qabul qilish stantsiyasiga uzatiladi. Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u qabul qilish stantsiyasiga yo'naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi.



Signalni aylantirish operatsiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har bir stantsiya o'z modemiga ega bo'lishi kerak. Ma'lumotlarni uzatishning bu usuli ko'p kanalli (o'nlab kanallar bo'yicha uzatishni ta'minlaydi, buning uchun faqat bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni videosignallarni, ma'lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha etishi mumkin. Signallarni modulyatsiyalab uzatish modulyatsiyalamasdan uzatishga nisbatan ancha qimmat turadi. Shuning uchun yirik korxonalar o rtasida ma'lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo'ladi. Koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o'xshash. O'tkazish tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta'sir radiusi 4000 m bo'lgan bitta uzatish kanaliga ega. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.




Koaksial sim to'rt qatlamdan tashkil topgan bo'ladi: uning eng ichki qatlami metall simdan iborat. Bu izolyatsiya bilan o'ralgan bo'lib, u 2-qatlamini tashkil kiladi. 3-qatlam izolyatsiyasi yupqa metall ekran bilan qoplangan bo'ladi. Ekran egiluvchan o'qi, ichki sim egiluvchanlik o'qi bilan ketma-ket tushadi. Shuning uchun ham koaksial sim deyiladi. To'rtinchi qatlam plastik qatlamdan iborat bo'lib, u uchta qatlamni qoplaydi.

Koaksial kabelning ko'rinishi

Keyingi paytda keng rivojlangan kabel televideniesida ishlatiladigan sim koaksial simdir. Kabel televideniesi yordamida bir qancha kanallar orqali ko'rsatuvlar berilishining sababi ham koaksial simlar orqali bir paytda bir qancha turli signallarni uzatish imkoniyati borligidandir. Bunda har bir signal turiga bittadan kanal mos keladi. Har bir kanal o'z chastotasida ishlaydi, shuning uchun ular oraliqda bir-biridan mustaqil hisoblanadi. Koaksial simning asosiy afzalligi, uning katta kenglikda ishchi chastotalariga ega bo'lganligi tufayli katta xajmdagi ma'lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatishi mumkinligidadir. Bu imkoniyat yuqori tezlik bilan ishlaydigan mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarini yaratish imkoniyatini beradi.

Koaksial simlarning ikkinchi afzalligi ularning turli tashqi qarshiliklarga chidamliligi va nisbatan uzoq masofalarga ma'lumotlarni (signal shaklidagi) uzatishi mumkinligidadir.

Koaksial simlari uchun qabul qilingan andozalar mavjud bo'lib, u Internet kompyuter tarmog'i uchun Internet yo'g'on simi (taxminan qo'lning katta barmog'i yo'g'onligida) deb ham yuritiladi. Bundan tashqari, yo'g'onligi taxminan kichik barmoq yo'g'onligida bo'lgan, hozirda keng tarqalgan Cheapernet yoki Thinnet simlari mavjud. Yo'g'on va ingichkaroq koaksial simlar albatta o'z xususiyatlariga ega: yo'g'on simlar ingichkaga nisbatan uzoqroq masofaga ma'lumotlarni uzatadi va tashqi qarshilikka chidamliroqdir. Yuqorida aytganimizdek, afsuski, bu simlarni to'g'ridan-to'g'ri kompyuterga ulab bo'lmaydi. Buning uchun qo'shimcha bog'lovchi sifatida “BNC” bog'lovchisidan foydalaniladi.

Koaksial simining asosiy xususiyati uning universalligidir, ya'ni uning yordamida deyarli barcha turdagi: tovush, video va hokazo signallarni uzatish mumkin.



Omninet, Onet kompyuter tarmog'i bunday simlarni birinchi bo'lib ishlatgan. 1-tarmoqlarda bunday simlar orqali ma'lumotlarni uzatish tezligi 1 m/bit atrofida bo'lgan, (Ethernet tarmoqlarida ishlatilgan) koaksial simlarga nisbatan uzatish tezligi 10 barobar kam. Keyingi tarmoqlarda uzatish tezligi koaksial simlar orqali uzatilish tezligiga barobarlashdi. Ammo ma'lumotlarni uzatish masofasi koaksial simlar uzatishiga nisbatan 5 marta kamdir.

  1. Optik tolali kabel MHT da foydalaniladigan eng yangi texnologiya hisoblanadi. Optik tolali kabel (fider-optic cable) - eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig'i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo'llaniladi. O'tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.




Optik-tolali simlar. Optik-tolali deyilishiga sabab, bunda axborot eltuvchi yorug'lik nuri bo'ladi, u tarmoq tomonidan o'zgartiriladi va signal shaklini oladi ya'ni yorug'lik quvvatidan tolalar orqali boshqa energiya turiga aylantirilishidir. Bunday tizim tashqi elektr halaqitlariga bardoshli va shuning uchun ma'lumotlarni tez (2 Gbit/sek) va xatosiz uzatish mumkin bo'ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta'minlaydi. Bunday kabellarda kanallar soni juda ko'p bo'ladi. Ma'lumotlar faqat simpleks rejimida uzatiladi, shu sababli ma'lumotlar bilan almashinishni tashkil etish uchun qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma vaqt juft tolali bo'ladi). Bunday simlarning diametri bir necha mikron bo'ladi. Ular qattiq qatlam bilan, tashqaridan esa himoyaviy qoplam bilan qoplangan ko’rinishda bo'ladi. Birinchi optik-tola simlar shisha materialidan tayyorlangan edi. Hozir esa uning o'rniga plastik tolalar ishlatiladi.

Optik-tolali simlarning afzalliklari: har qanday tashqi qarshiliklarga chidamliligi, ma'lumotlarni uzoq masofalarga o'zgartirishsiz va tez uzatilishi (avvalgilariga nisbatan hatto 10 barobar tez). Uning kamchiligi mahalliy hisoblash tarmog'i (MHT)ni hosil qilishda simlarni ulashning nisbatan qiyinligi, ularga xizmat ko'rsatishning qimmatligi va qiyinligidadir. Bundan tashqari, optik tola simlarining keng tarqalmaganligiga sabab, etarlicha tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarning yo'qligi ham deyish mumkin.

Shu bilan birga optik tolalarni boshqa vositalar bilan birlashtirib ishlatish maqsadida andozalar ishlab chiqilgan. Bular FDDI (Fiber Distributed Data Interface - ma'lumotlarni tarqatishning optik-tola interfeysi), FOSTAR IEEE (Institute of Electrical and Electronics Enginers-elektrotexnika va radioelektronika injenerlari instituti), VGA - Video Graphics Array – videografikli massiv. Bular Ethernet tarmog'i optik tola variantini taklif qilib amalga oshirganlar.

Biz yuqorida aytganimizdek koaksial va optik tola simlarni IBM kompyuterlariga to'g'ridan-to'g'ri ulash qiyin. Lekin bu masalani hal qilish uchun birlashtiruvchiga ega bo'lgan tayyor simlardan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Optik-tola simlar magistral (tez ishlaydigan) kanallarda ma'lumotlarni yuqori ishonch bilan uzatilishini ta'minlash talab qilinadigan hollarda qullaniladi. Bu usuldan foydalanish ancha qimmatrok hisoblanadi. Lekin undan foydalanish ko'p afzalliklarga ega va katta xajmdagi ma'lumotlar katta tezlik bilan uzatiladi. O'zining ekspluatatsion parametri tufayli, ko'p hollarda undan foydalanish o'zini oqlaydi.

Kompyuterlarni lokal tarmoqqa birlashtirish. Bu jarayonni amalga oshirish uchun sizda quyidagi texnika vositalarini bo‘lishi zarurdir. 1. Tarmoq adapteri o‘rnatilgan kompyuter (uning o‘zi Ethernet-adapter). Hozirgi kunda deyarli barcha kompyuterlar (ona platalar) kiritilgan tarmoq adapteri bilan ta’minlangan, agar bo‘lmasa – sotib oling va o‘rnating; 2. Kabel. Juftli o‘ramli (uning o‘zi UTP). 3. RJ-45 konnektorlari; 4. Mana shu RJ-45 konnektorlarini ulash uchun asbob kerak bo‘ladi.



 

         Kabel UTP                     RJ-45                       "Qisqich"




Download 428.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling