Axborot xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo’lish manosini bildiradi


Download 74.99 Kb.
Sana06.12.2020
Hajmi74.99 Kb.
#160948
Bog'liq
orali BT


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

ORALIQ NAZORAT



Boshqaruv tamoillari fanidan

715-18 guruh talabasi

Bajardi : Yormatov Javohir

Toshkent -2020

Variant-25



1.Raxbar ishida axborot qanday rol o’ynaydi 

Axborot xabardorlik, biror hodisa yoki biror kishi faoliyati haqida xabarga ega bo’lish manosini bildiradi. Axborot boshqaruv tizimiga uni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida faol tasir etish uchun zarur malumotlar yig’indisidan iboratdir. Etarli va aniq axborotga ega bo’lmay boshqarish mumkin emas. İshlab chiqarish axboroti boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasida aloqa usulidir. Boshqaruvchi tizim boshqariladigan tizimdan ishlab chiqarish holati va uning xo’jalik faoliyati to’g’risida axborot oladi. Boshqaruvchi tizim olingan axborot asosida boshqariluvchi tizim faoliyatiga baho beradi, boshqarishni yanada takomillashtirish maqsadida ko’rsatma, farmoyishlar chiqarib, boshqariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Axborot boshqaruv tizimida alohida bo’g’in hisoblanadi. Unga qator o’ziga xos xususiyatlar mansub. Bular axborot boshqaruvining barcha bo’g’inlari va vazifalarini qamrab olishga bog’liqdir. Axborot, bu — boshqaruv apparati faoliyatining ham dastlabki nuqtasi, ham natijasi, shuningdek, amalga oshirilayotgan harakatlar mavjudlik sharti, mustahkamlash usuli. Axborot xajmi ortishi bilan boshqaruv axborotining sifat ko’rsatkichlarga bo’lgan talabi ham ortib boradi. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida axborot to’plash, uzatish va qayta ishlash, boshqaruv buyruqlari ko’rinishida axborot berish va uni ijrochilarga etkazishdan iborat. Axborotning quyidagi turlari mavjud: statistik, tezkor, iqtisodiy hisob, moliya, taminot, kadrlar bo’yicha, texnologik, konstruktorlik, marketing, ijtimoiy va boshqalar. İshlab chiqarishni boshqarishda iqtisodiy axborot alohida o’rin egallaydi, chunki u kishilarning moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemol qilish jarayonidagi mnosabatlarini aks ettiradi. Shu bilan birga fan-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish rivojlanishini aks ettiruvchi ilmiy-texnikaviy axborot ahamiyatini ham takidlab o’tish lozim.    Kelib chiqish manbaasiga bog’liq ravishda axborot tashqi va ichki axborot turlariga bo’linadi. Tashqi axborot tashqi muhitdan olinadigan xabarlardan iborat bo’ladi. Bular jumlasiga yuqori tashkilotlar farmoyishlari, reja topshiriqlari, mahsulotni sotish shartlari haqida axborotlar kiradi.  İchki axborot korxona yoki uning boshqaruv bo’g’inida shakllanib, istemol qilinadi. Korxona miqyosida ular jumlasiga tsexlar tomonidan rejaning bajarilishi, moddiy-texnikaviy taminot, mahsulot tannarxi, kadrlar, mehnat unumdorligi haqida axborotlar kiritilishi mumkin. Yo’nalishi bo’yicha axborot boshlang’ich va boshqaruvchi (rahbarlik) axboroti turlariga bo’linadi. Rahbarlik axboroti boshlang’ich axborotni qayta ishlash asosida qaror qabul qilish natijasidir. Boshlang’ich axborot doimo boshqaruv tizimining quyi darajasidan yuqoriroq darajaga qarab harakat qiladi, rahbarlik axboroti esa teskari yo’nalishda harakatlanadi. Axborot vaqt o’tishi bilan turli ahamiyat kasb etadi. Barqarorlik darajasi bo’yicha uni barqaror shartli-barqaror, o’zgaruvchan turlarga bo’lish mumkin. Barqaror axborot uzoq mudtsat davomida o’z ahamiyatini o’zgartirmaydi (korxona, uning bo’linmalari nomi, mahsulrt turi). Shartli-barqaror axborot ahamiyati malum muddat davomida saqlanib turadi. Korxona miqyosida bunday axborotga turli meyor va meyoriy hujjatlarni (moddiy, mehnat sarfi, tariflar meyorlari)ni kiritish mumkin. Axborotning bunday turi korxona bo’yicha umumiy axborotning 35%dan ko’pini tashkil etadi. O’zgaruvchan axborot boshqaruv obekti faoliyati va unga mos holda boshqaruv jarayonlari o’zgaruvchanligini aks ettirib, qaror qabul qilish uchun tez qayta ishlashni talab etadi. Boshqaruv faoliyatida shuningdek, boshlang’ich axborotni qayta ishlash natijasida olingan xosila (ikkilamchi) axborotdan ham foydalaniladi. Axborotni ro’yxatga olish va sakdash maqsadida uni saqlovchi turli vositalar inson xotirasi, hujjat, perfokartalar, magnit tasmalari, baraban disk, elektr impulslar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Axborot yig’indisi boshqaruvning axborot tizimini tashkil etib, u boshqaruv jarayonini axborot bilan taminlash shaklida namoyon bo’ladi. Axborot to’g’ri, aniq, o’z navbatida, obektiv, mazmunli va qarorlarni qabul qilish uchun tushunarli bo’lishi kerak. Axborot hajmi jihatdan kichik, mazmun jihatdan chuqur, uning matni tushunarli va sodda bo’lishi lozim. Korxonani axborot bilan to’g’ri aloqalar ko’rinishidagi turli-tuman axborot oqimlari vositasida taminlanib, ular aniq ishlab chiqarish vazifasini hal etish imkonini beradi. Zamonaviy yirik korxonalarda axborot hajmi million hujjat satrigacha etadi, bu o’rinda barcha axborot tez qayta ishlanishi zarurligini ham inobatga olish zarur. Masalan, Toshkent aviatsiya zavodida kundalik birlamchi axborot million ko’rsatkichni tashkil etadi. Bunday sharoitda axborot bilan ishlashni tashkil etish bo’yicha quyidagi qator muammolarni hal etish lozim bo’ladi:

 1) maqbul axborot tizimini ishlab chiqish

2) axborot oqimlarini shakllantirish usullarini ishlab chiqish; 

3) axborot qabul qilish va yuborishning maqbul usullarini tanlash; 

4) axborotni saqlash va izlashni tashkil etish; 

5) axborotni qayta ishlash jarayonini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. 

Bu yo’nalishda olib boriladigan barcha ishlar axborotni yig’ish va qayta ishlashning yagona umumdavlat tizimini yaratishni taminlashi zarur. Axborotlar yig’indisi boshqaruvning axborot Tizimini tashkil etadi. Axborot tizimi - hujjatlar axborot oqimlari, aloqa kanallari va boshqaruv obektining texnikaviy vositalarini qamrab oluvchi murakkab axborot majmuidir. Boshqaruv obektining qandaydir bir qismi bo’yicha axborot yig’indisi kichik tizimni tashkil etadi. Maqbul axborot tizimini tashkil etish boshqaruvning u yoki bu tashkiliy tizimini loyihalashtirish va uning samarali faoliyat yuritishining muhim shartlaridan bo’lib hisoblanadi. Axborot tizimlari oddiy va murakkab tizim bo’lishi mumkin. Oddiy axborot tizimi uni qayta ishlashni talab etmaydi, axborot manbaidan u foydalanish joyigacha etkazishda o’zgarish yuz bermaydi. Bunday axborot telefon yoki boshqa axborot etkazish vositalari yordamida bir marta beriluvchi xabar sifatida o’tkaziladi. Murakkab axborot tizimlari axborotni qayta ishlashning mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi bo’yicha turlarga ajratiladi. Birinchi guruhga qo’lda yoki eng oddiy mexanizmlar yordamida qayta ishlovchi axborot tizimlari kiradi. İkkinchi guruhga axborotni to’plash, qabul qilish va qayta ishlashda mexanizatsiya keng qo’llaniladigan axborot tizimlari kiradi. Uchinchi  guruhga malumotlarni kompleks mexanizatsiya vositasi bilan birga avtomatlashtirish unsurlarini qo’llab qayta ishlash va to’plash qo’llanilgan axborot tizimlari kiradi. Axborot qabul qilish, uzatish va qayta ishlash tsikli avtomatlashtirilgan axborot tizimi to’rtinchi guruhini tashkil etadi. Axborotni qayta ishlashda EHMlar qo’llaniladigan boshqaruv tizimlari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi (ABT) nomini olgan. ABT quyidagi vazifalarni bajaradi: 

-  axborot qabul qilish; 

-  axborotni qayta ishlash; 

-  axborotni saqlash, yig’ish; 

-  boshqaruv tashkilotiga axborot berish; 

-  ijrochilarga buyruq uzatish. 

İlg’or axborot tizimini loyihalashtirish jarayoni quyidagi vazifalarni amalga oshirishga asoslanishi lozim: 

-  korxonada mavjud axborot tizimini tahlil qilish, axborotning asosiy yo’nalishlarini o’rganish; 

-  axborot tizimining iqtisodiy-modelini ishlab chiqish; zarur axborot xajmi va mazmunini aniqlash; 

-  axborot to’plash va qayta ishlash uchun texnikaviy vositalarni aniqlash; 

-  axborotni qayta ishlash texnologiyasini yaratish; 

-  axborot vujudga kelishi va foydalanish davriyligini belgilash; 

-  korxonada qo’llaniladigan axborot uchun shifrlar tizimini yaratish

-  axborotni uzatish va qayta ishlashni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish qulay bo’lishi uchun standart malumotlarni loyihalashtirish; 

-  loyihalashtirish jarayonida olingan barcha materiallarni tartibga solish va rasmiylashtirish. 

Bozor sharoitida ishlab chiqarish axborot tizimlarini ular rivojlanishi va loyihalashtirishga tizimli yondashish asosida mujassama tashkil etishni talab etadi. Bu talablarga malumotlarni qayta ishlashning integratsion tizimi javob beradi. Uni turli darajadagi zamonaviy hisob mashinalari, EHM, kompyuter, internet, inson-mashina tizimini har tomonlama qo’llash asosida loyihalashtirish mumkin. 


 

Boshqaruv texnikasi tushunchasi va turlari 

Boshqaruv texnikasi — bu aqliy mehnat texnikasi, boshqaruv tizimida axborotni qayta ishlash texnikasi. Texnika vositalari qanchalik takomillashgan bo’lsa boshqaruv texnologiyasi, boshqaruv mehnatini tashkil etish va butun boshqaruv jarayoni shunchalik samarali bo’ladi. Xisoblarga asosan mamlakat iqtisodiyotini maqbul boshqarish uchun yil davomida 10 ta elementar arifmetik operatsiya bajarishi zarur bo’lsa, boshqaruv xodimlari 10 ta, yani 10 ming marta kam operatsiya bajarish qobiliyatiga ega ekanlar. Bu muammoni muvaffaqiyatli hal etish uchun boshqaruv mehnatini takomillashtirish, axborot to’plash va qayta ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Boshqaruv texnikasini faqat hisoblash mashinalari bilangina bog’lash noto’g’ridir. Dastlabki texnika vositalari 100 yil avval paydo bo’lgan ruchka, chizg’ichdan tortib EHM va kompyutergacha bo’lgan texnika vositalarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin: orgtexnika va hisoblash mashinalari. Orgtexnika vositalariga juda turli-tuman uskuna va qurollar (oddiy qurol va vosita, axborot olish va qayta ishlash, ko’chirish, ko’paytirish, aloqa vositalari va axborot uzatish, xizmat ko’rsatish, xizmat xonalari uskunalari) kiradi. Boshqaruv mehnati turli oddiy qurol va uskunalardan (qalam, ruchka, idora daftarlari, jadval, grafik va boshqalar) foydalanishga asoslanadi. Eng so’nggi avloddagi EHM va kompyuterlar oddiy texnika vositalari (qalam va chizg’ich) o’rnini to’liq bosa olmaydi. qulay, oddiy chidamli bu vositalar texnika vositalari singari juda muhimdir. Oddiy qurol va uskunalarni axborotni qayta ishlash bosqichlari bo’yicha guruxlarga ajratish mumkin. Bu avvalo yozuv vositalari (qalam, ruchka, mo’yqalam, trafaret), tasvir vositalari (jadval, diafamma, nazorat va nozirlik jurnallari, marshrut sxemalari), hujjatlar saqlash vositalari (tokcha, konvert, kartoteka, pefokarta va h.k.), axborot qabul qilish va mustahkamlash vositalari (tarozi, soat, hisob mashinasi, o’lchov vositalari, ko’chiruvchi mashinalar), aloqa vositalari (telefon, ATS, rahbar va dispecher kommutator, radio aloqa, radiofon, signal uskunalari, ovoz berish uskunalari), axborot uzatuvchilar (ovoz, nur, kartochka, oyna, metall), boshqaruv mashinalarida qo’llaniladigan axborot uzatuvchilar (magnit lentalari, disklar, qog’oz). 

Kommunikatsiya 

Kommunikatsiya - bu axborot almashishdir. Ana shu axborot negizida rahbar malumotlar olib, samarali qarorlar qabul qiladi va ishchi xodimlarga etkazadi. Rahbarlik faoliyati samarali axborot almashinuvni talab qiladi. Agar insonlar o’zaro axborot almashinmasa, ular birgaliqda ishlay olmaydi va oldilariga qo’ygan maqsadning shakllanishi, unga erishishi qiyin bo’ladi. Boshqaruv faoliyatida axborot almashuv muhim ahamiyatliligi uchun rahbar o’z vaqtining 50-90%ini kommunikatsiyaga sarflaydi. Axborot almashishning sifati boshqaruv qarorlariga tasir ko’rsatadi. Kommunikatsiyaning majlislar, xizmat yozuv-chizuvlari, telefon orqali muloqotlar, hisobotlar, videotasmalar va yuzma-yuz suhbatlar orqali ko’pgina muammolarni hal qilishda yordam beradi. Korxona tashqi muhit bilan aloqa bog’lashda, turli-tuman vositalardan foydalanadi. Mavjud xaridorlar bilan ular reklama orqali bog’lanibgina qolmay, mahsulotni bozorga olib kiradigan boshqa dasturlardan ham foydalanadi. Axborotlar korxona ichida bosqichma-bosqich, yani vestikal kommunikatsiyalar orqali o’tadi. Axborotlar yuqori boshqaruv organlaridan, pastki organlarga o’tadi. Shuningdek pastki organlardan yuqori boshqaruv bo’limlariga axborotlar oqimi keladi. Aynan ikkinchi jarayon korxonalarda ijobiy o’zgarishlarga olib keladi. Korxonada bo’ylama kommunikatsiyalardan tashqari, ufqiykommunikatsiyalar ham mavjud. Malumki korxonalarda turli xil funktsional bo’limlar, tsexlar va boshqa bo’limlarning mavjudligi ular orasidagi axborot oqimining kerakligini anglatadi. Masalan, nazariy texnologiya asosida, korxona turli-xil mahsulotlar ishlab-chiqarishi mumkin, shuning uchun ham marketing bulimining axborot ahamiyatligi saqlab qolinadi va uning talablarini o’z vaqtida qondirilishini taminlaydi. 



Xulosa 

1. Axborot - menejment uchun zaruriy xabar va malumotlar majmuidir. Axborotsiz boshqaruv bo’lmaydi. 

2. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi bog’liqlik shakllari ishlab chiqarish axborotlaridir. 

3. İqtisodiy axborot - menejmentda muhim o’rin tutadi. 

4. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo’lib. U turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnika vositalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini o’z ichiga oladi. 

5. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlar va uning manosi axborot xizmatlariga bog’liq. 

6. Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o’rtasidagi axborot almashish jarayonidir. 

7. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak


2.Boshqaruvda kommunikatsiya ro’li qanday
Reja:

1. Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tahsiri

2. Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari.

3. Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosQichlari.

4. BoshQarish jarayonlarini axborot bilan tahminlashni takomillashtirish yo’nalishlari.

1. Kommunikatsiya tushunchasi va uning tashkilot samaradorligiga tahsiri.

BoshQaruv jarayoniga tizimlar nazariyasi nuQtai-nazaridan Qaralganida, uni mahlum bir tizimni muvozanatda saQlab turish yoki uni sifat jihatidan yangi shaklga keltirish uchun amalga oshiriladigan tahsirlar yiG’indisidir deyish mumkin.Bu tahsirlarni amalga oshirish uchun boshQaruvchi Qism, yahni boshQarish subhekti boshQariluvchi obhekt holati haQida yetarli mahlumotga ega bo’lishi zarur."Informatsiya" (axborot) atamasi lotincha so’zdan kelib chiQib, biron-bir voQea yoki kimningdir faoliyati haQidagi xabarni anglatadi.Lotin tili - hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin kabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qad.BoshQarish jarayonini yetarli va haQQoniy mahlumotlarsiz amalga oshirish mumkin emas.BoshQaruvchi tizim boshQariluvchi tizimning umumiy faoliyati to’G’risida mahlumotlar oladi, ular asosida tizim holatiga baho beradi, boshQarishni takomillashtirish bo’yicha ko’rsatmalar ishlab chiQadi va boshQariluvchi tizimga ijro uchun yuboradi. Bundan tashQari tashkilot ochiQ ijtimoiy-iQtisodiy tizim sifatida tashQi muhit bilan axborot almashish orQali munosabatlarga kirishadi.Tashkilot doirasida faoliyat ko’rsatuvchi insonlarni, mehnat taQsimotlari natijasida shakllanuvchi ichki xo’jaliklar (bo’limlar)ni va boshQarish poG’onalarini yaxlit holatga olib keluvchi jarayon kommunikatsiyadir.Klassik tahrif bo’yicha kommunikatsiya – bu odamlar orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.Bunda axborot ikki taraflama yo’nalishda, yahni, uzatuvchi va Qabul Qiluvchilar tomon harakat kiladi.Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.Menejmentda kommunikatsiyalar odamlar, guruhlar (ichki xo’jaliklar), boshQarish poG’onalari hamda tashkilot bilan tashQi muhit orasidagi informatsiya almashish jarayonidir.BoshQaruv jarayonida aloQa shakllarini Quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin:



BoshQaruv tahsiri


BoshQaruvchi Qism BoshQariluvchi Qism

TashQi

Axborot








Teskari

aloQa



6-chizma. BoshQaruv jarayoni aloQasi.
Murakkab va ko’p Qirrali korxona xo’jaligini boshQarish katta hajmdagi birlamchi axborotlarni ko’rib chiQishni talab Qiladi.Ularga Quyidagi informatsiyalar kiradi: statistik, operativ-hisobot, reja-iQtisodiy, buxgalterlik, moliyaviy, moddiy-texnika tahminoti, kapital Qurilish, texnologik, konstruktorlik va boshQalar.Axborotlar kelib chiQish manbalariga ko’ra tashQi va ichki axborotga ajratiladi.TashQi muammolalardan kelib chiQuvchi axborotlar tashQi axborot hisoblanadi.Uning tarkibiga Qonunlar va mehyoriy xujjatlar, mahsulotga bo’lgan talablar, texnika taraQQiyotiga oid axborotlar, ilG’or korxonalar ish tajribalari va boshQalar kiradi. O’z navbatida tashkilotdan tashQi muhitga ham axborot chiQadi. Bu asosan hissadorlar va davlat muassasalariga hisobotlar, reklama va shunga o’xshash axborotlar.Ichki axborotga ishlab chiQarish jarayoniga oid, rejaning bajarilishi, sex va uchastkalarning ishlariga, mahsulotning sotilishi va tannarxini kamaytirishga oid axborotlar kiradi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.Axborotlar boshQarish jarayoniga o’xshab o’zining xajmi, tarkibi va kelib tushgan vaQti bo’yicha boshQaruv darajasiga bevosita boG’liQ bo’ladi.Bu daraja Qanchalik yuQori bo’lsa, umumlashgan va ishlov berilgan axborot uchun zarurat shunchalik ko’payib boradi.Axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi turlarga bo’linadi. SHartli o’zgarmaydigan axborotlar tarkibiga nisbatan kam o’zgaruvchi axborotlar kiradi.Bular barcha turdagi mehyorlar, reja ko’rsatkichlari va boshQalardir.Bunday axborotlar boshQaruv uchun zarur bo’lgan axborotlarning 60-70 foizini tashkil Qiladi.O’zgaruvchi axborotlar murakkab va muhim axborotlardir.Bu turdagi axborotlar ishlab chiQarish va xo’jalik faoliyati jarayonining o’zgarishini aks ettiradi. Bunday axborotlarni to’plash va ularga ishlov berish ancha murakkab jarayondir.Ishlov berishda iloji boricha tezkorlik zarur, aks holda bunday axborotlar o’zining muhim va kerakli ahamiyatini yo’Qotishi mumkin.Axborotni Qanchalik tez, to’liQ va o’z vaQtida yetkazilishi uning Qiymatini shunchalik oshiradi. BoshQarish amaliyotida ikkilamchi axborotlardan ham foydalaniladi.Bunday axborotlar shartli o’zgarmaydigan va o’zgaruvchi axborotlarga berilgan dastur asosida ishlov berilganligi natijasida yuzaga keladi.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.Ular boshQaruv jarayonida hamda Qarorlar Qabul Qilish uchun yetuk va muhim axborot hisoblanadi.Korxonani boshQarish uchun zarur bo’lgan barcha turdagi axborotlar majmui axborot tizimini vujudga keltiradi. BoshQaruv va axborot tizimlari boshQaruvning har Qanday bosQichida bir butun tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.Ishlab chiQarish xajmining oshishi, korxonaning ichki va tashQi aloQalarining kengayishi Qaror Qabul Qilish va buyruQ tayyorlashdan oldin inson o’zlashtirishi zarur bo’lgan axborot xajmini va mazmunini juda ko’paytirib yuboradi.Ushbu axborot o’z vaQtida va yetarli darajada yetkazilishi tashkilotning umumiy xo’jalik va boshQaruv faoliyatining samaradorligiga bevosita tahsir etadi. Rahbarlar o’z ish vaQtining 50 foizidan 90 foizigacha bo’lgan Qismini kommunikatsiyalarga sarflaydilar.SHu sababdan tashkilotlarda kommunikatsiyalarni to’G’ri va samarali tashkil Qilish juda katta ahamiyatga ega.


Tashkilotlardagi kommunikatsiyalar turlari.

Tashkilotlarda samarali kommunikatsiyalarni shakllantirish uchun ularning Qaysi joylarda va Qanday ko’rinishda zarurligini ko’rib chiQish kerak.Avvalgi mavzularda ko’rib chiQilganidek, tashkilot ochiQ tizim bo’lib tashQi muhit omillari tahsiri ostida faoliyat ko’rsatadi.Tashkilotning kommunikatsiya ehtiyojlari ushbu omillarga boG’liQ.Bu sharoitlarda faoliyat ko’rsatish uchun tashkilotlar tashQi muhit elementlari bilan kommunikatsiyalar o’rnatadilar va bunda turli vositalardan foydalanadilar.Mavjud yoki potensial istehmolchilar bilan reklama va tovarlarni yetkazishning boshQa dasturlari yordamida munosabatga kirishadilar.Jamoatchilik bilan munosabatlar sohasida korxona haQida tasavvur (imidj) ni shakllantirishga ehtibor Qaratiladi. Davlat tartibot muassasalari bilan aloQalar turli xil hisobotlar orQali namoyon bo’ladi.SHuni aytish kerakki, ko’p hollarda tashkilotlar ichida amalga oshirilayotgan kommunikatsiya tashQi muhitdagi mavjud imkoniyat va taxdid (xavf-xatar) larning aks tahsiri (reaksiyasi)dir.Tashkilotlar doirasida kommunikatsiyalar boshQarish poG’onalararo (vertikal) va bo’limlararo (gorizontal) shakllarda amalga oshadi.Vertikal kommunikatsiyalar doirasida axborot poG’onadan-poG’onaga yetkaziladi.Bunda u pastdan yuQoriga va yuQoridan pastga Qarab harakatlanishi mumkin.Birinchi holda axborot aniQ ko’rsatmalar, masalalar, buyruQ va farmoyishlar kabi ko’rinishlarda uzatiladi.Masalan, korxonaning ishlab chiQarish bo’limi sex boshliG’iga Qaysi mahsulotni va Qaysi muddatda tayyorlash to’G’risida ko’rsatma beradi, u o’z navbatida uchastka boshliG’iga yoki ustaga bu haQida ko’rsatma beradi.Pastdan yuQoriga Qarab ketgan kommunikatsiyalarda axborot hisobot, mahlumot, ariza va boshQa ko’rinishlarda Quyi poG’onadan yuQori poG’onaga uzatiladi.Masalan, uchastka boshliG’i mahsulotni tayyor bo’lganligini sex boshliG’iga, u o’z navbatida ishlab chiQarish boshliG’iga va nihoyat, korxona direktoriga etkazadi.Vertikal kommunikatsiyalar rahbarlarga Quyi poG’onalardagi holatni bilib turishga va zaruriy o’zgartirishlar kiritishga imkon beradi.Tashkilotlar vertikal kommunikatsiyalardan tashQari gorizontal kommunikatsiyalarga muxtoj. Tashkilot ko’plab ichki xo’jaliklardan tashkil topgan. SHu sababli masalalarni va xatti-harakatlarni muvofiQlashtirish uchun axborot almashish zarur. Rahbariyat tashkilotning ixtisoslashgan tarkibiy Qismlarining hamkorligi asosida umumiy maQsadga erishishni tahminlashi zarur. Buning uchun bo’limlar orasidagi aloQalarni to’G’ri yo’lga Qo’ymoQ lozim. Gorizontal kommunikatsiyalarga misol Qilib institutimizning turli bo’limlari, fakulg’tetlari, kafedralari va guruhlari o’rtasidagi dars jadvallarini tuzish, o’Quv jarayonining borishi , bitiruvchilarga Quyiladigan talablar darajasi kabi ko’plab masalalar bo’yicha axborot almashishlar kiradi.Xuddi shunday Qilib ishlab chiQarish korxonalarida reja-iQtisod, ishlab chiQarish, marketing va moliya bo’limlari yangi turdagi mahsulotni ishlab chiQarish, buning uchun zarur bo’lgan mablaG’lar, narx belgilash, sotish yo’llari va boshQa turdagi axborot bilan almashadilar.Gorizontal kommunikatsiyalarning Qo’shimcha afzalliklari - o’zaro teng huQuQli munosabatlarni shakllantirishdadir. Bu narsa xodimlarni ishdan QoniQishini oshiradi.Biz yuQorida ko’rib chiQQan kommunikatsiyalar - tashkiliy kommunikatsiyalar, yahni tashkilotning ichki xo’jaliklari va boshQarish poG’onalari orasida shakllangan aloQa turlaridir.Bu turdagi kommunikatsiyalardan tashQari tashkilotda shaxslararo kommunikatsiyalar mavjud va ular tashkilot faoliyatiga juda katta tahsir ko’rsatadi.SHaxslararo kommunikatsiyalarning asosiy ko’rinishlari: rahbar- bo’ysunuvchi orasidagi, rahbar bilan ishchi guruh orasidagi va norasmiy kommunikatsiyalar.Rahbar bo’ysunuvchi orasidagi kommunikatsiyalar asosan masalalarni oydinlashtirish; faoliyat samaradorligining muhokamasi; raG’batlantirish maQsadida xizmatlarni tan olish va mukofotlash; mavjud yoki ehtimol bo’lgan muammo haQida mahlumot yiG’ish; taklif va G’oyalarni Qabul Qilish kabilar bilan boG’liQ.Rahbar bilan ishchi guruh o’rtasidagi kommunikatsiyalar guruh harakatlarining (faoliyatining) samaradorligini oshirishga imkon beradi. Axborot almashishda barcha guruh ahzolari Qatnashganligi uchun har bir ahzo tashkilot uchun muhim bo’lgan masalalar, ularni hal Qilish yo’llari, birgalikda ishlash imkoniyatlari va boshQa muammolarni hal Qilishga o’z fikr va nuQtai-nazarlarini bildira oladi.Bahzi hollarda ishchi guruh rahbarsiz yiG’ilib, muammolarni, rivojlanishni yoki o’zgarishlarni muhokama Qiladi.Kommunikatsiyalarning yana bir turi norasmiy kommunikatsiyalar bo’lib, ularning tarQalishi ko’pincha mish-mishlar deb ataladi.Bu turdagi kommunikatsiyalar odamlar guruhlarga to’planib turgan joylarda mavjud bo’ladi. Bunda axborot norasmiy kanallar (yo’llar) orQali etkaziladi va o’z harakati davomida mazmunini o’zgartirishi mumkin.SHuning uchun ko’p hollarda noto’G’ri axborotni mish-mishlar deb atashadi.Lekin axborot norasmiy kanallar orQali tez harakatlanishini hisobga olib, rahbar ayrim hollarda bu kanallardan tashkilot maQsadlariga erishish yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanishadi.Mish-mishlar paydo bo’lishining asosiy sababi - zarur informatsiyani bilish imkoniyati (xodimlarda) yo’Qligi yoki informatsiya ozligi, uning kechikishi tufaylidir.Tashkilot samarali faoliyatini tahminlashning asosiy va muhim vazifalaridan biri – tashkilotdagi barcha turdagi kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirishdir.
3. Kommunikatsiya jarayonining elementlari va bosQichlari.

YuQoridagilardan biz ko’rdikki, kommunikatsiyalar - tashkilotning ichki va tashQi muhitlari elementlarini, boshQarish funksiyalarini, odamlar guruhlarini bir-birlari bilan munosabat o’rnatishga yordam beruvchi boglovchi jarayon ekan. Kommunikatsiya jarayonida Quyidagi elementlar (tarkibiy Qism)lar Qatnashadilar:



1. Informatsiya uzatuvchi( informatsiya manbai). Bu odam (rahbar, mutaxassis, oddiy ishchi xodim) guruh (ichki xo’jalik), boshQarish poG’onasi, tashkilotning o’zi, tashQi muhit omillari ko’rinishida bo’lishi mumkin.Turli texnik Qurilmalar, inshootlar, jarayonlar, kitoblar va hokazolar ham informatsiya manbaidir.

2. Informatsiya. Tashkilotning ijtimoiy-iQtisodiy ko’rsatkichlari, Qarorlari va buyruQlarining mazmuni, loyihalar, hisobotlar, maslahatlar, turli tushunchalar kommunikatsiya jarayonida Qatnashuvchi asosiy elementlar (informatsiya birliklari) hisoblanadi.

3. AloQa vositalari. Informatsiyani bir joydan ikkinchi joyga yetkazuvchi vositalarga xatlar, turli xujjatlar, odamlar, texnik aloQa vositalari(telefon,telegraf va h.k.), kompyuterlarda Qo’llaniladigan magnitli informatsiya tashish vositalari kabilar kiradi.

4. Informatsiya Qabul Qiluvchi. Bunga odamlar, ichki xo’jaliklar, boshQarish poG’onalari, tashkilotlar, tashQi muhit omillari misol bo’la oladi.

Axborot almashishda uzatuvchi(manba) va Qabul Qiluvchi bir necha bir-biriga boG’liQ bosQichlardan o’tadilar.Ularning vazifasi - xabarni ikkala tomon ham tushinib Qabul Qiladigan ko’rinishda tuzib, unga mos bo’lgan aloQa vositasini tanlash.Bu Qiyin vazifa, chunki har bir bosQichda xabarning mazmuni o’zgarishi yoki umuman yo’Qolishi mumkin.Kommunikatsiya boG’lovchi jarayon sifatida Quyidagi bosQichlardan iborat:



1. Informatsiya (G’oya yoki fikr) ning shakllanishi.MaQsadlar, masalalar va ularni yechish usullari, masalalar orasidagi boG’liQliklar, masalalarni yechish uchun zarur resurslarga talablar, resurslarni masalalar bilan boG’lash (resurslarni masalalar bo’yicha taQsimlash), natijalarni o’lchash va baholash usullari haQidagi bilimlarni shakllanishi.

2. Informatsiyani shifrlash. Fikrlar, bilimlar, loyihalar, Qarorlar Qabul Qiluvchilarga yetkazilishi uchun ular avvalo o’zaro munosabatlarga kirishuvchi (boG’lanuvchi)lar uchun tushinarli tilda ifodalanishi zarur.Odamlar muomalaga kirishadigan tillar, belgilar, raQamlar informatsiyani shifrlash usullariga misol bo’ladilar.Uzatilgan informatsiya ana shu tillar alifbosi, grammatikasi, belgilar asosida shifrlanadi.Alifbo (arab A.sining boshlang‘ich ikki harfi - alif va bo nomidan olingan) - biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab A.si, lotin A.si) yoki bo‘g‘in belgilar (mas, hind A.si - devanagari)

Biznesmenlar asosiy iQtisodiy ko’rsatkichlar orQali, matematiklar arifmetik va mantiQiy amallar va ifodalar orQali bir-birlarini tushunadilar va boG’lanadilar. So’zlashuvdagi yuz ifodalari, Qo’l va gavda harakatlari ham biror mahnoni ifodalovchi shifrlar hisoblanadi.

3. Informatsiyani uzatish. Fikrlar va bilimlarni bir joydan ikkinchi joyga bexato uzatish "informatsiya nazariyasi" fanining asosiy muammolaridan biridir.Bu muammo asosan uzatish vositalarining takomillashmaganligidan, uzatuvchi va Qabul Qiluvchilarning shifrlarini bir xil tushunmasliklaridan, ularning uzatish va Qabul Qilish imkoniyatlari, saviyalari va bilim darajalarining turlichaligidan, axborot va uni uzatish vositasi bir-biriga to’G’ri kelmasligidan va shu kabi sabablardan kelib chiQadi.Informatsiya o’z harakati davomida mahnosini o’zgartirishi kommunikatsiya jarayonidagi shovQin deyiladi.

4. Informatsiyani Qabul Qilish va Qayd etish. Qabul Qilingan informatsiya eng avvalo xotiraga yoki rasmiy Qayd etish daftarchalariga Qayd etilishi zarur. Bu Qabul Qilingan informatsiyani hisobini yuritish uchun zarur.

5. Qabul Qilingan informatsiyani shifrsizlantirish(kodsizlantirish) va tushunish.Qabul Qilingan informatsiyaning mahnosi, mazmuni, mohiyati uni shifrsizlantirilgandan keyingina tushunarli bo’ladi.
shakllantiradi shifrlaydi va uzatish shifrsiz-yoki tanlaydi.

7 - chizma. Informatsiya almashish jarayonining sodda modeli.


Agar rahbarlar kommunikatsiyaning mazmuni va mohiyatini tushunmasalar va unga ahamiyat bermasalar, tashkilotning strukturasida uzilishlar yuz berishi mumkin.SHu sababli kommunikatsiya jarayonining har bir bosQichida informatsiya o’z mahnosini o’zgartirmay tezkor harakat Qilishini tahminlash zarur.YuQoridagi chizmada ko’rsatilgan informatsiya almashish jarayoni to’liQ emas deb hisoblanadi, chunki, aslida teskari aloQa o’rnatilganidan keyingina tashkilotdagi kommunikatsiya jarayoni to’liQ hisoblanadi.FaQat teskari aloQa vositasi orQaligina rahbarlar tashkilotning turli bo’limlari, Quyi boshQarish poG’onalari, ishlab chiQarish jarayoni va umuman turli xil xatti harakatlar to’G’risida informatsiyaga ega bo’ladilar.Bularsiz tashkilotning keyingi holatini aniQlab bo’lmaydi.Teskari aloQada Qabul Qiluvchi va uzatuvchi o’z o’rinlari bilan almashadilar va bunda Qabul Qiluvchi yetkazilgan informatsiyani Qanday tushungani, unga munosabati (reaksiyasi)ni bildiradi.Teskari aloQa yordamida informatsiya almashish jarayoni samaradorligi oshadi va shovQinlar kamayadi.Yomon o’rnatilgan teskari aloQa va informatsiyani Qabul Qilishni bilmaslik (masalan, tinglashni) samarali kommunikatsiyaga to’siQ bo’ladi.Odatda kommunikatsiyalarning samaradorligini oshirish uchun teskari aloQaning shakllanishi raG’batlantiriladi.Teskari aloQada bo’ysunuvchilar rahbariyatning xatti-harakatlari, tashkilot maQsadlariga erishish yo’llari, mahsulot sifatini oshirish, tarkibiy o’zgarishlar va boshQa masalalarga o’z fikr va mulohazalarini yuQoriga bildirish imkoniga ega bo’lishlari kerak.Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.Ichki xo’jaliklarning, boshQarish poG’onalarining ko’pligi kommunikatsiya jarayonini murakkablashtiradi.CHunki, bular informatsiyani shunchaki Qabul Qilib yoki uzatibgina Qolmasdan, balki Qayta ishlaydilar va tartiblashtiradilar. Informatsiyaning xususiyatlaridan biri esa shundan iboratki, u Qancha ko’p Qayta ishlansa, shunchalik o’zining birlamchi mahnosini yo’Qotadi.Bu hodisa, yahni informatsiyaning "filtrlanishi" vertikal kommunikatsiyalarda ko’p uchraydi va bir boshQarish poG’onasidan ikkinchi poG’onaga o’tgani sayin informatsiya o’z mazmunini o’zgartira boradi.Bu esa tashkilot doirasida turli tushunmovchiliklarni keltirib chiQaradi.Tashkilot doirasida yoki tashQi muhitda shakllangan informatsiyani o’z vaQtida, "mish-mishlar" tarQalmasdan ilgari zaruriy joylarga yetkazishlik tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirishga imkon beradi.
BoshQarish jarayonlarini axborot bilan tahminlashni takomillashtirish yo’nalishlari.Tashkilot faoliyatini umuman olib Qaraganda, rahbarlar tashkilotning informatsiya markazi hisoblanadilar.CHunki, ular turli miQdordagi va ko’rinishdagi informatsiyani Qabul Qiladilar, Qayta ishlaydilar, tartiblashtiradilar, saQlaydilar va uzatadilar.Bundan tashQari, ular faQat o’zlari ishlab chiQQan informatsiya (turli Qarorlar, loyihalar, maslahatlar va h.k.) orQali tashkilotni boshQaradilar va tashQi muhitga tahsir ko’rsatadilar.BoshQarish esa munosabatlarga tahsir etish demakdir.Munosabatlar o’z navbatida asosan informatsiya oQimi orQali o’rnatiladi.Demak, tashkilot doirasida kommunikatsiyani yo’lga Qo’yish har Qanday boshQarish ishlari uchun muhim boG’lovchi jarayondir, chunki boshQarish - turli munosabatlarni muvofiQlashtirish va tartiblashtirishdan iborat.Tashkilot faoliyatining uzluksizligi va bir maromdaligini tahminlash hamda boshQarish uchun zarur bo’lgan informatsiya tizimini tashkil Qilishda iloji boricha birlamchi (yahni ishlov berilmagan) axborotlarni kamaytirish, berilgan mahlumotlarni ko’proQ ishlatish, faQat boshQaruv uchun zarur bo’lgan, diQQatga sazovor va Qaror Qabul Qilish uchun kerakli axborotlarni berib borish zarur.Axborotlarni kamaytirish korxonaning hisoblash markazida saQlanuvchi shartli o’zgarmaydigan axborotlar hisobiga amalga oshirilishi kerak. Axborotlarning kamayishi avvalo shifr va kodlar kiritilishi hisobiga amalga oshiriladi. SHu bilan birga bir xil mahlumotlar turli axborotlar olish maQsadida bir necha marta takror ishlatilishi mumkin.BoshQaruv jarayonining ulkan taraQQiyoti axborotlarga Qayta ishlov berishda kompyuter texnikasidan keng miQyosda foydalanishdir.Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.Mexanizatsiya lashgan va avtomatlashtirilgan axborot tizimining samaradorligi ularning Quyidagi ishlarni bajara olishiga boG’liQ:

1. Juda oz vaQt ichida tashkilotning ichki xo’jaliklaridan olingan axborotlarga ishlatish uchun Qulay shaklda ishlov bera olish;

2. Avvaldan mahlum bo’lgan iQtisodiy natijalar bilan birgalikda boshQaruvni asoslash niyatida axborotni imkoniyati boricha kengaytira olish;

3. Axborotlarni tartibga solingan holda jamlay olish va uzoQ vaQt saQlay olish;

4. Qaror Qabul Qilish uchun axborotlarga maromiga yetkazib ishlov bera olish.

Agarda tashkilotlar kompyuter hamda boshQaruv texnikasi bilan jixozlangan axborot boshQaruv markaziga ega bo’lsalar, unda axborotlarga ishlov berish jarayoni Quyidagi operatsiyalardan iborat bo’ladi:Birlamchi axborotni Qabul Qilish va uni kompyuterga kiritish uchun tayyorlash, axborotlarni kompyuterga kiritish, axborotlarga ishlov berish, ularni chiQarish, axborotni boshQarish uchun kerakli joylarga berish, Qabul Qilingan Qarorlarni aloQa tizimi vositasi bilan boshQariluvchi obhektlarga yetkazish va axborotlarni kelajakda ishlatish uchun Qulay ko’rinishda saQlash.BoshQaruv tizimida Qayta ishlangan informatsiyalar natijasini belgilash shakllari muhim ahamiyatga ega.Ular Qaror Qabul Qilish jarayonida inson tushunib etishi uchun Qulay bo’lmoG’i kerak.Qayta ishlanuvchi axborot hajmining o’sishi va boshQarishning murakkablashishi tabiiy ravishda kompyuterlarni Qo’llash zaruriyatini keltirib chiQaradi va bu axborotli boshQaruv tizimini shakllanishiga olib keladi. Bunda avtomatlashtirilgan boshQarish tizimlari vujudga keladi.Ularga "odam-mashina" tizimlari, boshQarish vazifasini amalga oshirishda, yahni axborotni yiG’ish va Qayta ishlashda obhektni maQsadga muvofiQ ishlab turishini tahminlashda Qo’llaniladigan texnika vositalari va boshQaruv texnikasi kiradi.Menejer boshQaruv jarayonida Qanchalik axborotlar bilan to’liQ tahminlansa oQilona boshQaruv Qarorlari Qabul Qilishga erishadi.Bu esa tashkilotni samarali boshQarilishiga olib keladi.



3.Marketingda axborotlarning ahamiyati 
Bozor iqtisodiyoti davrida firmalar marketingni rejalashtirishda, amalga oshirish va nazorat qilishda axborotning roli juda muhim hisoblanadi.Bu axborotlarga, asosan, mijozlar haqidagi axborotlar, raqobatchilar haqidagi axborotlar, diler va boshqa bozorda faoliyat yuritayotgan kuchlar haqidagi axborotlar kiradi.Avvallari ko‘p firmalar mayda bo‘lganligi uchun, firma xodimlari o‘z mijozlarini tanishar edi. Boshqaruvchilar marketing axborotlarini odamlar bilan muloqotda bo‘lib, ularni kuzatib, savollar berish yo‘li bilan to‘plab borardilar.

XX asrga kelib esa firmalarga keng va sifatli axborotlar yig‘ib borish zaruriyati tug‘ildi. Marketing axborotlarini yig‘ishning bir qancha tendensiyalari paydo bo‘ldi. Mana masalan, firma borgan sari bozordagi o‘rnini kengaytirishga harakat qiladi, vaholanki, firma kattalashgan sari o‘z mijozlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bilishga, tanishga imkoniyati bo‘lmay qoladi. Shuning uchun bunday holatda axborot yig‘ishning boshqacha usullarini topish talab etiladi.Boshqa bir tendensiya esa - bu narxli raqobatdan narxsiz raqobatga o‘tish, ya’ni tovar markasini o‘zlashtirish, reklamani kuchaytirish, sotishni rag‘batlantirish- har xil lotoreya, aksiyalar o‘tkazish va h.k.



1. Bozor iqtisodiyotining eng asosiy talablaridan biri axborotlarning to‘laqonli bo‘lishidadir. Umuman olganda hozirgi kun sanoat, industriya asrini axborotlar bilan almashganligi bilan xarakterlanadi.Ishlab chiqarish samaradorligining o‘sish muammosi ham o‘zgacha bo‘lib, o‘tmish mehnatni tejashga, sotish va boshqarish xarajatlarini kamaytirishga ko‘proq boliq. Bularning barchasi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir.Mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishini, boshqarish tizimini mukammallashtirishni axborotlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo‘linmalari (ish joyidan tortib vazirliklargacha) va ushbu korxona bilan o‘xshash korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida uzluksiz axborot almashishidan iborat. Fan-texnika taraqqiyoti o‘sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va murakkab mashinalar tizimi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi va hokazo.Shuning uchun korxonada foydalaniladigan axborotlarning miqdori keskin ortadi. Shuni aytish kifoyaki, hozirgi zamon mashinasozlik korxonasida boshqarish ehtiyoji uchun har soatda 100 mingdan ko‘proq, yoki kuniga bir milliongacha axborot belgilarini ishlab chiqish talab etiladi. Axborotlar yetishmasa yoki ulardan to‘la foydalanilmasa, boshqarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Chunki bunday holda rahbar ishlab chiqarishning ahvoli haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lmaydi. Masalan, respublika Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi mashinasozlik korxonalarini tekshirganda shu narsa aniqlandiki, mazkur korxonalarda uskunalarning bekor turib qolish hollarining 92,5 foizi zarur axborotlarning o‘z vaqtida kelib tushmaganligi sabab bo‘lgan.Korxonalarda mashina-hisoblash stansiyalari tarmoklari yaratilishi bilan boshqarish xodimlarini mexanizatsiyalashtirilmagan hisoblash operatsiyalarini bajarishdan ozod qilish yo‘lida birinchi qadam qo‘yildi. hisoblash ishlari unumdorligi 3-5 barobar o‘sdi. Hozirgi vaqtda boshqarishning ko‘pgina uzviy va umumiy masalalari EHMlar yordamida, matematik metodlar asosida hal qilinmoqda. Hozirgi sanoat, elektron-hisoblash va kibernetik mashinalarning 20 dan ortiq turli materiallarini axborot to‘playdigan, uni ishga soladigan va yig‘adigan 100 ga yaqin har xil moslamalarni, shuningdek 100 dan ko‘proq xildagi kompyuterlar, mashinalarni ishlab chiqarmoqda. Boshqaruv mehnatini texnika bilan qurollantirish darajasini oshirish muhim milliy iqtisodiyot vazifalaridan hisoblanadi. Yaqin kelajakda axborotlarni ishlatish va uzatishning yuksak unumli vositalari, shu jumladan, integral sxemalar asosida ko‘rilgan blok tuzilmasiga ega bo‘lgan va axborotni ishga tushirish va olish, dasturni ta’minlash xotirasi va tizimini rivojlantirish uchun ko‘rilmalarning keng to‘plamga ega bo‘lgan bir bo‘g‘in elektron-hisoblash mashinalarini turkumli ishlab chiqarishni o‘zlashtirish nazarda tutilgan.Bozor imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini yechish uchun har qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to‘liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o‘z xaridorlari, raqobatchilari, vositachilarini sotish va baholar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmay turib, har tomonlama tahlil etish, rivojlantirish va nazorat qilishni amalga amalga oshira olmaydilar. Mashhur amerikalik marketologlardan biri shunday degan edi: «Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish, kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir». Haqikatan ham axborot moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish resursi va obyekti bo‘lib qolmoqda.Umuman bozor to‘g‘risidagi axborotning asosiy manbayi uchta bo‘lib, ular:

• korxona xo‘jalik faoliyati va uning raqobatchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

• maxsus tadqiqot va kuzatish natijalari;

• mamlakat, tuman, tarmoq va boshqalarning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlaridir.

Korxona xo‘jalik faoliyati quyidagi miqdoriy ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi:

• o‘tgan, hozirgi va kutilayotgan davrda mahsulot (tovar) sotishning mutlaq va qiymat miqdori;

• xarajatlar va foyda, ishlab chiqarish miqdori, ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi kuchi qiymati, xom-ashyo, zaxiralar darajasi, mehnat unumdorligi;

• sotishni tashkil qilish. tovar harakatlari yo‘nalishlari;

• savdo turlari, reklama xarajatlari, yetkazib berish muddati, baho, shartnoma va boshqa sharoitlar to‘g‘risidagi axborot;

• kadrlar, mehnatni tashkil qilish va boshqarish tarkibi, vazifalarning taqsimlanishi, ishchi va xizmatchilarning soni;

• bozordagi har yoqlama o‘tkazilgan tadqiqot va maxsus kuzatishlardan keyin olingan axborot; mahsulotning iste’mol xususiyati; oxirgi va oraliq, iste’molchilarning soni; bir qator maxsus masalalar, masalan, aylanish xarajatlari, omborlarni keng, maqbul joyga joylashtirish va boshqalarni tahlil qilishda yordam beradi.

Marketing dasturida ishlayotgan korxona faoliyatiga tasir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:

• demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendensiyalar;

• aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste’mol jamg‘armalarining tarkibi;

• baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;

• hukumatning soliqlar sohasidagi siyosati, xo‘jalik faoliyatini rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish shartlari;


• qonunchilikdagi turli o‘zgarishlar;
• raqobatchilar faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar
Download 74.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling