Axborot xati


Download 21.23 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2017
Hajmi21.23 Kb.
#20603

Uzinfocom PDF plugin

1

AXBOROT XATI



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi

Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi,

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahqamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni

rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati

Markaziy Kengashining

 

O’zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Vasiylik Kengashi majlisining 2015 yil 10 dekabrdagi 65-



sonli majlis bayoni qarori bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2016 yilda yoshlarga oid davlat

siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning “Yosh olim va

talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy va respublika ilmiy-amaliy

konferensiyalarni o‘tkazish”ga qaratilgan 14-sonli bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish

maqsadida yosh olimlar va talabalarning “XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi hududiy va

respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o‘tkaziladi.

Hududiy konferensiyalarni o‘tkazish manzili va vaqti quyidagicha:

- Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida (Toshkent viloyati va Toshkent shahri uchun) – 2016 yil 24-25

may kunlari;

- Andijon davlat tibbiyot institutida (Andijon viloyati uchun) – 2016 yil 26-27 may kunlari;

- Farg‘ona politexnika institutida (Farg‘ona viloyati uchun) – 2016 yil 27-28 may kunlari;

- Namangan muhandislik-pedagogika institutida (Namangan viloyati uchun) – 2016 yil 30-31 may kunlari;

- Jizzax politexnika institutida (Jizzax va Sirdaryo viloyatlari uchun)  2016 yil 1-2 iyun kunlari;

- Samarqand davlat chet tillari institutida (Samarqand viloyati uchun) – 2016 yil 2-3 iyun kunlari;

- Buxoro davlat universitetida (Buxoro va Navoiy viloyatlari uchun) – 2016 yil 3-4 iyun kunlari;

- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun) -  2016 yil 6-7

iyun kunlari;

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida (Xorazm viloyati uchun) – 2016 yil 8-9 iyun

kunlari;

- Nukus davlat pedagogika institutida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun) – 2016 yil 10-11 iyun kunlari.

“XXI asr – intellektual avlod asri” shiori ostidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2016 yil 24-25

noyabr kunlarida Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladi va unda hududiy konferensiyalarda sovrinli 1-

, 2- va 3-o‘rinni egallagan yosh olimlar va talabalarning ma’ruzalari muhokama etiladi.

Konferensiyaning maqsadi:

O’zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub

islohotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy fan, ta’lim, texnika va texnologiyalarni puxta o‘zlashtirgan,

murakkab va keng ko‘lamli vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan bilimli, yetuk yosh olimlarni tarbiyalashga

ko‘maklashish, ular o‘rtasida hamkorlik muhitini rivojlantirish, ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va

rag‘batlantirish, innovatsion g‘oya va ishlanmalarini amaliyotga tatbiq qilish.



Hududiy va respublika konferensiyalarida quyidagi yo‘nalishlar (seksiyalar) bo‘yicha ish olib

boriladi:

Uzinfocom PDF plugin

2

1-seksiya: Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

2-seksiya: Tabiiy fanlar.

3-seksiya: Aniq fanlar.

4-seksiya: Texnika fanlari.

Konferensiyada ishtirok etish uchun talabnoma va konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqola

taqdim etish zarur.

Hududiy konferensiyalarda ilmiy maqolalar quyidagi muddatlargacha qabul qilinadi:

- Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida - 2016 yil 12 may kunigacha;

- Andijon davlat tibbiyot institutida - 2016 yil 14 may kunigacha;

- Farg‘ona politexnika institutida - 2016 yil 16 may kunigacha;

- Namangan muhandislik-pedagogika institutida - 2016 yil 18 may kunigacha;

- Jizzax politexnika institutida - 2016 yil 19 may kunigacha;

- Samarqand davlat chet tillari institutida - 2016 yil 20 may kunigacha;

- Buxoro davlat universitetida - 2016 yil 21 may kunigacha;

- Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida - 2016 yil 23 may kunigacha;

- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida - 2016 yil 25 may kunigacha;

- Nukus davlat pedagogika institutida - 2016 yil 27 may kunigacha.

Konferensiya materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:

- ilmiy maqolalar konferensiya yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar

asosida, tegishli taklif va tavsiyalar bilan taqdim etilishi lozim;

- taqdim etilayotgan ilmiy maqolalar soha bo‘yicha yetuk mutaxassislarning kamida bitta taqrizi bilan

qabul qilinadi;

- muallif haqidagi ma’lumotnoma (ob’ektivka), muallifning erishgan yutuqlari ko‘rsatilgan tavsifnoma va

pasporti nusxasi taqdim etiladi;

- hududiy ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashish haqida yozilgan talabnomada muallifning familiya, ismi

va sharifi, maqola nomi, konferensiya yo‘nalishi (seksiya), tashkilot nomi, lavozimi, xizmat manzili, telefon,

faks hamda elektron pochta manzillari ko‘rsatilgan bo‘lishi zarur;

-  ilmiy maqola (elektron va qog‘oz varianti) o‘zbek, ingliz va rus tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ilmiy maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, hajmi 5 betdan oshmasligi va uning elektron nusxasi Word

dasturida, Times New Roman shriftining 14 kegel kattaligida bo‘lishi lozim. Ilmiy maqola matni A-4 format

kattalikda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi.

Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng bosh harflarda muallifning ismi, sharifi

va familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval

qoldirilib matnning mazmuni 1,0 intervalli satrlarda yoziladi. Ilmiy maqolaning qog‘ozdagi matni va uning

elektron nusxasi disk (yoki fleshka)ga yozilgan holda konferensiya Shtabiga yetkaziladi.



Konferensiya Tashkiliy qo‘mitasi ilmiy maqolalarni tahrir qilish va saralash huquqiga ega, konferensiya

talablariga javob bermagan maqolalar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi.

 


Uzinfocom PDF plugin

3

Konferensiya materiallarini yuborish hamda ma’lumot olish manzillari:

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko‘chasi, 49-uy

Tel: (+998 71) 239-01-43, 239-27-09 faks: (+998 71) 239-01-49

Ye-mail: proiib@tdiu.uz

 

Andijon davlat tibbiyot instituti

Andijon shahri, Yu.Otabekov ko‘chasi, 1-uy

Tel: (+998 74) 237-50-20, faks: (+998 74) 237-11-41

Ye-mail: ilmiy-prorektor@adti.uz 

 

Farg‘ona politexnika instituti

Farg‘ona shahri, Farg‘ona ko‘chasi, 86-uy

Tel: (+998 73) 241-12-01, 241-12-10, faks: (+998 73) 241-12-06

Ye-mail: ferpi_info@edu.uz

 

Namangan muhandislik-pedagogika instituti

Namangan shahri, Do‘stlik shox ko‘chasi, 12-uy

Tel: (+998 69) 234-15-23, 234-14-85, faks: (+998 69) 234-15-23

E-mail: nmpi_info@edu.uz

 

Jizzax politexnika instituti

Jizzax shahri, X.Do‘stligi ko‘chasi, 4-uy

Tel: (+998 72) 226-46-05, 226-57-01, faks: (+998 72) 226-46-05

E-mail: jizpi_prorektord@edu.uz

 

Samarqand davlat chet tillari instituti

Samarkand shahri, Bo‘stonsaroy ko‘chasi, 93-uy

Tel: (+998 66) 233-78-73, faks: (+998 66) 233-78-73

E-mail: ashurov_sh@samdchti.uz

 

Buxoro davlat universiteti



Uzinfocom PDF plugin

4

Buxoro shahri, Muhammad Iqbol ko‘chasi, 11-uy

Tel: (+998 65) 221-29-14, 223-01-70, faks: (+998 65) 221-27-07

E-mail: bsu.conference@umail.uz

 

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy

Tel: (+998 75) 221-09-23, 224-02-89, faks: (+998 75) 224-13-95

E-mail: prorektorc@qmii.uz

 

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali

Urganch shahri, al-Xorazmiy ko‘chasi, 110-uy

Tel: (+998 62) 224-61-32 , 224-61-45, faks: (+998 62) 224-61-32

E-mail: tatuuf@inbox.uz

 

Nukus davlat pedagogika instituti  

Nukus shahri, A.Dustnazarov ko‘chasi, 104-uy

Tel: (+998 61) 222-47-14, 222-65-44, Faks: (+998 61) 222-65-46

E-mail: jalelov@umail.uz



Download 21.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling