Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №9


Download 23.59 Kb.
bet1/3
Sana22.06.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1646139
  1   2   3
Bog'liq
9-test (elektr energiyasi)


P rezident maktabi testlari telegram kanali - @pmtests (28.01.2022)

Axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi №9 (Elektr energetikasi)
J amiyat hayotidagi eng muhim hodisa va narsalar bilan asrlarni nomlash urf bo’lgan. 19-asr tarixga “neft asri” nomi bilan kirdi. Bu davrdagi neft (benzin) yordamida harakatlanuvchi texnikalarning rivojlanishi, neft mahsulotlarining jamiyat hayotidagi muhim o’rni katta edi. Keyingi 20-asrda ham neft eng dolzarb mahsulotligini saqlab qoldi. 21-asrda informatsion texnologiyalarning rivojlanishi uni “axborot asri” deb nomlanishiga sabab bo’ldi. Axborot asrida komyuter, telefon, internet va ijtimoiy tarmoqlar, televizor jamiyat hayotining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Deyarli barcha axborot vositalari va texnikalarining hammasi elektr energiyasidan quvvat olishi, shaharlardagi infratuzilmaning elektr energiyasiga bog’liqligini hisobga olsak, ushbu asrda elektr energiyasining o’rni har doimgidan ham muhim ekanini anglashimiz mumkin.
K uni kecha 25-yanvar Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi natijasida yagona elektr tarmog‘iga ulangan Qozog’iston, O‘zbekiston va Qirg’izistonda elektr energiya o‘chishi kuzatilganda elektr tokining hayotdagi o’rni kattaligiga guvoh bo’ldik. 27 yanvar kunida elektr energiyasi ta’minoti to’la tiklanguncha telefon va kompyuterlar zaryadi tugadi, shaharlarda issiq suv, sovuq suv va gaz ta’minotida uzulishlar bo’ldi, svetoforlar ishlamasligi natijasida yo’llarda tirbandliklar kuzildi. Bu vaziyat O‘zbekistonga mustaqil elektr energiyasi tarmoqlariga ega bo‘lish muhim va dolzarb vazifa bo‘lib turganini ko‘rsatdi. Quyidagi xaritada eletr tarmog’i liniyalari ko’rsatilgan. E’tiborli tomoni 500 kW (qizil chiziq) va 220 kW (ko’k chiziq) liniyalar O’zbekistonga qo’shni davlatlar hududlari bilan tutashgan bo’lib, ulardagi holatlar yurtimizga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Hozirda O’zbekis-tonda elektr energiyasi ta’minoti “O‘zbekiston mil-liy elektr tarmoqlari” AJ ga topshirilgan bo’lib, «O‘zbe-kiston MET» AJ tarkibida 14 ta hududiy magistral elektr tarmoqlari, energetika tizimi bo‘yicha faoliyat yuritadigan milliy dispetcherlik markazi, markaziy rele himoyasi va avtomatika xizmati, loyihalashtiruvchi, qurilish va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi funksional filiallar mavjud. Jamiyatga qarashli 84 ta podstansiya va 11 400 km dan ortiq 220-500 kVli magistral havo elektr uzatish liniyalari mavjud. «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati va tarkibidagi tuzilma hamda filiallarda jami bo‘lib 5000 nafarga yaqin mutaxassis-xodimlar mehnat faoliyati olib bormoqda.
B MT prognozlariga ko‘ra, 2030 yilga borib, O‘zbekiston aholisi 37 million nafarga yetishi mumkin. Bu shunday ham tanqis bo’lib turgan elektr energiyasiga talabni yanada oshishini bildiradi. Ammo, hozirgacha O’zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarishning an’anaviy eski usullaridan foydalanib kelinmoqda. 79 % elektr energiyasi Issiqlik elektr stansiyalari (IES)dan, qolgan elektr energiyasi Gidro elektr stansiyalari (GES) dan olinadi. Dunyoning ko’plab mamlakatlari esa quyosh, shamol, getermal va atom elektr stansiyalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarib o’z aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlagan. O’zbekiston elektr energiyasini boshqa davlatlarga sotadi ham, sotib oladi ham. Uning eksport (sotish) miqdori o’rtacha 13 mlrd kw, import (sotib olish) miqdori 11 mlrd kw atrofida (2016). Hozirgi kunda aholining ta’minoti masalasiga davlat tomonidan e’tibor qaratilib eksport miqdori kamaytirib borilmoqda.
Elektr energiyasi barqaror ta’minotisiz rivojlanib bo’lmaydi. O’zbekistonning elektr energiyasi iste’moli jahondagi o’rtacha ko’rsatkichdan 2 barobar kamni tashkil qiladi. Agar O‘zbekistonda Atom elektr stansiyasi (AES) ishga tushsa, mamlakat Markaziy Osiyo energetika tizimidan chiqib ketishi va odamlarni yillar davomida qiynab kelgan elektr energiya muammosini hal etishi mumkin. Shu orqali chekka hududlardagi ta’lim sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, hattoki elektr energiyasini eksport qilish ham mumkin. Biroq, AESni ekologiyaga keltirishi mumkin bo’lgan zarari jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lib kelmoqda.
Bugungi kunda elektr energiyasi ta’minoti O’zbekistonning barcha hududlarida barqaror emas. Qish kunlarida energiya iste’moli ortishi bilan uzulishlar yuzaga keladi. O’zbekistonda yashovchi bir kishi bir yilda o’rtacha 1561 kW elektr energiyasi iste’mol qiladi. Bu ko’rsatkich jahonda o’rtacha 3200 kW, qo’shni Qozog’istonda 5300 kW, Turkmanistonda 2700 kW, Qirg’izistonda 1750 kW ni tashkil etadi.

Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling