Axborotning xuquqiy himoyalash Reja


Download 26.8 Kb.
Sana31.10.2020
Hajmi26.8 Kb.

Aim.Uz


Axborotning xuquqiy himoyalash

Reja

  • 1.Axborotning xuquqiy himoyalash haqida umumiy ma`lumot

  • 2. Axborotni himoyalash doirasida asosiy xuquqiy aktlarni o`rganish

  • 3. Axborot erkinligi va axborot xavfsizligi

Jamiyat xayotning aksariyat soxalari qonunchilik xujjatlari yordamida tartibga solib turiladi. Ko`pchilik odamlar noqonuniy xatti‑xarakatlarni amalda bajarish mumkin bo`lmagani uchun emas, balki bu xarakat davlat tomonidan jazolanishi va jamiyat tomonidan qoralanishi tufayli sodir etishmaydi. Axborot xavfsizligini ta‘minlash masalalari xam avvalombor qonunchilik xujjatlariga tayangan xolda xal etilishi kerak. Chunki axborot xavfsizligini ta‘minlashning boshqa satxlarda ko`riladigan chora-tadbirlari qonunchilik xujjatlari, standartlar va boshqa yuridik xujjatlardagi talablardan kelib chiqib belgilanadi.

Axborot xavfsizligini taminlashga qaratilgan qonunchilik xujjatlarini ikki guruxga bo`lish mumkin:

Birinchi gurux xujjatlarini cheklovchi qonunchilik xujjatlari deb ataymiz, bu xujjatlar jamiyatda axborot xavfsizligi borasidagi jinoyatlarga va jinoyatchilarga salbiy munosabatini shakillantirishga karatilgan qonuniy xujjatlardir.

Ikkinchi gurux xujjatlarini yo`naltiruvchi qonunchilik xujjatlari deb ataymiz, bu qonunchilik xujjatlari insonlarning axborot xavfsizligi borasidagi bilim va malakalarini oshirishga, axborot xavfsizligini ta‘minlovchi vositalarni ishlab chiqish va keng qo`llashga undovchi qonunchilik xujjatlaridir.

O`zbekistonda axborotdan to`plash, saqlash, qayta ishlash, taqdim etish va foydalanish erkinligini, tartiblarini belgilovchi bir qancha qonuniy xujjatlar mavjud.

Uzbekiston fukarolarining axborot olish, axborot tarkatish buyicha xuquqlari avvalo Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29‑moddasida ko`rsatib o`tilgan: …xar kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish xuquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir...

Axborot erkinligi va axborot xavfsizligini bilan bog`lik asosiy qonuniy xujjat Uzbekiston Respublikasining «Axborot erkinligi printsiplari va kafolatlari xaqidagi» 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan 439–II sonli qonunidir.

Bu qonunning asosiy maqsadi axborot erkinligining kafolatlariga va printsiplariga amal qilinishini ta‘minlash, xar bir shaxsning axborot izlash, tarqatish, foydalanish, saqlash xuquqlarini amalga oshirish va shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlashdan iborat[2].

Qonun 16 moddadan iborat bo`lib, bu moddalar axborot erkinligining printsiplari va kafolatlari, axborot, axborot erkinligi, axborotni ximoyalash bilan bog`liq tushunchalari ta‘rifi, axborotni taqdim etish tartibi, axborotni taqdim etishdan bosh tortish, axborotni xavfsizligini ta‘minlashda davlat siyosati, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlash tartibi, chora-tadbirlari va ushbu qonunni buzish uchun javobgarlik masalalari qarab chiqilgan.

Biz uchun bu qonunning axborotni ximoyalash bilan bog`liq bir qancha moddalari muxim.

Qonunning 3-moddasida axborot xavfsiziligi bilan bog`liq asosiy tushunchalar ketirilgan. Xususan, bu moddaga ko`ra:

moddiy tashuvchiga yozilgan va uni (ya‘ni axborotni) identifikatsiya qilish imoknini beruvchi rekvizitlarga ega bo`lgan xar qanday axborot xujjatlashtirilgan axborot deyiladi.

Axborotga murojaat qilish (foydalanish) konunchilikka ko`ra cheklangan axborot konfidentsial axborot deyiladi.

Qonuning 10-moddasida axborotni taqdim etish xaqidagi so`rovni rad etish tartibi ko`rsatilgan. Bu moddaga ko`ra agar axborot konfidentsial bo`lsa yoki axborotni taqdim etish oqibatida shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlariga, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetsa, u xolda bunday axborotni taqdim etish xaqidagi so`rovni rad etish mumkin. Axborotni taqdim etish xaqidagi so`rovi noqonuniy rad etilgan shaxslar qonuniy yo`l bilan o`z xuquqlarini talab etishlari mumkin.

Qonunning 11 moddasi axborotni ximoyalash xaqida bo`lib, noqonuniy foydalanish oqibatida axborot egasi, foydalanuvchisi va boshqa shaxsga nisbatan zarar keltirishi mumkin bo`lgan xar qanday axborot ximoyalanishi lozimligi ko`rsatib o`tilgan.

Qonunning 12-moddasi axborot xavfsizligini ta‘minlashdagi davlat siyosati xaqida bo`lib, bu boradagi davlat siyosati axborot soxasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, davlat organlarining axborot xavfsizligi borasidagi asosiy masalalari va faoliyat yo`nalishlarini belgilash, fuqarolarning o`z-o`zini boshqaruv organlarining, jamoat va boshqa notijorat tashkilotlarning shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta‘minlashdagi o`rni va rolini belgilashdan iboratligi ko`rsatib o`tilgan.

Ushbu qonunning 13-moddasi shaxsning axborot xavfsizligiga bagishlangan bo`lib, bu moddaga ko`ra jismoniy shaxs xaqidagi personal ma‘lumotlar konfidentsial bo`lib xisoblanadi va demak bu ma‘lumotlar ximoyalanishi shart. Xususan jismoniy shaxslar xaqidagi ma‘lumotlardan ularga ma‘naviy va moddiy zarar yetkazish maqsadida foydalanish taqiqladi.Fuqarolar xaqidagi ma‘lumotlarga ega bo`lgan va bu ma‘lumotlardan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar bu ma‘lumotlardan foydalanishdagi qonun bilan belgilangan tartibni buzgan xollarda qonunchilik xujjatlarida ko`rsatilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.

O`zbekiston Respublikasida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibini belgilovchi yana bir qancha qonuniy xujjatlar mavjud. Bu xujjatlar sifatida quyidagilar keltirish mumkin:

«Elektron xisoblash mashinalari uchun davsturlar va ma‘lumotlar bazasini xuquqiy ximoyalash xaqidagi» O`zbekiston Respublikasi qonuni, 1994 yilda qabul qilingan;

«Elektron tijorat xaqidagi» O`zbekiston Respublikasi qonuni;

«Elektron imzo xaqidagi» O`zbekiston Respublikasi qonuni.

Ushbu xujjatlar axborot xavfsizligini ta‘minlashning tegishli aspektlari ta‘luqli chora-tadbirlarni belgilashda asos bo`lib xizmat qiladi.



FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR

1.Zavgorodniy V.I. Kompleksnaya zashita informatsii v kompyuternx sistemax. Uchebnoe posobie.-M.:Logos; PBOYuL N.A.Yegorov, 2001. 264 s.

2.Stolins, Vilyam. Osnov zashit setey. Prilojeniya i standart: Per. S angl.-M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2002. 432 s.

3.Ғaniev S.K.,Karimov M.M. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot himoyasi: Oliy o`quv yurt.talab. uchun o`quv o`qllanma.- Toshkent davlat texnika universiteti, 2003. 77
Download 26.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling