Axrorov alisher akbarovichning


Download 0.5 Mb.
bet1/5
Sana01.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1240750
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Ахроров Алишер Битирув иши

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
  • OLIY TA’LIM TIZIMI PEDAGOG VA PAHBAR KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISHNI TASHKIL ETISH BOSH ILMIY-METODIK MARKAZI
  • “Ta’lim sifati menejmenti” yo‘nalishi bo‘yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi muqobil tinglovchisi
  • AXROROV ALISHER AKBAROVICHNING
  • “MURAKKABLASHGAN SODDA GAPLAR VA ULARNING TURLARI” mavzusidagi
  • TAQDIMOTI
  • Har qanday sintaktik qurilma singari sodda gaplar ham o‘z ichida tuzilishiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:
  • Oddiy sodda gaplar.
  • Murakkab sodda gaplar.
  • Oddiy sodda gaplar bir bosh bo‘lakli yoki ikki bosh bo‘lakli, yig‘iq yoki yoyiq, to‘liq yoki to‘liqsiz, yoki so‘z-gaplarning o‘zidan iborat bo‘ladi. Boshqacha aytganda, oddiy sodda gaplar gap bo‘laklaridan yoki so‘z-gaplardan tashkil topadi. Ularda ana shu aytilgan sintaktik shakllar va hodisalardan boshqa elementlar bo‘lmaydi. Ular na sintaktik jihatdan, na semantik jihatdan murakkablashmagan bo‘ladi.
  • Bu hodisalarning voqelanishi natijasida murakkab sodda gaplarning muayyan ko‘rinishlari: uyushiq bo‘lakli sodda gaplar, ajratilgan bo‘lakli sodda gaplar, undalmali sodda gaplar, kirishli va kiritmali sodda gaplar yuzaga keladi.
  • Sintaktik tabiatiga ko‘ra
  • Murakkablashtiruvchi vositalar
  • Misollar
  • Murakkablashtiruvchi vosita shu gapning bo‘lagi hisoblanadi.
  • Uyushiq bo‘laklar
  • Gullar, rayhonlar va maysalar ajib bir go‘zallik baxsh etadi.
  • Ajratilgan bo‘laklar
  • Ukam, qo‘zichog‘im, orom olib uxlayapdi.
  • Oshpazning, Alimjonning, qo‘li gul ekan.
  • Yozda, qovun pishig‘ida, havo kechasi ham dim bo‘ladi.
  • Murakkablashtiruvchi vosita shu gapning bo‘lagi hisoblanmaydi.
  • Majlisga dadam, albatta, boradi, balki akam ham borar.
  • Baxtimizga, havo ochilib ketdi. O‘sha odam, men sizga aytsam, maktabimizga direktor bo‘ldi.
  • Kiritma birikmalar
  • Bolani (uyda kattalardan hech kim yo‘q edi) men o‘zim uyg‘otdim.
  • Undalmalar
  • Mashinalarni tezroq ishga sol, qizim, vaqt g‘animat! (I.R.) O‘rtoqlar! Bizning oldimizda katta vazifalar turibdi.
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling