Aylanuvchi kajava


Download 40.51 Kb.
Sana03.10.2020
Hajmi40.51 Kb.

5 - LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
KAPSULADAN TA’SIR ETUVCHI MODDASINING AJRALIB CHIQISHI TEZLIGIGA “AYLANUVCHI KAJAVA” ning TA’SIRI
O‘qitish maqsadi: jelatin kapsulalarining biofarmatsevtik xossalari ko‘rib chiqiladi. Bunda dori moddasini ajralishini boshqarish haqidagi ma’lumotlar, keltiriladi. Bu esa o‘z navbatida yangi dori terapiyasi yo‘nalishini ochib beradi.

Mavzuning ahamiyati: Kapsula dori shakllaridan dori moddasining ajralib chiqishini baholashda ta’sir etuvchi dori vositasini ajralib chiqish qobiliyatiga asoslangan holda aniqlanadi. Bugungi kunda kapsulalardan dori moddasini ajralib chiqish tezligini o‘rganadigan bir qator usullar ishlab chiqib amaliyotga taqdim etilgan.
Nazorat savollari**

1. Kapsula deb qanday dori shakliga aytiladi?

2. Kapsula dori shaklini farmatsiyada tutgan o‘rni qanday?

3. Kapsula dori shakllarining afzallik v kamchiliklari nimada?

4. Dori shakllarini biosamaradorligini aniqlashda qanday zamonaviy usullar bor?

5. Kapsula dori shakliga qo‘yilgan talablar.

6. Kapsulalarning sifat ko‘rsatkichlarini sanab o‘ting.

7. Kapsula dori shaklining biosamaradorligini aniqlash va unga qanday omillar ta’sir etadi?

8. So‘rilish konstantasi va farmakokinetik egri chiziq nima?

9. Kapsulani to‘ldirish usullari va kapsulaning o‘lcham va sig‘imini ayting.



**Nazorat savollairning muhokamasini zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Charxpalak” usulidan foydalanib o‘tkaziladi.
Mustaqil tayyorlash uchun topshiriqlar**

1. in vitro va in vivo tajribalari haqida ma’lumotlarni daftarda aks ettiring.

2. in vitro usuliga oid ko‘rsatmalar va talablar qaysi adabiyotlarda aks ettirilgan?

3. Korrelyasiya koeffitsiyenti va uning ahamiyati nimada?


**Mustaqil tayyorlash uchun savollar muhokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “Zakovatli zukko” usuli bo’yicha olib boriladi.

“Zakovatli zukko” metodida mustaqil tayyorlash savollarini muhokamasini o‘tkazish uchun ko‘rsatma:



  1. Metod o‘z xohishlarga ko‘ra shaxsiy imkoniyatlarni sinab ko‘rish istagida bo‘lgan talabalar uchun qulay imkoniyatni yaratadi;

  2. Talabalar o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga qisqa muddatda (2 daqiqada) to‘g‘ri va aniq javob qaytarishlari kerak;

  3. Savollarni murakkabligi darajasiga ko‘ra talabalarga har bir to‘g‘ri bergan javoblarga ko‘ra ballar belgilanadi;

  4. Yakuniy ballarning o‘rtacha arifmetik qiymatini topish asosida talabalarining tafakkur tezligi aniqlanadi;

  5. O‘qituvchining yakunlash so‘zi. Bunda o‘qituvchi talabalarining javoblarini tahlil qilib, to‘ldiradi va baholaydi, shuningdek ularning shaxsiy imkoniyatlari to‘grisida aniq tasavvurga ega bo‘ladi va “Eng zakovatli zukko talabasi”ni e’lon qiladi.

**Mustaqil tayyorlash uchun savollar muhokamasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning “SWOT-tahlil” metodi grafik organayzer uslubi bo’yicha olib boriladi.



Mazkur metod mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash asosida muammoni hal etish yo‘llarini topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga mo‘ljallangan.

Uslubiy ta’minot va mashg‘ulot jihozlanishi: mavzuga oid tarqatma materiallar, uslubiy qo‘llanma, adabiyotlar, ma’ruza matni, internet ma’lumotlari, mavzu bo‘yicha prezentatsiya.
Laboratoriya ishi

  1. Diklofenak natriy va paratsetamol saqlagan kapsulaning biosamaradorligini “Erish” testi bo‘yicha aniqlang

  2. Tajriba natijalarini kajavaning aylanish qaysi tezligda ko‘p miqdorda tashkil etganini toping.

Diklofenak natriy va paratsetamol saqlagan kapsulalarning ta’sir etuvchi moddasini ajralib chiqishini o‘rganish uchun XI da keltirilgan “Aylanuvchi kajava” usudidan foydalaniladi.

Ushbu kapsulalar ichakda eriydigan kapsula bo‘lgani uchun, erish profilini aniqlash uchun ketma-ket ikkita muhit ishlatiladi - vodorodxlorid kislotasining 0,1 M li eritmasi (kapsulalar 60 daqiqa ichida erimasligi kerak) va pH -7,4 ga teng bo‘lgan fosfat buferli eritma (45 daqiqa ichida ta’sir etuvchi moddaning 75% ajralib chiqishi kerak), muhit hajmi 1000 ml, kajavaning aylanish tezligi quyidagi tezliklarda olib boriladi: 50, 100, 15, 200 ayl/daq., harorat rejimi 37±1˚S.

Tajriba boshlanishidan oldin va har 15 daqiqa erigan muhitga o‘tgan diklofenak natriy va paratsetamolni miqdoriy tahlil uchun tahlil namunalari olinadi.

Ta’sir etuvchi moddalar (diklofenak natriy va paratsetamol) bir dona kapsuladagi % ni quyidagi formula orqali aniqlanadi:



bu erda:

D1 – o‘rganilayotgan eritmani optik zichligi;

D0 – ta’sir etuvchi moddaning standart eritmasining optik zichligi;

a0 – aniq tortma, mg;

a1 – bitta kapsuladagi ta’sir etuvchi modda miqdori, mg;

V1 –alikvota hajmi, ml

V2 – ikkinchi eritmaning hajmi, ml

R – SE ta’sir etuvchi moddalar miqdori, SO, %.


Yuqoridagi formuladan foydalanib, kajavaning aylanishi daqiqasiga 50, 100, 150 va 200 bo‘lgandagi hisobini hisoblang.

Eslatma: formulaga natijalarni qo‘yish uchun quyida keltirilgan diagrammada, kapsuladagi diklofenak natriy va paratsetamolni aylanuvchi kajavaning aylanish tezligi daqiqasiga 50, 100, 150, 200 bo‘lgandagi natijalari keltirilgan.

Olingan natijalarni yaqqol ko‘rish uchun jadvalga qo‘yib chiqing.


50 ayl/daq.

Diklofenak natriy miqdori %

Ajralib chiqishi vaqt davomida (daqiqa)

5

10

15

20

25

30

45

60

S1

























S0-St

























Ln (C0 – St)


























50 ayl/daq.

Paratsetamol miqdori %

Ajralib chiqishi vaqt davomida (daqiqa)

5

10

15

20

25

30

45

60

S1

























S0-St

























Ln (C0 – St)

























Tajriba natijalaridan kelib chiqqan holda, kajavaning tezligi 50,100 150, 200 ayl/daq. bo‘lganida Davlat Farmakopeyasining talab chegarasi oralig‘ida bo‘lmagan yoki bo‘lmaganligini aniqlang.
Talabalarni bilimini baholash uchun test savollari

  1. Kapsulaning o‘lchamlari qanday?

a) eng katta kapsula – 00 va eng kichik kapsula – 5;

b) eng katta kapsula – 01 va eng kichik kapsula – 1;

v) eng katta kapsula – 5 va eng kichik kapsula – 00;

g) eng katta kapsula – 02 va eng kichik kapsula – 5;


  1. Kapsula deb...

a) Kapsulalar – qattiq yoki yumshoq jelatina qobiqlariga bir yoki bir nechta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan aralashmasini yoki yordamchi moddalarsiz o‘zini joylangan, dozalangan, qattiq dori turi.

b) Kapsulalar-yumshoq jelatina qobiqlariga bir yoki bir nechta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan aralashmasini yoki yordamchi moddalarsiz o‘zini joylangan, dozalangan, qattiq dori turi;

v) Kapsulalar–jelatina qobiqlariga bitta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan aralashmasini yoki yordamchi moddalarsiz o‘zini joylangan, dozalangan, qattiq dori turi;

g) Kapsulalar- qobiqlangan bir nechta farmatsevtik faol moddalarning yordamchi moddalar bilan aralashmasini yoki yordamchi moddalarsiz o‘zini joylangan, dozalangan, yumshoq dori turi;
3. Kapsuladan ta’sir etuvchi moddaning ajralishini aniqlash usulini yaratishda qaysi omillar juda muhim bo‘lib hisoblanadi?

a) Kajavaning aylanish tezligi daqiqasiga 50, 100, 150, 200 marta bo‘lishi;

b) Erituvchi sifatida faqat tozalangan suvdan foydalanish;

v) Bu tajribalarda bu omil umuman hisobga olinmaydi, chunki bu tirik organizmda olib borilmaydigan tajribadir;

g) Erituvchi, kajavaning aylanish tezligi va namuna hajmini belgilash;
4. Kapsuladan ajralib chiqqan diklofenak natriyni miqdorini aniqlashda qaysi muhit tanlab olingan?

a) ishqorli muhit;

b) vodorod xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi;

v) bufer eritma;

g) vodorod xlorid kislotasining 0,1 M eritmasi va fosfatli bufer eritma;
5. Kapsulalarni biologik samaradorligini farmakokinetik usulda o‘rganish qaysi usullar yordamida amalga oshiriladi?

a) in vivo, in vitro, in situ;

b) in vivo, in vitro;

v) in vivo, in situ;

g) “Aylanuvchi kajava” usuli;
6. Dori vositalarni biosamaradorligiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omillarni keltiring?

a) Dori moddani fizik-kimyoviy holati, dori shakli va yuborish usuli, yordamchi moddalar turi va miqdori, dori shaklini olishda qo‘llanilgan texnologik jarayon;

b) Dorini maydalik darajasi va polimorf shakli;

v) Dorini eruvchanligini ta’minlovchi omillar;

g) Dori vositani shakllantirishda qo‘llaniladigan yordamchi modalar turi va miqdori;
7. Diklofenak natriy va paratsetamol saqlagan kapsulalar uchun in vitro tajribasi qaysi asbobda olib borildi?

a) “Aylanuvchi kajava” asbobida;

b) Sentrefugada;

v) O‘lchov kolbasida;

g) Kruvchinskiy usuli bilan;
Download 40.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling