Aynan shu davrda sog‘lom turmush tarziga qat’iy rioya qilish zarur


Download 183.38 Kb.
bet4/6
Sana04.10.2022
Hajmi183.38 Kb.
#831082
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
homiladorlikda ovqatlanish
Hosilov Qodirjon, Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo, prezintatsiya kurs ishi, 2 220240859172438196, 2 5274152301127271561, boyitish musta, musta avtomat, trnsport mashena musta, ВИЛОЯТ ПРОКУРОРИ КУБОГИ анкетаси, 5д класс, Reference-390181100300, SPEAKING PART 1 TOPIC VOCABULARY, Axloqiy qadriya-WPS Office, t55 3 2 (1)
Homiladorlikning 9-10-haftasida
Bu davrda bug‘doydan qilingan kashalar va qattiq bug‘doy nonlaridan iste’mol qilish zarur. Umuman olganda bu vaqtda organizmga ko‘proq kletchatkalar kerak bo‘ladi.
Homiladorlikning 11-12-haftasida
Birinchi homiladorlikning uch oyligi tugaydi. Bu davr eng qiyin bo‘lgan vaqt hisoblanadi va o‘ziga xos ovqatlanish tartibini talab qiladi. Bunda ayol organizmiga “quloq solishi” kerak. Qanday maxsulotni iste’mol qilishni xohlasangiz aynan shu maxsulot tarkibidagi oziq moddalar farzandingizga yetishmayotgan bo‘ladi, shuning uchun yegingiz kelgan narsalarni iste’mol qiling, albatta me’yorni ham unutmang.
Homiladorlikning 13-16-haftasida
Ikkinchi uch oylikda yuqorida keltirib o‘tilgandek oqsillarga boy bo‘lgan maxsulotlar iste’molini ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari sutkalik ovqat kaloriysini ham oshirish kerak. Agar birinchi uch oylikda 2400-2700 kKal energiya yetishayotgan bo‘lsa, bu davrga kelib esa 2700-2900 kKal energiya talab etiladi.
Homiladorlikning 16-24-haftasida
Homiladorlikning 6 oyida tug‘ilajak farzandingizning ko‘rish va eshitish organlari shakllana boshlaydi. Demak, homiladorlarga A vitamin va betta-karotin moddasi kerak bo‘ladi. Bu davrda ko‘proq karam, sariq bulg‘or qalampiri, sabzi iste’mol qilishni ko‘paytirish kerak. A vitamin yog‘da erib so‘rilishini ham unutmaslik kerak. 
Homiladorlikning 24-28-haftasida
Bu davrga kelib bachadon o‘sishi kuzatilib, qorin bo‘shlig‘ida ko‘proq joy egallay boshlaydi va oshqozonni siqib qo‘yadi. Buning natijasida esa oshqozon hajmi kichrayib, kamroq miqdordagi ovqatni sig‘dira oladi. Hatto homilador ayol kam-kamdan ovqat iste’mol qilsa ham jig‘ildon qaynashini sezadi. Gazlangan ichimliklar va kofedan voz kechish kerak bo‘ladi, ular ham jig‘ildon qaynashini chaqiradi.
Homiladorlikning 29-34-haftasida
Homiladorlikning 8 oyida bolakayning suyak va tishlari shakllanib boradi, shuni hisobga olib bu davrda kalsiyga boy bo‘lgan maxsulotlar iste’molini oshirish zarur. Miya rivojlanishi uchun yog‘ kislotalari zarur bo‘ladi. Aynan shu vaqtda temir yetishmovchiligi onada va homilada anemiya shakllanishiga olib keladi. Yog‘li baliq, yong‘oqlar, qizil go‘sht, sabzavotlar va pista kabi mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Download 183.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling