Ayosofiya cherkovdan masjidgacha. Mashhur Ayo Sofiya haqida qisqacha ma’lumot


Download 14.33 Kb.
Sana05.08.2022
Hajmi14.33 Kb.
#790918
Bog'liq
Ayosofiya cherkovdan masjidgacha
2 5246951968299024828, 2 5246951968299024828, “Byudjet hisobi va g'aznachilik”, 3-mavzu. Birinchi tartibli differensial tenglamalar. Bernulli va, 3-mavzu. Birinchi tartibli differensial tenglamalar. Bernulli va, PQ-4699 28.04.2020, 1f6038140af06ad71edf50bcdaa49eac (1)

Ayosofiya cherkovdan masjidgacha.
Mashhur Ayo Sofiya haqida qisqacha ma’lumot.
Milodiy 360 yilda Vizantiya imperatori Konstantin shaharda cherkov barpo etgan bo’lib, uning tom qismi 404 yilda yonib ketgan. Keyingi davrda Vizantiya imperatori Yustinian I buyrug‘i bilan qurilish ishlaridan keyin 532-537 yillar oralig‘ida hozirgi shaklini oldi.Episkoplikning markazi bo‘lgan va Vizantiya imperiyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan cherkovning qurilishi uchun Vizantiya muhandisi Miletus Isidor va matematik Tralles Anthemiya javobgar edi. Qurilishda 10 mingdan ortiq ishchilar ishtirok etgan.
Cherkov qurilishi 5 yilu 10 oy davom etgan va o‘sha davrdagi Vizantiya tarixchilari uning dunyodagi eng katta bino ekanligi haqida yozishgan. Cherkov ichidagi mozaikalar ishi esa 565-578 yillar orasida yakunlangan.Ayo Sofiya 1204 yilgacha bir necha zilzilalar va yong‘inlardan omon qoldi va ko‘p bor qaytadan tiklandi. 1204 yilda Sharqqa yurish qilgan salibchilar qo‘liga o‘tgan cherkov 1261 yilgacha Rim-katolik cherkoviga aylantirilgan.1261 yilda vizantiyaliklar Konstantinopol hukmronligini qayta qo‘lga kiritgach, Ayo Sofiyadan yana pravoslav cherkovi sifatida foydalanila boshlangan.1453 yil 29 mayda Usmonlilar imperiyasi sultoni Fotih Sulton Mahmud Istanbulni egallab olgan payt Ayo Sofiya yaralangan Vizantiya askarlari, ayollar va bolalar uchun boshpana vazifasini o‘tagan.
Istanbul Usmonlilar qo‘liga o‘tgandan keyingi bir necha kun davomida pravoslav cherkovi a'zolari Ayo Sofiyada ibodat qilishni davom ettirdilar.Birinchi juma namozini 1453 yil 1 iyunda Istanbulda o‘qigan Fotih Sulton Mahmud Ayo Sofiya Usmonlilar hukmronligi ostidagi masjid ekanini e'lon qiladi. Mehrob va minbar quriladi, qo‘ng‘iroq va xoch olib tashlanadi, mozaikalarning usti yopiladi.1481 yilda birinchi minora barpo etilgan. Fotih Sulton Mehmetdan keyin taxtga o‘tirgan Sulton Boyazid II davrida yana bir minora quriladi.1509 yildagi Istanbul zilzilasi natijasida birinchi minora qulab tushadi va uning o‘rniga g‘ishtli minora tiklanadi.Sulton Salim II hukmronligi davrida Me'mor Sinan tomonidan olib borilgan rekonstruksiya ishlari davomida yana ikkita minora qurilgan. Shuning uchun ham Ayo Sofiyaning turli vaqtlarda qurilgan 4 minorasi bir-biridan farq qiladi.Salim II qabri Ayo Sofiya ichidagi ilk sulton qabridir. Ayo Sofiyada sultonlar, ularning rafiqalari va shahzodalarning 43ta qabri mavjud. Ular orasida Sulton Murod III, Sulton Mahmud III, Safiya Sulton va Nurbonu Sulton ham bor.Ayo Sofiya 1616 yil Sulton Ahmad masjidi qurilgunga qadar Usmonlilar davlatining eng katta va eng muhim masjidi sanalgan.
1739 yilda masjidga madrasa, kutubxona va oshxona qo‘shimcha qilingan. 1923 yilda respublika e'lon qilinganidan keyin masjid sifatida foydalanilgan Ayo Sofiya 1931 yilda yopilgan.1931 yilda Amerikadagi Vizantiya instituti asoschisi, amerikalik arxeolog Tomas Uittemor Ayo Sofiyada mozaikalarning qayta tiklanishi uchun Turkiyaning yangi hukumatidan ruxsat so‘raydi.
Prezident Mustafo Kamol Otaturkning ruxsati bilan boshlangan ishlar 15 yil davom etgan va 1947 yilda yakunlangan.Ta'mirlash ishlari boshlanganidan so‘ng bir muncha vaqt o‘tgach yopilgan Ayo Sofiyani 1934 yil 24 noyabrda Vazirlar Kengashi qarori bilan muzey sifatida ochishga qaror qilishgan.
Ayo Sofiya muzeyi 1935 yil 1 fevralda tashrif buyuruvchilar uchun ochiladi. Muzey 1996 yilda Jahon yodgorliklarini tomosha qilish ro‘yxatiga kiritilgan. Muzey UNESCO jahon merosi ro‘yxatiga ham kiritilgan. Har yili ko‘plab sayyohlar tomonidan ziyorat qilinadigan mazkur tarixiy bino 2015 yilda 3 million 425 ming ziyoratchini jalb qilishi ortidan Turkiyaning eng ko‘p tashrif buyuriladigan muzeyi bo‘ldi. 2017 yilda bu raqam 1 million 892 mingga tushdi.
Download 14.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling