Ayupov Ravshan Hamdamovich – Тоshkent Moliya instituti, «Ekonometrika va raqamli iqtisodiyot»


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana15.03.2020
Hajmi0.52 Mb.

Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



Ayupov  Ravshan  Hamdamovich  –  Тоshkent 

Moliya  instituti,    «Ekonometrika  va  raqamli 

iqtisodiyot» 

kafedrasi 

professori,Тоshkent 

Moliya instituti, tel: 93.596-28-74 

Mannanova  Shoxida  Gaybullaeva  -  Тоshkent 

Moliya  instituti,    «Ekonometrika  va  raqamli 

iqtisodiyot»  kafedrasi  katta  o’qituvchisi,  tel: 

93.511-21-67 

 

MOLIYAVIY BOSHQARUVADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR  

VA BLOKCHEYNDAN FOYDALANISH  

 

ANNOTATSIYA 

Ushbu  maqolada  mamlakatimizda  raqamlashtirish  jarayonini  amalga 

oshirish  uchun  raqamli  texnologiyalar  va  blokcheynni  respublikamiz  davlat 

iqtisodiyoti  tarmoqlarida  ishlatilishining  ilmiy  asoslari,  shu  jumladan, 

kraudsorsing,  kraudfonding,  blokcheyn  texnologiyalari  va  kriptovalyutalarni 

rivojlantirishning afzalliklari hamda risklari  tahlil qilingan va bu yo’nalishda 

amalga  oshirilishi  zarur  bo’lgan  bir  qancha  taklif-mulohazalar  va  hulosalar 

berlgan.  

АННОТАЦИЯ 

 В  данной  статье  анализируются  преимущества  и  недостатки 

развития  цифровых  технологий  и  блокировок  в  национальной  экономике 

страны,  в  том  числе  развитие  межбюджетных,  межбюджетных, 

блокирующих технологий и криптовалют, ряд предложений и выводов. 

ANNOTATION 

 This article analyzes the advantages and disadvantages of the development 

of  digital  technology  and  blocking  in  the  national  economy  of  the  country, 

including the development of cross-budget, cross-budget, blocking technologies 

and cryptovultures, a number of suggestions and conclusions. 

 

Raqamli  iqtisodiyot  va  u  bilan  bog’liq  bo’lgan  bir  qancha  zamonaviy 



texnologiyalar  hayotimizga  tezkorlik  bilan  kirib  kelmoqda  va  shiddat  bilan 

rivojlanmoqda.  Shuning  uchun  ham  respublikamiz  taraqqiyotini  yanada 

jadallashtirish  maqsadida  rahbariyatimiz  bir  qancha  muhim  qarorlarni  qabul 

qildi. Masalan, Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim 

ustivor  vazifalar  haqidagi  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  O’bekistonda 

raqamli  iqtisodning  rivojlanishi  bo’yicha  quyidagilarni  aytib  o’tdi: 

“Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini 


Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



ko’zda  tutadigan  “Raqamli  iqtisodiyot  milliy  kontseptsitasi”ni  ishlab 

chiqishimiz  kerak.  Shu  asosda  “Raqamli  O’zbekiston-2030”  dasturini  hayotga 

tadbiq  etishimiz  zarur.  Raqamli  iqtisodiyot  yalpi  ichki  mahsulotni  kamida  30 

foizga  o’stirish,  korruptsiyani  keskin  kamaytirish  imkonini  beradi.  Nufuzli 

halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda. Shuning uchun 

Hukumatga  ikki  oy  muddatda  raqamli  iqtisodiyotga  o’tish  bo’yicha  “yo’l 

haritasi”ni  ishlab  chiqish  topshiriladi.  Bu  borada  axborot  havfsizligini 

ta’minlashga  alohida  e’tibor  qaratish  zarur”.  Ushbu  muroja’at  bilan  bog’liq 

ravishda  shuni  aytish  mumkinki,  postindustrial  yoki  information  jamiyatga 

xizmatlar  sektori  mamlakat  yalpi  milli  daromadning  60%  dan  ortig’ini  tashkil 

qiladigan  davlatlar  kiradi.  Bu  davlatlarda  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqaruvchi 

tarmorlarni  moliyalashtirish  miqdori  keyingi  o’ttiz  yilda  130  martadan  ko’proq 

ortdi.  

Informatsion  innovatsiyalarning  tarkib  toptirish  uchun  dunyo  miqyosida 

faoliyat ko’rsatuvchi  global kompaniyalarda quyidagilarini ko’rsatib o’tishimiz 

mumkin: YouTube, Facebook, Google, Wikipedia, Wikileaks, Amazon, Alibaba 

va  boshqalar.  G’oya  juda  ham  oddiy  –  yangi  progressiv  imformatsion 

texnologiyalar  biznes  masalalarini  hamda  tijorat  muammolarini  hal  qilib 

beradilar  va  information  tizimlarning  har  bir  yangi  avlodi  bir  qancha  yangi 

innovatsion  hizmatlarning  vujudga  kelishiga  va  yanada  rivojlanishiga  sabab 

bo’ladi.  Yangi  texnologiyalarning  barcha  sohalarga  kirib  kelishi  davlat 

boshqaruvining va iqtisodiyotning elektron ko’rinishga o’tishiga olib kelmoqda. 

Natijada  yangi  davlat  va  nodavlat  elektron  hizmat  turlari  paydo  bo’ldi,  yangi 

bozorlar  shakllandi  va  an’anaviy  biznes  modellar  elektron  shaklga 

transformatsiya qilina boshlandi.  

Zamonaviy  raqamli  iqtisod  bir  qancha  atamalar  bilan  nomlangan,  shu 

jumladan,  e-economy,  digital  economy,  internet  economy,  network  ecomnomy 

va  virtual  economy.  Agarda  BCG  (The  Boston  Consulting  Group)  ga  murojaat 

qilsak,  raqamli  iqtisodiyot  deganda  quyidagini  tushunishimiz  mumkin: 

Iqtisodiy  tizimning  barcha  ishtirokchilari  -  alohida  insonlar,  firma  va 



kompaniyalar  hamda  davlat  tomonidan  online  va  innovatsion  raqamli 

texnologiyalarning keng miqyosda ishlatilishi iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki 

raqamli elektron iqtisodiyot jarayonidir”.  

Ko’pchiligimiz  raqamli  iqtisodiyotdagi  transformatsiyalarning,  shu 

jumladan,  davlat  boshqaruv  jarayonidagi  interaktiv  hizmatlar,  biznes  modellar, 

yangi  bozorlar  hosil  bo’lishi,  yangi  turdagi  hizmat  turlari  paydo  bo’lishining 

guvohi  bo’lib  turibmiz.  Raqamli  iqtisodiyotning  xarakterli  ko’rsatgichlari 

sifatida  yangi  ishlab  chiqarish  usullarini  (pear-to  pear  production),  ommaviy 



Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



hamkorlikni,  ommaning  intellectual  mulkka  egalik  qilishini,  iste’mol 

modellaring o’zgarishini (sharing economy) va ochiq mehnat bozorini keltirish 

mumkin.  Ammo,  hozirgi  paytda  raqamli  iqtisod  (internet-savdo,  internet-

hizmatlar,  kontentlar,  elektron  to’lov  va  boshqalar)ning  O’zbekiston 

Respublikasi  yalpi  milliy  daromadidagi  hissasi  1%  ga  ham  bormaydi.  Lekin 

ko’pchilik  horijiy  mamlakatlarning  rivojlanish  tendentsiyalari  shuni 

ko’rsatadiki,  yuqorida  ko’rsatilgan  bozorlar  kelajakda  tezlik  bilan  rivojlanib 

ketadi  /1-3/.  Bundan  tashqari,  to’rtinchi  sanoat  revolyutsiyasi  va  4.0  industriya 

texnologiyalari  bilan  bog’liq  bo’lgan  texnologik  o’zgarishlar,  ya’ni,  ommaviy 

robotlashtirish,  qo’shimcha  va  virtual  reallik  texnologik  platformalari  hamda 

3D-printerlar texnologiyalari ushbu jarayonni yanada tezlashtiradi.  

“Aqlli  korxonalar”,  “aqlli  uskunalar”,  “aqlli  texnologiyalar”  va  “aqlli 

robotlar”  kabi  tushunchalarining  jahon  bo’ylab  tarqalishini  amalga  oshirgan 

holda, to’rtinchi sanoat  inqilobi global darajada virtual va  moddiy tizimlarning 

bir-biriga o’zaro ta’sirini amalga oshiradi. Bu esa o’z navbatida mahsulotlarning 

to’liq  moslashuvchanligiga  hamda  yangi  operatsion  modellar  yaratilishiga  olib 

keladi.  Bundan  kelib  chiqqan  holda  4.0  Industriyani  iqtisodiyot  barcha 

tarmoqlarining  raqamli  transformatsiyasi  deb  ham  tushunish  mumkin.  Shuning 

uchun  ham  kelajakda  davlat  va  korporativ  boshqaruvda  bu  holatlarni  hisobga 

olish  zamona  talabi  bo’lib  qoldi.  Raqamli  iqtisodiyot  va  4.0  Industriyaning 

davlat  miqyosda  joriy  qilinish  yo’nalishlariga  misol  sifatida  quyidagilarni 

ko’rsatishimiz mumkin: 

  Professional  hizmatlar  –  on-demand  professional  services  –  buxgalter 

hizmatlari, dizaynar hizmatlari, maslahatchilar, tarjimonlar va boshqalar. 

  Jamoaviy  moliyalashtish  –  collaborative  finance  –  kraudfunding 

(crowd-funding), o’zaro kreditlash (peer-to-peer lending

  Uyda ko’rsatiladigan hizmatlar – on-demand household services 

  Uy-joydan birgalikda foydalanish (peer-to-peer accommodation

  Transportdan birgalikda foydalanish (peer-to-peer transportation

Raqamli iqtisodning yana boshqa bir hizmatlari, shu jumladan, big data, sun’iy 

intellect,  mashina  vositasida  ta’lim  berish,  fintex,  sharing  ekonomy,  virtual 

reallik,  to’ldirigan  reallik,  kraudsorsing,  kraudfunding,  blokcheyn  va  bulutli 

texnologiyalar  ham  kelajak  iqtisodiyotida  va  davlat  boshqaruvida  hal  qiluvchi 

ahamiyat  kasb  etishini  hayotning  rivojlanish  tendentsiyalari  yaqqol  ko’rsatib 

turibdi.  Masalan,  kraudsorsing  va  kraudfunding  texnologiyalari  davlat  va 

nodavlat 

kompaniyalarning 

oyoqqa 

turib 


olishini, 

rivojini 

va 

raqobatbardoshliligini  ta’minlash  uchun  hizmat  qiladi.  Agarda  kraudsorsing 



jamoaviy  tafakkur  bo’lsa,  kraudfunding  jamoaviy  moliyaviy  mablag’lar  yig’sh 

Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



mexanizmi  deb  hisoblaniladi.  Ish  ko’lami,  faoliyat  turi  va  kattaligidan  qat’iy 

nazar,  turli  xil  loyihalar  uchun  moliyaviy  mablag’lar  yig’ish  texnologiyasi 

bo’lgan  kraudfundung barcha turdagi kompaniyalar uchun katta ahamiyatga ega 

bo’lgan  unikal  moliyaviy  mexanismdir.  Eng  ommabop  kraudfundung 

platformalar  hisoblangan    planeta.ru  va  Boombaster  2012  yilda  tashkil 

qilinganlar.  Hozirgi  paytda  esa  bunday  platformalarning  soni  30  dan  oshib 

ketgan. Boombaster tomonidan 1,5 mingta loyihaga 330 mln rubl yigilgani qayd 

etilgan.  Ammo  taniqli  xorijiy  kraudfunding  platforma  Kickstarter  tomonidan  3 

mlrd  dollar  mablag’  yig’ilib,  126  mingta  muvaffaqiyatli  loyihalar  amalga 

oshirilgan /4/.  

 

Biz  taqdim  etilgan  maqolada  chuqur  o’rganishimiz  kerak  bo’lgan  hamda 



davlat 

boshqaruvi 

uchun  muhim  ahamiyatga  ega  bo’lgan  raqamli 

texnologiyalardan  biri  blokcheyn  texnologiyasi  bo’lib,  u  nafaqat  virtual  pullar 

bo’yicha  operatsiyalarni  amalga  oshira  oladi,  balki  u  yangi  turdagi  davlat 

hizmatlari  arxitekturasi  ham  bo’la  oladi.  Raqamli  iqtisodiyotning  kelajakda  

rivojlanishida ushbu progressiv texnologiya dunyo miqyosida yanada ommabop 

bo’lib ketishi kutilmoqda. Bulutli texnologiyalar ham kelajak davlat moliyaviy 

boshqaruvi  uchun  alohida  ahamiyatga  molik  bo’lib,  virtual  iqtisodiyot  uchun 

yangidan-yangi va kutilmagan imkoniyatlar yaratmoqda.  

Ma’lumotlarni  bulutli  uslubiyatda  saqlash  va  on-line  texnologiyalardan 

foydalanish  ma’lumotlar havfsizligini ta’minlash hamda  operatsion  harajatlarni 

keskin  qisqartirishga  shart-sharoitlar  yaratmoqda.  Masalan,  hozirgi  kunda 

Amazon bulutida 10 mingta serverni  ijaraga olish soatiga tahminan 90 dollarga 

tushmoqda.  Bu  esa  ushbu  turdagi  hizmatlarning  narxini  yanada  pasayishini 

bashorat  qilishga  va  respublikamizda  ham  bunday  texnologiyalarda  keng 

miqyosda imkon beradi hamda keyinchalik bu texnologiyalardan kichik va o’rta 

biznes  ham  bemalol  foydalana  oladi.  Virtual  reallik  (virtual  reality,  VR)  va 

qo’shimcha  virtual  reallik  (augmented  reality,  AR)  texnologiyalarining 

rivojlanishi  ham  kelajak  trendlaridan  biri  bo’lib,  ularning  davlat  boshqaruvi 

hamda ishlab chiqarishga bo’lgan ta’siri borgan sari salmoqli bo’lib bormoqda. 

Bunday  texnologiyalar  ishchi  va  xizmatchilarga  mashina  va  mexanizmlarning 

ichki tuzilishini ko’rish  hamda  ularning  faoliyatini  kuzatish imkonini beradilar. 

Masalan,  Gigi  Capital  kompaniyasining  baholashicha,  AR  bozorining  hajmi 

2016  yilda  1  mlrd  dollar  bo’lgan  bo’lsa,  2020  yilga  kelib  90  mlrd  ga  etishi 

mumkin ekan.  

Goldman  Sachs  ning  bashoratlariga  ko’ra  esa  virtual  reallik  dasturiy 

ta’minotining  sotuv  hajmi  2025  yilga  kelib  9  mlrd  dollarga  etar  ekan  /3/. 

Raqamli  iqtisod  davlat  moliyaviy  boshqaruvi  sohasida  ham  bir  qancha  ajoyib 


Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



imkoniytalar  yaratdiki,  ularsiz  zamonaviy  iqtisodiyotning  barcha  yangi  usul  va 

uslubiyatlarini  ishlatish,  raqobatli  bozorda  muvaffaqiyatga  erishish  va 

zamonaviy  moliyaviy  boshqaruv  usullaridan  samarali  foydalanish  mumkin 

bo’lmay qoldi. Masalan, quyidagi savollarga javob berish zamonaviy moliyaviy 

boshqaruvda hal qiluvchi faktorlardan biri bo’lib qolishi mumkin: internet davlat 

moliyaviy  boshqaruvida  qanday  ahamiyat  kasb  etadi,  qanday  qilib  davlat 

boshqaruvida  omma  (crowd)  effektiga  erishish  mumkin,  kraudsorserlarning 

motivlari  nimalardan  iborat  va  ularni  qanday  qilib  qiziqtirish  mumkin,  nega 

hilma-xillik yaxshiroq natija beradi va boshqalar.  

Shunday  va  shunga  o’xshash  bir  qancha  sabablarga  ko’ra,  davlat 

boshqaruvchilari  oldida  kraudsorsing  hamda  kraudfondingning  mohiyati  va 

uning  iqtisodiy  ma’nosini  o’rganish,  kraud-loyihaning  mexanizmi  va  amalga 

oshirilishini  tushunish,  investitsion  rejaning  byudjetini  aniqlash,  tarmoq 

kraudsorsingining 

hususiyatlarini 

ochib 


berish 

va 


ushbu 

moliyaviy 

texnologiyani mamlakatimiz  davlat va nodavlat tashkilotlari amaliyotiga tadbiq 

etish  masalasi  paydo  bo’ldi.  Kraudsorsing  mehnizmini  davlat  boshqaruvi 

faoliyatifga  tadbiq  qilish  imkoniyatiga  ega  bo’lish  uchun  kraudsorsingning 

quyidagi  keng  ma’nodagi  al’ternativ  aniqlanuvini  qabul  qilishimizga  to’g’ri 

keladi:    “Kraudsorsing  platformasi  vositasida  aholini  tashvishlantirayotgan 

masala  va  muammolarni  tushunish,  mahsulot  yoki  qandaydir  hizmatga 

qo’shimcha talab yaratish yoki muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish 

hamda  loyihalarni  amalga  oshirish,  ishlab  chiqarishni  yo’lga  qo’yish  yohud 

yangi  mahsulot  yaratish  asosida  insonlarni  jalb  qilish  keng  ma’nodagi 

kraudsorsing deb ataladi”.  

Chegaralangan  ma’noda  esa  kraudsorsingni  sinergetik  effektga  olib 

keluvchi kollektiv  bilim  va  hatti-harakatlarni  masofaviy  usulda  dunyoning turli 

nuqtalaridan turib, internet orqali 24/7/364 rejimida ishlatihsga asoslangan yangi 

interfaol  boshqarish  mexanizmi  sifatida  ham  tushunish  mumkin.  Bunda  milliy, 

irqiy,  bilim  darajasi,  professional  mahorat  kabilar  bo’yicha  insonlar  bir-biridan 

farq  qilinmaydilar.  Sinergetik  samaraga  esa  kraud-loyihalarga  jalb  qilingan 

insonlarning  turli-tumanligi  asosida  erishiladi.  Kraudsorsing  mahsuloti  sifatida 

loyiha, mahsulot yoki hizmat turi tushunilishi mumkin. Bunda bir  yaqqol misol 

sifatida  Rossiyaning  2010  yilda  asos  solingan  Witology  innovatsion 

kompaniyasini keltirish mumkin. Bu kompaniya o’z kraudsorsing platformasiga 

ega  bo’lib,  uning  yordamida  intellectual  biznes  masalalarini  yechib  berish 

bo’yicha  hizmatlar  taklif  etadi.  Hozirgi  paytda  davlat,  tijorat,  ijtimoiy  va 

innovatsiya  kraudsorsinglari  mavjud.    Masalan,  Rossiyadagi  eng  yirik 

kraudfunding  kompaniyasi  Planeta.ru  esa  halq  tomonidan  turli  xildagi 


Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



loyihalarni  moliyalashtirishga  566  million  rubldan  ortiq  mablag’  yig’ishga 

erishdi va natijada 2466 ta loyihani muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirdi.  

Yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni tanqidiy ravishda o’rganish natijasida 

shuni 


ta’kidlashimiz  mumkinki,  mamlakatimizda  amalga  oshirilishi 

rejalashtirilayotgan  raqamli  iqtisodiyotning  davlat  boshqaruvida  ishlatilishi 

bo’yicha eng muhim faktorlariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 

 Berilgan ishlarni ko’ngillilik asosida bajaruvchi insonlar – kraudsorserlar;  



 

Kraudsorserlarning  faoliyati  internet  tarmog’ida  bulutli  texnologiyalar 



yordamida amalga oshiriladi

 Kraudsorserlar  respublikaning  turli-tuman  xududlaridagi  insonlardan 



iborat bo’ladi; 

 Kraudsorserlrning  ishlari  natijasi  iqtidodiyot  tarmoqlarini  rivojlantirish 



bilan  bog’liq  innovatsion  g’oyaning  amalga  oshirilishi  (yechim,  loyiha, 

mahsulot, mablag’ yoki hizmat) bo’lishi lozim; 

 



O’zbekistonda  amalga  oshiriladigan  kraud-loyiha  uning  kim  yoki  qaysi 

tashkilot  tomonidan  amalga  oshirilishiga  bog’liq  ravishda  tijorat  yoki  notijorat 

ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. 

  Oxirgi  hulosa  sifatida  shuni  aytishimiz  lozimki,  o’zbek  milliy  valyutasi  – 

so’mni  ham  qisman  yoki  qandaydir  chegaralangan  optimal  nisbatlarda 

kriptovalyutali  ko’rinishga  va  uni  bu  bilan  bog’liq  bo’lgan  blokcheynda 

boshqarish  davlat  boshqaruvidagi  bir  qancha  muammolarni  muvaffaqiyatli 

ravishda hal qilish imkonini berar edi. Shu jumladan: 

  Ikkilamchi  va  yashirin  bank  sektorini  yo’q  qilish  yoki  uni  nazorat 

ostiga olish; 

  Davlat  apparatidagi  byurokratiyani  yengish  va  korruptsiyaga  qarshi 

samarador kurashish; 

  Soliqlar to’lash jarayonini mukammallashtirish orqali, soliq to’lamaslik 

xolatlariga qarshi samarador kurashish; 

  Kichik  biznes  va  tadbirkorlikning  rivojlanishiga  yangi  innovatsion 

imkoniyatlar yaratish

  Kriptovalyutalar  va  ICO  mexanizmlari  yordamida  halqaro  valyuta-

kredit resurslarini O’zbekiston iqtisodiyotiga keng miqyosda jalb qilish

  Iqtisodiyotga bo’lgan dollar va boshqa valyutalar bosimini kamaytirish 

va shu asosda so’mning  raqobatbardoshligini oshirish; 

  ICO vositasida korxona, tashkilot, xususiy tadbirkorlar hamda jismoniy 

shaxslar  uchun  yangi, qulay  va  samarador  kredit  mexanizmlarini ishga  tushirib 

yuborish; 

  Moliya-kredit muassasalarining ishini yanada takomillashtirish



Давлат статистика қўмитасининг “Ўзбекистон статистика ахборотномаси” илмий электрон 

журнали. 2019 йил, 1-сон 

 



  Kriptovalyuta,  ICO  va  blokcheyn  infratuzilmalarini  yaratish  orqali 

yangi  ish  o’rinlarini  hosil  qilish  va  zamonaviy  information  texnologiyalarni 

respublikamizga jalb qilish; 

  Davlatning  ichki  moliyaviy  resurslarni  ishlatishda  mobillilikni 

ta’minlash va boshqalar. 

Mamlakatimizda  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  yana  bir  diqqatga 

sazovor 

imkoniyati 

sifatida 

World 

Wi-Fi 

platformasi 

yordamida 

blokcheynlardan  foydalangan  holda,  davlat  tashkilotlari  va  keng  aholi  ommasi 

uchun  (ayniqsa,  uzoq  hududlardagi  insonlar  va  tashkilotlar  uchun)  internet 

resurslaridan  tekin  foydalanish  imkonyatini  yaratishni  ko’rsatishimiz  ham 

mumkin. 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyhati 

 

1.  Постановление Президента РУз от 3 июля 2017 года ПП-3832  

«О мерах по развитию цифровой экономики в РУз». 



2.  Постановление Кабинета Министров  «О дополнительных мерах 

по  дальнейшему  развитию  и  внедрению  цифровой  экономики  в 

Республике Узбекистан» от 31 августа 2018 года. 

3.  Аюпов  Р.Х.,  Балтабаева  Г.Р.    Ракамли  валюталар  бозори: 

инновациялар  ва  ривожланиш  истикболлари.  –Т:  «Фан  ва  технология» 

нашриёти, 2018, 172 бет. 

4.  Лапидус  Л.В.  Цифровая  экономика:  управление  электронным 

бизнесом и электронной коммерцией // М.: ИНФРА-М, 2018. -381 стр. 

5.  Натаниэль    Поппер.  Цифровое  Золото.  Невероятная  история 

биткойна  или  о  том,  как  идеалисты  и  бизнесмены  изобретают  деньги 

заново, 2016, 350 стр. 

6.  Балтабаева    Г.Р.,    Эргашев    Э.И.  ва  бошкалар.  Ўзбекистонда 

инновацион  иктисодиётни  шакллантириш  муаммолари  ва  ечимлари.  –Т: 

«Иктисод-молия» нашриёти, 2015, 144 бет. 

7. 


http://blokchain.community

 – Россиянинг блокчейн жамияти 

8. 


http://ru.newsbtc.com

– Биткоин ва блокчейн янгиликлари 




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling