Aziz onajon! Men uchun dunyodagi eng aziz inson bo‘lib xisoblanmish onajonim, Sizga uzoq umr, sixat-salomatlik tilab qolaman
Download 33.5 Kb.
|
Aziz onajon
Aziz onajon! Men uchun dunyodagi eng aziz inson bo‘lib xisoblanmish onajonim, Sizga uzoq umr, sixat-salomatlik tilab qolaman! Xech qachon ruxiy tushkunlikka tushmasligingizni va umrbod xuddi xozirgiday mexribon va donishmand ayol timsoli bo‘lib qolishingizni astoydil istab qolaman! Chexrangiz g‘am-xasrat ko‘rmasin, go‘zal xayotning barcha baxtli va ajoyib onlari Sizning kundalik xayotingizdan o‘rin olsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin! Biz uchun qimmatli, aziz va dunyoda tengi yo‘q onajonim! Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan Sizga bag‘ishlangan bizning barcha ezgu niyatli dil-so‘zlarimizni qabul aylaysiz! Bilib-bilmay qalb gavxaringizga yetkazgan ozorlarimiz bor bo‘lsa, kechirishingizdan umidvor bo‘lib qolamiz! Biz Sizni xar doim qadrlab kelganmiz va bundan buyon xam kundalik xayotimiz osmonidagi qo‘yoshimiz bo‘lib qolaverasiz! Barcha o‘gitlaringiz uchun Sizdan bir umr minnatdormiz! Xastalik, g‘am-xasrat tuyg‘ulari Sizga yot bo‘lsin! Chinakam baxoriy iliq tabassum yorug‘ chexrangizni tark etmasin! Tavallud kuningiz bilan muborakbod etamiz! Qadrli va aziz onajon! Sizni tug‘ilgan kuningiz bilan qizg‘in qutlaymiz! Sizga mustaxkam sog‘lik-salomatlik, qalb xotirjamligi va oilaviy tinch-totuvlik xamda farovonlik, to‘kin-sochinlik tilab qolamiz! Sizni bir umr yaqinlaringiz muxabbati tark etmasin! Sizning mexr-muxabbatga va g‘ayrat-shijoatga to‘la bo‘lgan yuragingiz xar doim bizning yonimizda urib tursin. Sizga kattadan katta baxt-saodat va xursandchilik laxzalari nasib etsin! Atrofingizda umrbod yaqinlaringizning mexr-muxabbatli chexralari ildiz otsin! Tug‘ilgan kuningiz bilan! Aziz onajon! Bugungi qutlug‘ kunda Sizga ilgari aytmagan eng ezgu tilaklarimizni baxshida qilmoqchimiz! Siz bizga yoshligimizda baxsh etgan mexringiz, mexribonchiliklaringiz uchun bir umrga minnatdormiz! Baxtimizga doimo sog‘-salomat yurishingizni, chexrangizdan tabassum aslo arimasligini va kunlaringiz baxtiyor onlardan iborat bo‘lishini chin yurakdan tilab qolamiz! Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin! Biz uchun eng qadrli , aziz onajonimiz! Tug‘ilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan tabriklab, sizga metinday sog‘lik, uzoq umr, farovon turmush kechirish baxtini tilab qolamiz! Bizga bergan tarbiyangiz, mexringiz, bizni o‘stirib voyaga yetkazish yo‘lida chekkan zaxmatlaringizdan bir umr minnatdor ekanligimizni bildirib, xayotdagi barcha baxtli laxzalar soxibasi bo‘lib qolishingizda tilakdoshmiz! Ayyomingiz qutlug‘ bo‘lsin, aziz onajonim! Tavllud kuningiz muborak onam Dunyolarda bittamsiz Ham quyosh ham oyimsiz Hatto tunda uxlamay Ulg’aytirgan oyimsiz. Ham qoshu ham ko’zimsiz Ham otam ham onamsiz Yaxshi yomon kunimda Yonimdasiz doim siz Nurididam jonimsiz Mehrlarga boyimsiz Siz borsiz mudom borman Qalbi jannat oyimsiz. Tug’ilgan kun tabriklari Kimga bermabsiz nasihat Maqtanmay qilmas bidat Yolg’izim o’zimni faqat Jannatim onajonimsiz. Har kuningiz o’tsin bayramdek Umringiz bahordek bo’lsinu, Hech yomg’iri bo’lmasin. Yozdek issiq bo’lsinu. Saratoni bo’lmasin. Kuzdek to’kin bo’lsinu, Hech xazoni bo’lmasin. Qishdek oppoq bulsinu, Qahratoni bo’lmasin. Download 33.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling