B korxona aktivlarining bozor bahosi


Download 14.31 Kb.
Sana15.11.2020
Hajmi14.31 Kb.
#146202
Bog'liq
Test savollari. Ochilov Umar


Test savollari

1. Korxonaning bozor bahosi deganda nima tushuniladi?

a) ma’lum bir sanadagi korxona balans qiymati;

b) korxona aktivlarining bozor bahosi;

c) korxonani sotish natijasida egalik qilish mumkin boʻlgan pul miqdori;

d) korxona bozor bahosi degan tushuncha bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qilmaydi.
2. Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?

a) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxs;

b) nodavlat ta’lim muassasalari va ularning korporativ filiallari;

c) davlat notijorat yuridik shaxslari;

d) xorijiy vakolatxonalar, konsullik idoralari.


3. Korporativ moliya tushunchasi nimani anglatadi?

a) korporativ tuzilmalar moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini;

b) davlat va korxonalar oʻrtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni.

c) aksiyador va kompaniya oʻrtasidagi munosabatlarni;

d) korxonalar faoliyatini boshlash bilan bogʻliq jarayonlarni.




  1. Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligini belgilang.

  1. korporatsiyalarning tarqatib yuborilishishi osonligi

  2. mulk huquqini o’tkazish va yangi aktsiyalar paketini emissiya qilish yordamida qo’shimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligi

  3. korporatsiyalarning birlashishi, qo’shib olinishi, ajralib chiqishiga xalqaro darajada yo’l qo’yilmasligi

  4. korporativ qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish uchun har doim ham davlat organi ruxsati talab etilmasligi

5 . Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini qanday izohlaysiz?

a) pul mablagʻlarining subyektlar oʻrtasidagi maqsadli harakati;

b) foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan foydalanish;

c) takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga erishish;

d) moliyaviy barqarorlikni oshirib borish

6. Oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar boʻla oladigan tashkilot nima deb ataladi?

a) yuridik shaxs;

b) aksiyadorlik jamiyati;

c) mas’uliyati cheklangan jamiyat;



d) yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega tashkilot bozor iqtisodiyoti sharoitida amal qilmaydi.
Download 14.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling