B. M. Tojiboyev chorvachilikni mexanizatsiyalashtirish


FERMER XO‘JALIGINI LOYIHALASHTIRISH


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana16.02.2017
Hajmi2.8 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22

1.2. FERMER XO‘JALIGINI LOYIHALASHTIRISH
XO‘JALIK UCHUN JOY TANLASH
Fermer xo‘jaligini loyihalashtirish deb, chorva mahsulotlarini 
yetishtirish bilan bog‘liq bo‘lgan texnologik jarayonni ta’minlash 
maqsadida texnologik, texnik, ekologik, zootexnik va tashkiliy 
masalalarni yuqori iqtisodiy va ijtimoiy talablar negizida yechi-
lishiga aytiladi.
Fermani loyihalahstirishni texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) deb, 
fermaning chorva mahsulotlarini yetishtirish reja quvvati, ixtisosli-
6-jadvalning davomi

15
gi, hayvon yoki parrandani saqlash tizimi, hayvonlardan mahsulot 
olish, ozuqa ishlab chiqish va tayyorlash texnologiyasi, oziqlanti-
rish usuli, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, asosiy 
va yordamchi binolarni, ferma yer maydonidan foydalanish asosida 
yuqori mehnat unumiga, sifatli raqobatbardosh mahsulot yetishti-
rishga, uning iqtisodiy jihatdan rentabelligini, daromad keltirishi-
ni ta’minlovchi hujjatga aytiladi.
Fermer xo‘jaligidagi asosiy va yordamchi binolar, texnologik ja-
rayonlar, jihozlarni loyihalashtirish chorvachilik komplekslari, fer-
malarini loyihalashtirish jarayoniga mos ravishda olib boriladi.
Fermer xo‘jaligini qurishda joy tanlash eng muhim omillar-
dan biri hisoblanadi. Tanlanadigan joy xo‘jalikning kelajakda-
gi taraqqiyoti, sanitar-gigiyenik, ekologik, yong‘in xavfsizligi ta-
lablariga javob berishi lozim. Joy tanlashda yo‘lni, mahsulot bo-
zorini, ener giya, suv, ozuqa manbalarini, aholi yashash joylarini, 
yaylovning yaqinligi va boshqa bir qator omillar e’tiborga olinadi. 
Ferma yer maydonida qurilish ishlarini olib borish uchun yaroq-
li, yer osti sizot suvlari kamida 2-2,5 m chuqurlikda joylashgan, 
3–5° qiyalikka ega bo‘lishi lozim.
7-jadval
Chorva fermasi hududining bo‘linishi
Bo‘linmaning nomlanishi
Bo‘linma tarkibi
Ma’muriy-xo‘jalik
Veterinar-sanitar o‘tkazgich, ma’muriy-
maishiy bino, oshxona, avtomashinalar 
maydonchasi
Ishlab chiqarish
Hayvonlarni saqlovchi bino va inshootlar,
yayratish va yayratish-oziqlantirish qo‘ralari
Ozuqa (ozuqalarni 
tayyorlash va qayta ishlash)
Ozuqalarni saqlash bino va inshootlari, ozuqa 
sexi, avtotorozilar
Qo‘shimcha bino va
inshootlar
Qozonxona, yonilg‘i saqlash binosi, 
transforma-tor podstantsiyasi, suv ta’minoti 
inshootlari
Veterinar-sanitar
Veterinar shoxobchasi, kasallangan hayvonlar 
izolyatori, sanitar-qushxona shoxobchasi, 
hayvon terisiga ishlov berish maydonchasi
Go‘ngni saqlash va qayta 
ishlash
Go‘ngo‘ra, go‘ngni qayta ishlash inshooti

16
Sanitar-gigiyena talablarga ko‘ra, fermaning veterinar himoya 
hududi yetarli, ishlab chiqarish binolari oralig‘i sanitar talablar-
ga javob beradigan, atrofi daraxtlar, yashil hudud bilan o‘ralgan 
bo‘lishi kerak.
Chorvachilik fermasi aholi joylashgan hududning shamol o‘tib 
turadigan tomonida, relyef jihatidan pastroqda joylashishi zarur.
Ferma binolari, inshootlar shamolga yon tomoni bilan tanla-
nadi. Binolar oralig‘i ularning shamollab turishini, sanitar yong‘in 
xavfsizligini taminlashi lozim. Harakat uchun yo‘llar tanlangan-
da ozuqa va go‘ng tashish yo‘llarning kesishmasligiga e’tibor be-
rish kerak.
8-jadval
Chorvachilnk bino va inshootlari oralig‘iga zooveterinar talabi, m
Bino yoki  inshoot
Molxona
Buzoqxona
Cho‘chqaxona
Qo‘yxona
Tovuqxon
Sutxona
Molxona
Yox*
30
150
150
200
Yox
Buzoqxon
30
Yox
150
150
200
Yox
Cho‘chqaxona
150
150
Yog‘
150
200
150
Qo‘yxona
150
150
150
Yox
200
150
Tovuqxona
200
200
200
200
Yox
200
Go‘ngo‘ra
50
50
50
50
150
150
*Yox  Yong‘in xavfsizligi masofasi.
Yonilg‘i saqlash, mineral o‘g‘it omborxonalari, veterinar 
va boshqa inshootlarining yong‘in hamda sanitar xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida chorva fermasi shamol osti tomonida, re-
lyef jihatdan pastroqda, 300 m masofadan kam bo‘lmagan joyga 
quriladi.
Qoramolchilik, cho‘chqachilik, qo‘ychilik va otchilik ferma-
larning o‘zaro oralig‘i 150 m, parrandachilik fermasida 200 m, par-
randachilik fabrikasida 1000 m bo‘lishi lozim. Ferma davlat aha-
miyatiga ega yo‘llardan 300 m, mahalliy yo‘llardan kamida 50 m 
uzoqlikda joylashadi.

17
Ishlab chiqarish binolari (molxona, buzoqxona, yayratish may-
donchalari, qo‘ralar va hokazo)ni tanlashda, hayvonlarni saqlash 
texnologiyasiga mos ravishda, har bir hayvon uchun ajratilgan 
me’yoriy maydon ko‘rsatkichlari 9-jadvaldan olinadi.
9-jadval
Chorvachilik binosida har bir hayvonga ajratilgan
me’yoriy maydon yuzasi, m
2
Bino
m
2
Molxona, saqlash usuli:
  bokslarda
  bog‘lab 
boqilganda
    bog‘lamay, to‘shama ustida boqilganda
8,0
8,2
4,3
Molxona (uch bosqichli)
3,2
Qoramol tug‘ruqxonasida
11,8
Buzoqxona (karantin)
2,6
Qoramol karantinda bo‘lganda
2,9
Buzoqxona:
  2–4 
oylik 
buzoqlar
2,7
  4–6 
oylik 
buzoqlar
2,9-3,05
O‘stirilayotgan qoramollar, oy
  6-10
5,0
  10-14
6,0
  14-21
6,7
  21-24
7,2
Qochmagan va bo‘g‘oz ona cho‘chqalar binosi
3,3
Bo‘g‘oz ona cho‘chqalar binosi
2,6
Ona cho‘chqalar tug‘ruqxonasi
10,6-15,7
Emizishdan ajratilgan cho‘chqa bolalari
0,6-0,8
Bo‘rdoqiga boqilayotgan cho‘chqaxona
1,2
Qo‘yxona
2,2-2,6
Hayvonlarni oziqlantirish kengligi, ularning yoshiga qarab 0,5– 
1,0 m oralig‘ida olinadi. Tovuq makiyonlari yerda boqilganda 1 m

maydon yuzasiga 4–5 bosh, kataklarda saqlanganda 11 boshdan 

18
joylashtiriladi. Yirik sut fermalari hayvonlarni saqlash binolari bi-
lan bir qatorda tug‘ruqxona, karantinxona, buzoqxonalar bilan 
ta’minlanadi.
Tug‘ruqxonada saqlanishi lozim bo‘lgan bo‘g‘oz mollar soni 
M
t
 umumiy mollar soni M
u
 ga nisbatan quyidagicha hisoblanadi:
M
t
 = (0,12-0,20) M
u
.
O‘stirilayotgan yosh mollar va qisir qolgan mollar soni umumiy 
mollar soniga nisbatan quyidagicha hisoblanadi:
M
k
 = (0,10-0,15) M
u
.
Karantinda joylashadigan mollar soni:
M
b
 (0,10-0,11 )M
u
.
20 kunlik buzoqlar soni:
Bir binoda bir guruhga tegishli mollar soni quyidagicha to-
piladi.
M
r
 = F

/ M
m
bu yerda: F

– bino maydoni, m
2
; M

– hayvon uchun ajratilgan 
me’yoriy maydon, m
2
.
Sakkiz bosh sog‘in sigirga mo‘ljallangan, tugallangan ishlab 
chiqarish bosqichiga ega qoramolchilik fermasi. Bu fermaga 2 ki-
shi xizmat ko‘rsatadi (6-chizma).
6-chizma. 
8 bosh sigirga mo‘ljallangan, tugallangan ishlab chiqarish 
bosqichiga ega qoramolchilik fermasi (loyihasi va qirqimi):
1–sigir va g‘unajinlar uchun og‘ilxona; 2–20 kunligidan olti oylikkacha 
bo‘lgan buzoqlar seksiyasi; 3–o‘stirilayotgan buzoqlar seksiyasi; 4–bo‘rdoqi 
buzoqlar seksiyasi; 5–sut bo‘limi; 6–yangi tug‘ilgan buzoqlar profilaktoriyasi; 
7–ozuqa tayyorlash xonasi.
10-jadvalga binoan, keltirilgan koeffitsiyentlar yordamida hi-
soblanganda bu kichik ferma poda strukturasi mazkur ko‘rinish-
da bo‘ladi.

19
10-jadval
Tugallangan ishlab chiqarish bosqichiga ega 8 bosh sigirli 
qoramol fermasining poda strukturasi
Haycon guruhi
Bosh soni hisobi Bosh soni
Jami sigirlar
8x1
8
 shu 
jumladan:
Sog‘iladigan sigirlar
8x0,75
6
Sutdan chiqqan bo‘g‘oz sigir
8x0,13
1
Tug‘ishi yaqin sigirlar
8x0,12
1
Tug‘ishiga 2–3 oy qolgan g‘unajinlar
8x0,12
1
20 kunlik buzoqlar
8x0,06
1
  6 oylik buzoqlar
8x0,6
5
  6–12 oylik urg‘ochi buzoqlar
8x0,1
1
  6–7 oylik bo‘g‘oz, 18–25 oylik g‘unajinlar
8x0,25
2
O‘stirilayotgan 6-12 oylik yosh mollar
8x0,4
3
O‘stirilayotgan 12-18 oylik yosh mollar
8x0,4
3
Jami
24
Binoda sigirlar bog‘liq holda boqilayotgan va o‘stirilayotgan 
yosh mollar buzoqlar bilan guruh ka taklarida saqlanadi. Sigir-
lar harakatlanuvchi individual sut sog‘ish agregatlari yordamida 
sog‘ib olinadi. Ozu qa zambilg‘altak bilan qo‘lda tarqa tiladi. Bu-
zoqlarga sut so‘rg‘ichli sug‘or gichlarda 
beriladi. Yirik mollar suvni individual 
su g‘orgichlar yordamida iste’mol qiladi. 
Molxonadagi go‘ng aravachalardan foy-
dalanilgan holda olib chiqiladi.
10 bosh sigirga mo‘ljallangan, tugal-
langan ishlab chiqarish bosqichiga ega 
oilaviy sutchilik fermasi (7-chizma) yor-
damchi xo‘jalik sifatida korxonalar qoshi-
da tashkil etilishi mumkin.
Ferma ikki zonadan tashkil topadi. 
Birinchi zona fermada xizmat qiluvchi-
larning turarjoyi (uy-joyi, yordamchi 
xo‘jalik binolari, yozgi osh xona, yonilg‘i 
va sabzavot ombori, garaj, yozgi yuvinish 
7-chizma. 
Oilaviy sutchilik 
fermasining shakli.

20
xonasi, tovuqxona, issiqxona, tomorqa va yem-xashak maydoni). 
Ikkinchi zonada molxona, yayratish maydoni, go‘ngo‘ra, suv ho-
vuzi, dezinfeksiya to‘sig‘i joylashgan.
Fermaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari:
Sog‘in 
sigirlar 
soni 
    – 
10
Umumiy qoramol bosh soni   
 
 
– 43
Yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, s
 
sut 
     – 
400
 
go‘sht 
     – 
53,2
Xizmatchilar 
soni, 
kishi 
   – 
2
Ferma yer maydoni, ga 
 
 
 
– 0,3
Yem-xashak 
maydoni, 
ga 
   – 
10
Sigirlar bino ichida 1,2x2,0 m o‘lchamli og‘illarda, buzoqlar 
guruh holida kataklarda ikki qatorda joylashtiriladi.
Sigir АДМ-8А turidagi sog‘ish agregatida sog‘iladi. Sutga sut-
xonada dastlabki ishlov berib saqlash mumkin. Ozuqa otli arava 
yordamida tarqatiladi.
Go‘ng binodan TСН tipidagi surgichli transportyor yordamida 
tozalanib so‘ngra go‘ngo‘raga chiqariladi. 10 bosh sigirni bog‘lab 
boqish uchun mo‘ljallangan molxona loyihasi yuqoridagi chizma-
da keltirilgan (8-chizma).
Molxonaning umumiy maydoni 542, yayratish maydoni bilan 
840 m
2
 tashkil etadi. Binoning qurilish hajmi 1065 m
3
. Yigirma 
bosh sigirga mo‘ljallangan podani to‘ldirib boruvchi ferma binosi 
9-chizmada keltirilgan.
Fermaning texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Ferma o‘lchami, sigirlar 
Sig‘imi, hayvon joyi soni 
Yillik ishlab chiqarish hajmi, s: 
  sut
  go‘sht 
(tirik 
og‘irlikda) 
Xizmatchilar soni, kishi 
Qurilishlar maydoni, m

Suv sarfi, bir sutkada m

Kanalizatsiya oqiziqlar hajmi, bir sutkada  m
3
Isitish va ventilyatsiyaga issiqlik sarfi, kkal/soat
Bir yillik elektr quvvati sarfi, mint kVt/soat
Iste’mol quvvati, kVt
– 20
– 40
– 1048
– 42,6
– 3
– 453
– 3,4
– 1,48
– 40000
– 52
– 30

21
8-chizma. 
10 bosh sigir bog‘lanib boqiladigan molxona:
1–og‘illar joylashgan xona; 2–hojatxona; 3–profilaktoriya-karantin xonasi; 
4–go‘ng tozalagichni harakatga keltirish stansiyasi; 5–omixta yem ombori; 
6–mashina bo‘linmasi va elektr shiti xonasi; 7–sutxona; 8–tambur.
9-chizma. 
20 bosh sigirga mo‘ljallangan 
podani to‘ldirib boruvchi ferma binosi:
a–yon kurinish; b–loyiha; d–qir-
qim; e–bo‘ylama ko‘rinish, fasad; 
1–sigirlar, g‘unajinlar va yosh mollar 
og‘ilxonasi; 2–tug‘ish bo‘linmasi; 
3–olti oylik buzoqlar seksiyasi; 4–o‘n 
ikki oygacha bo‘lgan buzoqlar
seksiyasi; 5–sut bo‘limi; 6–vakuum 
nasos xonasi; 7–yangi tug‘ilgan buzoq-
lar profilaktoriyasi; 8–ot saqlash xonasi 
9–kartoshka saqlash ombori;
10–ildizmevali ozuqalar ombori; 11–donli, sochiluvchi ozuqalarni saqlash
ombori; 12–go‘ngdan kompost tayyorlash maydonchasi;
13–yayratish maydoni.

22
11-jadval
20 bosh sigirga mo‘ljallangan tugallangan podani to‘ldirish 
sikliga ega ferma hayvonlari strukturasi
T/r
Hayvon guruhi
Bosh soni
1.
Sog‘in sigirlar
20
2.
Tug‘ishgacha 2-3 oy qolgan g‘unajinlar
2
3.
20 kunlik buzoq
1
4.
6 oygacha bo‘lgan urg‘ochi buzoqlar
12
5.
6-12 oygacha bo‘lgan urg‘ochi buzoqlar
2
6.
12-18 oylik g‘unajinlar
5
Jami
24
Fermada tug‘ilgan buqachalar 20 kunlik davrida boshqa 
xo‘jaliklarga bo‘rdoqiga sotib yuboriladi. Xo‘jalikda kichik hajm-
dagi ishlarni bajarish uchun bir bosh ot saqlanadi. Binoda sigirlar 
va g‘unajinlar bog‘lab og‘illarda, yosh mollar va buzoqlar guruhlari 
bilan kataklarida saqlanadi. Sigirlar individual sog‘ish apparatlari 
yordamida chelaklarga sog‘iladi. Ozuqlarni tarqatish imkoniyatga 
qarab, ikki usulda amalga oshirilishi mumkin. Kichik o‘lchamli 
ozuqa tarqatgich yordamida va kichik traktor bilan agregatlangan 
holda yoki ot qo‘shilgan aravada tarqatiladi. Buzoqlarni sut bilan 
oziqlantirish so‘rg‘ichli uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Si-
gir, g‘unajin va yosh mollar suv bi-
lan avtosug‘orgichlarda sug‘oriladi. 
Go‘ng transportyor yordamida to-
zalanadi, so‘ngra undan kompost 
(go‘ng chirindisi) tayyorlanadi. 
400 bosh sigirni bog‘lab boqish-
ga mo‘ljallangan sutchilik fermasi 
shakli 10-chizmada keltirilgan.
Bu shakldagi fermalardan ko‘p 
yillardan beri foydalanib kelin-
moqda. Fermalarda mahsulot ish-
lab chiqarish sanoat usuliga mos 
keladi. Sog‘in sigirlar yayratish 
maydonchalariga ega bo‘lgan ik-
10-chizma. 
400 bosh sigirga 
mo‘ljallangan sutchilik 
yo‘nalishidagi ferma:
1–tug‘ruqxona; 2–ozuqa sexi; 
3–yayratish maydonchalari; 
4–har biri ikki yuz bosh sigirga 
mo‘ljallangan molxona;
5–sut bloki.

23
kita molxonada boqiladi. Bo‘g‘oz, tug‘ishi yaqinlashgan, tuqqan 
va birinchi bor tuqqan sigirlar uchun 48 o‘ringa mo‘ljallangan 
tug‘ruqxona binosi mavjud (11-chizma). Tug‘ruqxona ichida vete-
rinar shoxobchasi bo‘lib, unda ambulatoriya va 12 bosh sigirga 
mo‘ljallangan statsionar bor. Ambulatoriyada hayvonlarni tutib tu-
rish uchun stanokli manej, dorixona va yorib tekshirish maydoncha-
si bor. Tug‘ruqxona yangi tug‘ilgan buzoqlar uchun mo‘ljallangan 
profilaktoriyaga ham ega. Profilaktoriyada 10-20 kun mobaynida 
qarovda saqlangan buzoqlar keyinchalik g‘unajin yetishtirish yoki 
bo‘rdoqiga boqishga ixtisoslashtirilgan fermalariga sotiladi.
11-chizma. 
48 bosh sigirga mo‘ljallangan tug‘ruqxona:
a–binoni yon tomonidan ko‘rinishi (fasadi); b–bino loyihasi; d–bino 
qirqimi (bo‘ylama ichki ko‘rinishi); 1–bo‘goz va yangi tuqqan sigirlar xonasi; 
2–ozuqa saqlash xonasi; 3–tug‘ruqxona binosining inventar xonasi;
4 inventar profilaktoriya; 5 xizmatchilar xonasi; 6–sutxona; 
7–vakuumnasos xonasi; 8, 18–tambur; 9–oltita buzoq uchun mo‘ljallangan 
profilaktoriya seksiyasi; 10, 27–koridor; 11–vetapteka; 12–feldsher xonasi; 
13–biopreparatlar saqlagich; 14–hojatxona; 15yechinish xonasi;
16–dushxona; 17–yorib tekshirish xonasi; 19–dezinfeksiya vositalari xonasi; 
20 qabul maneji; 21–kasal hayvonlar izolyatori; 22–ozuqa saqlash xonasi; 
23–elektroshit xonasi; 24, 26–ventilyatsiya kameralari; 25–to‘shama saqlash 
xonasi; 27–dahliz.

24
Molxonalarda bog‘lab boqiladigan sigirlarni sog‘ishda ikki xil 
variant qo‘llaniladi: 1– molxona ichida sut quvuriga, olib yuri-
ladigan sog‘ish apparatlari yordamida sog‘ish; 2  – sog‘ish zali-
da sta tsionar apparatlar yordamida sut quvurlariga sog‘ish. Tug‘-
ruqxonada sigirlar olib yuriladigan apparatlar yordamida chelak-
larga sog‘iladi. Sutga dastlabki ishlov berish va vaqtincha saqlash 
sut blokida amalga oshiriladi.
Hayvonlarga ozuqa (pichan, silos, senaj, lavlagi va omix-
ta yem) molxona ichida harakatlanuvchi tirkama ozuqa tar-
qatgichlarda qo‘zg‘almas oxurlarga tarqatib beriladi. Ozuqalar 
maxsus sexda tayyorlanadi. Qoramollarni sug‘orish individual 
avtosug‘orgichlarda, go‘ng tozalash esa surg‘ichli transportyor-
larda amalga oshiriladi.
Yuz sovliqqa mo‘ljallangan tugallangan ishlab chiqarish sikli-
dagi qo‘ychilik fermasi (12-chizma)ga ikkita xizmatchisi bo‘lgan 
oilaviy fermer xo‘jaligi xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Qo‘tonda 100 ta sovliqqa to‘rtta, podani to‘ldiruvchi 30 ta 
to‘qliga bitta, 40 bosh bo‘rdoqi yosh qo‘ylarga bitta, 5 ta nasldor 
qo‘chqorga bitta seksiya joylashtirilgan. Shu bilan birga qo‘ton-
ning o‘rtasida sovliqlarni bolalashi uchun issiq joy va yordamchi 
xona lar mavjud (13-chizma).
Quylar yaylov-og‘il tizimiga 
mos ravishda boqiladi. Qo‘tonda 
boqish davrida qo‘ylar ostiga qa-
lin to‘shama solinadi. Qo‘ylar 
faqat qishning sovuq kunlarida 
qo‘tonga kiritiladi. Sovliqlarning 
yiliga fiziologik imkoniyati dara-
jasida qo‘zi berishishiga erishish 
uchun ularni bir yilda ikki mar-
ta kuzda va bahorda qo‘zilashini 
ta’minlash zarur. Qo‘zilar ona-
si bilan 3–4 oy muddat ichida 
birga boqiladi. Agar sovliq ik-
kita va undan ortiq qo‘zilagan 
bo‘lsa, u holda bu qo‘zilar sun’iy 
ra vishda oziqlantirib o‘stiriladi. 
Bahorgi qo‘zilarning baquvvat, 
12-chizma. 
100 bosh sovliqli 
tugallangan ishlab chiqarish 
siklidagi qo‘ychilik fermasining bosh 
loyihasi: 1–qo‘ton; 2–xo‘jalik bloki; 
3–fermerning uyi;
4 yayratish-oziqlashtirish qo‘rasi; 
5–pichan saqlash maydoni; 6–silos 
saqlash o‘rasi; 7–garaj-ustaxona; 
8–issiqxona.

25
yaxshi rivojlanganlaridan 30 bosh to‘qli ajratib olinadi va podani 
to‘ldirishga qoldiriladi. Qolganlari 8 oy mobaynida go‘sht va teri 
olish uchun boqiladi.
Ozuqa qo‘ylarga harakatli yoki qo‘l transportyorlarida tar-
qatiladi. Sug‘orish qo‘tonda va yayratish qo‘ralarida joylashgan 
avtosug‘orgichlar yordamida bajariladi. Go‘ng qo‘tondan yiliga ikki 
marotaba qo‘lda va yayratish-ozuqalantirish qo‘rasidan buldozer 
yordamida tozalanadi. Qo‘ylarning juni bir yilda uch marta elektr 
jun qirqish agregatlari bilan qo‘tonda olinadi.
Otchilikda otxona, otxona-yaylov (bahordan kuzgacha) va yay-
lovda (yil bo‘yi) asrash usullari mavjud. Nasl olinadigan biyalar, 
ayg‘irlar va mashq qiladigan toylar uchun 35x35 m, bir yarim yosh-
gacha toylarga 2,5x3,0 m, yirik zotli otlar uchun 1,75x3,0 m, may-
dalari uchun 1,6x2,85 m o‘lchamli o‘ralgan og‘illardan foydalani-
ladi. Otxona 2 qatorli qilib quriladi. O‘rtasidagi yo‘lakcha kengligi 
2–3 m, uning ikki tomoni o‘ralgan og‘illar bo‘lib, umumiy may-
donchalarga esa oxurlar o‘rnatiladi. Otxonalar umumiy tarzda 40–
13-chizma. 
Sovliqlarning bolalash xonasi.
a
loyiha; b qirqim:
1–qo‘ylarni saqlash joyi; 2–tug‘ish uchun issiq joy3–omixta yemlarni 
saqlash xonasi; 4–yordamchi xona; 5–tambur; 6–ot yoki boshqa hayvonlarni 
saqlash xonasi; 7–ozuqa tayyorlash xonasi; 8–ozuqa saqlash xonasi; 
9–inventar xonasi.

26
100 bosh otga mo‘ljallab quriladi. Biyalar umumiy maydonda er-
kin holda yoki qo‘lda qochiriladi. Ular aprel, may oylarida qulun-
laydi. Toylar sakkiz oydan so‘ng og‘irligi o‘rtacha 220 kg ni tash-
kil etganda biyadan ajratiladi. So‘ngra toylar fermaga o‘stirish va 
bo‘rdoqi uchun yuboriladi. Yozgi mavsumda biyalar 25 tadan qilib 
doimiy ravishda yaylovda saqlanadi. Faqat sog‘ish davrida ferma-
ga keltirilib, yopiq yayratish maydonchalarida saqlanadi. Ayg‘irlar, 
biyalar va toylar og‘ilda boqilganda yem-xashak, suvli-shirali va 
konsentrat ozuqalar bilan boqiladi. Ozuqa ot-arava yoki traktor 
tirkamalarida tarqatiladi.
Barcha otlar guruh yoki individual avtosug‘orgichlarda sug‘-
oriladi. Yayratish maydonlarida biyalar va toylar guruh shaklida 
quyuluvchi sug‘orgichlarda sug‘oriladi. O‘ralgan og‘illardan va gu-
ruh seksiyalaridan go‘ng har kuni qo‘lda tozalanib, ot-arava yor-
damida tashib chiqariladi. Biyalarni sog‘ish davomiyligi 240 kun. 
Sog‘ish biyaning qulunlaganidan so‘ngra 25-30 kun o‘tgach bosh-
lanadi. Biyalarni sog‘ish kuniga olti marta sog‘ish apparatlari yor-
damida kun tartibiga ko‘ra har 3 soatda o‘gkaziladi. Sog‘ilgan sut 
qimiz sexiga ishlov berish uchun jo‘natiladi.
14-chizma. 
50 bosh biyaga mo‘ljallangan ferma bosh loyihasi:
1–50 bosh biya otxonasi, qimiz ishlab chiqarish sexi bilan; 2–ayg‘irlar 
uchun yayratish maydonchasi (poddon); 3–biya va toylar uchun yayratish 
maydonchasi (poddon); 4–otlar uchun qo‘ra; 5–ferma xizmatchilari uyi; 
6–donli, sochiluvchi ozuqalar ombori; 7–silos xandag‘i; 8–dezbarer; 
9–torozixona; 10–hayvonlarni yuklash estakadasi; 11–ferma o‘rovi;
12–avtomobillar uchun turar joy; 13–go‘ngni yig‘ish maydonchasi;
14–lavlagilarni saqlash maydonchasi; 15–yem-xashakni saqlash maydonchasi.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling