B. O. Bekn azarov


Download 4.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/55
Sana03.09.2017
Hajmi4.41 Mb.
#14900
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
14900

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  OLIY  VA  O'RTA 

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

B.O.BEKN AZAROV

0 ‘SIMLIKLAR 

FIZIOLOGIYASI

О ‘zbekiston Respublikasi  Oliy va о 'rta m axsus ta ’lint vazirligi 

tom onidan darslik sifatida tavsiya etilgan

TOSHKENT-2 0 0 9

B . O . B e k n a z a r o v .   € ) ‘ s i m

i i k l a r   H z i o l o g i y a s i .  

-  

T .i

 

« A



l o q a c M

» ,  


2 0 0 9

,  


5 3 6

  b e t .



Ushbu 

darslik 

M.Ulug‘bek 

nomidagi 

0 ‘zbekiston 

Milliy 

universitetining biologiya,  ekologiya va tabiatdan foydalanish ixtisosligi 

o‘quv  rejasining  o‘simliklar  fiziologiyasi  fani  bo‘yicha  tuzilgan 

namunaviy dasturi asosida yozilgan.

Darslikda  hujayra  fiziologiyasi,  fotosintez,  nafas  olish,  biologik 

jarayonlar  termodinamikasi,  suv  almashinuvi,  mineral  oziqlanish, 

o'simliklaming  geterotrof oziqlanishi,  moddalarning  uzoqqa  tashiluvi, 

0‘simlik  hujayralarining  ontogenezi,  o‘sish  va  rivojlanish,  ko‘payish 

fiziologiyasi,  o‘simliklar  chidamliligi  fiziologiyasi  va  boshqa  shu  kabi 

0‘simliklar fiziologiyasi bo‘limlariga oid ma’lumotlar yoritilgan.

Darslikda  ayniqsa  fotosintez,  nafas  olish,  mineral  oziqlanish,  suv 

almashinuvi,  o'simliklaming  o‘sishi  va  rivojlanishi  hamda  o‘simliklar 

chidamliligi  fiziologik  asoslari  bo‘limlari  birmuncha  batafsH,  kengraq 

yoritilgan.

Ushbu  darslikdan  biologiya,  ekologiya  va  tabiatdan  foydalanish 

yo'nalishlari  bakalavriat, magistratura bo'limlari tmgiovchilari, litsey va 

kollejlaming o‘qituvchilari, aspismntlar foydalanishlari mumkin.

T a q r iz c h ila r :

 

X



o ' j a y e v  

J J L

 

A.Navoiy nomidagi Samarqand Davlat 



universiteti Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi 

kafedrasining professed;

Zikiryayev A.Z. Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat 

Pedagogika 

universiteti 

Botanika 

va 

hujayra 

biologiyasi kafedrasining professori.

I S B N


 

9 7 8


-

9 9 4 3


-

3 2 6


-

4 2 - 2


©

  « A


l o q a c h i »   n a s h r i y o t i ,  

2 0 0 9


.

SO‘Z BOSHI

Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqilligi sharofati bilan o‘zbek tiliga davlat 

till  maqomi  foerHib  lotin  imlosi  yozuviga  ©‘tildi.  Mirzo  Ulug‘bek  nomidagi 

Q'zbekiston  Milliy  imiversitetining  Botanika  va  o'simliklar  fiziologiyasi 

kafedrasi  tomonidan  tayyorlangae  ushbu  darslik,  mamlakatimiz  to'ng'ich 

oliy ©£quv yurtinimg 90 yilligi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 

20 yil to‘lay otgan davrda nashrdan chiqmoqda.

Hozirgi  vaqtda boshqa fanlar kabi o'simliklar fiziologiyasi  faniga ham 

katta  e’tibor  berilmoqda.  Buning  o‘ziga  xos  sabablari  bor  albatta.  Ulardaru 

biri  o'simlakkr  fiziologiyasi  fanining  qishloq  xo'jaligi  amaliyoti  uchun 

nazariy  ascslar  berishidir.  Hozirgi  kunda  o‘simlik  organizmida  va 

hujayrasida  boradigan  barcha  fiziologik-biokimyoviy  jarayonlar  molekular 

darajada  deyarli  o‘rganilganligini  kuzatishimiz  mumkin.  Ammo  keyingi 

vaqtlarda csimliklarga tashqi va ichki muhit bilan aloqa qiluvchi butun tizim 

sifatida qarashga, uni o‘rganishga ham qiziqish ortmoqda.

Biz  ushbu  darslikmtii  shakllantirishda  ananaviy  ya’ni  o'simliklar 

faziologiyasining asosiy bo'limlari boigan fotosintez, nafas olish, suv rejimi, 

mineral  oziqlanish,  o‘sish  va rivojlanish jarayonlariga yuqori  e’tibor bergar 

holda o‘quvchilar uchun bir muncha yangi boMgan o'simliklaming geterotrof 

oziqlanishi,  moddalaming  ajralishi,  osirrmkiaming  ikkilamchi  metabolizm! 

kabi boMimlarga oid fan yutuqlarini ham yoritishga harakat qosdik.

Darslikni  shakllantirishda  boshqa  ilmiy  ma’lumotlar  bilan  birgalikda 

rusiy 

zabor:  tilida  yoziigar 



darsliklardan,  xususan  V.V .Polevoy, 

S.S.Medvedev,  V.V.Kuznetsov  va  G.L.Dmitrievalaming  rus  tilida  nashr 

qilingan  «O'simliklar  fiziologiyasi»  darsligidan  foydalanildi,  hamda 

keltirilgan  ma’lumotlami  iloji  boricha  aniqroq  qilib  o'quvchilarga 

yetkazishga harakat qilindi.

Muallif  ushbu  darslikni  tayyorlashda  yaqindan  yofefam  bergan  Mirzo 

Ulug'bek  nomidagi  O'zbekiston  Milliy  universiteti  professor-o'qiftivchilari 

professor, 

biologiya 

fanlari 


doktori 

M.N.Valixanovga, 

dotsent 

D.K.Asamovga  hamda  taqrizchilar:  A.Navoiy  nomidagi  Samarqand  Davlat 

universiteti  Botanika  va  o'simliklar  fiziologiyasi  kafedrasi  professori, 

biologiya fanlari doktori J.X.Xo'jayevga, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 

Pedagogika universiteti Botanika va hujayra biologiyasi kafedrasi professori. 

biologiya fanlari doktori A.Z.Zikiiyayevga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

Muallif  darslik  mazmunini  yanada  yaxshilash  borasida  hamda  uni 

o'quvchilar  uchun  yanada  tushunarli  bo'lishi  yuzasidan  aytilgan  fikrlar, 

mulohazalar  va  boshqa  shunga  o'xshash  istaklar  uchun  barcha  olimlarga, 

foydalanuvchilarga  oldindan minnatdorchilik bildiradi.



3

KIRISH

0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING PREDMETI, ASOSIY 

VAZIFALARI, TARIXI  VA HOZIRGI  ZAMON 

YO‘NALISHLARI

0 ‘simliklar fiziologiyasi  o‘simliklaming hayot-faoliyatidagi  umumiy 

qonuniyatlarni  o‘rganadi.  Bulaming  asosida  moddalar  almashinuvining 

assimilatsiya  va  dissimilatsiya  jarayonlari  yotadi.  Shu  bilan  birga  u 

o‘simliklarni  o‘sishi  va  rivojlanishi,  gullash,  meva  tugish,  plastik 

moddalarning  sintezi  va  to‘planishi  kabi  fiziologik  jarayonlami  tashqi 

muhit bilan bogMab o‘rganadi.

0 ‘simliklar  fiziologiyasi  botanika,  biokimyo,  biofizika,  molekulyar 

biologiya,  mikrobiologiya,  hayvonlar  fiziologiyasi,  kimyo,  fizika  kabi 

fanlar  bilan  chambarchas  bogMiq  boMib,  ulaming  yutuqlaridan 

foydalaniladi va o‘z navbatida ularga ta’sir etadi.

0 ‘simliklar  fiziologiyasi  fanida  keyingi  yillardagi  tabiiy  fanlar 

yutuqlaridan,  xususan,  fizik-kimyoviy  usullardan,  xromatografiya, 

nishonlangan  atomlar,  elektron  mikroskopiya,  elektroforez,  differensial 

sentrafugalash, 

spektrofotometriya, 

rentgen 

tuzilish 

analizi 

va 


boshqalardan  foydalanish  natijasida  juda  katta  yutuqlarga  erishildi 

Jumladan, 

o‘simlik 

hujayrasining 

murakkab 

tuzilishi, 

hujayra 

organoidlarining  tuzilishi  va  tarkibi  ham  fiziologik  funksiyalari, 

hujayraga  moddalarning  kirishi  va  chiqishi  jarayonlarida  membrana- 

laming  ahamiyati  va  boshqalar  birmuncha  puxta  o‘rganildi.  Ayniqsa, 

o‘simliklar 

hujayrasida 

energiyaning  to‘planishi 

va 


sarflanishi 

mexanizmlari  haqidagi  tushunchalar  kengaydi.  Yashil  o‘simliklar  yer 

sharidagi  boshqa  tirik  organizmlardan  o‘zining  bir qancha  xususiyatlari 

bilan farqlanadi.



Bwinchidan, 

yashil 


o‘simliklar 

energiya 

manbai 

sifatida 



yorugM;kning  elektromagnit  energiyasidan  foydalanib,  ulami  organik 

moddalar tarkibidagi  erkin  kimyoviy  energiyaga  aylantirish qobiliyatiga 

ega  (fotosintez).  Shuning  bilan  birgalikda,  o‘simliklar  tashqi  muhitdan 

bir  qancha  anorganik  moddalami  o‘zlashtirib,  ulami  hujayradagi 

moddalar  almashinuvi  jarayonida  energiya  bilan  boyitadi  va  organik 

modda ko‘rinishida yer sharidagi  barcha tirik mavjudotlar uchun moddiy 

va energetik asosni yaratadi.

Ikkinchidan,  yashil  o‘simliklar  nisbatan  yuqori  rivojlangan  foto 

assimilatsion  yuzaga  hamda  yer  ostki  va  ustki  organlarining  yuqori



darajada  shoxlanish  qobiliyatiga  ega. 

Bu  hoi 


o‘z  navbatida 

o‘simliklaming ildiz  orqali  tuproqdan suv va  unda erigan  moddalarning 

o‘zlashtirilishiga,  barglar  orqali  esa  atmosfera  havosidan  oziqlanish 

doirasining kengayishiga olib kelgan.

Uchinchidan,  qishloq  xo‘jaligida  o‘simliklaming  yangidan-yangi 

navlarini yaratishda,  ekinlaming turli  noqulay  muhit omillariga nisbatan 

chidamliligini  oshirish  va  ularning  hosildorligini  ko‘paytirishda,  hosil 

sifatini  yaxshilash va ulami  saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan- 

yilga ortib bormoqda.

0

‘simliklar fiziologiyasida asosan oltitayo‘nalish mavjuddir, ya’ni:



-   biokimyoviy  yo‘nalish-fotosintez  va  nafas  olish jarayonida  hosil 

boMadigan-turli  xildagi  moddalarning  funksional  ahamiyatini  o‘rganadi. 

Shu  bilan  birga  o‘simliklami  tuproqdan  oziqlanish  qonuniyatlarini  va 

turli  xildagi  anorganik  moddalardan  organik  moddalami  sintezlanish 

qonuniyatlarini ochib beradi.

-   biofizik  yo‘nalish-bu  hujayra  energetikasi  masalalarini,  o‘simlik 

elektrofiziologiyasini  suv  rejimining  fizik-kimyoviy  qonuniyatlarini, 

o‘sish,  qo‘zg‘alish  hamda  nafas  olish  va  fotosintez  masalalarini 

o‘rganadi.

-  ontogenetik yo‘nalish-bu o‘simliklarning yoshiga qarab rivojlanish 

qonuniyatlarini, 

morfogenez 

hamda 

o‘simliklar 



rivojlanishining 

boshqarish qonuniyatlarini o‘rganadi.

-tadrijiy yoki  solishtirma yo‘nalish-bu  filogenezning xususiyatlarini 

belgilab  beradi.  U  ontogenezga  genotip  funksiyasi  sifatida  qaraydi.  Bu 

belgilar filogenezda kuzatilgan boMadi.

-   ekologik  yo‘nalish-bu  o‘simlik  organizmini  ichki  jarayonlarini 

tashqi  muhitga  bogMiqligini  o‘rganadi.  Masalan,:  mineral  o‘gMtlarni 

qoMlash,  yorugMik  va  suv  rejimini  yaxshilash,  ekin  maydonlarida 

o‘simliklarni  taqsimlash  va  boshqalar.  Natijada,  o‘simliklarda  moy, 

qand,  oqsil  moddalarini  oshirish  bilan  tashqi  muhitning  noqulay 

ta’sirlarga chidamliligini oshiradi.

-   sintetik  yoki  kibemetik  yo‘nalish-o‘simliklar  o‘sishining  umumiy 

qonuniyatlarini  hamda  bir-biriga  bogMiq  boMgan  hujayra  energetikasini 

va kibernetikasini o‘rganadi. Masalan, oziq organlarning hosil  boMishi.

0

‘simliklar  fiziologiyasidagi  ushbu  yo‘nalashlarining  barchasi 



o‘zaro bir-biriga bogMiq boMib, bir xil  miqyosli ahamiyatga ega.

Hozirgi vaqtda o‘simliklar fiziologiyasi  fani oldida turgan vazifalami 

umumlashtirib quyidagicha izohlash mumkin.

5


1. 0 ‘simliklar hayot faoliyati qonuniyatlarini o‘rganish.

2.  Qishloq  xo‘jaligi  o‘simliklaridan  eng  yuqori  hosil  olishning 

nazariy asoslarini  ishlab chiqish.

3.  Sun'iy  sharoitda  fotosintez  jarayonini  amalga  oshirish  imkonini 

beruvchi moslamalami yaratish.

0 ‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASINING QISQACHA TARIXI

XVII-XVIII  asrlar  o‘simliklar  fiziologiyasining  shakllanish  davri 

boMib  hisoblanadi.  0 ‘simliklar  fiziologiyasining  asoschisi  J.  Senebe 

hisoblanadi.  U  1772-1782-yillarda  D.Pristli  va  Ya.  Ingenxauz  bilan  bir 

vaqtda  fotosintez  jarayonini  ochdi.  Keyinchalik,  ya’ni  1780-yilda 

J.  Senebe tomonidan besh tomlik «Physiologie vegetale» asarining e’lon 

qilinishi  fiziologiyaning  alohida  fan  sohasi  ekanligining  isboti  bo‘ldi. 

J.  Senebe  « 0 ‘simliklar  fiziologiyasi»  tenninini  taklif  etish  bilan 

chegaralanib  qolmasdan,  bu  fanning  asosiy  vazifalarini,  predmeti  va 

usullami  aniqlab  berdi.  Ammo  o‘simliklar  fiziologiyasining  ayrim 

masalalari  awalroq  o‘rganila  boshlangan.  Xususan,  italiyalik  biolog  va 

shifokor  M.  Malpigining  « 0 ‘simliklar  anatomiyasi»  (1675-1679)  va 

ingliz  botanigi  va  shifokori  S.  Geylsning  « 0 ‘simliklar  statistikasi» 

(1727)  asarlarida  o‘simliklar organ  va to‘qimalarining tuzilishi  bilan  bir 

qatorda  yuqoriga  ko‘tariluvchi  oqim  va  o‘simliklaming  havodan 

oziqlanishi haqidagi nazariyalar ham  berilgan edi.

Hozirgi  vaqtda  asosiy  terminlardan  bo‘lgan  hujayra  so‘zi  (grekcha 

«sytos»  birinchi  bor  1665-yilda  Robert  Guk  tomonidan  po‘kakning 

mikroskopik tuzilishini o‘rganish davomida fanga kiritilgan.

Ingliz  botanigi  S.  Geyls  o‘simliklarda  ikki  xil  oqimning 

mavjudligini,  ya’ni  suv  va  ozuqa  moddalarining  pastdan  yuqoriga  va 

yuqoridan  pastga  qarab  oqishini  tasdiqladi.  0 ‘simliklarda  suvni 

harakatga  keltiruvchi  kuch  ildiz  bosimi  va  transpiratsiya  ekanligini 

isbotladi.

Fotosintez  haqida  dastlab  to‘g‘ri  ma’lumotlami  olimlar  J.  Senebe, 

J.Bussengo,  Yu.Saks,  A.Famintsin,  K.Timiryazev,  M.Svet  va  boshqalar 

keltirganlar.  Ular  fotosintezni  uglerodli  oziqlanish  deb  qaragan  va  bu 

jarayonda  yutilgan  karbonat  angidrid  va  ajralib  chiqqan  kislorod 

miqdoriy aniqlangan.

0 ‘simliklaming  nafas  olishi  A.Borodin,  L.Paster,  A.Bax,  G.Bertran 

kabi  olimlar  tomonidan  o‘rganilgan  boMsa,  suv  almashinuvi  jarayoni 

G.Dyutroshe, 

G.De 

Friz 


va  Yu. 

Sakslar  tomonidan  yaxshi



6

o‘rganilgandir.  0 ‘simliklarning  mineral  oziqlanishi jarayoni  Yu.  Libix, 

J.Bussengo, 

G.Gelrigel, 

A.Knop, 


S.Vinogradskiy, 

M.Beyemik, 

D.Prya’nishnikov,  moddalarning tashiluvi jarayoni  V.Pfeffer, E.Votshal, 

o‘sish  va  rivojlanish  Yu.Saks,  O.Branetskiy,  A.Batalin,  N.Levakovskiy, 

G.Fexting, 

G.Klebs, 

moddaaming  harakati  T.Nayt, 

Ch.Darvin, 

Yu.Vizner,  V.Rotert,  qo‘zg‘aluvchanlik  B.Sanderson,  N.Levakovskiy, 

o‘simliklar  chidamliligi  fiziologiyasi  D.Ivanovskiy,  K.A.Timiryazev, 

G.Molish kabi olimlar tomonidan birinchi boiib, o‘rganilib asoslangan.

Rossiyada  o‘simliklar  fiziologiyasi  XIX  asming  ikkinchi  yarmidan 

rivojlana  boshladi.  Unga  A.S.  Faminsin  (1835-1918)  va  K.A. 

Timiryazev  (1848-1920)  asos  soldilar.  A.S.  Faminsin  (1867)  Peterburg 

universitetida  mustaqil  o‘simliklar  fiziologiyasi  kafedrasini  tashkil  etdi. 

Uning  asosiy  ilmiy  izlanishlari  fotosintez  va  o‘simliklardagi  modda 

almashinuv jarayonlarini o‘rganishga qaratilgan edi.

0 ‘simliklar 

fiziologiyasi 

sohasida 

Moskva 

maktabining 



tashkilotchisi  K.A.Timiryazev  boidi.  U  yangi  fizik  va  kimyoviy 

usullarini  qo‘llash  natijasida  fotosintezning  muhim  qonuniyatlarini 

aniqlashga  muvaffaq  boidi,  xlorofillning  fizikaviy  va  kimyoviy 

xossalarini  o‘rganishga  katta  hissa  qo‘shdi.  U  fotosintezning  yorugiik 

miqdoriga,  spektral  tarkibiga  va  quyosh  yorugiigining  energiyasiga 

bogiiq ekanligini tajribalar orqali  isbotlab berdi.

0

‘simliklar ekologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A. 



Maksimovdir.  0 ‘simliklaming  noqulay  muhit  omillari  ta’siriga, 

sovuqqa, qurg‘oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o‘sish va rivojlanish, 

sun'iy  yorugiikda  o‘sish  kabi  jarayonlaming  nazariy  asoslarini  ishlab 

chiqdi.


XX asming birinchi yarmidan o‘simliklar fiziologiyasi yanada tezroq 

rivojlandi. 

Murakkab 

fiziologik 

jarayonlaming 

biokimyoviy 

mexanizmlari  o‘rganila  boshlandi.  Jumladan,  fotosintez  (M.S.  Svet, 

R.  Xill,  M.  Kalvin,  R.  Emerson,  D.A.  Amon,  M.D.  Xetch  va K.R.  Slek 

va  boshqalar)  va  o‘simliklaming  nafas  olishi  (V.A.  Palladih,

S.P.  Kostichev,  G.A.  Krebs,  G.  Kalkar  va  V.A.  Blitser,  L.  Komberg, 

P. Matchel va boshqalar) kabi jarayonlar aniqroq yoritildi.

0

‘simliklar  fiziologiyasining  rivojlanishida  o‘simliklaming  o‘sishi 



va  rivojlanishi jarayonlarini  idora  qiluvchi  moddalar-fitogormonlaming 

ochilishi  va  o‘rganilishi  juda  katta  yutuq  boidi.  (N.G.  Xolodniy  va

F. Vent, F. Kegel, M.X. Shaylaxyan, T.  Yabuta,  S.  Skug, F. Eddikkot va 

boshqalar).



7

0 ‘zbekistonda  o‘simliklar  fiziologiyasi  fanining  rivojlanishini  biz 

1918-yil  tashkil  topgan  Turkiston  universiteti  (hozirgi  Mirzo  Ulug‘bek 

nomidagi  0 ‘zbekiston  Milliy  universiteti)  bilan  bog‘lab  qarashimiz 

mumkin.  Chunki  1920-yilda uning tarkibida,  o‘simliklar fiziologiyasi  va 

biokimyosi  kafedrasi tashkil  etilishidan  boshlab jadal  rivojlana boshladi. 

Ammo  o‘simliklar  fiziologiyasi  fani  o‘tgan  asming  ikkinchi  yannidan, 

ya’ni  ushbu  sohada  o‘zbek  olimlari  paydo  bo‘la  boshlaganidan  keyin 

jadal  rivojlana  boshladi.  1930-yilda  Samarqand  Davlat  universiteti 

tashkil  etilgandan  so‘ng,  hozirgi  Botanika  va  o‘simliklar  fiziologiyasi 

kafedrasida  o‘simliklar  fiziologiyasi  fanining  rivojlanishi  yanada 

jadallashdi.  Keyinchalik  0 ‘zR  FA  qoshida  0 ‘simliklar  eksperimental 

biologiyasi  (hozirgi  Genetika  va  o‘simliklar  eksperimental  biologiyasi) 

ilmiy-tadqiqot  instituti 

tashkil  etilganidan  so‘ng 

o‘simliklar 

fiziologiyasi fani sohasida juda katta yutuqlarga erishildi.

0 ‘zbekiston  Respublikasida  fitofiziologiyaning  rivojlanishiga  ulkan 

hissa  qo‘shgan  olimlardan  biz  A.V.  Blagoveshenskiy,  N.D.  Leonov, 

V.A.  Novikov,  A.P.  Ibragimov,  M.H.  Avazxo‘jayev,  V.  Shardakov, 

N.A.  Todorov,  A.A.  Imomaliyev,  A.Q.Qosimov,  R.A.  Azimov,  N.N. 

Nazirov  va  boshqalami  ko‘rsatib  o‘tishimiz  mumkin.  Ular  birinchi 

navbatda  mamlakatimizning  asosiy  texnik  ekini  g‘o‘za  hamda  boshqa 

bir  qancha  o‘simliklaming  fiziologik-hayotiy  jarayonlarini  keng 

o‘rganib,  nazariy  va  amaliy  xulosalar  qildilar.  Bugungi  kunga  kelib 

akademiklar:  A.A.  Abdukarimov,  O.J.  Jalilov;  q/x.f.  akademiyasining 

muxbir a’zolari:  X.K.  Kimsanboyev,  S.R.  Rahmonqulov,  H.S.  Samiyev; 

professorial*:  M.N.  Valixonov,  J.X.  Xo‘jaev,  K.S.  Safarov,  Sh.Y. 

Yunusxanov. 

A.Z.  Zikiryayev,  A. A.  Umarov,  R.Q.  Shodmonov,  R.M. 

Usmonov,  A.A. Axmadjonov va boshqa olimlar o‘simliklar fiziologiyasi 

fani sohasida keng ko‘lamda ilmiy  izlanishlar olib bormoqdalar.  Hozirgi 

vaqtda  respublikamizning  bir  qator  universitetlarida  o‘simliklar 

fiziologiyasi yoki unga turdosh kafedralar mavjuddir.

NAZORAT SAVOLLARI

1.0 ‘simliklar fiziologiyasining o‘rganish usullari?

2 .0 ‘simliklar fiziologiyasining yo‘nalishIari?

3.0 ‘simliklar fiziologiyasini o‘rganish obyektlari?

4.Yashil o‘simliklar boshqa organizmlar bilan nima bilan farq qiladi?

5 .0 ‘simliklaming nima uchun yer ustki tana yuzasi katta?

6.Qaysi organizmlar fitotroflar deyiladi?

8


7 .0 ‘simliklar fiziologiyasi qachon umumiy botanikadan ajralgan? 

8

.



0

‘simliklar fiziologiyasi qaysi metodlardan foydalanadi? 

9 .0 ‘simliklar fiziologiyasini oldida turgan vazifalar? 

10

.



0

‘simliklar fiziologiyasining boshqa fanlar o‘rtasidagi o‘mi?

11

.

0



‘simliklar fiziologiyasining 

0

‘zbekistonda rivojlanishi?



9

I.  O  SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI VA 

FUNKS IY AL ARI

1.1.  0 ‘SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI

Hujayra  hayotning  tuzilma  va  funksional  birligidir.  Hujayra 

(grekcha-sytos  yoki  lotincha-sellula)  so‘zini  birinchi  bor  Robert  Guk 

1665-yilda  qo‘llagan.  Biologiya  fanining  asosiy  yutuqlaridan  bo‘lgan 

hujayra  nazariyasi  1839-yilda.  M.Shleyden  va  T.Shvann  tomonidan 

yaratilgan (I.l-rasm).

28

 

________ ______  i

I.l-rasm.  Elektron  mikroskopda  kuzatilgan  o‘simlik  hujayrasining 

umumiy ultratuzilishi  (N.Grin,  U.Stauta,  D.Teylor,  1990).



I—о ‘rta  plastinka,  2—qo 'shni hujayra q o b ig  ‘i,  3—sitoplazm a bo 'ylab erkin 

jo yla sh g a n  ribosom alar,  4—g  ‘adir-budur endoplazm atik retaktilum,  5—endo­

p la zm a tik  retakulum bilan b o g  'langan ribosom alar,  6 -x lo ro p la stla r,  7—xlo ro p la st 

q o b ig 'i  (ikkita mem brana),  8—granlar,  9—m itoxondriya,  I0 -G o lji apparati,

11—hujayra shirasi,  12—tonoplast,  13—vakuola,  N —G o lji pufakchalari,

I5 —m ikrojilam entlar (hujayra bo 'ylab tarqalgan),  16—m iktronaychalar (ко ‘p ch ilik  

h ollarda hujayra atrofida jo yla sh g a n  bo  ladi),  17—sitoplazm , 18—pla zm a tik  

mem brana.  19—silliq en doplazm atik retikulum,  20-euxromatin,  2 1—geteroxrom atin, 

22—xromatin,  23—yadrocha,  24—y a d r o g 'o v a g i,  25—y a d ro  q o b ig 'i (ikkita 

membrana),  26—yadro,  27—hujayra qobig'i,  28—plazm odesm alar.

10

0

‘simlik  hujayralari  turli  ko‘rinishlarda  boMishi  mumkin 

(I.

2

-rasm).



В ....... ~ = ........... .. _________________________

1.2-rasm. 0 ‘simlik hujayrasining formalari (N.S.Kiseleyva, 

N.V.Sheluxina,  1969): A—

parenximatik:  1—sharsimon,  2—silmdrsimon, 

3-kubsimon,  4—tabletkasimon,  5-yulduzchasimon;  B-prozenximatik.

Tabiatdagi  organizmlar  hujayra  tuzulishiga  nisbatan  ikkita  guruhga 

boMinadi:

1-prokariotlar-hujayrasida,  shakllangan  yadro  boMmaydi, 

ularga bakteriyalar va ko‘k-yashil suvo‘tlari kiradi.

2

-eukariotlar—hujayrasida  albatta  shakllangan  yadro  boMadi. 



Ularga  o‘simlik  va  hayvon  organizmlari  kiradi.  Bir  organizm  tarkibiga 

kiruvchi  hujayralar  tuzilishida  ham  bir-biridan  sezilarli  darajada  farq 

boMishi  mumkin.  Ko‘p  hujayrali  organizmlarda  maxsus  funksiyalami 

bajaruvchi  yuqori  darajada  mutaxassislashgan  hujayralar  uchraydi.  Har 

bir  tirik  hujayraning  o‘ziga  xos  boMgan  ko‘pgina  vazifalar  funksiyalar 

mavjuddir.

0

‘simliklar  hujayrasi  ham  barcha  eukariot  organizmlar 



hujayrasiga  o‘xshashdir.  Ammo  ulardan  farqli  oMaroq  o‘simlik 

hujayrasida  fototrof oziqlanish  uchun  xos  boMgan plastidlar,  hujayrani 

o‘rab  turuvchi  polisaxarid  devori  hamda  turgomi  saqlab  turish  uchun 

muhim  boMgan  markaziy  vakuola  mavjud.  BoMinuvchi  o‘simlik 

hujayrasida  esa  sentriollar  yo‘q.  Tirik  hujayra  yarim  o‘tkazuvchanlik 

xususiyatiga  ega  boMgan  membrana  bilan  chegaralangan  boMib,  o‘zini 

qayta qurish qobiliyatiga ega.

0 ‘simlik hujayralari ko‘rinishi jihatidan ikki xil  boMishi  mumkin. 

Ulardan  nisbatan  ko‘proq  uchraydigani  parenximatik  va  prozenximatik 

hujayralardir.



Download 4.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling