B u X o r o d a V l a t u n IV e r s it e t I r a h im V o h id o V h u s n id d in es h o n q u lo V


o'g'li  Suhaylga  unashtirilgan  edi.  No'mon  Suhaylni  dengiz  yo'li  bilan


Download 4.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/71
Sana20.11.2017
Hajmi4.31 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71

o'g'li  Suhaylga  unashtirilgan  edi.  No'mon  Suhaylni  dengiz  yo'li  bilan 

ko'p  sovg'a-salomlar  ortilgan  kemada  to'y  kunini  belgilash  maqsadida 

Navdaming oldiga jo'natadi. Kema dengizda bo'ronga uchraydi. Keyinchalik 

Jobir boshliq qaroqchilar qarshiligiga duch keladi.  Suhayl Jobiiga qarshi 

mardonavor kurashadi,  biroq Jobir hiyla yo'liga o'tib  Suhaylni asir oladi

www.ziyouz.com kutubxonasi



va uni birorta asir hali omon chiqmagan chohga tashlaydi.  Farzandlarini 

zolim Jobiming  asiri  bo'lganini  eshitgan  Navdar quruqlikdan,  No'mon 

esa dengizdan qaroqchilaiga qarshi jangga kirishadi.  Navdar o'rmonda bir 

go'zal  kiyikni  uchiatib,  uning  ortidan  quvib  ketadi.  Oqibatda  shoh 

lashkaridan ayrilib, dushman qo‘liga asir tushadi.  Ulug‘ shoir shu lavhadan 

so'ng,  “Sab’ai  sayyor”ning  bosh  qahramoni,  ovga  mayli  juda  yuksak 

bo'lgan Bahrom va barcha shohlaiga o'git bo'larli quyidagi satrlami bitgan: 

Shab  Шаг  bo‘lsa  shohlik,  qilmoq,

Sipalildin  kerakmas  ayrilmoq.

Shahni  derlar  sipoh  biria  shoh,

Shoh  emasdur  yo'q  ersa  anda  sipoh.

Shahg'a  xayl  o'Isa  fath  aning  ishidur,

B ir  kishi  Rustam  o'Isa,  bir  kishidur,

Shahlig'  oyinin  aylabon  zanbo'r,

Aylamas  besipah  sukunu  murur.

Uchsa  yolg'uz  ko'rarga  oq-u  qaro,

Ne  tafovut  ulu  yana  bir  aro.

Borsa  shatranj  shohining  sipahi,

Ko'rki,  bormu  hisob  ichinda  shahi.

Chunki  Navdar  adug'a  bo'ldi  asir,

So'ydilar  har  ne  kiyganin  bir-bir  (10,295-296).

No'moning  kemalari  ham  dengizda  to'fonga  uchraydi.  Bu  tabiiy 

falokat  No'monning  kemalarini  va  sanoqsiz  askarlarini  dengiz  tubiga 

olib ketadi.  O'zining omon qolishiga ham ishonmagan No'mon Jobirga 

asir  tushadi.  Mehming  tadbiri  bilan  chohdan  ozod  bo'lgan  Suhayl 

Jobir  oldiga  peshvoz  chiqib:  “Sen  agar  zohir etting  itlikni,  Men  sanga 

ko'iguzay yigitliki”,-deya dushmanini halok etadi. Shu tariqa adolat tantana 

qilib  sevishganlar visolga  erishadilar.  Navdar va No'mon  mamlakatlari 

birlashtirihb  uning  taxti  Suhaylga  i?' 

4  topshiriladi.

Oltinchi iqlimdan kelgan musofir cho‘l-u  biyobonda ko'p yurib tajriba 

orttiigan,  dili  pok,  ko'ngli  ochiq,  sabr-toqatli  Muqbil,  dengiz  sayrida 

ustasi farang, biroq o'zining yolg'onchiligi, yaramas odatlari bilan kishilarga 

ziyon  yetkazuvchi  Mudbir  haqidagi  qissani  so'zlab  beradi.  Baxtar  nomli 

mamlakatdan  Xovar yurtiga  otlangan  bu  ikki  yo'lovchi  tabiati  tamomila 

bir-biriga qarama-qarshi. Bu zidlik “Vodiyi hamim”(“Qaynoq vodiy”)dan 

o'tish  jarayonida  yorqin  namoyon  bo'ladi.  Muqbil  taqdiriga  tan  berib, 

sabr-toqat bilan Tangriga shukronalar qilib,  toat-u ibodatni kanda qilmay 

manzil  tomon  davom  etsa,  Mudbir  taqdiiga  tan  berish  o'miga  falakdan

www.ziyouz.com kutubxonasi



shikoyatlar  qiladi,  Tangriga  shak  keltiradi.  Ular  dengiz  safarida  to‘fonga 

uchrab  bir  orolchaga  borib  qoladilar.  Sandal  daraxti  ostidagi  chashmaga 

cho'milish jarayonida  Muqbilga Allohning inoyatidan bahramand bo'lish 

nasib etadi. U  chashmada cho'milganda, pariy misol bir qizni sevib qoladi. 

Mudbiming tani esa chashma suvi haroratining yuqoriligidan kuya boshlaydi. 

U   yolg'onchilik  qilmaslikka  so‘z  berib,  buloqdan  suv  ichgan  edi.  Yana 

yolg'onchilik  qilsa,  yorilib  o'lishini  bilardi.  Biroq  Mudbir  eski  odatidan 

voz kecha olmaydi.  Ikki yo'lovchi dengizda sandal daraxtlari ortilgan ulkan 

kemaga  duch  kelishadi.  Kemadagi  odamlar  ochlikdan  halok  bo‘lishgan 

edi.  Kema  Xovar  yuitiga  yo‘1  oladi.  Mamlakat  podshohi  oldida  yolg'on 

gapiigan Mudbir yorilib o'ladi. Muqbil esa o‘sha chashmada ko‘rgani Xovar 

podshohining qiziga uylanadi.  Hikoyatda kishilami sabr-qanoatga undash 

g‘oyalari ustuvorlik qiladi.

Yettinchi  iqlimdan  kelgan  musofir  shoh  Bahromga  bir tomondan, 

o‘zi  Xorazm o‘lkasining mashhur sozandasi bo‘la turib,  taqdir taqozosi 

bilan  bu  yurtga  kelib  qolishining  tafsilotlari,  ikkinchi  tomondan  esa 

Diloromning saiguzashtlaridan bahs etuvchi qissani hikoya qiladi.  She’riy 

qissadan ma’lum bo'lishicha, Xorazmga Xitoy savdogari chang chalishda 

mashhur bo‘lgan kanizagi bilan  kelganida,  uning ovozasi butun o‘lkaga 

tezda  tarqaladi.  Xojaning  m ol-u  dunyosi  behisob,  osmondagi  oyga 

o ‘xshash  go‘zal,  samodagi  Zuhra  misoli  mashhur  sozanda  bo‘lgan 

kanizagining ta’rifiga so‘z ojiz.  U  chang chalib musiqagajo‘rb o ‘lganida, 

eshituvchilar jon berishga ham tayyor edi. Xorazm shohi ham bu qizning 

ta’rifini eshitib, uning kuyi va husn-u jamoliga mahliyo bo‘ladi. Kanizakni 

sevib  qolgan  shoh  oraga  sovchilar  qo‘yadi.  Biroq  qizning  taibiyachisi 

Xoja  Haq  uni  davrning  yagonasi  va  dunyodan  toq  o‘tadigan  qilib 

yaratganini ma’lum qiladi. Shoh esa qizning visoliga zo'riik bilan erishishga 

harakat  qiladi.  U n i  majburan  haramiga olib  keladi.  Shunda qiz  qo‘liga 

changgini  olib,  shunday  mungli  bir  kuy  chaladikidiki,  saroy  a’yonlari 

va shoh uyquga ketadi.  Bu  hoi bir necha bor takrorianadi.  Shoh oppoq 

kiyim li  kanizak  visoliga  zo‘rlik  bilan  erishish  mumkin  emasligini 

anglagach,  Xojani  ota,  qizni  esa  singil  sifatida  qabul  qiladi.  Yettinchi 

iqlim   yo'lidan  kelgan  musofir  mashhur  sozanda  bo'lib,  kanizakning 

san’atini  eshitgan  xalq  Xorazm   m ashshog'iga  bo'lgan  iltifo tin i 

o'zgartiradi. Xorazm  xalqi bazmlarining dostonnavozi bo'lgan mashhur 

sozandaning  ishi  kasodga  uchraydi  va  u  arz  qilib  Xoja  hamda  uning 

kanizagining oldiga boradi.  Boshqa hunari yo'qligi,  lozim topishsa,  shu 

kan izakka  shogird  tu sh ish in i  aytadi.  Shunday  q ilib ,  o 'zaro

www.ziyouz.com kutubxonasi



ahdlashuvlardan so‘ng,  Xorazm mashshog‘i kanizakdan musiqa sirlarini 

o'rgana  boshdaydi.  Kanizakning  kuyida  qandaydir  dard,  alam  bor.  U  

sozandadan  tunlari  afsona  so'zlashni  iltimos  qilar,  so‘z  firoq,  hajr 

haqida ketganida o'ksib-o'ksib yig'lardi.  Xorazm sozandasi kanizakning 

ko'nglidagi  sirlarini  bilishga  harakat  qiladi.  Qiz  esa,  awalo,  tafiishni 

bas qilishni taklif qiladi.  Agar ko‘nglida pinhon saqlangan siridan voqif 

bo‘lishni  juda  istasa,  bu  o'lkadan  bosh  oUb  ketishga  so'z  berishini 

mashshoqdan  talab  qiladi.  Shunday  qilib,  Diloromning  Bahromga 

turmushga chiqqani,  o'jarligi bois sahroda o'z sochlariga bog'lab tashlab 

ketilgani,  uni  ko'rishga kelayotgan Xojasi kanizakni sahroda hushsiz va 

holsiz bir ahvolda uchratgani,  hushiga kelgach,  Bahromdan uzr so'rash 

uchun uning oldiga borishni qanchalik talab qilmasin,  Xojasi Xorazmga 

olib  kelganini  so'zlab  beradi.

Shoh  Bahrom  yettinchi  iqlim  yo'lidan  olib  kelingan  musofirdan 

Diloromning hayot ekanligi haqidagi xabami eshitgach, shohligini ham 

unutib, afsona so'zlovchini quchoqlab oladi.  Hukmdor tong otishi bilan 

Xorazmga borishga ahd qiladi.  Biroq arkoni davlatining maslahati bilan 

Xoja va Diloromga maktub bitib har ikkalasini saroyga chorlashni ma’qul 

ko'radi.  Shunday qilib,  sevishganlar qayta topishadi.  Ular у yetti qasrda 

bazm  uyushtirishadi  lekin,  у  yetti  darvesh  hikoyasidan  tegishU  xulosa 

chiqarmagan shoh  Bahrom yana ovga beriladi.  U  ovlagan jayronlaming 

terisi yer yuzini qoplaydi. Qonlari ariq bo'lib oqadi.  Ko'k yuzini qoplagan 

bulutlardan tomayotgan yomg'ir selga aylanadi.  Ov maydoni yumshoq, 

usti  o'tlar  bilan  qoplangan  botqoqlik  edi.  Jonivorlarning  behad  ko'p 

oqizilgan qoni bilan aralashgan yomg'ir suvlari botqoqlik yuzini ishg'ol 

qiladi  va  shoh  Bahrom  hamda  uning  hamrohlarini  yer yutadi.  Alisher 

N avo iy  doston  so'ngida  shoh  Bahrom ni  tushida  ko'rganligini 

o'quvchilariga  so'zlaydi.  Hukmdor  shoiiga  nihoyatda  yuksak  ehtirom 

bilan munosabatda bo'ladi.  Husayn Boyqaroni o'ziga o'xshashligini aytib, 

uning  davlatiga  xayr-saodat  tilaydi.  Bu  bilan  ulug'  shoir shoh  Bahrom 

qissasidan barcha podshohlar xulosa chiqarishi  lozimligini  ta’kidlaydi.

“Sab’ai  sayyor”  dostoni  uchun  asos  bo'lgan  hafta  kunlari,  ularga 

homiylik  qiluvchi,  qadimdan  muqaddaslashtirilgan  у  yetti  sayyoraga 

xos  ranglar  bilan  qasrlaming  bezatilishida  o'ziga  xos  ram ziy-m ajoziy 

m a’no  “yu klan g an ”.  T a n iq li  adabiyotshunos  S.H asan o vning  

“Navoiyning  у  yetti  tuhfasi” (Toshkent,  1991)  asarida  bu  masalaga 

alohida e’tibor beriladi. Jumladan,  shanba kuni Zuhal (Kayvon,  Saturn) 

sayyorasi bilan bog'liq bo'lib, qasming rangi Bahromning yurish-turishi-

www.ziyouz.com kutubxonasi



barcha-barchasi  shu  rangda  tasvirlanadi.  Bu  rang,  awalo,  sevgilisidan 

ayrilgan shoh Bahromning musibatli kunlarini anglatsa,  dastlabki hikoya 

qahramonlari Axiy va  Farruxlar uchun  muruwat,  yaxshilik va  saodatli 

hayot  ram zidir.  Bu  bilan  shoir  inson  axloqi,  yurish-turishi  uning 

taqdirini belgilaydi,  degan g‘oyani  ilgari  suradi.  Shuningdek,  qora rang 

yoshlik va baxt ramzi deya ham talqin qilinadi.  Bunday xulosaga kelishda 

Axiy  va  Farrux  sarguzashtlarining  dostondagi  tasviri  imkon  beradi. 

Dem ak,  shoir  har  bir  rangning  o‘ziga  xos  ram ziy-m ajoziy  ma’no 

qirralariga  alohida  e’tibor  qaratadi.  Shoir  qahramonlar  ruhiy  holatini 

yanada  yorqinroq  tasvirlashda,  ranglarning  ram ziy-m ajoziy  ma’no 

qirralaridan  san’atkorona  foydalanishda  davom  etarkan,  bu  uslubiga 

dostonning  asosiy  voqealar  tizimining  yakuniga  qadar  sodiq  qoladi.

Yakshanba  kuni  Quyosh  sayyorasi  homiyligi  bilan  bog'liq  bo'lib, 

shoir  talqinida  oltin  rang  tiniqlik,  xursandchilik-olijanoblik  ramzidir. 

Shuningdek,  bu  rangga  xos  bir  oz  o'zgaruvchanlik,  tovlanish  unga 

sharmandalik  va  nafrat  uyg'otish  ma’nolarining  ramziy  ifodasini  ham 

beradi. Natijada dostondagi oltin rang Diloromidan ajralgan hukmdoming 

ishq  dardiga  chalinib  xastalanganligini  anglatish  bilan  bir  qatorda,  ilm - 

u  hunar  ahlining  ba’zi  nuqsonlaridan  bahs  etuvchi  Zayd  zahhobning 

qallobligi,  firibgarligini  ifodalaydi.  Dushanba  kuni  Oy  sayyorasi  bilan 

bog'lanib, shoh Bahrom yashil qasrda afsona tinglaydi. Yashil — tasawufiy 

ta’limotga ko'ra, hayot ramzi sanaladi.  Uchinchi iqlim musofiri tomonidan 

so'zlangan qissa qahramoni Sa’d ulug' pin Faylaqus o'gitlari asosida baxtli 

hayotga  erishadi.  Ayni  choqda,  bu  rang  samoviy  mavjudotlar  bilan 

bog'lanishni  anglatadi.  Shu  bois  Sa’d  ikki  musofir va uzlatda chekingan 

Faylaqusdan  madad  oladi.  Shuningdek,  bu  hikoyat  bilan  shoir  shoh 

Bahromni  baxtli  hayot  uchun  kurashga  undaydi.  Seshanba  kuni  Mirrix 

(Mars,  Bahrom)  sayyorasi  homiyligida  o'tadi.  Shu  bois  shoh  Bahrom 

shu  sayyora  rangi  bilan  bog'liq  qizil  qasrda  kunni  o'tkazadi.  Bu  rang 

qoliplovchi  hikoyat  qahramoni  xastaligining  avj  nuqtasini  ifodalaydi. 

Keyingi  qasrlar  bilan  aloqador  ko'k,  sandal  va  oq  rang  hukmdor 

tanasidan  kasallikning  asta-sekin  barham  topa  boshlaganini  bildiradi. 

Shuningdek,  ranglarning  asta-sekin so'na boshlashi  Bahrom hayotining 

so'nggi  damlari  yaqinlashganidan  darak  beradi.  Ulug'  shoir  dostonida 

qizil  rang  ezgulik kuchlarining yovuz  kuchlar ustidan qonli  kurash bilan 

g'olib kelib, baxtga erishish ramzi sifatada qo'llanadi.  Hikoyatdagi ezgulik 

kuchlari: Juna,  Mas’ud, yovuzlik kuchlari bo'lgan Jaypur,  M alluni hayot 

uchun  kurashda  mag'lub  etadi.  Chorshanba  kuni  Utorid  (Merkuriy)

www.ziyouz.com kutubxonasi



sayyorasi  homiyligida  o'tadi.  Shoh  Bahrom  shu  sayyora  rangiga uyg'un 

bunyod etilgan moviy qasrda bazm uyushtiradi.  Dostonda ko‘k yoki moviy 

rang qandaydir bezovtalik va g'amgin holatni eslatadi.  Bu shoh  Bahrom 

ruhiy holatining beshinchi iqlimdan kelgan musofir qissasi qahramonlari 

zolim  Jobir  qo‘lida  tutqunlikda  qolgan  sevishganlar  Mehr  va  Suhayl 

iztiroblari bilan mushtarakligini bildiradi.  Hikoyat davomida hukmdorlar 

juda  ko'p  lashkarlarining  vafot  etishi  esa  moviy  rangning  motam  ramzi 

ekanligini  dalillaydi.  Mushtariy  (Yupiter)  sayyorasining  homiyligida 

o‘tadigan payshanba kuni shu samo yoritqichi rangi bilan aloqador sandal 

rangli qasrda shoh Bahrom uchun bazm uyushtiriladi.  Sandal shifobaxshlik 

va xotirjamlik ramzi. Hovar mamlakati podshohi qizining sandal daraxtidan 

shifo  topishida  bunga  ishora  bor.  Muqbilning  har  qanday  holatda  ham 

qanoat bilan xotiijam harakati uni baxtga eltadi.  Mudbir esa fojiali o'lim 

topadi.  Shoh Bahrom ruhiy kasallikdan asta-sekin tuzala boshlaydi, biroq 

uning axloqiy tuzalishi,  aytilganlardan  xulosa  chiqarishi  uning  irodasiga 

bog'liq.  Nihoyat,  juma  kuni  sodir  boiadigan  voqealar  Zuhra  (Venera) 

sayyorasining hukmiga bog'liqligi bois uning rangi bilan aloqador kofuriy 

(oq)  qasrda  shoh  Bahrom  qissasi  davom  ettiriladi.  Oq  rang  poklik  va 

sofdillik  ram zi  bo'lganligi  bois  Bahrom   uzoq  ayriliqdan  so'ng, 

Diloromning vasliga qayta  etishidan  darak beradi.  Shuningdek,  bu  rang 

keksalik,  inson hayotining poyoniga etishidan nishona tarzida ham talqin 

qilinadi.  Shu bois  o'zini axloqiy jihatdan tuzatishga  iroda  topa olmagan 

Bahromning  hayoti  fojiali  yakun  topadi.

Ko'rinadiki,  ulug'  shoir  “Sab’ai  sayyor”  dostonida  shoh  Bahrom  va 

Diloromning ishqiy saiguzashtlaridan bahs etuvchi qoliplovchi qissa hamda 

inson ma’naviy kamolotiga xizmat qiluvchi у yetti hikoyatni yagona voqealar 

tizimiga ega bo'lgan yaxlit doston holida yuksak san’atkorona mahorat bilan 

ijod etgan. “Xamsa” ichidagi xamsa deya nomlash mumkin bo'lgan bu doston 

X V III  asrda  yozma  va  og'zaki  adabiyotimizda  Bahrom  va  Gulandom 

tuikumining paydo bo'lishi, X IX  asrda qashg'arlik G'aribiy tomonidan «Shoh 

Bahrom va  Dilorom»,  Umar Boqiy qalamiga mansub «Qissai haft manzari 

Bahrom»  singari ko'plab asarlaming vujudga kelishiga zamin hozirladi.

9.6.  “Saddi  Iskandariy”  —  “Xamsa”ning  xotimaviy  dostoni.

Asaming  mavzu  va  g'oyalar  olami,  hikoyat  va  masallar  tahlili

“Saddi  Iskandariy”  (“Iskandar devori”)—Alisher Navoiyning adolatli 

va  ma’rifatli  hukmdor rahnamoligida  markazlashgan davlat ЬафО  etish,

www.ziyouz.com kutubxonasi



xalq  osoyishtaligi  va  yurt  ma’murligini  ta’minlash,  o'zaro  toj-taxt 

kurashlari,  ixtilof-u  nifoqlarga  barham  berish  singari  umumbashariy 

g'oyalarini  o'zida  badiiy  ifoda  etgan  dostondir.  Ulug‘  shoir  “Xamsa” 

tarkibidagi boshqa asarlarida bu masalaga alohida e’tibor berib, Anushervoni 

odil,  Sulton  Muhammad  Xorazmshoh,  Shohi  G 'oziy,  Chin  xoqoni, 

Xusrav  Parvez,  Bani  Omir  va  Hay  qabilasi  boshliqlari,  Ibn  Salom, 

Bahrom  singari  katta-kichik  hukmdorlar  obrazini  ijod  etdi.  Mazkur 

asarlarda o‘sha hukmdorlaming yaxshi a’mollari yuksak san’atkorlik bilan 

vasf etilgan  bo'lsa,  ulaming  tabiatidagi  noqisliklar  tanqid  ostiga  olindi. 

“Hayrat  ul-abror”  dostonida  “Iskandaming  у  yetti  iqlim  mamolikini 

panjai  tasarrufig'a  kiyurg'oni  va  xoli  ilik  bila  olamdin  rixlat  markabin 

surgoni”  (14 -  maqolatdan  so'ng  keltirilgan  hikoyat)ni  ibrat  namunasi 

qilib ko'rsatgan buyuk mutafakkir “Saddi Iskandariy”da odil va ma’rifatli, 

ma’naviy yetuk  shoh  obrazini  Iskandar timsolida  mujassamlashtirdi.  Bu 

bilan  shoir  “Xamsa”  tarkibidagi  boshqa  dostonlarida  ilgari  surilgan 

ijtim oiy-siyosiy  qarashlarini  “Saddi  Iskandariy”  dostonida  yanada 

takomillashtirib,  o'zi  orzu  qilgan  hukmdoming  mukammal  obrazini 

asar qahramoni  misolida badiiy tasvirladi.

Iskandar  tarixiy  shaxs  bo'lib,  u  eramizdan  oldingi  IV   asrda  (356- 

323)  yashagan  buyuk jahongir Aleksandr  Makedonskiyning  Sharqdagi 

nomidir.  Sharq xalqlari orasida bu ulug4 sarkarda Iskandar Zulqam ayn, 

Iskandari  Rum iy,  Iskandar  Maqdon  nomlari  bilan  atalgan.  Aleksandr 

nomi  shu  so'zga  talaffuz  jihatidan  uyg'un  “Iskandar”  so'zi  bilan 

ifodalangan  bo'lsa,  “Rum iy”  va  “Maqdon”  uning  vatanini  anglatgan. 

“Zulqam ayn”  Iskandaming  ilohiylashtirish  zaminida  unga  nisbatan 

berilgan  sifat  bo'Ub,  ikki  shoxli  degan  ma’noni  bildiradi.  Manbalarda 

ma’lumot  berilishicha,  shoh  juda  qadim  zamonlarda  Yaqin  Sharqda 

ilohiy qudratning timsoli sanalib,  xudolar singari shoxli tarzda tasawur 

qilingan.  Aleksandr  Makedonskiyninng  tarbiyasi  bilan  uning  ustozi 

Aristotel (Arastu er.  av.  384-322) shug'ullangan.  Eramizdan awalgi 336- 

yilda otasi  Filip p   o'ldirilgach,  Aleksandr  Makedonskiy taxtga chiqadi. 

26  yoshida  Doro  I I I   ni  yengib,  Eronni  egallaydi.  Keyinchalik  u 

Movarounnahr va Hindistonni z^bt etadi.  Dunaydan Hind daryosigacha 

bo'lgan katta hududda ulkan mamlakat barpo etadi,  nihoyat, eramizdan 

awalgi  323-yilda,  33  yoshida vafot  etadi.

Aleksandr  Makedonskiyning  harbiy  yurishlari  haqida  antik  davr 

tarixchilaridan Anian Flaviy va Plutarx asarlarida ma’lumot beriladi. Yunon 

tarixchisi Arrian Flaviy Iskandar haqidagi rivoyat-u afsonalaming vujudga

www.ziyouz.com kutubxonasi



kelishi  sababini  uning  jahongirlik  yurishlarida  ishtirok  etgan  askarlar 

faoliyati  bilan  bog‘laydi.  Unga  ko'ra,  Iskandar  jangdan  vataniga 

qaytayotgan askarlariga forslar va midiyonlami, baqtriyaliklar va shaklami, 

Kaspiy  dengizga  qadar  cho'zilgan  hududda  yashovchi  parfiyonlami, 

xorazmiylami  va girkanlami  qanday bo'ysundirgani  haqida  hikoya  qilib 

berishni aytgan ekan.  Hikoyachilar tarixiy ma’lumotlarga nisbatan taxayyul 

va uydirmaga ko'proq berilishlari natijasida bir qancha afsona va rivoyatlar 

vujudga kelgan.  Keyinchalik X I-X T I asrlarda Ovrupoda Iskandar haqidagi 

ritsarlik romanlari ijod etilgan.

Sharq  yozma  badiiy  adabiyotida  atoqli  fors-tojik  shoiri  Abulqosim 

Firdavsiy ilk bor Iskandar haqida doston ijod etdi. Asaming bosh qahramoni 

«Shohnoma»  tarkibidagi  bir  qator  sosoniy  hukmdorlaiga  bag'ishlangan 

dostonlardagi  yetakchi  obrazlardan  keskin  farq  qilmaydi.  Shoir  buyuk 

jahongitga bag'ishlangan ushbu  masnaviysida uning Doroga qarshi janggi, 

insonlami  ya’ju j-m a’jujlardan  xalos  etish  uchun  g'ov  qurishi  singari 

lavhalar bilan Iskandami adolatli va najotkor hukmdor qiyofasida tasvirlasa- 

da,  sarkardaning  ko'plab  jangovor  yurishlarining  sababi,  mohiyati  va 

oqibatini  ochib  bermaydi.  12 0 3 -12 11-yillaida  ulug'  ozar  shoiri  Nizom iy 

Ganjaviy  «Panj  ganj»i  tarkibidan  o'rin  olgan  «Iskandamoma»  dostonini 

ijod etib, xamsachilikda Iskandaming jahongirlik yurishlari va hukmronligiga 

bag'ishlangan alohida doston yozish an’anasini boshlab berdi.  130 0 -130 1- 

yillarda  Amir  Xusrav  Dehlaviy  «Xamsa»sining  so'nggi  dostoni  «Oyinai 

Iskandariy» ijod etildi. Alisher Navoiy «Saddi Iskandariy» dostonini  1484- 

yilning sentabr—oktabr oylarida nihoyasiga yetkazdi.  Bu ma’lumot taniqli 

adabiyotshunos  B.Valixo'jayevning «Mumtoz siymolar» (Toshkent,  2002, 

179-bet)  kitobida bir necha dalillaiga tayanilgan holda qayd etiladi.  O'sha 

yilning  28-dekabrida  Abdurahmon  Jom iy  «Xiradnomai  Iskandariy» 


Download 4.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling