Badiiy asarlarda -lan,lash qoshimchasi bilan yasalgan fe'llar o'rni


Download 35.7 Kb.
bet12/20
Sana14.01.2022
Hajmi35.7 Kb.
#337072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
BADIIY ASARLARDA -LAN,LASH QOSHIMCHASI BILAN YASALGAN FE'LLAR O'RNI
4 практическое занятие, 2 5287743643531086412, уСИМЛИК ТУКИМАЛАРИ САВОЛЛАР Word
Kelasi zamon sifatdoshi fe’lga –r(-ar), -digan affikslarini qo‘shish bilan yasaladi va qo‘yidagicha ma’nolarni ifodalaydi:

1. Sifatdosh yasovchi -(a)r (bo‘lishsizi -mas) affiksi hozirgi o‘zbek adabiy tilida juda kam uchraydi. Bu affiks bilan qo‘llanuvchi ayrim so‘zlar fe’ldan ko‘ra sifatlarga yaqin turadi: oqar suv, so‘nmas hayot kabi. Shuningdek-(a)r affiksi yordamida yasaluvchi shakl tuslanganda kelasi zamon gumon fe’lini hosil qiladi: yozarman, yozarsan, yozar kabi.

2.Sifatdoshning –digan affiksi bilan yasaluvchi shakli ravishdoshning –a (-y) affiksi bilan yasalgan shaklidan so‘ng qo‘shiladi va quyidagicha ma’nolarga ega bo‘ladi: a) fe’lining atributiv shaklini hosil qilishda faol ishlatiladi: o‘qiydigan kitob, bajaradigan yumush kabi; b) shaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanib, kelasi zamon maqsad ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi: o‘qiydiganman, o‘qiydigansan, o‘qiydigan kabi.

Bundan tashqari, kelasi zamon sifatdoshining –jak, -gusi, -asi singari qadimiy shakllari ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi tilimizda kelajak, kelgusi, kelasi singari so‘zlar doirasidagina uchraydi.

Sifatdoshlarning asosiy sintaktik vazifasi aniqlovchi bo‘lib kelishdir. Ular otlashganda otlarga xos sintaktik vazifalarni bajaradi: Aytilgan so‘z-otilgan o‘q.

Shaxs-son affikslari bilan tuslanib, mayl, zamon ma’nolarini ifodalaganda esa kesim vazifasida keladi: Men bu kitobni o‘qiganman. Sen ertaga borarsan.




Download 35.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling