Badiiy gimnastika


Download 117.34 Kb.
bet1/2
Sana05.01.2022
Hajmi117.34 Kb.
#221144
  1   2
Bog'liq
Badiiy gimnastika


Badiiy gimnastika – sport turi, buyum (tasma, koptok, halqa, argʻamchi) bilann va usiz turli nafis gimnastika va raqs mashqlarini musiqa ostida bajarish boʻyicha ayollar musobaqalari.

Xalqaro sport musobaqalarining hozirgi zamon dasturida koʻp kurash (bitta majburiy va buyumlar bilann uchta erkin mashqlar) hamda buyum bilan guruh boʻlib erkin mashqlari mavjud. Gʻoliblar koʻp kurashda, alohida va guruh boʻlib bajariladigan mashqlarda aniqlanadi. Sportchilarning mashqlari 10 balli tartib boʻyicha baholanadi. 40-yillardan badiiy gimnastika musobaqalari oʻtkazila boshlandi. 50-yyillar oxirida Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIJ) badiiy gimnastikani sport turi sifatida tan oldi. 1963-yildan toq yillari jahon chempionatlari oʻtkazilmoqda, 70-yillar boshidan Intervideniye Kubogi uchun yirik xalqaro musobaqalar tashkil qilinmoqda. 1984-yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan.



Oʻzbekiston badiiy gimnastikachilari terma jamoasi 1991-yil Simferopolda oʻtgan ittifoq chempionatida 1-oʻrinni oldi. 1996-yil Osiyo chempionati (Xitoy)da, 1997-yil jahon chempionati (Germaniya)da ishtirok etdi (terma jamoa bosh ustozi A. Malkina, xoreograf V. Vasilyev, jamoa aʼzolari I. Zamyatina, T. Budarina, F. Sharipova, L. Meshcheryakova).


Download 117.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling