Badiiy hikoya! Do’kon menejerining regional menejeriga hisoboti


Download 14 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi14 Kb.
#153335
Bog'liq
Badiiy hikoya


Badiiy hikoya!
Do’kon menejerining regional menejeriga hisoboti.
Hayrli kun Abdulaziz Abdurahmonovich
Men do’kon menejeri: Rustam Shomansurov
E’tiboringizga Mirkanto Savdo Markazidagi Style Store do’konimizda bo’lgan voqeani taqdim etaman.

Bu voqea Seshanba – 2020-yil 29 oktabr ertalab soat 10:25 da sodir bo’ldi. Ertalabgi smenada 4ta xodim: 2ta sotuvchi konsultant- Nazarov Ibrohim va Ismoilova Farida, kassir – Egamqulov Ikrom va qorovul – Asqar aka bo’lgan. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan vaqtda do’konga er-xotin, ularning 2ta qizi va 1ta o’g’lidan iborat oila tashrif buyurishdi. Shu ayol M razmerli bluzka(kofta), 46-razmerli shim, L razmerli kardigan va 38-razmerli makasina kabi bir qancha turdagi kiyim-kechaklarni o’lchamini kiyib ko’rish uchun tanladi. O’sha vaqtda Farida ayolga xizmat ko’rsatdi, Ibrohim esa XL razmerli rubashka, 38-razmerli yarim-klassik shim va 44-razmerli qora tufli tanlagan erkakga xizmat ko’rsatdi. Ota-onalari tanlagan kiyimlarini kiyib ko’rishayotgan vaqtda bolalar zalda o’ynab, yugurib yurishdi va bolalardan bittasi do’kondan Luna park tomon qochib ketdi. Vaziyatni kuzatib turgan Asqar aka qochib ketgan Bolani do’konga ota-onasining yoniga qaytarish uchun yugurib ketdi. O’sha vaqtda ikkita konsultant ota-onalarini kiyib ko’rish jarayonida bo’lishganida, Asqar aka esa qochib ketgan bola bilan band bo’lganida, Ikrom esa kassa tomonni tartibga keltirish bilan band bo’lganida boshqa bola do’kon zalidan yo’qolib qolgan. Bola yo’qolib qolishganini bilishgandan keyin zalning barcha joyidan ayollar bo’limidan, erkaklar bo’limidan, aksesuarlar bo’limidan va hattoki zaldagi barcha stellar tagidan qidirishni boshladik, lekin hech qayerdan topa olmadik. Oxiri ayol janjal qilishni boshlagandan keyin Ikrom Asqar akadan kuzatuv kamerani ko’rishlarini so’radi va uchinchi kameradan bola sklad tomon yugurib ketgani ko’rindi. Oxiri bola skladdan topildi, u skladdagi chap tomon stillajda berkinib olibdi va uni topishlarini kutayotgan ekan.



Oxir-oqibat ota-onalari farzandlarining yomon xulq-atvori uchun uzr so’rashdi va kardigandan tashqari tanlashgan barcha kiyimlarni xarid qilishdi.
Hisobot tuzildi: 31 oktabr 2020
Download 14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling