Badiiy nutq tahlili


Shakl va mazmun birligi tamoyili


Download 19.56 Kb.
bet2/9
Sana14.01.2022
Hajmi19.56 Kb.
#337019
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SAFAROV 2
Bog'liq
391 2 [37](3), fazliddin, ta'til reja, Jurnal usti, 2-SINF Musiqa99, 2-SINF Musiqa99, 2-sinf tarbiyaviy soat 2019, 001, 001, 001, 5111700 Бошлангич таьлим ва спорт, About myself, Во всю страницу, Dárilik jıynamalar hám shaylar
Shakl va mazmun birligi tamoyili.

  • Makon va zamon birligi tamoyili.

    3.Xususiylikdan umumiylikka o’tish tamoyili.

    1. Badiiy nutq tilining umumxalq tili va adabiy tilga munosabat aniqlash tamoyili.

    2. Badiiy nutqdagi poetik aktuallashgan til vositalarini aniqlash tamoyillari. 6. Badiiy nutqdagi intertekstuallik mexanizmlarini aniqlash tamoyili Tahlil usullari sifatida esa quyidagilar e’tirof etiladi:

    1.Ilmiy mushohada usuli.

    2.Lisoniy tabdil usuli.

    3.Badiiy nutq variantlarini qiyoslash usuli.

    4.Lug’atlarga asoslanish usuli.



      1. Shakl va mazmun birligi tamoyili. Borliqdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish turlaridan biri shakl va mazmunning dialektikasidir. Shakl va mazmunning dialektik birligi tushunchasi har qanday badiiy nutq uchun zaruriy xususiyat hisoblanadi. Shakl va mazmun bir-biri bilan shunday bog’lanib ketganki, birida sezilgan nuqson ikkinchisidagi butunlikka putur yetkazishi mumkin. Shakl va mazmun muvofiqligi buzilsa, muallifning niyati to’la namoyon bo’lmay qolishi turgan gap. Bunda asosiy e’tiborni badiiy nutq va uning janr xususiyati o’rtasidagi muvozanatga qaratgan holda, badiiy nutqdagi lisoniy birliklarning nutq tabiatiga mosligi masalasini ham diqqat markazidan qochirmaslik kerak. Masalan, qahramon ruhiyatidagi g’azablanish holatini ifodalashda siqiq jumlalarning ishlatilishi, dag’al va chet so’zlarning qo’llanishi kabilar ham mazkur tamoyil asosida tekshirilishi mumkin. Yoki muallif nutqini ko’zdan kechiradigan bo’lsak ijobiy qahramon tasvirida ko’tarinki bir ruh, yorqin ranglar va yoqimli ifoda tarzini sezamiz. So’zlar ham shunga mos tanlanadi. Salbiy qahramon tasvirida esa buning teskarisini kuzatamiz. Yuz-ifoda yoki fe’latvor tasvirida tund ranglar, bezgin ruh va yoqimsiz ifoda tarzi sezilib turadi. Buni ardoqli adibimiz Abdulla Qodiriyning shoh asaridan olingan quyidagi parchalarda ham ko’rishimiz mumkin. «Kumushbibi ariq bo’yidan bir o’rinni ko’zladi-da, sakrab narigi yuziga o’tdi va cho’nqaydi. Uning ko’zlari muloyimg’ina suv ustig’a og’dilar. Ariqning musaffo tiniq suvi yovoshg’ina oqib kelar, Kumushbibining qarshisig’a yetkanda go’yoki, uning ta’zimi uchun sekingina bir charx urib qo’yar, o’z ustida o’lturgan sohiraning sihriga musaxxar bo’lg’an kabi tag’i bir kattaroq doirada aylangach, ohistag’ina ko’prik ostig’a oqib ketar edi.»

    Mavzu bilan tanlangan janr o’rtasidagi moslik shakl va mazmun birligi tamoyilining asosiy tekshirish ob’ektlaridan hisoblanadi.


      1. Download 19.56 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
    ma'muriyatiga murojaat qiling