Badiiy nutq tahlili


Download 19.56 Kb.
bet7/9
Sana14.01.2022
Hajmi19.56 Kb.
#337019
1   2   3   4   5   6   7   8   9
SAFAROV 2
Bog'liq
391 2 [37](3), fazliddin, ta'til reja, Jurnal usti, 2-SINF Musiqa99, 2-SINF Musiqa99, 2-sinf tarbiyaviy soat 2019, 001, 001, 001, 5111700 Бошлангич таьлим ва спорт, About myself, Во всю страницу, Dárilik jıynamalar hám shaylar
Ilmiy mushohada usuli. Biror bir badiiy asarni o’qish jarayonida beixtiyor ko’z o’ngimizda asarda tasvirlanayotgan voqealar, qahramonlar, joylar, turli holatlar namoyon bo’ladi. O’zimizni qahramonlar dardiga sherikday his qilamiz, ularni o’rtagan tuyg’ular bizni ham o’rtay boshlaydi. Asar o’qish jarayonida biz butunlay yozuvchi yo’rig’ida bo’lamiz. Uning to’g’ri deb bilganlarini kuzatib boramiz yoki biz ham kitobda yozilganlarni to’g’ri deb qabul qilamiz. Lekin asar o’qib bo’lingach, dastlab his qilganlarimiz, tushunganlarimiz, tasavvur qilganlarimizning hammasi ham to’g’ri emasligini anglaymiz. Demak, mushohada orqali dastlabki hislarimizni tahlil qila boshlaymiz. Bu bilan asarni xayolan o’z saviyamizga ko’ra qayta tiklagan bo’lamiz. Qayta tiklash jarayonida ilmiy mushohada usulidan foydalanamiz. Asarda yozuvchi o’zi xohlagan narsani xohlaganiday ko’radi va istaganiday tasvirlaydi. O’zi istagan o’rinlarda atroflicha, turli badiiy tasvir vositalaridan foydalanib, to’lib-toshib tasvirlaydi. Istamagan joylarini qisqagina yoki butunlay ochiq qoldirib ketishi mumkin. Kitobxon esa asarda yoritilmagan, ochiq qolib ketgan o’rinlarni tiklab boradi. Yohud yozuvchi tasvirlagan makonni, qahramonni kitobxon o’zidan kelib chiqib butunlay qayta yaratadi. Badiiy nutqni lingvopoetik tahlil qilishda o’sha ikki jihatni unutmasligimiz kerak. Ba’zan tadqiqodchilar badiiy asarlar nutqini tahlil qilish jarayonida yozuvchining tushiga ham kirmagan fikrlarni «yozuvchining mahorati yoki kashfiyoti» sifatida talqin qilishadi. Bunday xatoga yo’l qo’ymaslik uchun ilmiy xolislikka amal qilish kerak. Ilmiy mushohada usulida har bir til hodisasiga ilmiy mantiqqa asoslanib yondashish talab etiladi.


  • Download 19.56 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
    ma'muriyatiga murojaat qiling