Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


Download 110.77 Kb.
bet1/5
Sana21.01.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1107442
  1   2   3   4   5
Bog'liq
КМ 2-маъруза (охирги)
TAFAKKUR VA NUTQ KIRISH, Bank faoliyati, Vitaminlar, Vitaminlar, boglovchilar, boglovchilar, boglovchilar, boglovchilar, tayanch- harakatlanish azolari sistemasining yoshga oid xususiyatlari va uni oqitilish metodikasi, tayanch- harakatlanish azolari sistemasining yoshga oid xususiyatlari va uni oqitilish metodikasi, 11s-as-12s-20, Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishlar taqsimoti 140 (1), Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot fanidan mustaqil ishlar taqsimoti 140 (1), milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi, qimmatli qogozlar

O’zbek bolalar kitobxonligi tarixi

  • 1. Bolalar kitobxonligi tarixi.
  • 2.O’zbek bolalar kitobxonligining dastlabki ko’rinishlari.
  • 3.Avesto, Haftiyak, Chor kitob, Qobusnoma, hadislar va pandnomalarda bolalar ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlar.

Eski o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzi orta borishi, bu tilda yaratilgan badiiy adabiyotning xalq ongini uyg‘otishi natijasida O‘rta Osiyodagi turkiyzabon xalqlar o‘zligini tobora chuqurroq anglay boshladi.

  • Eski o‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi nufuzi orta borishi, bu tilda yaratilgan badiiy adabiyotning xalq ongini uyg‘otishi natijasida O‘rta Osiyodagi turkiyzabon xalqlar o‘zligini tobora chuqurroq anglay boshladi.

AVESTO TARIXI:

  • «Eng moʻtabar qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganiga 3000 yil bo‘layapti…. - Bu nodir kitob bundan XXX asr muqaddam ikki daryo oralig‘ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o‘lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor etolmaydi»
  • I.A.Karimov


Bu ta’limotning yaratuvchisi buyuk mutafakkir shoir va faylasuf, davlat arbobi va qonunshunos, o‘z davrida ilohiyotshunos sifatida Zaotar va Otarbon unvonlariga sazovor bo‘lib, payg‘ambar darajasiga ko‘tarilgan Spitamon Zaratushtra bo‘lib, qisqacha Zardusht nomi bilan shuhrat qozongan va zardushtiylik e’tiqodi ham shu nom zamirida yuritila boshlagan.
(Spitamon Zaratushtra - 630-553 yoxud 618-541 yillarda)
Eramizdan avvalgi VII asrning oxirlari va V asrning boshlarida kohinlar tomonidan kitob sifatida tartib berila boshlandi. Bu jarayon eramizdan avvalgi I asrga kelib to‘liq kitob shaklini olib, «Avesto» nomi bilan atala boshlandi. O‘shanda bu kitob 12 ming qoramol terisiga oltin harflar bilan bitilgan bo‘lib, 2 million misradan tashkil topganligi manbalarda qayd etilgan. Tadqiqotchilar fikricha, o‘shanda «Avesto» 21 nasx-kitobdan iborat bo‘lgan.
«Avesto» zardushtiylikning axloqiy kodeksi sifatida alohida qimmat kasb etadi. Unda Zardusht ta’limoti asosida ezgu fikr, ezgu kalom(so‘z) va ezgu ish birligi yotadi: «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Axura Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna»). Ko‘rinadiki, bu so‘zlar pirovard oqibatida ezgulikni alqash va yolg‘onni, yomonlikni inkor etish mazmuniga ega. Zero, Zardusht ta’limotida haqiqat uchun kurashmoq markaziy o‘rinda turadi.
Jumladan, Zardushtning tubandagi o‘gitlari hamon qimmatini yo‘qotgan emas: «Zabardast va qudratli bo‘lish uchun hamisha haqiqat yuzasidan amal qilgin, haqiqat va rostlikka amal qilsang, zabardast va qudratli bo‘lasan”.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling