Badiiy san’atlar bo`yicha mashqlar
Download 44.5 Kb.
|
BADIIY SAN
tarix oqitish metodikasi, 5486fdb0d149a, 5486fdb0d149a, personalni boshqarish (1), ipnd-reference-sheet-html-elements-2, ipnd-reference-sheet-css-syntax, Amaliyot Hisoboti
BADIIY SAN’ATLAR BO`YICHA MASHQLAR Tikilsam quriydi daryoning gumi, Na’ra tortsam qular qo`rg`onning timi... (“Alpomish”) Sen, ey gul, qo`ymading sarkashliging sarvdek hargiz, Oyog`ingg`a tushub bargi xazondek muncha yolbordim. (Bobur)
Otashin muzlarda isinaylik yur. Yong`inli daryoda quloch otaylik, Bu yerdan ketaylik, faqat ketaylik. (Rauf Parfi) Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi, Ko`zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (A.N.) Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim, Yetkach ohim shu’lasi oni sarig` gul ayladi. (A.N.) Ishqing o`tin gar Navoiy desakim aylay raqam, So`zidin kuyar qalam, qurir qaro, erur davot. Jonim ko`rgan jafoning mingda birin Bo`lur gar ko`rsa sandon pora-pora. (Sakkokiy) Suv ham ichsa tomog`iga tiqilur, Pashsha gar qo`nsa yolig`a yiqilur. (Maxmur “Avsofi Karimqul mehtar”: qirchang`i ot tasviri)
Gar bu sorig` yuz uza ko`z urmasa har dam gulob. (Lutfiy)
Kom olmaganda filmasal, men mubtalo qayga boray. (Muqimiy)
Ko`zung nargis, yangog`ing arg`uvondur. (Atoyi) Yuzu gul-u, qadi shamshod, ko`zlari nargis, Bahori yosumanimni tushimda ko`rsam edi. (Nodira)
Sochi yaldo, ko`zi cho`lpon, g`amzasi sohib qiron. (Gadoiy)
Gapda tamanno, tarang, “men o`laman” nozigim. Ko`z suzilib qoshgacha, oliftalik boshqacha Uyda eri osh qilib, uxladi u tushgacha. U yerga yiqiladi O`qday uchib borarkan. Tog`day og`ir qulaydi Qush singari yengil tan. (H.O.) Beruniy bobomiz shu, ismi ham Abu Rayhon, Ba forsi guftaam gar az azmoni pur Sino. (A.O.) Oqil ersang, bo`lma g`arra jahon lazzatig`a, Ul sifatkim, tifllar ko`rsa bo`lur xursand qand. (Ogahiy) Qatra qonlarkim tomar ko`ksimga urg`on toshdin, Zahmdindur demakim, qon yig`lar ahvolimga tosh. (A.N.) Quyosh oydek yuzungning hijlatidin Qochib to`rtinchi ko`k uzra chiqibdur. (Lutfiy) Oy yuzung nazzorasidin qolur ermish benasib, Oning uchun kechqurun har kunda yig`lar qon quyosh. (Gadoiy)
Magar boqib quyoshim yuziga ko`zi qamoshibdur. (O.) Rost, qalam timsoli she’r, Timsoli tig`, timsoli haq. Boshini ming kesdilar, Bosh egmadi aslo qalam. (E.V.) Kun pardag`a kirib yuzung oyi hayosidan Yig`lar o`zi-yu, orag`a tortar sahobni. (Lutfiy) Agar kelsa ketar holim ko`rubon Ajal jonimni olmasdin uyolib. (Furqat) Bu o`zbakni alp qorajon biladi, Changallasa tog`ni talqon qiladi. (“Alpomish”) Yuzidan lola rang eltib uyolib shahrga kirmas, Kishikim bo`ynidin bog`lab keturmoguncha sahrodin. (Lutfiy) Jafo tegdi boshimg`a Layli-yu, Shirin-u Uzrodin, Bukun Vomiq ila Majnun-u Farhodimni sog`indim. (Uvaysiy) Vale yodig`a keldikim ul oy, Demay oy, oftobi olamoroy. (N.) Shajar yafrog`i bo`ldi qahrabodek, Demakim qahrabo, mehri samodek. (N.) Kishiga o`xshamas, go`yo paridur, Pari yo`q, oftobi hovariydur. (N.) Ba xudoki, xastalarg`a yuzingiz g`amidin o`lmak, Du hazor bora xushtar zi hayoti jovidoni. (Shayx Ahmad Taroziy) Ko`ngulda garchi hajring dog`i bordur, Valekin vasl umidi dog`i bordur. (Said Ahmad) Yo qoshing yanglig` egilgan jismi zorimnimu dey, Yo sochingdek tiyra bo`lg`on ro`zgorimnimu dey. (Bobur)
So`zumni bilmagan behuda so`zlar. (Xo`jandiy “Latofatnoma”)
Bo`sa istab la’li rangin so`rdum, ersa dedi: “Ol”. (N.) Munajjim qosh-u ko`zung ko`rgach aytur Kim: “Ushbu oy boshinda fitnalar bor”. (Lutfiy) Muncha mehnat aro bu fursat ila, Muncha fursat aro bu mehnat ila. (N.) Xuroson badandur, Hiriy – joni anga, Hiriy – jon, badandur Xuroson anga. (N.) Husn ichra ayog`idin boshi xo`b, Boshdin ayog`iga tegru mahbub. (N.) Ey ko`ngul, chun yaxshidin ko`rdung yamonliq asru ko`p, Emdi ko`z tutmoq ne ya’ni har yomondin yaxshilig`. (Bobur) Netib o`lmayki, sabrim ozdin-oz-u, shavq ko`pdin-ko`p, Ul oyning husni ko`pdin-ko`p, vafosi ozdin-oz ermish. (N.) Yo rab ul kun shum tole’din manga bo`lg`aymukim, Jonima orom ul oromijondin ko`rgamen. (Bobur) Dema ishqim nayladikim ro`zgoringdur qaro, O`rtadi, ey qotili nomehribonim, o`rtadi. (N.) Jonim olur, ey pari, holimg`a boq, Ishtiyoq-u, ishtiyoq-u, ishtiyoq. To mani furqatda qo`yding nolishim, Al firoq-u, al firoq-u, al firoq... (Ogahiy) Avval-avval lutfingiz haddin ziyod erdi menga, Emdi-emdi marhamat kamrog`ingizga dog`man. (Furqat) O`tarsen o`ynay-o`ynay men gadoyi xasta yo`l uzra, Qolurmen bir qiyo boqmoq uchun yolbora-yolbora.(N.) Furqatingdin xasta ko`nglum qatra-qatra qon erur, Olloh-ollloh, bu ne hajri behad-u poyon erur. (Husayniy) Ul alifdek qomatining hasrati Dol yanglig` ayladi qaddim duto. (Furqat) Yo qoshing yanglig` egilgan jismi zorimnimu dey, Yo sochingdek tiyra bo`lg`on ro`zgorimnimu dey. (Bobur) “Nuqta lab ustida bejodur”, - dedim, aydi kulib: “Sahv qilmish kotibi qudrat magar tahrirda” (Furqat) Suzdi osh bir likavda uch kishidin, Ketti oshni ko`rib hama hushidin. (Muqimiy “To`y”)
To`ymadim hech, debdi, bu nechuk hikmat. Oh qandoq shirindir shu taxir hayot, Oh qandoq go`zaldir shu juldur qismat. (A.O.) Quyoshim har sorig`a azm qilsa, zarrai qolmon, Ne uchunkim, agar ayrilsam ondin kun ko`ra olmon. (Navoiy) Necha jonimg`a mundog` kecha o`lg`ay, Kecha jonimg`a mundog` necha o`lg`ay. (N.) Dilbari xush adoi man muncha chuchuk bo`lurmusan? Omad dar kanori man bir dame o`ltururmusan? (Mashrab)
Har nima bo`lsa aziz, eltur kishi mehmon sori. (Lutfiy)
Tong otmoqda, quyosh – zambarak. Yaralangan yer shari yotar, Boshlarida yashil chambarak. Rauf Parfi O`zi qirgani ozmidi, Oti ham urush boshladi, Necha odamning kallasini Oti uzib tashladi Bu so`zni aytib turgan yov Tura qocha boshladi... Ul sanamkim, suv yaqosida paritek o`lturur, G`oyati nozukligindin suv bila yutsa bo`lur... Tilar el mansabi oliy va lekin Atoyi sarvi ozodingg`a banda. Yuzungdin shomlar zulfingni yig`sang, Furug`i mohi tobon hojat ermas. Atoyi “Talmih” so`zining ma’nosi nima? Solib borma meni, ey Yusufi husn, Bukun Ya’qubdek bayt ul-hazanda. Qo`lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Nasihatim yod qilib ol, yolg`izim, Yolg`iz yursa, chang chiqarmas yaxshi ot. “Ravshan” dostonidan
Ayog`ing qanda bo`lsa, boshim anda. Shunchaki yozmoqqa ko`ngil to`lmaydi, Shunchaki yozmoqqa bormaydi qo`lim. Shunchaki yozganga chidab bo`lmaydi, Shunchaki yozmoq bu – shoirga o`lim. G`alaba amri-la mag`lub nemisning Generali qo`l qo`ydi. Uch sekund faqat… Shu mal’un imzoda odamlar o`qur Million yil fashistning umriga la’nat. G`afur G`ulom Download 44.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling