Bahriddinova va uning o‘g‘li Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi?


Download 33.72 Kb.
Sana09.03.2020
Hajmi33.72 Kb.


Kazus – 2

Bahriddinova o‘z dehqon xo‘jaligida tarvuz yetishtiradi. Har kuni tongda yorilib yotgan tarvuzlarni ko‘rib, yoz faslining oxirida tungi tarvuz o‘g‘rilarini qo‘lga tushirish va ichki ishlar organiga xabar berishga qaror qilishadi. Bahriddinovaning 15 yoshli o‘g‘li Abdusattor ham tungi “ov”da ishtirok etishga ruxsat so‘rab, dalada qoldi.

Shu kecha tunda 13 yoshli Xursand va Murod polizga kirishib, pishib yotgan tarvuzlarni yog‘och bilan urib yorishayotgan paytda ularni poylab o‘tirgan Bahriddinova va uning o‘g‘li Abdusattor ov miltig‘idan havoga qaratib o‘q uzishdi. O‘q ovozidan qo‘rqib ketgan Xursand va Murod qochishni boshladi. Shundan so‘ng, Abdusattor qochib ketayotgan Xursand va Murodga qarata yana bir marta o‘q uzadi. Buning natijasida Murod chap buyragi va jigaridan jarohat olib, og‘ir tan jarohati oldi. Xursandning ham tanasida o‘qdan olgan jarohat izlari mavjud bo‘lib, ikkala o‘smir 2 kundan keyin kasalxonada vafot etishdi.

Keyinchalik Bahriddinovaning tushuntirishicha, ular o‘qni Xursand va Murodni to‘xtatish maqsadida otishganligini, biroq ular buni tushunmaganligi uchun qochib ketishganligini aytadi.



Bahriddinova va uning o‘g‘li Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi?

Sodir etilgan qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash sifatida baholash mumkinmi?

Sodir etilgan qilmishni Jinoyat huquqi nazariyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi tushuntirishlaridan kelib chiqib huquqiy tahlil qiling.
Kirish

Barchamizga ma’lumki, yurtimizda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3723 son Qaroriga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat protsessual qonunchiligini takomillashtirish konsepsiyasi” ishlab chiqilgan. Ushbu konsepsiyaning 1-qismi jinoyat qonunchiligini takomillashtirishga doir bo‘lib, 5-bandi jinoyatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish, fuqarolarga yuksak huquqiy madaniyatni singdirish, ularni Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish ruhida tarbiyalash kabi ustuvor vazifalarni o‘z ichiga oladi. Darhaqiqat, bugungi kunda yurtimiz har sohada taraqqiy etib bormoqda. Ayniqsa, jinoyat qonunchiligining samarali tizimini yaratish qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlash, inson huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, tinchlik va xavfsizlikni ishonchli himoya qilish uchun muhim qadam bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.



Asosiy qism

Yuqorida bizga berilgan kazusga huquqiy baho berishdan avval ushbu jinoyatning tarkibini aniqlab olishimiz lozim.



Jinoyat obyekti boshqa shaxsning sog‘lig‘i. Ya’ni bu o‘rinda boshqa shaxs salomatligining holati va shaxsiy xususiyatlarining ahamiyati ro‘l o‘ynamaydi. Boshqa shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetkazish hodisasini aniqlashda uning badaniga shikast yetgan vaqtidagi salomatligining holati inobatga olinadi.

Jinoyatning obyektiv tomoni huquqqa xilof ravishda boshqa shaxsning sog‘lig‘iga zarar yetkazish. Badanga shikast yetkazish quyidagi vositalar orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Jismoniy ta’sir (mexanik, termik, elektr toki va boshqalar);

  • Badanga kimyoviy yoki biologik faol vositalar bilan ta’sir etish;

  • Ruhiy ta’sir etish.

Jinoyat subyekti Jinoyat kodeksining 17-moddasiga muvofiq jinoyat sodir etayotgan vaqtda 14 yoshga to‘lgan aqli raso jismoniy shaxs.

Subyektiv tomondan yuqoridagi vaziyatda badanga og‘ir shikast yetkazishga nisbatan egri qasd, jabrlanuvchining o‘limiga nisbatan aybning ehtiyotsizlik shakli sifatida tavsiflanadi.

Bahriddinova va uning o‘g‘li Abdusattorni sodir etilgan qilmish uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkinmi, degan savolga javob beradigan bo‘lsam, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasiga muvofiq ushbu qilmish bo‘yicha jinoiy javobgarlik masalasi yuzaga keladi. Fikrlarimni asoslash maqsadida quyida bir nechta holatlarni keltirib o‘taman.

Birinchidan, badanga shikast yetkazish deyilganda, boshqa odamning erkiga qarshi sodir etilgan, uning to‘qimalari va a’zolarining anatomik yaxlitligi yoki fiziologik funksiyalari tashqi muhit ta’siri ostida yoxud aybdor tomonidan jismoniy ta’sir ko‘rsatish bilan ishdan chiqarishda ifodalangan sog‘lig‘iga huquqqa xilof ravishda zarar yetkazishni tushunish lozim. Qasddan badanga shikast yetkazishning muqarrar sharti – sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va uning natijasida yuzaga kelgan jinoiy oqibat o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishni aniqlashdir. Negaki, sababiy bog‘lanish bo‘lmagan holatda vujudga kelgan oqibatlar shaxsni aybdor deb topishda istisnolik qiladi.

Badanga og‘ir shikast yetkazish belgilari sifatida quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan:



  • Shikast yetkazilayotgan vaqtda hayot hchun xavflilik;

  • Ko‘rish qobiliyatini yo‘qotish;

  • Nutqni yo‘qotish;

  • Eshitish qobiliyatini yo‘qotish;

  • Biror-bir a’zoni yo‘qotish yoki a’zoning bajaradigan vazifalarini butunlay bajara olmay qolishi;

  • Ruhiy kasalga chalinishi;

  • 33%dan ziyod umumiy mehnat qobiliyatini butunlay yo‘qotish bilan bog‘liq sog‘liqqa shikast yetkazish;

  • Homilaning tushishi;

  • Badanni tuzatib bo‘lmas darajada xunuklashtirish.1

Ikkinchidan, Yuqoridagi holatda sodir etilgan jinoyat natijasida Murodning chap buyragi hamda jigariga o‘q tegishi shu bilan birga Xursandning ham tanasida o‘q izlari mavjud ekanligi jinoyatning qanday kvalifikatsiya qilinishi uchun muhim belgilar hisoblanadi. Qolaversa, jabrlanuvchi Murod hamda Xursand 13 yoshda bo‘lgan, ya’ni ular voyaga yetmagan shaxs hisoblanadi.

Uchinchidan, ushbu jinoyat moddiy tarkibli jinoyat hisoblanadi. Chunki sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish bilan birga ijtimoiy xavfli oqibat ham yuzaga kelgan (jabrlanuvchi shaxslar Murod hamda Xursandning og‘ir tan jarohati natijasida vafot etishi).

To‘rtinchidan, Bahriddinova hamda uning o‘g‘li Abdusattor avvaliga osmonga qarata o‘q uzishgan. Ammo keyinchalik ular jabrlanuvchi Murod va Xursandga qarata o‘q uzishgan va tergov davomida atayin qilmaganliklarini aytib bu holatni o‘zlaridan soqit qilishgan.

Sodir etilgan qilmishni ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash sifatida baholash mumkinmi?

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash ijtimoiy foydali va huquqiy faoliyatning turidir. Mazkur holat javobgarlik muqarrarligi tizimining amal qilishini keltirib chiqaradi. Jinoiy-huquqiy munosabatlar doirasida faqat ushlangan shaxsga noilojdan zarar yetkazish holatlari uchrab turadi. Faqat ikki guruh shartlariga rioya qilinganda shaxsga bunday zarar yetkazish jinoiy bo‘lmaydi.

1 Jinoyat kodeksiga sharhlar (Maxsus qism). Toshkent, Adolat – 1997.


Download 33.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling