Bahtli bo’lishning 10 ta siri 1-sir: Munosobatlar kuchi


Download 27.14 Kb.
Sana10.12.2020
Hajmi27.14 Kb.
#164139
Bog'liq
Bahtli bo'lishning 10 ta siri


Bahtli bo’lishning 10 ta siri

1-sir: Munosobatlar kuchi

  • Mening baxtim hayotga bo’lgan munosobatimga asoslangan.

  • Mening aqlim qay darajadagi baxtga chog’lansa, o’shancha baxtiyorman. Shu lahzadan boshlab o’z aqlimni baxtni tuyish uchun yo’naltiraman.

  • Agar yaxshi natija umid qilsam, unga yetishishga albatta harakat qilaman.

  • Baxt – bu har qanday lahzada, har qanday joyda, hamma yoqda o’zim tanlashim mumkin o’lgan imkoniyat.

  • Har bir anduhning ijobiy ahamiyati mavjud nuqtayi nazarni topish mumkin.

  • Shu lahzadan e’tiboran har bir narsa va hodisaning yaxshi jihatlarini izlay boshlayman.

  • Har qanday og’ir va murakkab vaziyatda o’zingizga uchta savol berish lozim:

  • Bu vaziyatni nimasi ajoyib?

Unda ajoyib nima bo’lishi mumkin edi?

Hali mukammal bo’lmagan tomoni qaysi?

Vaziyatni tuzatish va bu jarayondan qoniqishim uchun nima qila olaman?


  • Asl Baxtiyorlikning negizi Shukronalikdir. Endi shukronalik bildirishga arzigulik narsalarni qidiraman.

  • Zinhor tashqi shart-sharoitlar emas, faqat fikr-u o’ylarim meni baxtli yo baxtsiz qiladi.

  • O’y fikrlarimni boshqarar ekanman, baxtimni ham boshqaraman.

2-sir : Tana Kuchi

  • Harakat sezgilarga ta’sir qiladi.

  • Jismoniy mashqlar stresslarni yengillashtiradi va tanada o’zingizni yaxshi sezuvchi kimyoviy reaksiyalarni paydo qiladi.

  • Muntazam ravishda – imkon boricha, har kuni, kamida 30-daqiqa davomida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanmoq darkor.

  • Mening hissiyotlarim qaddi bastimga ta’sir etadi. Tanning bardamligi baxtiyorlik hissini vujudga keltiradi.

  • Baxtiyorlik hissini istagan lahzada “langar” yordamida anglab chaqirish mumkin.

  • Ovqatlanish o’zimizni qanday his qilishimizga ta’sir etadi. Kofe, choy, alkogol, qandga boy oziq-ovqatlar va sun’iy qo’shimchalardan uzoqroq bo’lish zarur hamda ho’l meva va sabzavotlar, donli va dukkakli oziqlarni ko’proq iste’mol qilishga harakat qilish kerak.

  • Tabiiy yorug’lik yetishmasligi ruhiy tushkun ahvolga olib kelishi mumkin.

  • Bir kunda kamida bir soat ochiq havoda bo’lish zarur.

3-sir : Lahza Kuchi – lahzada yashash quvvati.

  • Baxt yillar, oylar, haftalar va hattoki kunlar ichida yashiringan emas, lekin uni har bir lahzadan topish mumkin.

  • Har bir lahzadan yaxshisini sug’irib olsakkina, umrimizni mazmunli qilishga erisha olamiz.

  • Xotiralar o’ziga xos fursatlardan iborat, unday lahzalarni imkon qadar ko’proq yig’avering.

  • Kechayotgan lahzadagi hayot afsus anduhni yo’qotadi, xavotirni yengib o’tadi va stressni pasaytiradi.

  • Har bir yangi kun yangi muqaddima, yangi umrdir.

4-sir : O’zi Haqida Tasavvurlar Kuchi.

  • “Inson o’zi haqida qanday o’ylasa aslida shundaydir” . Biz o’zimizni qanday deb hisoblasak , xuddi shundaymiz. Agar o’zimdan norozi bo’lsam, demak butun umrimdan ham norozi bo’laman. Shu sababli baxtli hayotga erishish uchun o’zimdan mamnun bo’lishga urinishim lozim.

  • Har bir inson noyobdir. U g’olib hisoblanadi, chunki uch yuz milliondan bir imkoniyat aynan shu kishining tug’ilishiga to’g’ri keldi.

  • Odamlar bizni aksimizni ko’rsatuvchi – qiyshiq ko’zgulardir.

  • O’zingizdagi nuqsonlar va o’zingiz haqingizdagi salbiy qarashlaringizni yengish hamda o’z ijobiy qiyofangizni yaratish uchun quyidagilar zarur:

Negativ tasavvurlar qanday yuzaga kelgani va ular adolatli ekanini aniqlash (agar ular asosli bo’lsa, o’zingizni o’zgartirishga kirishmoq darkor).

Siz qanday inson bo’lishni istashingiz haqida har kuni o’zingizga ijobiy qarashlaringizni aytaverish.

Qanday inson bo’lishini istasangiz, o’zingizni shunday tutish.

O’zingizdagi qanday jihatlaringizni va qaysi fazilatlaringiz uchun hurmat qilishingizni o’zingizdan so’rash.



5-sir : Maqsad Kuchi.

  • Maqsadlar umrimizga ma’no va mazmun kiritadi.

  • Agar maqsadga ega bo’lsak, fikrimizni azob uqubatlardan qutulishga emas, rohat – farog’atga erishishga jamlaymiz.

  • Maqsadlar har tong o’rindan turishga arzigulik sababga aylanadi.

  • Maqsadlar o’gir davrlarni osonroq, dorilomon kunlarni yanada yoqimliroq qiladi.

  • “ Tebranma kursi uslubi “ maqsadlarni butun umr va belgilangan qisqaroq muddatga tanlash imkonini beradi.

  • Barcha maqsadlaringizni yozib qo’ying va ularni ertalab uyg’ongan zahotingiz, kun davomida va uyqudan oldin qaytalab o’qing.

6- Sir : Kulgi Kuchi.

  • Hazil – mutoyiba stresslarni yengillashtiradi va baxt tuyg’usini chaqiradi.

  • Kulgi diqqatni jamlash qobiliyatini kuchaytiradi va masalalarni yechishni yuksaltiradi.

  • Har qanday sharoitda kulgili tomonlarni izlasangiz, topish mumkin.

  • “Bu vaziyatning nimasi yomon ?” savolidan ko’ra, o’zingizdan : “Buning kulgili joyi qaysi?” yoki “ Bunda nimasi kulgili bo’lishi mumkin edi?” deb so’rang.

  • Antistressning ikki qadamli ifodasiga tez-tez murojaat qiling:

Mayda chuydalarga tashvishlanavermang ;

Umrning kattagina qismi mayda – chuydalardan iboratligini yodingizda tuting!



7- sir : Kechirish Kuchi .

  • Kechira bilish Haqiqiy Baxt eshigini ochish kaliti hisoblanadi.

  • Agar ichingizda nafrat va jabrlar qolgan bo’lsa, baxtli bo’lishning iloji yo’q. Jabru sitamlaringizdan boshqa hech kim aziyat chekmasligi zarurligini yodingizda tuting!

  • Adashish va omadsizliklar hayot saboqlari bo’lib hisoblanadi.

  • Boshqalarni kechiring. O’zingizga nisbatan kechirimli bo’ling.

  • Inson kechirim so’ramasa xato qiladi, kechirmay yashasa o’ziga jabr qiladi!

8- sir : Bera Olish Kuchi.

  • Biror narsaga erishish va o’zi uchun nimadir xarid qilishda baxt topish mushkul.

  • Baxt – o’zgalarga bera olishda va yordam berishda yashiringan.

  • O’zgalar uchun qanchalar ko’p quvonch va baxt keltirsak, unga o’zimiz shunchalar ko’p ega bo’lamiz.

  • Har kuni atrofdagilarga hadya etish uslublarini izlagancha shaxsiy baxt yaratish mumkin.

9-sir : O’zaro Munosabatlar Kuchi- umrimiz mazmuni o’zaro munosabatlarimiz bilan belgilanadi.

  • Hayotning mazmuni – odamlar orasidagi o’zaro munosabatlar sifati bilan belgilanadi.

  • Hech kim kimsasiz orolda yashamaydi. Har bir odam boshqa insonlarga nisbatan talabgorlik sezadi.

  • Yaqin o’zaro munosabatlar dorilomon zamonlarni yanada ajoyibroq, og’ir davrlarni esa osonroq qiladi.

  • Baham ko’rilgan quvonch – ikki barobar ortiq quvonchdir, birov bilan bo’lishilgan muammo esa yarmi qolgan muammodir.

  • Har bir kishiga go’yo uni hech qachon qaytib ko’rmaydigandek munosabatda bo’ling!

  • Shodlikni kutuvchi har bir inson- uni bo’lishishi shart - axir baxt egizakdek tug’ilgan!

10- sir : Ishonch Kuchi.

  • Ishonch Haqiqiy Baxtning poydevori hisoblanadi.

  • Ishonchsiz davomli baxt bo’lishi mumkin emas.

  • E’tiqod odamlarda ishonch uyg’otadi, aqllni tinchlantiradi va qalbni shubha, tashvish, behalovatlik va qo’rquvdan xalos etadi.

  • Qadim bir rivoyat bor, Qaysidir, olis qirg’oqda,

G’am-anduhlar chekinar nari, Do’stlar qayta uchrashgan chog’da.

  • Ishonch har bir munosabatning poydevori! Ishonch bo’lmasa hech bir munosabat qolmaydi. Har bir rishta negizi – ishonchdadir.

Download 27.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling