Bajardi: 19/6 guruh talabasi Tangatarova Charos


Download 13.76 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi13.76 Kb.
#105154
Bog'liq
ped


Chirchiq davlat pedagogika instituti

Mustaqil ish

Mavzu : Pedagogik aksiologiyaning ijtimoiy-pedagogik ahamiyati

Bajardi: 19/6 guruh talabasi Tangatarova Charos

Tekshirdi: Tojiboyeva Gulmira

Pedagogik aksiologiyaning ijtimoiy -pedagogik ahamiyati



Mundarija:

Kirish


1. Boshlang‘ich ta’lim tizimida pedagogik aksiologiyadan foydalanishning nazariy pedagogik asoslari

2. Pedagogik aksiologiya haqida

3. Pedagogik aksiologik muammolar va ta’lim tizimida foydalanishning pedagogik shart- sharoitlari.

4. O‘quvchilarda milliy iftixor tuyg‘usini shaklantirishning aksiologik ahamiyati.

XULOSA

Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli bilimlarni



uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-atvorni

shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U

davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi,

deb hisoblagan. Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan

holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli

yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir. Pedagogik

aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli munosabati,

qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.

Aksiologik muammolarga doir nazariy manbalardagi qadriyat tushunchasining

mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs

va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va

ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Mustaqillik yillarida

respublika ijtimoiy-siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga bo‘lgan ehtiyoj sezildi.

Bu ehtiyojni qondirish omillaridan biri aholi, shu jumladan, yoshlarda milliy iftixor

tuyg‘usini shakllantirishdir. Zero, milliy iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lgan inson yurt

mustaqilligi, xalq ozodligi yo‘lida kurasha oldi.

Milliy tuyg‘uning yoshlarni Vatan uchun fidoiy insonlar etib tarbiyalashdagi

beqiyos ahamiyatiga to‘xtalib o‘tar ekan, O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti

I.A.Karimov quyidagilarni ta’kidlaydi: “Milliy tuyg‘u inson uchun tabiiydir,

chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola o‘z ota-onasiga, butun dunyoga

aytgan birinchi so‘zida ifodalanadi. O‘z xalqiga, uning an’anlariga, tili va

madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, o‘z xalqini,

millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi

haqiqiy insonni, o‘z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash mumkin emas”

Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning shaxs kamoloti va uni

ta’minlash to‘g‘risidagi qarashlari zamonaviy bosqichda jahon ta’limi uchun

muhim asosdir. Milliy pedagogik qadriyatlarni mavjud sharoitda demokratik

qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim mazmuniga insonparvarlik va demokratik

g‘oyalarni singdirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish, ta’lim-

tarbiya samaradorligini oshirish - davr talabidir.

Boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarga ajdodlar, shuningdek, bugungi davr

qahramonlarining faoliyati, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, madaniyati,

san’ati, fan-texnika, ishlab chiqarish sohalarida erishilayotgan yutuqlari bilan

faxrlanish, g‘ururlanish, iftixor etish tuyg‘usini qaror toptirish uzluksiz ta’lim

tizimi oldiga qo‘yilayotgan muhim ijtimoiy vazifalardandir.

“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh

qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan uchinchi bandida milliy o‘zlikni

anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usining

shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning

intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.

Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish - Pedagogik aksiologiya va undan

boshlang‘ich ta’lim tizimida foydalanish texnologiyasi o‘z еchimini kutayotgan

dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.

Oila,davlat va diniy muassasalar (maktab va madrasalar) eng qadimgi davrlarda

o‘qitish tizimining markaziy figuralari hisoblanar edi. Shu sababali ta’limning turli

shakllari oilada o‘qitish, machitlar qoshidagi maktablarda ta’lim olish, xususiy va

madrasa ta’limi vujudga keldi.

O‘rta asrlarda (XIII – XIV) Yevropadagi shahar maktablarida ona tili va lotin

tilida dars o‘tilar, ta’limda amaliy bilimlarni o‘rgatish birlamchi ahamiyatga ega

edi.Bugungi kunda “qadriyat” so‘zini tez-tez qo‘llash oddiy

holga aylandi.

Qadriyatlar maxsus fan hisoblangan “Aksiologiya” tarkibida o‘rganilmoqda.

“Aksiologiya” (yunoncha qadriyat, ta’lim) falsafa fanining bir bo‘limi bo‘lib, u

qadriyatlar tabiatini falsafiy jihatdan tadqiq etadi.

Endilikda faqat o‘tmish bilan bog‘liq hodisalarigina emas, balki yangi davr

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari, mustaqillik sharoiti va imkoniyatlari asosida

shakllanayotgan ijtimoiy- ma’naviy hodisalar ham qadriyat deb atalmoqda.Ta’lim — ijtimoiy faoliyat sohasi sifatida bugungi kunda jamiyatdagi, umuman

jahon tamadduni qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonida shaxs rivojlanishi uchun

shart-sharoit yaratishga qaratilgan. Shuning uchun ta’lim va bilish faoliyati, tarbiya

va o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish va ijtimoiylashtirish

uyg‘unlashuviga aylanib bormoqda. Ta’lim tizimiga, xususan, Kadrlar tayyorlash

davlat dasturi asosiga ham qadriyatlarni shakllantirish singdirilgan. Ta’lim maqsadi

— har bir shaxs, jamiyatni rivojlantirish va global miqyosda moddiy, madaniy,

ma’naviy qadriyatlarni saqlash hamda rivojlantirishdir. Mustaqil va erkin

fikrlovchi shaxsni, vatanparvarlik, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sodiq

fuqaro, malakali mutaxassisni shakllantirish uchun shart-sharoitni ta’minlash talab

etiladi.Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli,aql-farosatli va

bilimdon qilib tarbiyalash davr talabi. Yoshlarni har tomonlama ma’naviy еtuk

barkamol shaxs sifatida tarbiyalash murakkab va muhim vazifalardan bo‘lib, oila,

ta’limmuassasalari, mahalla va jamoatchilik bu yuksak maqsadni amalga oshirishda

bevosita birdek mas’uldirlar. Barkamol shaxsni tarbiyalashda, bolani dunyoga

kelganidan boshlab to voyaga etguniga qadar bo‘lgan davrdagi psixologik

xususiyatlarini bilish, tug‘ma layoqatlarini aniqlash, shuningdek qulay muhit

yaratish, ta’lim tizimida faol ishtirokini ta’minlashda tarbiyachilar, pedagoglar va

psixologlar, ota-onalar mas’ulligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Chunki

oilaviy tarbiya bolani ta’lim tizimiga, ya’ni maktabgacha tarbiya muassasasi

faoliyatiga tayyorlaydi, maktab hayoti esa bolalarga yangi bir dunyoni ochib

beradi. Aynan maktab davrida bolaning asosiy faoliyati o‘zgaradi. Har bir jamiyat

a’zosi oila bag‘rida voyaga еtadi, ijtimoiy munosabatlarni o‘zlashtiradi va insoniy

fazilatlarni namoyon etadi. Yoshlarni hayotga, ongli mehnat faoliyatiga

tayyorlashda oila va pedagogik faoliyatning tarbiyaviy jarayonni to‘g‘ri tashkil

etishi zaruriy vazafadir. Shu maqsadda mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida

ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar, avvalo, oila qadriyatlarini

eng ilg‘or an’analarini tiklashga qaratilgandir. Oila va mahalla boshqa tarbiyaviy

muassasalardan farqli ravishda odamning butun hayoti davomida uning barcha

tomonlariga, qirralariga ta’sir ko‘rsatishga qodirdir va odatda ta’sir

ko‘rsatadi . O‘zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya mazmuni tashkil etilishiga

oid pedagogik omillar mavjudki, bularni hisobga olishga majburdirmiz. Bola

maktabga qadam qo‘yganda yaxshi va yomon narsalar haqida o‘z tasavvuriga ega

bo‘ladi. O‘qituvchi bolada qanday axloqiy tushunchalar mavjudligini va axloqiy

fazilatlar qanday sharoitda shakllanganligini ham bilmog‘i kerak. Shuning uchun

ham muallim o‘quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog‘lab, bolani tarbiyalashda

ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi darkor. Tarbiyaning samaradorligi

ko‘pincha oila va maktabning bolaga nisbatan bir xil talab qo‘ya bilishiga bog‘liq.

Shuning uchun ham pedagogik axloqda o‘qituvchi bilan ota-onalarning o‘zaro

munosabatlari, muomalasiga katta e’tibor beriladi, muallim oila bilan aloqa va

hamkorlik qilmasdan turib, bolani ma’naviy -ma’naviy -axloqiy tarbiyalash

vazifasini bajara olmaydi. Chunki maktab oilada shakllangan ma’naviy-axloqiy

fazilatlarni mustahkamlashi yoki illatlarni yo‘qotishi lozim bo‘ladi.Bolalarni

barkamol inson qilib еtishtirishda maktabni oila bilan bog‘lamasdan, muvaffaqiyatga

erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab ota-onalar o‘rtasida ta’lim-tarbiyaga oid

ishlarni kengaytirishi lozim. Ota-onalarning o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvida

aytgan fikrlari ayniqsa, ota-onalar uchun qimmatlidir, chunki ular o‘z farzanlari

to‘g‘risida ko‘proq narsalarni bilib oladilar.

Shunday ekan, bola tarbiyasining tub mohiyatini unutgan har bir ota-ona oila bilan

maktab o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladilar. Bola maktabga kirib,

to uni tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqin aloqa o‘rnatishi,

farzandining o‘zlashtirishi, xulq-atvoridan hamisha xabardor bo‘lishi tarbiya

masalalari bo‘yicha o‘qituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib, uni darsdan so‘ng

bolani nima bilan mashg‘ulligidan xabardor qilishi lozim.Ta’lim bu insonda

insoniylikni tarkib toptirishdir.Ta’limning ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati

uni qadriyatli bilimlarni uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat,

qadriyatli xulq-atvorni shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab

o‘tgan edi. U davlatning asosini qolgan barchasi unga bog‘liq bo‘lgan yagona birlik

aks ettiradi, deb hisoblagan. Bunday asos - olijanoblikdir.Pedagogik aksiologiya

inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda, ta’limiy qadriyatlarni muhokama

etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar

sohasidir.Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli

munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.

Aksiologik muammolarga doir nazariy manbaalardagi qadriyat tushunchasining

mohiyatini taxlil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs

va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va

ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki

jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa,

insonning xulq-atvori va xatti-harakatini rag‘batlaydi.Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo‘ljalga olinadi, ular esa uning insonparvarlikka

yo‘nalganligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi sifatida namoyon bo‘ladi.

Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining konseptual interpretatsiyasi konteksti

sifatida maydonga chiqadi, imperashv xulq-atvor - meyor sifatida, qadriyatli

munosabat - u yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan mana

shunday ko‘rinishda dunyoni bilish aksi va qadriyatli munosabat ma’naviy

boshqarilishi ham yo‘naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulq-atvorini

tashkillashtiradi. Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkillashtirilgan umuminsoniy

qadriyatlar interiorizatsiyasi jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat

shaxsni faol faoliyatga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga uyg‘otishi

uchun, insonning ongli ravishda tushunib еtishi hali kamdir.

Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi har tomonlama barkamol, salohiyatli

avlodni tarbiyalashga bog‘liq. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Oliy

majlisining IX sessiyasida ta’lim- tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon

talablari darajasiga ko‘tarish asosiy maqsad qilib olingan.

Ana shunday dolzarb vazifani amalga oshirishda o‘zbek xalqining milliy-

ma’rifiy qadriyatlarini boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘rganish, amaliyotga tatbiq

etish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, barkamol insonni shakllantirmasdan turib,

jamiyatni hozirgi davr talabi darajasida rivojlantirib bo‘lmaydi.Ta’lim-tarbiya oldida

turgan asosiy maqsad yosh avlodga ajdodlarimizning dono tajribalarini singdirish,

insoniy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, Vatan va millat oldidagi burch va

mas’uliyatni xis qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish xislatini qaror toptirishdan

iboratdir. Bu borada ham Sharq falsafasi va islom ta’limotidan unumli

foydalanmog‘imiz lozim, chunki ajdodlarimiz tomonidan qonunga rioya qilish, unga

bo‘ysunish kabi masalalar chuqur va atroflicha ishlab chiqilgan. Bunga islom

ta’limotining durdonasi hisoblangan «Shariyat» va «Hidoya», «Temur tuzuklari» kabi

manbalar, ta’lim- tarbiya egallash masalasiga oid fikr-mulohazalar misol bo‘la oladi.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan olamshumul voqealardan biri –

bu milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi bo‘ldi. Binobarin, milliy qadriyatlar millat

vakillari tomonidan o‘zlikning anglanishi, ularning milliy g‘urur va iftixorga ega

bo‘lishlarida muhim omil sanaladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti

I.A.Karimov quyidagi fikrlarni ilgari suradi:«O‘zbekistonning milliy-madaniy

jihatdan g‘oyat rang-barangligi, milliy o‘zligini anglash va ma’naviy qayta

tiklanishning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq

jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo‘lib xizmat qiladi va respublikaning

jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi»

9 . O‘zbek xalqi asrlar davomida kelayotgan yil dehqonchiligining xayrli, barakali

bo‘lishi uchun ekin ekish, dalaga ulov chiqarish va urug‘ qadashga tayyorgarlik,

yangi niyatlarning tug‘ilishi ayyomi sifatida Navro‘zni ulug‘lab, uni katta tantana

sifatida nishonlab kelgan. Navro‘z bayramini nishonlashda millatning o‘zligi, uning

tabiatga bo‘lgan muhabbati namoyon bo‘lgan.

O‘zbek xalqiga xos milliy xususiyatlar, uning milliy madaniyati, ilm-fan, san’at va

adabiyot sohasida erishgan yutuqlari, oilaviy turmush tarzi, bola tarbiyasida

qo‘llangan usul va tadbirlarida namoyondir. Milliy urf-odatlar, an’analar, madaniy

merosi – bu noyob yodgorlik, barcha ma’naviy boyliklarning tarkibiy qismi, inson

aql-idroki va tafakkurining yutug‘idir. Har bir millatning ajdodlaridan meros o‘ziga

xos bilim boyliklari, tajriba va tarixiy saboqlari, odob- axloq, ta’lim-tarbiyaga oid

o‘gitlari va yo‘l-yo‘riqlari saqlanadi. Bu bebaho boylikni o‘sib kelayotgan avlodga

еtkazish, ulardan to‘g‘ri xulosalar chiqarish, ular bilan faxrlanish va ular orqali milliy

iftixor tuyg‘usini shakllantirish yaxshi natijalar beradi.osh avlodni hayotga

tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llangan usul va vositalar, tadbir shakllari, urf-

odatlar, an’analar, tarbiya haqidagi g‘oyalar-hayotiy tajribalar o‘zbek xalq

pedagogikasida mujassamdir.

O‘tmishda oilada turli mavzudagi ertak, latifa, hikmatlardan keng foydalanilgan.

Ota-onalarning tunda uyqu oldidan aytib bergan ertaklaridan bolalar ruhiy oziq olgan,

hayotdagi va odamlardagi yaxshi fazilat, yomon xislatlarni bilib olishgan, hurmat va

muruvvat, adolat kabi tushunchalar haqida tasavvurga ega bo‘lishgan.Xalq

pedagogikasida og‘zaki ijod namunasi bo‘lgan dostonlar ham tarbiyaviy ahamiyati

jihatidan salmoqli o‘rinni egallaydi. O‘zbek xalqi yaratgan dostonlarda xalq hayoti,

urf-odatlari, xarakteri, milliy mustaqillik uchun olib borgan kurashi, g‘alabaga

ishonchi aks ettirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarimizga

nisbatan milliy iftixor tuyg‘usini shakllantirish va rivojlantirishda , umumiy ta’lim

maktablari, litseylar, kollejlar, o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, mahalla-ko‘y, har xil

jamoat tashkilotlari, gazeta va jurnallar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, badiiy

adabiyotlar, tabiiy, ijtimoiy, gumanitar fanlar, san’at asarlari – barcha-barchasi bir-

biridan kam bo‘lmagan darajada o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.Xalqimizning

bilimi, hayotiy tajribalari, madaniyati, san’ati, axloqiy qarashlari, shonli tarixi,

yuksak orzu intilishlari, eng qimmatli milliy an’analari singgan folklor namunalarini

o‘rganish orqali yoshlar qalbida millatimizga xos g‘urur, bag‘rikenglik, mehnatda

fidoyilik, vatanga sadoqatlilik, do‘st-yorga vafodorlik, shijoatlilik, halollik, mehr-

oqibatlilik, or-nomuslilik, bir so‘zlilik, andishalilik kabi xususiyatlarni singdirish

orqali ularda milliy iftixor tuygusini shakllantirish muhim ahamiyatga ega, deb

hisoblaymiz.Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf

o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning komil inson bo‘lib

еtishishlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof

etildi.


Mustaqillik yillarida yosh avlod, jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini

ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, ularning kelajakda barkamol insonlar bo‘lib

еtishishlariga erishish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deya e’tirof

etildi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy qadriyatlarlarimizga nisbatan milliy

iftixor tuyg‘usiga ega bo‘lishlarida alohida ta’sir kuchiga ega bo‘lgan omillardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.O‘zbek xalqi

o‘ziga xos milliy urf-odat, an’analari, jasur, qahramon farzandlari, ilm-fan va san’at,

davlat va jamoa buyuk namoyandalari, ona-Vatani bilan faxrlanadi. Zero, o‘tmishda

bu buyuk ajdodlarimiz ko‘rsatgan qahramonlik, fidoyilik, O‘zbekiston go‘zalligi

bugungi yoshlarimizda milliy aksiologiyamizga nisbatan iftixor tuyg‘usining

shakllanishi va barqaror bo‘lishiga xizmat qilishi tabiiydir. Shu sababli ham iftixor

ramzibo‘lgan millat, xalqning o‘zligini anglashi, o‘zining milliy qadriyatlari, urf-

odatlarini unutmasdan, ularni tiklab, avaylab, boyitib o‘sib kelayotgan avlodga

еtkazish lozim.

Ta’limning asosiy masalalaridan biri, shubhasiz, uning uzviylik va uzluksizlik

tamoyiliga tayanishi bilan bog‘liqdir. Bu didaktik qadriyatlarga ham bevosita

tegishli bo‘lib, ajdodlarimiz tomonidan katta muvaffaqiyatlar bilan qo‘llanilgan

ta’lim mazmuni, shakl, usul va vositalaridan foydalanishga e’tiborsizlik bilan

qarash sho‘ro mafkurasi davrida o‘zbek pedagogikasi ham katta boylik, xazinani

yo‘qotgan edi, deb bemalol ta’kidlash mumkin.

Endilikda pedagog tadqiqotchilar oldida ma’naviy merosimizning ulkan

xazinasida munosib o‘rin egallagan boshlang‘ich ta’limga oid qadriyatlarni

aniqlash vazifasi turibdi.

Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki xalqimizning qon-qoniga singib ketgan

ezgulikka oid xislat vafazilatlarning har birini pedagogik aksiologiyadan foydalanib

boshlang‘ich ta’lim tizimiga joriy etish, pedagogik aksiologiyaning qimmatini oshiradi.

Bolalar qalbida xalqiga, Vataniga nisbatan faxrlanish, g‘ururlanish hissi

uyg‘onadi. Sekin- astalik bilan o‘quvchilar ongida singdirib borilgan bunday

pedagogik qadriyatlarimiz bolalar shaxsidagi odamiylik, qat’iyatlilik qirralarini



shakllantiradi. Bu esa komil inson tarbiyasi uchun bosh omil hisoblanadi.
Download 13.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling