O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALAR VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Pedagogika va psixologiya
Amaliy mashg’ulot
Bajardi: 221-18 guruh talabasi
Shokirova Dilafruz
1-Topshiriq
1.Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?
2.Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?
3.Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?
4.Tarbiyada oilaviy munosabatlar?
5.Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?
Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?
“Shaxs” tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan ko’pgina savollar psixologiya fani tomonidangina emas, balki falsafa, pedagogika, sotsiologiya, kriminalogiya va boshqa fanlar tomonidan ham o’rganiladi. Shaxs tushunchasining mohiyatli tomonlarini belgilab beruvchi turli xil ta’riflar mavjud. A.N. Leontev ta’rifiga ko‘ra: «SHaxs – faoliyat sub’ekti», A.G. Kovalevning – «shaxs ijtimoiy munosabatlar sub’ekti va ob’ekti sifatida», K.K. Aflotunovning – «shaxs – o‘z o‘rnini anglovchi layoqatli jamiyat a’zosi», S.L. Rubinshteynning – «shaxs – tashqi ta’sirlarning oldini oluvchi ichki sharoitlar yig‘indisi», A.V. Petrovskiyning – «shaxs – individ tomonidan jismli faoliyat va muloqotda orttirilgan, unga ijtimoiy munosabatlarga kirishganlik nuqtai nazaridan ta’rif beruvchi tizimli sifat», G. Ollportning – «shaxs hayoti davomida shakllanib boruvchi o‘ziga xos psixofixiologik tizimlar – ushbu insonga xos bo‘lgan tafakkur va hulq-atvorni belgilab beruvchi shaxs qirralari yig‘indisi» va boshqalarning ta’riflari shulardan iborat.
Individuallik – bu kishining o’ziga xosligi, uni boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik va fiziologik fazilatlar birikmasi. Shaxsning eng qimmatli sifatlaridan biri mustaqillik, ichki erkinlik, ichki o’ziga xoslikdir. Mustaqillik o’zganing yo’l-yo’rig’isiz muhim qarorga kelish va uni amalga oshirish qobiliyatini; mas’ullik, o’z xatti-harakatlari uchun javob berishga tayyorlikni; xulq, fe’l-atvorning realligiga, ijtimoiy jihatiga va ma’naviy to’g’riligiga bo’lgan e’tiqodni o’z ichiga oladi. Psixologiyada shaxsni bir qancha sturkturalari ishlab chiqilgan. Shulardan biri K.K. Platonov tomonidan taklif etilgan shaxsning dinamik funksional buzilishini ko’rib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |