Bajardi: Abdirahimov Afzalbek


Download 21.25 Kb.
Sana08.05.2020
Hajmi21.25 Kb.
#104226
Bog'liq
dinshunoslik


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI

Pedagogika psixologiya fakulteti Psixologiya yo`nalishi Abdirahimov Afzalbekning Dinshunoslik fanidan:

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Iso Masih hayotiga doir ma`lumotlar.
Bajardi: Abdirahimov Afzalbek
Qabul qildi: _____________________

Farg`ona-2020

Mavzu: Iso Masih hayotiga doir ma`lumotlar.
Reja:
1.Iso Masih tug`ilishi.

2.Iso Masihning faoliyati.

3.Xristian dinining jahon bo`ylab tarqalishi.


Iso, Iso Masih — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad (sav)dan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi. Qurʼonda, shuningdek, "al-Masih" ("xudo yarlaqagan"), Ibn Maryam ("Maryamning oʻgʻli"), Abdulloh ("Allohning quli"), Rasululloh ("Allohning elchisi"), Allohning muqarrabi (yaqini), "Haqni soʻzlovchi", deb taʼriflanadi. I.ga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, I. — Allohning oʻgli emas, Xudo ham emas. I. — Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga "Bani Isroil" qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. I. odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yet-kazdi.

Xristianlikda I.Iisus Xristos nomi bilan yuritilib, xrispgianlik asoschisi hisoblanadi ("Xristos" soʻzi yunoncha boʻlib, oʻzbek tilida "xaloskor" maʼnosini anglatadi). Xristian cherkovlarining aksariyati uni Xudo-odam sifatida ulugʻlaydi. Injilga koʻra, I. xudoning oʻgʻli boʻlgan, Vifleyem (hoz. Beyt Laxm sh.)da duradgor Iosifning xotini Mariyadan tugʻilgan. Iosif va Mariya goʻdagi bilan podshoh Irod I taʼqibidan qochib, Misrga boradilar, keyin Galileya (Falastin)ga qaytadilar. I. targʻibotchilik faoliyatini boshlab yuboradi. Uni Ioann Krestitel choʻqintiradi. I. atrofiga 12 shogird (apostol — havoriy)larni toʻplaydi. Xavoriylardan biri I. targʻibot qilayotgan yangi taʼlimotni oshkor etib qoʻygach, yahudiylar sudi — sinedrion I.ni oʻlim jazosiga hukm qiladi. Rim noibi Pontiy Pilat hukmni tasdiqlaydi, I. chormix qilinib qatl etiladi. Lekin u tirilib oʻz shogirdlari oldiga keladi. Xristianlar I.ning tirilib kelishi ("voskresenye")ga ishonadilar.

Fanda I.ning tarixiyligi eʼtirof etiladi. U 1-asrning 1-yarmida Falastinning Galileya mintaqasida Iisus (Iyeshua) ismi bilan sayyor daʼvatchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. I.ning tar-gʻiboti fariseylar va esseylar taʼli-moti kabi maxdud emas, balki falas-tin jamiyatining barcha tabaqalariga qaratilgandi. Shu boisdan ham keyingi asrlarda grekrim zaminida I. taʼlimotining tarafdorlari mahalliy tusdagi bu harakatni Oʻrta dengiz hav-zasini toʻligʻicha qamrab olgan olamshu-mul dinga aylantirishga erishdilar.

Iso Masih kim ekan? Savoldan farq qiladigani shuki, Xudoning mavjudligi haqida, ko’pchiliklar shubha qilishadi, haqiqatdan ham Iso mavjud bo’lganmi deb? Hamma tan olgan, Iso haqiqatdan ham odam bo’lgan, iikiming yil ilgari Isroil shahrida yashab. Lekin Iso kim bo’lganligi haqida savol to’xtalib o’tganida, qizg’in bahslarboshlanadi.


Ko’p dinlar, Iso Masih payg’ambar, ulug’ ustoz va taqvodor inson bo’lganligini tan olishadi. Lekin hamma ish shundaki, Muqaddas Kitobda yozilgan - Iso payg’ambardan, ustozdan yoki ilohiy odamdan ham yuqori bo’lgan. Mashhur masihiy yozuvchilardan biri K. Lyuis, o’zining “ Haqiqiy masihiylik” kitobida, quydagicha yozgan: “ Men Iso Masih haqida quydagi bema’ni aytganlarni: “ Men Iso buyuk payg’ambar bo’lganiga ishonaman, lekin U Xudo bo’lganligiga ishonmayman” deganlarni to’xtatmoqchiman. Bizga bunday deyishni keragi yo’q, ahir har bir oddiy kishi, Iso Masihga o’xshab bir nimani e’lon qilib aytsa, buyuk ilohiy ustoz bo’lib qololmasdi. Uni odam darajasidagi aqldan ozgan, o’zini pishirilgan tuxum deb, hisoblaydigan, yoki iblisning elchisi deb , qabul qilishgan bo’lar edi. Nimaga ishonishni o’zingiz tanlang - yoki bu odam haqiqatdan ham Xudoning O’g’li bo’lgan ( va hozir ham), yoki U aqldan ozgan va bundan ham battarog’i bo’lgan deb, ishonishingiz ham mumkin. Siz Uni ahmoq deb, hisoblashingiz mumkin, Unga tufurib jin deb , hisoblashingiz mumkin, yoki siz Uning oyog’iga yeqilib va Uni Rabbim va Xudovandim deb, nomlashingiz mumkin. Lekin muruvvatli, U ulug’ ustoz - odam bo’lgan deb, bo’lmagan gapni to’qib chiqarishni keragi yo’q, U bizga bunday tanlovni qoldirmagan, bu Uning rejalarida umuman bo’lmagan”.
Shunday qilib, Iso O’zini kim deb atagan? Bu masala bo’yicha Muqaddas Kitobda nima deb yozilgan? Avvalo kelinglar Isoning Yuhanno Xushxabari 10:30da aytgan so’zlariga qaraylik: “ Men va Otam - birmiz”. Birinchi qarashda bu O’zini Xudoligini e’lon qilayotganga o’xshamasligi mumkin. Lekin ahamiyat bering, Uning aytgan so’zlariga yahudiylarni ta’sirlanishiga : “ Yahudiy din arboblari Unga javoban: “ Seni xayrli ishing uchun emas, balki kufurliging uchun toshbo’ron qilmoqchimiz. Sen odam bo’la turib O’zingni Xudo deyabsan” ( Yuhanno Xushxabari 10:33). Yahudiylar Isoning aytganini tezlikda, O’zini Xudo ekanligini e’lon qilyabti deb, qabul qilishdi. Shuningdek keyingi misralarda Iso ularni fikrilaridan qaytarmoqchi ham emas va aytmayabti ham: “ Men O’zimni Xudo qilmayabman”-deb. Ya’ni bu shuni ko’rsatadiki, U haqiqatdan ham Xudoligini aytmoqchi bo’lgan: “ Men va Otam -birmiz”-deb. Yana bir matnni masala qilish mumkin -- Yuhanno Xushxabari 8:58: “Iso ularga:- Sizlarga rostini aytay: Ibrohim vujudga kelmasidan oldin Men bor edim”-dedi. Va yana Uning javobiga, yahudiylar uni toshbo’ron qilishmoqchi edi ( Yuhanno Xushxabari 8:59).O’ziga nisbatan “ Men bor” degan so’z birikmasini ishlatib, Iso to’g’ri Xudoning eskiahd ismiga dalil keltirdi ( Chiqish kitobi3:14).Faqat, Iso aniq kufurlik qilayotgani uchun, aniqrog’i O’zini Xudo deb, e’lon qilayotgani sabab, Yahudiylarda ,Uni toshbo’ron qilish niyatini tug’dirishi mumkin edi. Yuhanno Xushxabari 1:1da yozilgan: “ Kalom - Xudo edi”, 1:14da esa - “ Kalom inson qiyofasiga kirdi”. Bu aniq shuni ko’rsatadiki, Iso tandagi Xudo.Havoriylardan biri, Toma, Isoga shunday deb, murojaat qildi: “ Ey mening Rabbim va Xudoyim!” ( Yuhanno Xushxabari 20:28) - va Iso uni to’g’irlagani ham yo’q. Havoriy Pavlus Uni “… buyuk Xudo va Qutqaruvchimiz Iso Masih…”( Titusga maktub 2:13) deb izohladi, Havoriy Butrus ham unga qo’shimcha qilbi: “.. Xudoyimiz va Xaloskorimiz Iso Masih” – debi (1-chi Butrus maktubi 1:1). Shuningdek Ota Xudo ham, Iso kimligini guvohlik qilib: “ Ey Xudo, Sening taxting doimiy va abadiydir, Podsholiging hassasi - haqqoniyat hassasi” –deb, murojaat qildi( Ibroniylar maktubi 1:8). Eskiahd paytlarida Iso haqida shunday deb, bashorat qilishgan: “ Zero bizga chaqaloq tug’ildi - O’g’il berildi bizga : hukmronlik Uning qo’lida va Unga: Ajoyib, Maslahatchi, mastahkam Xudo, mangulik Otasi, dunyoning Hukmroni deb, ism qo’yishadi” ( Ishayo Kitobi 9:6) Shunday qilib K. Lyuis tasdiqlashi bo’yicha, Isoga ulug’ ustoz-odam deb, ishonish varianti ko’zda tutilmagan. Iso aniq va ochiq Xudo deb, nomlangan. Lekin U Xudo bo’lmasa, demak U aldayapti, shuning uchun aniq payg’ambar, ulug’ ustoz va ilohiy odam bo’lolmaydi. Shunday qilib, ko’p zamonaviy “ olimlar”, “ haqiqiy tarixiy Iso” , Muqaddas Kitobda yozilganicha, ko’p narsalarni aytmaganini tasdiqlashga urunishyabti.Lekin bizlar kim bo’libmizki, Iso aytganiga nisbatan Xudoning Kalomiga qarshi chiqsak. Nahotki zamonaviy olimlar, ikkiming yil avval Iso nima deganini yoki demaganini bilishsa, ahir Muqaddas Kitobda guvohlarni so’zlari yozilgan bo’lsa – Iso Masihning O’zi bilan birga yashagan, Unga ergashgan va Undan o’rganganlarni o’zlari yozishgan bo’lsa ( Yuhanno Xushxabari 14:26)?
Nima uchun haqiqatdan ham Iso kim degan savol shunchalik ham muhim? Nima uchun bu katta ahamiyatga ega, U Xudomi yoki yo’qmi? Eng muhim sabab, nima uchun U Xudo bo’lishi kerakligi, agar u Xudo bo’lmaganligida, Uning o’limi butun dunyoni gunohini to’liq to’lash uchun yetarlicha bo’lmas edi ( 1-chi Yuhanno maktubi 2:2). Faqat Xudoning O’zi bunday cheksiz bahoni to’layolardi (Rimliklar maktubi 5:8; 2-chi Korinfliklar maktubi 5:21). Iso bizning qarzimizni to’lash uchun Xudo bo’lishi kerak edi, va o’lish uchun U odam bo’lishi kerak edi.
Shunday qilib, Iso Masihga imon orqali, najotga erishish mumkin! Isoni Xudoligi shuni bildiradiki - U najotga yagona yo’l. Isoni Xudoligi shunga asoski , U e’lon qildi: “ Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi!”(YuhannoXushxabari14:6).
Xristianlik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi eʼtiqod qiladi. X.ning asosiy goyasi xudoodam — Iisus Xristos ([[Iso masih; q. [[Iso) haqidagi rivoyatlar bilan bogʻliq. Xristianlik taʼlimotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. [Iso kelajakda tiriklar va oʻliklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kdytib keladi. Uning oʻgitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. X.ning aqidalari, eʼtiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va boshqa mukaddas kitoblarda oʻz ifodasini topgan. Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar oʻrtasida paydo boʻlgan. Ilk Xristianlik dastlab iudsshzmdt ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda oʻz ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijgimoiy tarkibi vaqt utishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa aʼzolari (miryan)ga boʻlingan. Ayrimayrim jamoalar oʻrtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik toʻplab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni taʼqib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristianlik tarafdorlari boʻldilar. 4-asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi. Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi oʻziga xos tarixiy taraqqiyot Xristianlik cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning gʻarbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) boʻlinishiga olib keldi. X.ning bu boʻlinishi 1054 yilda rasman eʼtirof etilgan boʻlsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi asosiy oqimi — protestantizm yuzaga keddi. 19-asrning oxirida xristian cherkovlarining missionerlik faoliyati kuchaydi.

Mil.ning boshlaridayoq Xristianlik Markaziy Osiyo, ayniqsa, Marv va Baqtriyada keng tarqalgan edi. Ana shu davrda xristianlarning Markaziy Osiyoda mavjud boʻlganini cherkov, monastir, Xristianlikka oid buyum, qabrtosh hamda tanga kabi tarixiy ashyoviy dalillar isbotlaydi. Arablar bu hududni egallaganidan soʻng xristian jamoalarining faoliyati toʻxtagan. Xristianlikning Turkiston oʻlkasida keyingi paydo boʻlishi 19-asrning 40-yillariga toʻgʻri keladi. Oʻrta Osiyoda muqim pravoslav cherkovlarining birinchisi 1847 yilda Sirdaryo viloyatidagi Raim istehkomida qurildi. Shundan keyin Avliyoota (1866), Julek va Marki (1866), Turkiston (1866), Chinoz (1868), Oʻratepa (1867) istehkomlari, Toshkent (1865), Chimkent (1868), Jizzaxda (1866) pravoslav jamoalari tashkil qilinib, ularda doimiy harbiy ruhoniylar faoliyat olib bordilar. Soʻngra Zarafshon okrugiga qarashli Samarkand va Kattaqoʻrgʻonda ham jamoalar shakllandi. 1871 y. Rossiya imperatorining farmoniga binoan, Turkiston yeparxiyasi tashkil etilib, uning markazi Verniy (hozirgi Olmaota) shahrida joylashdi. 20-asr boshlariga kelib Turkistonda 306 pravoslav cherkovi bor edi. Bundan tashqari, oʻlkada 10,1 ming staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katolik, 26 ming yaxudochilar, 17,1 mingga yaqin boshqa dinga mansub kishilar istiqomat qilar edi. 1916 y. oxiriga kelib yeparxiya markazi Toshkentga koʻchiriddi. Bu vaqt Toshkentda 16 ta cherkov faoliyat koʻrsatar edi. 1936 yilda Rus Pravoslav cherkovi Patriarxining qaroriga asosan, yeparxiya Toshkent va Oʻrta Osiyo hamda Olmaota va Qozogʻiston yeparxiyasi nomi bilan 2 ga ajratidsi. Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasi tasarrufiga Oʻzbekistondan tashqari Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistondagi rus pravoslav cherkovlari xam kiradi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda Xristianlikning turli oqimlariga mansub dindorlar yashaydi.



Xulosa: Xulosa qilib aytganda men bu yozgan mustaqil ta`limim orqali dars davomida o`zlashtirganlarimni yanada mustahkamlab oldim. Xristianlik dini asoschisi va payg`ambari Isus Xristos haqida yana ham ko`plab ma`lumotlar topib o`zlashtirdim. Uning din olamida xristianlar uchun qanchalik qadrli ekanligiga ishonch hosil qildim. Kelgusida ham bunday ma`lumotlarni o`zlashtirishda davom etaman.
Download 21.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling