Bajardi: Baxtiyorov. F tekshirdi: Sultonov. B


Download 200.41 Kb.
Sana10.11.2021
Hajmi200.41 Kb.
#173363
Bog'liq
Iqtisodiy xavfsizlik 208 Baxtiyorov.F


Bajardi:Baxtiyorov.F

Tekshirdi:Sultonov.B

Raqamli iqtisodiyot va Axborot texnologiyalari kafedrasi

Raqamli iqtisodiyot 208-guruh talabasining Iqtisodiy xavfsizlik fanidan

,, Iqtisodiy xavfsizlik va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishi” mavzusida



Mustaqil ta`limi


Reja: I.Kirish 1. Xufyona iqtisodiyot o‘zi nima? 2. Yashirin iqtisodiyot bilan kurashish tamoyillari 3. Soliq tushumlari, soliq stavkasi va xufyona iqtisodiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik II.Xulosa

Xufyona (yashirin) iqtisodiyot deganda odatda mamlakat ichida yaratilgan (qo‘shilgan) qiymatning soliqqa tortilmay qolgan yoki davlat tomonidan nazorat qilinmaydigan va mamlakatning Yalpi ichki mahsulotida (rasmiy iqtisodiyot) aks etmay qolgan qismi tushuniladi.

“27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 43 ta davlat idorasining 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, deyiladi xabarda. Mazkur xabarning dolzarbligini inobatga olgan holda maqolada xufyona iqtisodiyot tushunchasi, yaxshi va yomon jihatlari hamda bu boradagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari yoritib beriladi.

Xufyona iqtisodiyotning asosan ikki turi ajratib ko‘rsatiladi. Biri korxonalar tomonidan  foydani kamaytirib ko‘rsatish /yashirish bo‘lsa (masalan, aholi va korxonalar bilan oldi -berdi ishlarining buxgalteriya hisobotlarda aks etmasligi), ikkinchisi ishchilar daromadining  kamaytirib ko‘rsatilishidir (masalan, ish haqini “konvert” usulida berish).

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot darajasi BMT Rivojlanish Dasturi izlanishlari natijasida YaIMga nisbatan 33 foizdan 48 foizgacha deb baholangan.

“Yashirin iqtisodiyot bilan kurashishda “ehtiyotkor” bo‘lish va iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik zarur. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlar va ishchilarni jazolash, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas. Bu ayniqsa, pandemiya davrida katta ahamiyatga ega”, deyiladi Prezident murojaatida. Odatda kam to‘lanadigan ish o‘rinlari xufyona iqtisodiyotning asosiy qismini tashkil etadi. Agar ularga qarshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kurashiladigan bo‘lsa, kam ta’minlangan aholi qatlamlari zarar ko‘rishi mumkin va daromadlar/talab kamayishi natijasida iqtisodiy o‘sish ham sekinlashishi xavfi mavjud.

Shuning uchun, jahon tajribasida xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashilayotganda ma’lum tamoyillarga amal qilish to‘g‘riroq hisoblanadi. Davlat shunday shart-sharoit yaratishi kerakki rasmiy iqtisodiyotda faoliyat yuritish “soya”da bo‘lishdan yaxshiroq va “soya”da bo‘lish faoliyatni to‘xtatishdan yaxshiroq bo‘lishi kerak. Bu degani xufyona iqtisodiyotni qisqarish tezligi va ko‘lami o‘zining optimal nuqtasiga ega. Xufyonalikni qisqartirishdagi qattiqqo‘llik adolatli qonun normalari joriy qilingandan keyingina amalga oshishi kerak. Zero, ishchilarni “soya”da ishlashiga soliqlarning balandligi turtki berayotgan bo‘lishi mumkin. Shunda ham qattiq kurash normalari joriy etilsa, ishsizlik ko‘payadi hamda iqtisodiyotning rasmiy qismi ham zarar ko‘radi. Uning ustiga, kam daromadli aholini jazolash siyosiy jihatdan to‘g‘ri emas.

Jahon banki tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakatimizdagi tadbirkorlarning aksariyati (23 foiz) soliq stavkalarining yuqoriligi biznesni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omil sifatida ko‘rishmoqda. Kichik va o‘rta biznes (23 foiz)vakillarida soliq stavkalari muammosining dolzarbligi yirik korxonalarga (19 foiz) nisbatan ancha yuqori.

Tushuncha: Soliq stavkasining ma’lum darajagacha ko‘tarilishi byudjet tushumlarining o‘sishi va davlat xizmatlarining ko‘lami va sifati oshishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida iqtisodiyotning rasmiy sektorining o‘sishini ta’minlaydi. Stavkalarning haddan tashqari oshib ketishi korxona va ishchilarning “soya”ga kirishiga, byudjet tushumlarining kamayishiga va rasmiy sektorning qisqarishiga olib keladi.

O‘zbekistonda oxirgi yillarda valyuta bozorini erkinlashtirish, yangi soliq islohotlari hamda 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalarni qisqartirish natijasida oxirgi 5 yilda sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tuganligi e’tiborga sazovor. Bundan tashqari, kuni kecha Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham yashirin iqtisodiyotni 2 barobar qisqartirish maqsadi qo‘yildi va bunga erishish yo‘llarining konturlari belgilab berildi.

II.O‘ylaymizki, yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishi xufyonalik ko‘lamini kamayishi, hamma uchun bir xil raqobat muhiti yaratilishiga, davlat tushumlarining ko‘payishi natijasida ijtimoiy ob’yektlar va ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishiga olib keladi.


Download 200.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling