Bajardi: Buxgalterya hisobi va audit fakulteti, sirtqi bo`lim, xbas-62 guruh talabasi H. Dehqonov Tekshirdi


Download 85.63 Kb.
bet1/15
Sana07.11.2021
Hajmi85.63 Kb.
#171423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Byudjet hisobi kurs ishi Dehqonov H


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIYA VA O`RTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


«IQTISODIYOT» KAFEDRASI

«BYUDJET HISOBI» fanidan


KURS ISHI

Mavzu: Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi



Bajardi: Buxgalterya hisobi va

audit fakulteti, sirtqi bo`lim, XBAS-62

guruh talabasi H.Dehqonov

Tekshirdi











 Kurs ishi taqrizga topshirilgan sana

«___»________2020 y.


 Kurs ishi taqrizdan qaytarilgan sana

«___»________2020 y.

 Kurs ishi himoya qilingan sana

«___»________2020 y.
Baho«___»________


(imzo) 

(imzo) 

(imzo) 



Komissiya a’zolari


________________________



TOSHKENT-2020

Mavzu: Byudjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobi

Reja:

Kirish

1. Kassadagi pul mablag`lari hisobi

2. Byudjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobi.

3. Kassa operatsiyalari bo`yicha hisob hujjatlarni yuritish va kassa hisobotini shakillantirish.

4 Kassa kitobini yuritish va pulni saqlash

5 Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

Kirish

Mamlakatimizda davlat moliyasini samarali boshqarish tizimi hisoblangan byudjetning g’azna ijrosiga o’tilishi budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarning pul mablag’larini o’z ichiga qamrab oldi. Bunda budjet pul mablag’larini konsolidatsiyasi g’aznachilik bo’limlarida aks ettirilishi tartibi yo’lga qo’yildi. Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda kassa va kassa operatsiyalari hisobi alohida muhim ahamiyat kasb etadi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2016 yilning asosiy yakunlari va 2017 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: “Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolish, jumladan, Davlat budjeti barcha darajada mutanosib, milliy valyuta va ichki bozordagi narx darajasi barqaror bo‘lishini ta’minlash – eng muhim ustuvor vazifamizdir.” 1deb ta`kidlaganlari barchamizga birdek mas`uliyat yuklaydi.

Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarini moliyalashtirish uchun Respublika budjeti daromadlari hisobidan qilinadigan to‘lovlar Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilingan tayinlash sertifikatiga asosan Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi hisobkitob kassa markazida ochilgan Moliya vazirligining 23402-«Respublika budjetining mablag'lari» hisobvarag'idagi qoldiq doirasida amalga oshiriladi. Respublika budjeti hisobvarag'iga inkasso topshiriqnomasi va to‘lov talabnomasini qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Shundan kelib chiqib kurs ishi mavzusi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Kurs ishining maqsadi bo’lib, budjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini yuritishini alohida xususiyatlarini o’rganish va shu asosida nazariy axamiyatga ega tavsiyalar ishlab chiqib tegishli xulosalarga kelish hisoblanadi.

Qo’yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:



  • budjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini tashkil etishning nazariy uslubiy asoslarini o’rganish;

  • budjet tashkilotlarida kassa va kassa operatsiyalari hisobini tashkil etishni nazariy jihatdan asoslash;

  • budjet tashkilotlarida naqd pul bo’yicha hisoblashuvlarni tashkil etishda kassa muomalalarini yuritishni nazariy jihatdan o’rganish;

  • kassa va kassa operatsiyalari bo’yicha hisobotlarni tuzish va ular nazoratini tashkil etish masalalari bo’yicha tavsiyalar hamda tegishli xulosalar shakllantirish.

Kurs ishining tarkibi kirish, beshta rejali punkit, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan.

Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, kurs ishining maqsadi va vazifalar, amaliy-nazariy ahamiyati hamda tarkibiy tuzilishi, ko’rsatilgan.




Download 85.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling