Bajardi: Ismoilov Sh Tekshirdi : Boboqulov s


Download 126.17 Kb.
Sana11.11.2021
Hajmi126.17 Kb.

Samarqand Davlat Universiteti Raqamli iqtisodiyot fakulteti

Mavzu 4.1. Axborot inqiloblari va ularni iqtisodiyotga bo’lgan ta’sirlari. Axborot inqiloblari

Bajardi: Ismoilov Sh

Tekshirdi : Boboqulov s

Sivilizatsiya rivojlanishi  tarixida  bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi - axborotni qayta ishlash sohasida  tub  o‘zgarishlar ro‘y  bergani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ladi. Insoniyat hozirgi kungacha 4 marta axborot inqiloblarini boshidan o’tkazdi va bu inqiloblar quyudagilar:

1-inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘lik, Bu sifat va miqdor jihatidan  ulkan  sakrash bo‘ldi.  Bilimlarni ajdodlardan avlodlarga yetqazish imkoni paydo bo‘ldi. Yozuvning ixtiro qilinishi natijasida insoniyatning rivojlanishini yanada tezlashtirdi, ya’ni o’tmishdagi bilimlarning kelajakdagi avlodlar uchun saqlab qolish imkonini yaratdi va insonlarning bilimlarini yanada ortishiga ham asosiy sabablaridan biri bo’lib xizmat qildi

2-inqilob (XVI asr o‘rtalari)  sanoat, jamiyat, madaniyat va ish faoliyatini tashkil etishda keskin o‘zgarish yasagan  kitob  nashr etishning kashf qilinishi bo‘ldi. Kitob nashr etish qurilmasining ixtiro qilinishi natijasida insoniyat bilimlarining keng ko’lamda tarqalishini yanada tezlashtirdi va yozma manbaalarning soni va sifatini ortishiga sabab bo;ldi

3-inqilob (XIX asr oxiri)  elektrning kashf etilishi  bilan bog‘lik bo‘lib,  u tufayli telegraf, telefon , radio yuzaga keldi. Bular axborotni istalgan hajmda uzatish va  jamlashga  imkon yaratdi. Elektrning kashf etilishi natijasida axborotlarning shaxslar o’rtasida tarqalish tezligini oxirdi va axborotlarning

4-inqilob (XX asrning 70-yillari) mikroprotsessor texnologiyasi kashf  etilishi va shaxsiy kompyuterningning paydo bo‘lishi bilan bog‘lik.  Mikroprotsessorlar va integral chizmalarda kompyuterlar,  kompyuter tarmoqlari, ma’lumotlarni  uzatish tizimlari ( axborot kommunikatsiyalari) yaratiladi. Bu davrda uch fundamental yangilik yuzaga keladi, ya’ni:

mexanik va elektr  vositalaridan  axborotning  elektron vositalariga o‘tish davri; - barcha qurilma, asbob , mashinalarning keskin rivojlanilishi; - dasturiy-boshqaruv qurilma va jarayonlarni yaratish. Bu davr haqida ancha to‘liq tasavvur hosil qilish uchun quyida keltirilgan EHMlari avlodlari almashuvi bilan tanishish va uni axborotni qayta ishlash hamda uzatish sohasidagi bosqichlar  bilan kiyoslash maqsadga mufoviq.

1-avlod (50-yillar boshi)  Element bazasi – elektron chiroqlar. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi,  kam harakatchanligi, kam ishonchliligi,  kodlarda dasturlanishi  bilan ajralib turgan. 2-avlod (50-yillar oxiridan)  Element bazasi yarim  o‘tkazgichli elementlar. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan.  Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (60-yillar boshi)  Element baza - integral  chizmalar. EHM  hajmining keskin kichrayishi,  ishonchliligining ortishi, mahsuldorligining ortishi.   Ma’lum  masofadagi  terminallardan alohida bo‘lish.

4-avlod (70-yillar o‘rtalaridan).  Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar.  Texnik xususiyatlari yaxshilangan. SHK larning ommaviy chikarilishi.  Rivojlanish yo‘nalishi:  yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari, arzon mikroEHMlarni yaratish. 5-avlod (80-yillar  o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi.

Jamiyatni axborotlashtirish va yagona axborot muhitini tuzish davrida axborot rеsurslarini shakllantirish va ishlab chiqarish o‘ta muhimdir. Axborot rеsurslari - alohida hujjatlar va alohida hujjatlar to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, mahlumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir. Biroq axborot rеsurslari va tеxnologiyalarning o‘zaro bir qator jiddiy farqlari mavjudki, ular qatoriga quyidagilar kiradi:

- chеklanmagan miqdorda sotish; - amaliy jihatdan yo‘q qilib bo‘lmaslik; - mualliflik yoki ta’minotchilik huquqlariga rioya qilishni idеntifikatsiyalashning murakkabligi; - bilvosita axborotning foydaliligi; - avtomatik tirajlamaydigan tеxnologiyani  doimo ham  aniq bir paytda еtkazmaslik; - yеtkazib bеrishga doimiy ravishda tayyorlik;

Kompyuterlarda joylashtirilgan axborot resurslaridan foydalanish darajasi axborot madaniyati bilan bog‘liqdir. Shulardan kelib chiqqan holda hozirgi kunda axborot madaniyati  tushunchasi yuritila boshlandi.  Har bir shaxs hozirgi kunda axborot madaniyati bilan tanishgan bo‘lishi kerak, chunki bizlar katta hajmdagi axborotni qayta ishlashga qodir bo‘lishimiz, zamonaviy texnikalarda, usullarda va texnologiyalarda ishlay olishimiz kerak bo‘ladi.  Buning sabablaridan biri, bu jamiyat rivojida axborot fundamental ahamiyatga ega bo‘lishidir.


Download 126.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling