Bajardi: Komilov Samariddin


Download 0.78 Mb.
Sana04.11.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1745880
Bog'liq
Aholining raqamli iqtisodiyoyga tayyorligini tahlil qilish.


Mavzu: Aholining raqamli iqtisodiyotga tayyorligini tahlil qilish.
Fan: Raqamli iqtisodiyot
Bajardi: Komilov Samariddin
Guruh: TDIU, Raqamli iqtisodiyot Fakultet: EKR-62
Bugun raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish eng muhim vazifaga aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotning mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizini tashkil etadi. “Vouchercloud” portali tadqiqotchilari dunyodagi “eng aqlli” 25 davlat ro‘yxatini e’lon qildi. O’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Yaponiya egallagan. Kunchiqar yurt tadqiqotning asosiy ko‘rsatkichlari — Nobel mukofoti laureatlari soni, aholining o‘rtacha IQ (aql-zakovat) darajasi, maktablardagi o‘zlashtirish ko‘rsatkich bo‘yicha ham eng yuqori bahoga sazovor bo‘ldi.
Yangi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Bunga mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron hukumat”, “elektron boshqaruv”, “telekommunikatsiya”, “internet”, “veb-sayt” kabi yuzlab iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida Elektron hukumat va yagona interaktiv xizmatlar portali orqali 178 ta xizmat yo‘lga qo‘yildi hamda ushbu xizmatlar aholining vaqti va xarajatlarini tejamoqda.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni, ayniqsa, korrupsiyani keskin kamaytiradi.
Shu o‘rinda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga to‘xtalib o‘tsak. Bu o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste’mol qilish va boshqaruv jarayonlarining (insonlararo, mashinalararo, bulutlar va katta hajmdagi raqamlar (BIG DATA) orqali) raqamli texnologiyalar hamda internet yordamida ma’lumot almashinishni optimallashtirish orqali katta foyda ko‘rishga qaratilgan faoliyatdir.
Shu o‘rinda alohida qayd etib o‘tish kerakki, yangi bir uyg‘onish davri — uchinchi Renessansga poydevor qo‘yilayotganligi istiqbolimizning ulug‘vorligini namoyon etadi. Ilmsiz, ma’rifatsiz jamiyat va mamlakat taraqqiyotini tasavvur qilish mushkuldir.
Yusuf Xos Hojib o‘zining asarida “Bilimsiz kishi mevasiz daraxtdir, mevasiz daraxtni och kishi nima qilsin?!” deb ilm-ma’rifatning o‘rni naqadar dolzarb va muhimligini ko‘rsatib o‘tgan.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilm-ma’rifatga alohida urg‘u berilishi va bu orqali raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari kun tartibiga qo‘yilishi O’zbekiston tanlagan yo‘l faqat bir manzilga olib borishini, ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to‘liq amal qiladigan jamiyat qurishning yangi bosqichiga o‘tganimizni yaqqol ifoda etadi.
O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha aniq miqdor ko‘rsatkichlari ham belgilangan bo‘lib, davriy jihatdan 2020 — 2023 yillarni qamrab oladi.
Xususan, 2020-2021 yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirish, raqamli infratuzilmani to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash, 2022 yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni hamda 2023 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni ko‘zda tutadi.
Amaliy sa’y-harakatlar samarasi uzoq kuttirib qo‘ymadi. “Speedtest Global Index” 2020 yil iyun oyi natijalariga ko‘ra, yangi ma’lumotlarni e’lon qildi va internet tezligi bo‘yicha reytingda O’zbekiston hozirgi kunda 94-pog‘onani egallab turibdi, bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarilish kuzatildi. Umuman, oxirgi yilda O’zbekistonda simli internet tezligi 2,5 barobarga o‘sdi.
Taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilishimiz uchun, eng avvalo, ilg‘or zamonaviy axborot-kommunikatsiya, internet hamda raqamli texnologiyalar sohasidagi bilimlarni chuqur egallash orqali yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish kerak.
Raqamli iqtisodiyot jamiyatda muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, xususan, uning mehnat sharoitlariga ta’siri sezilarli bo‘ladi. Raqamli transformatsiya sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun’iy intellekt, ulkan ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan foydalanish ko‘lamining ortishi mehnat resurslari uchun o‘rinbosar bo‘lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish sharoitlari takomillashib va samaradorlik sezilarli darajada ortadi.
Raqamlashtirishning kundalik hayotimizga tezroq kirib kelishini xohlasak, raqamlashtirish ta’sirida turmushimizda turli qulayliklar paydo bo‘lsin, desak, raqamlashtirish tatbig‘ida, albatta, tizimli yondashuv lozim. Qarang, salkam o‘n yildan buyon elektron hukumat tizimini rivojlantirishga intilib kelamiz.
Natijalar esa faqatgina so‘nggi yillarda ko‘zga tashlana boshladi. Birgina bank plastik kartasi misolida olaylik. Ilgari bank kartalarida mablag‘ bo‘lsa-da, uni sarf qilish yoki naqdlashtirish imkoniyati juda ayanchli holatda edi. O’z oylik maoshimizning qaysidir qismidan voz kechishimiz yoki zarur tovarlarni qimmatroq narxlarda xarid qilishimiz ham bor gap edi. Endilikda esa, bank mijozlari onlayn xaridlarni amalga oshirish, mobil qurilmalar yordamida pul mablag‘larini erkin o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Raqamlashtirish texnologiyalarini kundalik hayotimizga maqsadli joriy qilishda eng muhimi, davlat xizmatlarini aholiga taklif qilish orqali xalq bilan interfaol muloqot tezlashmoqda. Bu esa “intellektual hukumat” tamoyillari asosida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish naqadar to‘g‘ri yo‘l ekanligini ham ko‘rsatadi.
Tabiiyki, mazkur holatlarni ijobiy baholash, e’tirof etish mumkin. Chunki davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan raqamlashtirishga oid dasturlar xalqimiz, qolaversa, tadbirkorlarimiz xohish-istaklarini to‘g‘ri anglash imkonini beradi. Tabiiyki, ushbu dasturlarni yanada kengaytirish, takomillashtirish kerak. Biroq ayrim muammolar borki, ularning yechimini qisqa fursatda topish talab etiladi.
Shubhasiz, raqamli iqtisodiyot — kelajak. Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi ko‘p jihatdan raqamli iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblangan Sanoat 4.0 inqilobiga moslashish, raqamli texnologiyalarni iqtisodiyotning barcha sohalariga joriy etishni qanchalik qisqa fursatda hal etishimizga chambarchas bog‘liq. Mazkur yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish raqamli texnologiyalar sohasida yetarli kompetensiyalarga ega bo‘lgan yetuk kadrlarga borib taqaladi. Bu borada ham tizimli tadbirlar yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidlash zarur.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor tarmoqlar va sohalar sifatida qishloq xo‘jaligi, bank, moliya va soliq sohalari, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektron hukumat sohalari belgilab olindi.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti va Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans respublikamizda sun’iy intellektni rivojlantirishning institutsional asoslarini tashkil etadi. Bundan tashqari, sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans tarkibiga kiruvchi tashkilotlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bilan bog‘liq faoliyatni moliyalashtirish uchun jami 200 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.
XULOSA. Fikrimizcha, sun’iy intellekt sohasidagi startap loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish (kraudfanding) mexanizmlarini joriy etish mazkur sohani moliyalashtirish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali xalqimiz farovonligini ta’minlaydigan yorqin kelajakni ko‘zlar ekanmiz, sun’iy intellektni joriy qilish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish shubhasiz, bugungi kunning dolzarb va ustuvor vazifasi sifatida qaralishi zarur. Agar raqamli iqtisodiyot borasida mo‘ljallangan vazifalar amalga oshirilsa, barcha sohalarda ulkan amaliy natijalar yaqqol ko‘rinadi va aholi farovonligi sezilarli darajada ortadi.
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling