Bajardi: Mixliboyeva Marjona


Download 343.03 Kb.
bet1/3
Sana13.01.2023
Hajmi343.03 Kb.
#1090957
  1   2   3
Bog'liq
Bajardi

ETAKCHI KAPITALISTIK MAMLAKATLARNING IQTISODIY  TARAQQIYOTI (XIX asr oxiri-XX asr boshi) 

Reja:


1. AQShning iqtisodiy taraqqiyoti 2. Germaniyaning iqtisodiy taraqqiyoti 3. Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyoti

AQShda jadal iqtisodiy o‘sish omillari. 1. Janubiy shtatlarda quldorlik tuzumini bekor qilib, davlat tomonidan yerni mayda uchastkalarga bo‘lib ommaviy sotib va yerga ishlov berishni xohlovchi har bir fuqaroga yer sotib olishga ruxsat berib Amerika hukumati Qo‘shma Shtatlarda kapitalizm rivojlanishiga yo‘l ochib berdi. 2. Sanoat ishlab chiqarishini o‘sish sur’atlarini jadallashuvida tabiiy- geografik omil katta rol o‘ynaydi,katta xom ashyo bazasini mavjudligi, turli foydali qazilmalar. 3. AQShning tashqi savdo siyosati – olib kirilayotgan tovarlarga katta bojlar qo‘yilardi, shu bilan birga kapital olib kirishga umuman boj yo‘q edi. Import tovarlariga 10% darajada boj qo‘yilishi 1861 yildan so‘ng davlat daromadlarini xarajatlarga nisbatan yiliga 100 mln.doll.ga oshishini ta’minladi. 4. ilmiy-texnika progressi va inqilobi yutuqlarini keng qo‘llanilishi. Qo‘shma Shtatlar o‘z korxonalarini yangi texnika (o‘sha davrga nisbatan) bilan ta’minlardilar. Ular elektroenergiyani ishlab chiqarish va qo‘llash bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda edilar – elektr toki sanoatda, shaharlarni yoritishda, xo‘jalikda ishlatilar edi.


5. demografik omil. AQSh hududida aholi zichligi juda past darajada ekanligi ish kuchi etishmovchiligini keltirib chiqarardi, undan tashqari bu holat ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash va texnik fikrlashni rivojlantirishga olib kelib, Yevropa mamlakatlariga nisbatan yuqoriroq ish haqini taqazo etardi. 6. tarixiy-geografik omil. Yevropadan uzoqligi va Janubiy Amerikaga yaqinligi bu yosh kapitalistik mamlakatga G‘arbiy yarimsharda o‘z holatini mustahkamlash imkonini berdi. 1913 yilga kelib AQShning xorijiy investitsiyalari 2,5 mlrd.doll.ni tashkil etdi, ulardan 1 mlrd.doll. Kanadaga (temiryo‘l qurilishi) va 1 mlrd.doll. Meksikaga (neft qazib olish). AQSh Boliviyaning qalay sanoatini, Chili va Perudagi mis sanoatini, Janubiy Amerikadagi muhim temir yo‘llarni nazorat qilar edi. Uzoq Sharqda AQShni qiziqish ob’ekti Xitoy edi, uning ichki bozori cheksiz talabdan iborat edi. Amerika sanoatining rivojlanish sur’atlari va tarkibi. 
bosqchida AQSh iqtisodiyoti yuqori sur’atlar bilan rivojlandi, ushbu ko‘rsatkich boshqa kapitalistik mamlakatlarnikidan yuqori edi. 1870-1913 yy.da AQSh yalpi ijtimoiy mahsulotining o‘sish sur’ati 4,3%ni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich Germaniyada – 3%, Angliyada – 2,4%, Fransiyada – 1,1%ni tashkil etdi. Milliy boylik etti m arotaba, sanoat ishlab chiqarishi to‘qqiz marotaba o‘sdi. 

Download 343.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling