Bajardi phy022-guruh talabasi Abdurahmonov Jamshid. Tekshirdi


Download 357 Kb.
Sana25.05.2020
Hajmi357 Kb.
#109893
Bog'liq
Abdurahmonov Jamshid


Bajardi PHY022-guruh talabasi Abdurahmonov Jamshid.

Tekshirdi Ibragimov Berdimurat.

Mavzu-Yorug’lik interferensiyasini kuzatish usullari.

Reja:

1.Yung usuli.

2.Frinel ko'zgusi.

3.Frenel biprizmasi.

4.Yuoqa pardada interferensiya.

5.Xulisa.

Yung usuli. Birinchi bo’lib, interferensiya hodisasi kuzatilgan bu usul 1- rasmda ko`rsatilgan.

S manbadan chiqayotgan yorug’lik undan bir xil uzoqlikda joylashgan S1 va S2 tirqishlarga tushadi. Aynan shu tirqishlar kogerent to’lqinlarning manbayi vazifasini o`tab, E ekranda interferensiya manzarasi kuzatiladi.

1-rasm.


Frenel ko`zgusi. S manbadan chiqayotgan yorug’lik bir-biriga nisbatan ancha kichik burchak ostida joylashgan AO va OB ko`zgularga tushadi (2- rasm).Ko`zgudan qaytgan nurlar E ekranda interferensiya manzarasini hosil qiladi. Ularni go`yoki mavhum S1 va S2 manbalardan chiqayotgan nurlar sifatida qarash mumkin.

2-rasm.


Frenel biprizmasi. U ikkita bir xil, asoslari yopishtirilgan prizmalardan iborat (3- rasm). S manbadan chiqayotgan yorug’lik biprizmadan sinib o`tib, go`yoki S1 va S2 mavhum manbalardan chiqayotgan kogerent to`lqinlar sifatida E ekranda interferensiya manzarasini hosil qiladi.

3-rasm.




Xulosa.

Yorugʻlik interferensiyasi - ikkita yoki bir nechta yorugʻlik toʻlqinlarining qoʻshilishi natijasida yorugʻlik nurlanishi energiyasining fazoda qayta taqsimlanishi toʻlqin interferensiyasining xususiy holi. Yorug'lik interferensiyasi ekran yoki boshqa sirtda yorugʻ yoki qorongʻi yoʻllar yoki dogʻlar (monoxromatik yorugʻlik uchun) yoxud rangdor qismlar (oq yorugʻlik uchun) yonmayon joylashgan holda koʻrinadi. Yorug'lik interferensiyasi 17-asrdaI. Nyuton tomonidan tadqiq qilingan boʻlsada, uning korpuskulyar nazariyasi ushbu xodisani tushuntira olmadi. Uni 19-asr boshida T. Yung va O. Frene.tar toʻlqin hodisa sifatida nazariy talqin qilib berdilar. Doimiy faza farqi sharoitida, yaʼni kogerent yorugʻlik dastalarining qoʻshilishi natijasida vujudga keluvchi, fazoda kuchaygan va susaygan intensivliklarning muntazam almashinuvidan iborat boʻlgan Yorug'lik interferensiyasi eng kengtarqalgan — statsionar interferensiya dir. Yo. i. turlari asosan yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilish usullari bilan bogʻliq. Yorugʻlikning kogerent dastalarini hosil qilishning ikki usuli: toʻlqin frontini boʻlish usuli va amplitudani boʻlish usulidan keng foydalaniladi. Toʻlqin frontini amplitudaviy boʻlish tuzilmalarida birlamchi manbaning nurlanishi optik muxitlarning yarim shaffof boʻlinish chegaralari bilan boʻlinadi. Mac, sovun pufaklari, suvdagi yogʻ pardalarida shunday tur Yo. i. vujudga keladi. Bu hollarning bar chasida ikkita sirtdan qaytgan yorugʻliklarning interferensiyasi xreil boʻladi. Amplitudani boʻlish usuli interferometrlarda keng qoʻllanilib, unda toʻlqin maydonlari maxsus yarim shaffof koʻzgular vositasida boʻlinadi. Yuqoridagi ikki nurli interferensiyadan tashqari, koʻp nurli Yo. i.lar ham mavjud. Fabri — Pero interferometri koʻp karrali qaytuvchi nurlarda ishlasa, difraksiya panjaralari va Maykelson eshelonlari koʻp elementli davriy tuzilmalarga asoslangan. Yo. i.dan yorugʻlikning spektral tahlilida, masofalar, burchaklar va tezliklarni aniq oʻlchash hamda refraktometriyada keng qoʻllaniladi. Yo. i. golografiya asosini tashkil qiladi.
Download 357 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling