Bajardi: Ruzimurodov Behro’z Tekshirdi: Murat Baxadirov Liviya: Sharq va G’arb kurashi


Download 32.64 Kb.
Sana15.09.2020
Hajmi32.64 Kb.

Bajardi: Ruzimurodov Behro’z

Tekshirdi: Murat Baxadirov

Liviya: Sharq va G’arb kurashi

Shimoliy Afrika. Bu mintaqa haqida uzoq gapirish mumkin. Uning asrlar davomoda qadimgi yirik saltanatlar makon bo’lgani-yu, keyinchaklik arab dunyosining bir qismiga aylangani, so’ng turklar istilosi va yakunda Yevropa davlatlarining mustamlaka hududlariga aylangani ushbu mintaqa tarixini o’zida aks ettiradi. Hozirda ushbu mintaqada Misr, Liviya, Tunis, Marokash, Jazoir, Sudan kabi mamlakatlar mavjud. Biroq ushbu maqola uzoq yillar davomida Italiya mustamlakasi bo’lgan va keyinchalik mustaqillikka erishib, harbiy to’ntarishlar orqalib boshqarilgan va hozirgi paytga kelib fuqarolar urushi girdobida qolgan aslida juda boy mamlakat- Liviya haqidadir.



Xo’sh, o’ta boy, aholi jon boshiga nisbatan YIMi bo’yicha(14 000 AQSh dollari) Afrikada birinchi mamlakat bo’lgan ushbu mamlakat qanday qilib notinchliklar va fuqarolar urushi girdobiga tushib qoldi? Urushning sababi nima? Bu yerda kim kimga qarshi kurashmoqda? Quyida ushbu savollarga javob berishga harakat qilamiz.

Ushbu mamlakat aslini olganda tabiiy xomashyo va Neft manbaalariga juda boy. Shu sababli ham ga’rb davlatlari 1951-yilda malakatni ozod deb e’lon qilgan bo’lsalarda, amalda o’zlari uchun qulay bo’lgan monarxiya tuzumini sqalab qolishgandi. Mamlakatni qirol Idris I boshqarardi. Bu hududda AQSh va G’arb davlatlarinig bir nechta harbiy bazalari joylashtirilgan edi. Bu holat esa mamlakatdagi milliy vatanparvar kuchlarga yoqmasdi. Natijada ular 1969-yilning 1-sentabr kuni polkovnik Muammar Kaddafiy(1942-2011) boshchiligida harbiy to’ntarish uyushtirib, qirolni ag’darishdi va mamlakatni Liviya islom Jamaxiriyasi deb e’lon qilishdi. Buning natijasida chet el harbiy bazalari malakatdan olib chiqib ketildi. Biroq Aqsh va G’arb davlatlari uning bu ishini aslo kechira olishmasdi1. Ular endilikda Liviyaga xalqaro terrorizm markazlaridan biri sifatida qaray boshladilar. 1986-yilda esa AQSh kongressi Kaddafiyni terrorchilar bilan aloqasi borligini rasman e’lon qildi va uni jimonan yo’q qilish bo’yicha qaror qabul qildi2. Liviya poytaxti Tripoli shahri osmondan bombardimon qilindi. Ammo Muammar Kaddafiy omon qoldi. O’z maqsadiga erisholmagan AQSh va ittifoqchilari endilikda Liviyani iqtisodiy jihatdan bo’g’ib tashlash uchun unga qarshi sanksiyalar joriy etdilar. Bu jarayon 20 yilcha davom etdi va bu hol Liviyaning iqtisodiy jihatdan rivojlanishga har tomonlama salbiy ta’sir ko’rsatdi. Mamlkatning asosiy eksport mahsuloti neft bo’lgani uchun, AQSh Liviya neftiga embrago joriy etdi. Bu esa aholi turmush sharoitlarining haddan tashqari yomonlashuviga olib keldi. Natijada Liviya jamiyati orasida Kaddafiy rejimiga qarshi norozilik harakatlari avj oldi. Norozilik namoyishlarining eng yirigi 2009-yil 8-avgustda Zaviyada bo’lib o’tdi.Namoyishchilar Kaddafiydan istefoga chiqishni, mamlakatda demokratik saylovlar o’tkazilishi va G’arb mamlakatlari bilan munosabatlarni tiklashni talab qilishdi. Biroq ushbu namoyish mamlakat qurolli kuchlari tomonidan kuch bilan tarqatib yuborildi. Bir qarashda hammasi joyiga tushganga o’xshardi. Fuqarolar jilovlandi, norozilik harakati kamaydi, iqtisodiy tizim o’z holiga qayta boshladi va 2010 yilga kelib aholi jon boshiga nisbatan milliy daromad 14000 AQSH dollariga teng bo’ldi, Kaddafiy rejimi yana o’z rentabelligini saqlab qoldi. Ammo 2011-yilgi arab bahori boshqa hozirda notinchliklar hukm surayotgan arab davlatlari qatori Liviyani ham o’z domiga tortdi. Mamlakatda islom fundamentalizmi va terrorizm harakatlati avj oldi. 2011-yilning 15-fevral kuni Beng’ozi shahrida boshlangan namoyishlar qisqa muddat ichida poytaxt Tripoli va boshqa yirik shaharlarni qamrab oldi. Hukumat bu safar ham namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi va natijada nomyishlar qurolli qo’zg’olonlarga aylanib ketdi. Buning ustiga Xillari Klinton tashabbusi bilan AQSh boshchiligidagi NATO mamlakatlari Liviyaga qarshi intervensiya uyushtirishdi3. Endi ularni kuch bilan to’xtatib qolishning iloji bo’lmay qoldi va 2011-yil 17-fevral kuni Kaddafiy rejimi quladi4. Mamlakatda isyonchilar vakillaridan tashkil topgan Milliy muvaqqat hukumat tashkil etildi. NATO va AQSh ushbu hukumatni har tomonlama qo’llab quvvatladi. Shu tariqa Kaddafiyning 42 yillik boshqaruvi nihoyasiga yetdi va mamlakat fuqarolar urushi girdobida qoldi5.

Birinchi fuqarolar urushi(2011-yil 17-fevral-23-oktabr)

Liviyadagi fuqarolar urushi ikki bosqichadn iborat bo’ldi. Birinchi bosqich asosan Kaddafiyga sodiq bo’lgan kuchlarning isyonchilar va NATO kuchlariga qarshi kurashi bilan bog’liq bo’ldi. Bu kurashga Kaddafiyning o’zi, keyinchalik u asirga olingach uning o’g’li Saif Al-Islom Kaddafiy6 rahbarlik qildi. Kuchlar noting bo’lgan bu urushda 2011 yilning 21-oktabr kuni Kaddafiyga eng sodiq shahar-Sirtaning olinishi bilan isyonchilar va NATO kuchlari g’alaba qozonishdi. Biroq ko’pchilik mutaxasislar bu urush tugamaganligini, ikkinchi fuqarolar urushi aslida buning davomi ekanligini takidlashadi. Chindan ham hokimiyatga islomiy kuchlar kelishgani bilan 2014-yilgacha Kaddafiyga sodiq bo’lgan kuchlar, shuningdek janubdagi qabilalar qarshilik harakatlarini davom ettririshgan edi.



Ikkinchi Fuqarolar urushi(2014-hozirgacha)

Fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi 2014-yil martidagi saylovlardan boshlandi. Bu saylovda g’alaba qozongan Milliy kelishuv hukumatini(MKH) parlament tasdiqlamadi, uning o’rniga Vakillar palatasi Hukumatini qo’llab quvvatlashini bildirdi. Natijada Parlamentning Tripolidan majburan chiqib ketishi bilan qarama-qarshiliklar boshlanib ketdi. Poytaxtdan qochgan parlament Liviya sharqidagi Tobruk shahrini o’ziga markaz qilib oldi.

Bu paytda Tripolida ham Fayaz al-Saraj boshchiligidagi MKH va Nuri Abusahmin boshchiligidagi yana bir siyosiy kuch-Milliy Yechim hukumati(MYH) o’rtasida hokimiyat uchun kurash kechardi. Va natijada, Tripolida MYH kokimiyati o’rnatildi. MKH esa oppozitsiyaga o’tdi. MYHning boshqaruvi 2 yil davom etib, 2016-yilning 30-mart kuni Fayoz al-Saraj Tripoliga yetib keldi va mamlakatda MKHning boshqaruvi o’rnatilganligi e’lon qilindi. Qonun chiqaruvchi organ sifatida esa Liviya Milliy kongressi tuzildi. Sxirat kelishuviga binoan ushbu hukumat BMT tomonidan Liviyadagi yagona hukumat sifatida tan olingan.

Ana shu vaziyatda kurash maydoniga Xalifa Haftar boshchiligidagi Liviya milliy armiyasi kirib keldi. U Parlament va Vakillar hukumatini qo’llab quvvatlashini bildirdi. Xo’sh, Xalifa Haftar kim, u qanday qilib Liviyadagi fuqarolar urushida hal qiluvchi figuralardan biriga aylandi?

Xalifa Haftar 40 yildan oshiq vaqt davomida Liviya siyosiy va harbiy hayotidagi muhim shaxslardan biri bo‘lib keladi. 1969 yilda u Muammar Qazzofiy tomonidan uyushtirilgan harbiy to‘ntarishda uning safdoshlari qatorida bo‘lgandi. O‘tgan asrning 80-yillarida Haftar Chad-Liviya mojarosida ham muhim figuralardan biri bo‘lgan. U prezident topshirig‘i bilan Chad hududiga bostirib kirgan, ammo uning boshchiligidagi Liviya harbiylari 1987 yilgi janglardan birida mag‘lubiyatga uchragan, qo‘mondonning o‘zi esa asirga tushgan. Asirlikdan qaytgach, Kaddafiy uni harbiy amaliyot muvaffaqiyatsizligida ayblab qamoqqa tashlagan. Qamoqdan chiqqach, Haftar AQShga ketgan va keyingi 20 yilini Kaddafiyga qarshi kurashga bag‘ishlagan7.

Liviyada isyon boshlangach, Haftar vatanga qaytgan va mamlakat sharqidagi isyonchilarga boshchilik qilgan. 2014 yilning fevralida u liviyaliklarga murojaat qilib, radikal kuchlar tomonidan tashkil etilgan Umummilliy kongressga qarshi chiqishga chaqirgan. Haftarning pozitsiyasi ko‘pchilikka yoqib tushgan va u aholisi IShID va «Al-Qoida»ning mahalliy filiali «Ansor ash-Sharia»dan aziyat chekkan hududlarda shuhrat qozona boshlagan. Bu esa uning MRB bilan aloqadorligi hamda «Kaddafiyning odami» tamg‘asidan qutulishini ta'minlagan. Liviya shariat qoidalari asosida rivojlanishi tarafdorlari esa Haftarning muxoliflariga aylanishgan. Ular «Ansor ash-Sharia» xalq bilan birga, Haftar esa xoin va terrorchi deb hisoblashadi. 2015 yilning 2 martida Haftar parlament tarafida jang qiluvchi qurolli kuchlar bosh qo‘mondoniga aylangan8. U Kadda- fiyning sobiq askarlarini birlashtirgach, 2017 yilda sharqdagi asosiy shahar – Beng’ozini egallagan. Shundan so‘ng Haftar boshchiligidagi qo‘shinlar mamlakat janubidagi neft qazilmalariga boy bo‘lgan hududlar ustidan nazorat o‘rnatgan, bu resurslar uning pozitsiyasini mustahkamlagan. Neft havzalari Umummilliy kongress bilan yaqin aloqalarda bo‘lgan guruhlardan yirik neft havzalari tortib olingan. Bu xizmatlari uchun parlament rahbari Akila Saloh - Haftarning muhim ittifoqchisi unga feldmarshal unvonini bergan9.

Hozirda Parlament va Haftarning Liviya Milliy Armiyasi Liviyaning markaziy qismi, Sahrqiy Tripolitaniya va Fezzanning janubiy qismini nazorat qilishmoqda. MKH esa G’arbiy Tripolitaniya va Fezzanning boshqa hududlarida o’z nazoratini o’rnatgan. Liviyaning janubiy qismi esa hozirda turli mahalliy to’dalar va qabila boshliqlari tomonidan boshqarilmoqda.

Feldmarshal Haftar 2020-yil 27-mart kuni o’z harbiy kuchlarini Tripolini egallash uchun safarbar qilgan edi. Liviya Milliy Armiyasi(LMA) hozirda MKH kuchlariga qarshi harbiy harakatlar olib bormoqda.



Vakillar palatasi hukumati va LMA tarkibi

Feldmarshal Xalifa Haftar

LMA qomondoni, dala marshali

Saif al-Islom Kaddafiy

Muammar Kaddafiyning o’g’li, Liviya prezidentligiga nomzod

Akila Saloh Issa

Vakillar palatasi rahbari

Abdulloh al-Tani

Vakillar palatasi bosh vaziri

General Abdulroziq al-Noduri

LMA bosh shatabi boshligi

Vonis Abu Hamada

Liviya maxsus kichlari qomondoni

Brigada Generali Almabruk Subhon

Liviya quruqlik kuchlari qomondoni

Admiral Faraj al-Mahdavi

Liviya dengiz kuchlari qomondoni

MKHning harbiy doiralari takibi

Fayaz al-Sarraj

MKH rahbari, bosh vazir

Fathi Bashagha

Mudofaa vaziri

General Muhammad al-Sharif

Liviya qurolli kuchlari bosh shatabi qomondoni

General Usaman Juvaili

G’arbiy harbiy okrug kuchlari qomondoni

General-mayor Muhammad Elhadad

Markaziy harbiy okrug qo’mondoni

General-mayor Abubakar Marvon

Tripoli habiy zonasi qo’mondoni

General Ali Kanna

Shimoliy harbiy okrug qo’mondoni

Rossiya pozitsiyasi

Ushbu mamlakat bilan Rossiyaning aloqalari Kaddafiy davrida anchagina do’stona ko’rinish olgan edi. Buni, 2008-yilda Kaddafiy va Putin o’rtasida imzolangan Liviya hududida Rossiyaning harbiy dengiz bazasini joylashtirish haqidagi shartnomadan ham bilib olish mumkin10. Biroq inqilob ushbu rejalarni barbod qilgan edi. Fuqarolar urushining I bosqichida asosan NATO kuchlari qatnashgani bois Rossiya Liviya ishlariga unchalik ko’p darajada aralashgani yo’q. Ammo 2014-yilda urushning II bosqichi boshlanib, siyosiy maydonga feldmarshal Xalifa Haftar boshchiligidagi muxolifatchilar shakllangach, Rossiyaning Liviya ishlariga aralashuvi uchun qulay imkoniyat paydo bo’ldi.

Keyingi yillarda feldmarshal Xalifa Haftar ham rasmiy Moskva bilan qalin aloqalar o‘rnatgan. Uning nomi Rossiyaning Yaqin Sharqda ta'siri kengayishi haqidagi materiallarda tez-tez tilga olinadigan bo‘ldi. 2016 yilda feldmarshalning elchisi Abdulbosit al-Badri, parlament rahbari Akila Saloh hamda Haftarning o‘zi yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun Rossiyaga borgan. 2017 yilning 11 yanvarida Haftar ruslarning Liviya suvlarida turgan «Admiral Kuznetsov» aviatashuvchisiga kelgan hamda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan videokonferensiya o‘tkazgandi. O‘sha yilning avgustida liviyalik feldmarshal Moskvaga tashrif buyurib, Shoygu bilan «xalqaro terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish» masalasida muzokaralar o‘tkazgan.

G‘arb Rossiya Haftar yordamida 2011 yil voqealaridan keyin «yo‘qotilgan» Liviyadagi ta'sirini kengaytirishidan xavfsiraydi. Zero, Ikki tomonda ham bir-biriga taklif qilish uchun nimadir bor. Haftar va uning armiyasiga qurol-yarog‘ kerak (BMT embargosi tufayli bu mamlakatga qurol yetkazish taqiqlangan11), rasmiy Moskva esa O‘rta Yer dengizi qirg‘oqlarida ishonchli ittifoqchisi bo‘lishidan manfaatdor.

2016 yilning sentyabrida marshalning elchisi al-Badri Moskvaga kelib Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov bilan uchrashgandi. «Izvestiya» materialida, elchi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Haftarning qurol yetkazib berish bo‘yicha iltimosini yetkazgandi. 2016 yilning dekabrida Rossiya TIV rahbarining boshqa bir o‘rinbosari Gennadiy Gatilov Rossiya nafaqat feldmarshal bilan, balki Liviyadagi boshqa «yirik o‘yinchilar» bilan, jumladan Akila Saloh, Fayoz as-Saraj va uning o‘rinbosari Ahmad Maytiga bilan ham uchrashuvlar o‘tkazishini ma'lum qilgan.

The Times marshalning yaqin safdoshlaridan biri Akram Buxulaygaga asoslangan holda Rossiya Haftar armiyasiga qurol yetkazib berishga tayyorligi haqida ma'lumot tarqatgan12. Uning so‘zlariga ko‘ra, marshal «Admiral Kuznetsov»ga kelganida zaruriy qurollar ro‘yxatini taqdim etgan, Rossiya esa BMT XKda embargo bekor qilinishi uchun sa'y-harakatlarini davom ettirishni va'da qilgan. Xabarlarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ikki milliard dollarlik qurol yetkazish bo‘yicha kelishuv tuzilgan.

2017 yilning noyabrida liviyalik qo‘mondon yana bir marta Moskvaga kelib, Rossiya Mudofaa vaziri bilan uchrashgan, OAVda bu uchrashuvda rossiyalik biznesmen, «Vagner» xususiy harbiy kampaniyasi bilan aloqadorligi aytiladigan Yevgeniy Prigojin ham ishtirok etgani ma'lum qilingan edi.

2019 yilning mart oyida Britaniyaning The Sun gazetasi Liviya milliy armiyasi safida rossiyalik yollanma jangchilar ham borligi haqida xabar tarqatdi.Unga ko’ra Rossiyaning ,,Vagner’’ guruhi xuddi Suriya kabi Liviyada ham harbiy harakatlar olib bormoqda va faol ravishda Haftarni qo’llab quvvatlamoqda. Gazetaning keltirgan ma’lumotiga ko’ra hozirda 1600 ga yaqin rossiyalik yollanma askarlar al-Sarraj hukumatiga qarshi janglarda ishtirok etishmoqda. Rossiya TIV esa bunday ma'lumotga ega emasligini ma'lum qilmoqda.

Yuqoridagi ma’lumotlar qay darajada to’g’ri yoki notog’ri bo’lishidan qatiy nazar Liviyia masalasi Rossiya uchun anchagina muhimdir. Chunki, hozirda Rossiya shimoliy afrikada birorta ishonchli ittifoqchiga ega emas. Haftarning hokimiyatni egallashi esa Rossiya uchun ayni muddao. Agarda bu holat yuz bergan taqdirda Rossiya O’rta Yer dengizida muhim tayanchga ega bo’lib, NATO davlatlariga xalqaro munosabatlarda ma’lum darajada bosim o’tkazish imkoniga ega bo’ladi. Shu kabi sabablar tufayli Rossiya Haftarga har tomonlama ko’mak berib kelmoqda.

AQSh pozitsiyasi

AQSh 1969-yillardan buyon Liviyaga nisbatan dushmanlik kayfiyatida bo’lib keldi va oxir oqibatda 2011-yilda o’z maqsadiga erishdi. O’sha paytda AQSh o’zi uchun qulay bo’lgan Milliy muvaqqat hukumat, keyin esa o’z tarafdorlarida yangi hukumatni shakllantirishni rejalashtirgan edi. Ana shunda AQSh Liviya neftini bemalol nazorat qilar va Shimoliy Afrikada ham ,,yangigina, kichkinagina’’ harbiy bazasini joylashtirib olardi. Biroq voqealarning keying rivoji AQSh rejalarini buzib yubordi. AQSh qo’llab quvvatlagan hukumat o’z barqrorligini saqlab qololmadi va mamlakatda, hukumatda guruhbozlik, qabila-urug’ aymoqchilk avj olib ketdi. Aslini olganda Milliy Muvaqqat hukumat Tripoli, Bengzai va Fezzan shaharlaridan boshqa birorta shaharda o’z nazoratini to’liq o’rnatolmadi.

Ana shunday vaziyatda AQShning mitaqaga kirib kelishi halokat bilan tugashi sezilib qoldi. Buni AQSh oliy amaldorlari ham o’z chiqishlarida bot-bot takidlab turishadi.Xususan, Kongressdagi nutqlaridan birida Barak Obama ham quyidagi so’zlarni aytib o’tgandi,,Bizning eng katta xatoyimiz shundaki, biz Kaddafiy ag’darilgandan keyin Liviyada Fuqarolar urushi boshlanib ketishiga tayyor emasdik, bu axmoqona ish bo’lgandi13’’

O’z maqsadiga erisholmagan AQSh endilikda Tripoldagi hukumatni qo’llab quvvatlamoqda14, 2018-yilda AQSh va MKH o’rtasida neft eksporti bo’yicha katta qiymatdagi shartnoma imzolangan edi. Ayni paytda AQSh Rossiyani Liviyaga katta miqdorda qurol-yarog’ olib kirishda ayblamoqda, 2020-yilda mart oyda The New York Times nashri chop etgan maqolada Rossiyaning Haftarga Su-23 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berayotgani haqida ma’lumot berilgan edi.

MKHning g’alabasi AQShga Liviyada o’z tasirini anchagina kengaytirish imkonini berish bilan birga hozirda Haftarni qo’llab quvvatlayotgan Rossiyani ham mintaqadan siqib chiqarishga ham zamin yaratishi mumkin.

Musulmon davlatlari pozitsiyasi

Musulmon davlatlaridan Misr, BAA kabi davlatlar hozirda Haftar boshchiligidagi kuchlarni qo’llab quvvatlashmoqda. Buning sabablari esa quyidagilardir. Birinchidan, Haftar mamlakatda islom findamentalizmi va ekstrmizmga chek qo’yishga va mamlakatni har tomonlama demokratlashtirshga vada bergan va agarda u g’alaba qozonsa Liviyaga qo’shni bo’lgan Misr15, shuningdek BAA siyosatida barqarorlik baxsh etishi mumkin16. Ikkinchidan esa, Misrning sharqiy viloyatlaridagi terrorchilik guruhlari faoliyatiga chek qo’yiladi.

Hozirda Tripolidagi MKH tomonida ham bazi musulmon davlatlari kurash olib bormoqdalar. Ulardan eng qudratlisi esa shubhasiz, Turkiyadir.Turkiyaning Liviyadagi harakatlari 2019-yil bahorida Tripolidagi Turkiya elchixonasiga Haftar kuchlarining hujumi va keyinchalik turk fuqarolarini asirga olishi bahona bo’ldi. Aslini olganda Fayoz al-Saraj hukumat 2015-yildan beri Turkiyadan yordam so’rab keladi. Biroq Turkiyaning yaqin sharqdagi harakatlari bunga imkon bermagan edi. Biroq 2020-yilning 2-yanvarida Turkiya parlamenti Liviyaga qurolli ko’mak berishni yoqladi va hozrida turk kuchlari Haftar armiyasiga qarshi harbiy operartsiyalar boshlab yuborgan17. Turkiyaning kurashga qo’shilishi bu yerdagi kuchlar muvozanatini MKH tomonga burish ehtimoli juda yuqori. Chunki, Haftarni amlada qo’llab-quvvatlayotgan davlatlarning birirtasi hozirda unga to’gridan to’g’ri harbiy kuch bilan yordam berayotgani yo’q, faqat qurol-yaroq va mablag’, yoqilg’i bilan ta’minlashmoqda. Kuchlar nisbatinig o’zgarishi 2020-yilning iyun oyi boshlarida yaqqol sezila boshlandi. O’zaro urushlarda Haftar kuchlari Tripolidan anchagina janubga surib chiqrildi va hozirda janglar Liviyaning g’arbi va markazida kechmoqda.

Turkiyadan tashqari MKHni Qatar ham qo’llab quvvatlamoqda.



BMT va G’arb davlatlari pozitsiyasi

BMTning ushbu masaladagi qaror va rezolyutsiyalari asoasan BMT xavfsizlik kengashi vakillarining qarorlari sifatida talqin qilish mumkin. Hozirda BMT ushbu kurashda Tripolidagi Fayaz al-Sarraj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati(MKH)ni yagona legitim hukumat sifatida tan olgan.

G’arb davlatlaridan Liviya masalasi eng ko’p darajada qiziqtirayotgan mamlakatlar Italiya, Fransiya va Buyuk Britaniya hisoblanishadi.

Bu yerdagi fuqarolar urushi hozirda ayniqsa, Fransiyani tashvishga solmoqda. Chunki, boshqa buyuk mamlakatlardan farqli ravishda Fransiya o’zinig Shimoliy Afrikadagi sobiq mustamlakalari bo’lmish Marokash, Tunis, Jazoir, Chad, Mali kabi mamlakatlarda hozirgacha o’z tasirini saqlab kelmoqda. Ular bilan bevosita chegaradosh bo’lgan Lviyadagi notinchliklar esa bu davlatlarda ham islom fundamentalizmi, ekstremizm va terrorizm harakatlarining avj olib ketishiga sabab bo’lishi va natijada mintaqada fransuzlarniing tasirini yo’qqa chiqarishi mumkin18.

Bir so’z bilan aytganda Fransiya mamlakatda yakka bir siyosiy kuch hokimiyatga kelishidan manfaatdor va shu sababli ham Rossiya qatori Haftarni qo’llab quvvatlamoqda19.

Xulosa

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Liviya fuqarolar urushining ildizlari aslida o’tgan asrning 70-yillariga borib taqaladi. Aynan o’sha paytlardayoq Kaddafiy renjimi va G’arb davlatlari o’rtasida munosabatlar yomonlashgan, mamlakat g’arb tomonida terrorizm markazlaridan biri sifatida e’lon qilingan edi. To’g’ri, bu paytda Kaddafiy rejimi ancha barqaror, mamlakatda aholi turmush darajasi ancha yuqori bo’lgan. Biroq, sekinlik bilan G’arb bosimi malakatni holdan toydira boshlagan. Boz ustiga Kaddafiyning siyosiy muxoliflarini qatag’on qilishi, ichki repressiya ham rejimning legitimligiga xavf sola boshlagan. 2000-yillarga kelib, Kaddafiy rejimi va uning ichki qarag’onlaridan charchagan Liviya jamiyatida norozilik harakatlari avj olgan. 2011-yildagi ,,Arab bahori’’ va NATOning harbiy intervensiyasi esa yonib turgan olovga moy quyish bilan teng bo’ldi. Buyuk davlatlarning har ikki tomonni ham qo’llab quvvatlashlari esa urushning yanada cho’zlishiga xizmat qilmoqda. Fuqarolar urushi esa hozirda Liviya uchun halokatli oqibatlari yuzaga keltirishda davom etmoqda.



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Blanchard, Christopher. (2009). Libya: Background and U.S.Relations. Congressional Research Service. P.16

2. Mohamed Eljahmi (2006). "Libya and the U.S.: Qadhafi Unrepentant" . The Middle East Quarterly. Retrieved 12 September 2011

3.Copley, Greg (21 March 2011). "With NATO's Operation Odyssey Dawn Launch, Strategic Dimensions Come into Focus" . World
Tribune. Archived from the original on 24 March 2011. Retrieved 22 March 2011.


4."Libya – Live Blog" . Al Jazeera. 17 February 2011. Retrieved 10 April 2011

5.Mohamed Hussein, 'Libya crisis: what role do tribal loyalties play?,' BBC News, 21 February 2011

6."Who is Saif al-Islam Gadhafi?" . CNN. 21 August 2011. Retrieved 12 September 2011

7."Libya names anti-Islamist General Haftar as army chief" . BBC News. 2 March 2015.

8."Haftar, Gaddafi-era Revolutionary Committees figures sign secret dealin UAE to share power | The Libya Observer" . www.libyaobserver.ly

9.aт-Тани: Ливия пересмотрит контракты, заключенные с РФ в 2008 году | Al-Thani: Libya will renew contracts signed with the RF in 2008

10."Libya arms embargo: UN investigates UAE violations" . www.aljazeera.com.

11. "Russian Snipers, Missiles and Warplanes Try to Tilt Libyan War" – via NYTimes.com

President Obama: Libya aftermath'worst mistake' of presidency" . BBC News. 11 April 2016. Retrieved14 September 2016.

12."US strikes Libya for first time under Trump" . CNN. Retrieved 24 February 2018.

13."Khalifa Haftar says Egypt and Chad are his top supporters" . Libyan Express. 6 September 2016

14."UAE desperate to recruit more mercenaries for Haftar" . Anadolu Agency. Retrieved 2 May 2020

15."Libyan National Army: Turkey supports terrorists, directly interferes in Libya" . egypttoday. 2 June 2020..

16."France says its missiles were found on pro-Khalifa Hifter base in Libya" . Japan Times. July 2019

17.Taylor, Paul (17 April 2019). "France's double game in Libya" . POLITICO

Maqolada shuningdek, www.Kun.uz va www.Daryo.uz saytlarida keltirilgan axbolrotlardan ham foydalanilgan,

1 Blanchard, Christopher. (2009). Libya: Background and U.S.Relations. Congressional Research Service. P.16




2 Mohamed Eljahmi (2006). "Libya and the U.S.: Qadhafi Unrepentant" . The Middle East Quarterly. Retrieved 12 September 2011




3 Copley, Greg (21 March 2011). "With NATO's Operation Odyssey Dawn Launch, Strategic Dimensions Come into Focus" . World
Tribune. Archived from the original on 24 March 2011. Retrieved 22 March 2011.


4
 "Libya – Live Blog" . Al Jazeera. 17 February 2011. Retrieved 10 April 2011

5
 Mohamed Hussein, 'Libya crisis: what role do tribal loyalties play?,' BBC News, 21 February 2011

6
 "Who is Saif al-Islam Gadhafi?" . CNN. 21 August 2011. Retrieved 12 September 2011

7
 "Libya names anti-Islamist General Haftar as army chief" . BBC News. 2 March 2015.

8
 "Libya names anti-Islamist General Haftar as army chief" . BBC News. 2 March 2015.

9
 "Haftar, Gaddafi-era Revolutionary Committees figures sign secret dealin UAE to share power | The Libya Observer" . www.libyaobserver.ly

10
 aт-Тани: Ливия пересмотрит контракты, заключенные с РФ в 2008 году | Al-Thani: Libya will renew contracts signed with the RF in 2008

11
 "Libya arms embargo: UN investigates UAE violations" . www.aljazeera.com.

12
 "Russian Snipers, Missiles and Warplanes Try to Tilt Libyan War" – via NYTimes.com

13
 "President Obama: Libya aftermath'worst mistake' of presidency" . BBC News. 11 April 2016. Retrieved14 September 2016.

14
 "US strikes Libya for first time under Trump" . CNN. Retrieved 24 February 2018.

15
 "Khalifa Haftar says Egypt and Chad are his top supporters" . Libyan Express. 6 September 2016

16
 "UAE desperate to recruit more mercenaries for Haftar" . Anadolu Agency. Retrieved 2 May 2020

17
 "Libyan National Army: Turkey supports terrorists, directly interferes in Libya" . egypttoday. 2 June 2020..

18
 "France says its missiles were found on pro-Khalifa Hifter base in Libya" . Japan Times. July 2019

19
 Taylor, Paul (17 April 2019). "France's double game in Libya" . POLITICO

Download 32.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling