BAjardi: Tursunov Sobirjon 93-mmt 1-Vazifa


Download 19.29 Kb.
Sana20.11.2021
Hajmi19.29 Kb.
#455397
Bog'liq
sssss
sssss

BAjardi:Tursunov Sobirjon 93-MMT

1-Vazifa

1. c


2. c

3. c


4. a

5. b


6.d

7.c


8.a

9.b


10c

11d


12c

13b


14c

15c


16b

17c


18a

19b


20c

2-Vazifa

1T; 2T; 3N; 4N; 5N; 6T; 7T;

3- Vazifa
1. Iqtisodiyot tushunchasi, uning tarkibi va tuzulishi.

Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne’matlari ishlab chiqarishni ob’ektiv zarur qilib qo’yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o’z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne’matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog’liq holda yuz beradi. «Iqtisodiyot» so’zi odatda ikki va hatto uch ma’noda ishlatiladi. B i r i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu xo’jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne’matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta’minlash va yaxshilash tizimi. I k k i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo’jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. U ch i n ch i d a n, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan, xo’jalik yuritish jarayonida odamlar o’rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui. «Iqtisodiyot» so’zining o’zagini «iqtisod» so’zi tashkil etadi. Iqtisod so’zining o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir. Mashhur ma’rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta’rif beradi. «Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o’rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o’rni kelganda so’mni ayamas». Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to’laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o’zi ham tirikchilik o’tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo’ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo’lsa, tirikchilik kechirish uchun ne’matlar shuncha ko’p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e’tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne’matlarni ko’paytirish yo’llarini topishga qaratilgan.

Iqtisodiyot — «ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida ishlatilgan bo’lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo’jalik, «nomos» — qonun degan ma’noni anglatib, uy xo’jaligini yuritish qonuni, san’ati tarzida qo’llanilgan. O’sha paytda uy xo’jaligi natural xo’jalik bo’lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo’lgan. Ksenofont o’zining «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo’jalik haqida ta’limot) nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo’ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo’jaligi, hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o’rtasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi. U iqtisodiyotga xo’jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko’paytirishini ko’rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig’indisi bo’lib, u natural xo’jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo’jalik bu — ideal — kam-ko’stsiz xo’jalik. Ularning boy-kambag’allik darajasi er va unga ishlov beruvchi qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog’liq deb ko’rsatgan.

2. Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning Respublikamiz iqtisodiyotida ham umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat ahzolari o’rtasida bu mulkka «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning mahlum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, O’zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrg’, 425-XII-son) quyidagicha tahrif beriladi:

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo’jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obhektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir24.

Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarini vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k. Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning dastlabki ‘allasidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda ehtirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy mehyorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.

O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati – uni maxsus dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi .

Yengil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijara korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi. Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rolg’ o’ynaydigan ayrim sektorlarni, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan tahminlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.

Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari Respublika qimmatli qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aktsiyadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni tahkidlash lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, mashuliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.

Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obhektlar ro’yxatiga kirmagan barcha obhekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lib qoldi.

Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2003 yillar)ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.



3. Ishlab chiqaruvchi kuchlar, unum beruvchi kuchlar — ijtimoiy ishlab chiqarishda band boʻlgan i.ch. vositalari va kishilar majmui; ijtimoiy i.ch. jarayonida inson bilan tabiat oʻrtasidagi "modda almashuvi"ni amalga oshiradigan subʼyektiv (odam) va ashyoviy unsurlar tizimi. I.ch.k. insonning tabiatga foal munosabatini ifoda etadi va bu munosabat mazmunini tabiat boyliklarini moddiy va maʼnaviy oʻzlashtirish hamda rivojlantirish tashkil etadi. Oʻzlashtirish davomida insonning tirikchilik, hayot sharoitlari — moddiy boyliklar yara-tiladi, ayni paytda uning oʻzi ham kamol topib, rivojlanib boradi. I.ch.k. ning moddiy unsurlari ishlab chiqarish vositalari va isteʼmol vositalaridan iborat. I.ch. vositalari insonning tabiatga taʼsir koʻrsatishiga xizmat qiladigan mehnat vositalari va inson mehnati yoʻnaltirilgan mehnat pred-metlardan iborat. Mehnat vositalarining eng muhim va takom illashadigan, tez oʻzgaradigan tarkibiy qismi — mehnat qurollari (mashinalar, mexanizmlar, asboblar va b.) hisoblanadi. Shu sababli I.ch.k. oʻzgarishi mehnat qurollarining oʻzgarishidan boshlanadi. I.ch. binolari, yoʻllar, kanallar, energetika tarmogʻi, aloqa vositalari, quvur transporta, turli sigʻimli sisternalar va b. ham mehnat vositalariga kiradi. Mehnat vositalari va ayniqsa mehnat qurollari ish kuchi rivojlanishining mezoni, muayyan darajada mehnat amalga oshadigan munosabatlar koʻrsatkichi hisoblanadi, jamiyatning unum beradigan boyligini hosil qiladi.

Bu jarayonda fan bevosita I.ch.k. ga aylanadi (19-asr dan boshlab i.ch. bilan fanning qoʻshilishi dastlab murakkab i.ch. vositalarini, mashina texnikasini yaratdi; 20-asr ning 2-yarmida i.ch.ni avtomatlashtirish, EHM va kompyuter texnikasini ommaviy qoʻllash va b.).

I.ch.k. ning rivojlanishiga geografik muhit, aholining zichligi va koʻpayishi, inson ehtiyojlarining oʻsib borishi, ilmfan taraqqiyoti kabi koʻpgina omillar taʼsir qiladi. Hoz.fan-texnika taraqqiyoti davrida fan ham bevosita I.ch.k. ga aylanib bormoqda. Bularning barchasi pirovard natijada I.ch.k. taraqqiyoti, tarixiy jara-yonning asosiy omili boʻlgan mehnat unumdorligi oʻsishini taʼminlaydi.

Har bir mamlakatda I.ch.k. rivojlantirish va uni mintaqalar boʻyicha oqilona joylashtirish katta ahamiyatga ega. Ayrim mamlakatlarda mamlakat I.ch.k. ni rivojlantirish va joylashtirish bosh sxemalarini ishlab chiqadigan, mamlakat tabiiy resurslari va I. ch.k. ni kompleks oʻrganadigan maxsus Kengashlar ishlaydi. Gʻarbdagi ayrim iqtisodiy nazariya maktablari I.ch.k. tushunchasi oʻrniga ishlab chiqarish omillari tushunchasini qoʻllaydi.



5.

Ijtimoiy ahamiyati nuqtai nazaridan to’rtta marketingni muqobil maqsadlarga ajratiladi.


Iste’mol darajasini oshirish;

Iste’molchilarni qondirilishini maksimallashtirish;


Iste’mol tanlovini maksimallashtirish;




4. Turmush tarzini (sifatini) oshirish.

Iste’mol darajasini oshirish ishlab chiqaruvchilar foydasini o’sishga olib keladi, ishlab chiqarishni va xizmatlar sohasini rivojlantirishga, shuningdek ishsizlikni kamayishiga olib keladi.

Iste’molchilarni qondirilganligini maksimallashtirish iste’mol kutayotgan tovar (xizmat) xossalariga to’liq mos kelishiga erishishni ko’zlaydi.

Iste’mol tanlovini maksimallashtirish iste’molchilarga shunday tovar (xizmat)larni turli xillarini ko’rsatib, ularning xodimlariga to’liq mos keluvchi bozorda tovarlarni qidirib topish mumkin bo’lgan tovarlarni mujassamlashtiradi.

Turmush sifatini oshirishda marketing tovarlarni sotish, sifatini ta’minlash va tovar (xizmat) narx bo’yicha maqbul bo’lish emas, balki jismoniy va moddiy jihatdan sifatni anglatadi.

Marketingning asosiy tamoyillari1:


Iste’molchiga yo’naltirilganlik.


Kelgusiga yo’naltirilganlik. Ishlab chiqaruvchi marketing faoliyatini qisqa muddatli natijalariga emas, balki uzoq muddatli natijalariga mo’ljalni olgan bo’lishi kerak.


Oxirgi amaliy natijalarga erishishga yo’naltirilganlik.




Marketing faoliyati natijasi o’lchamli bo’lishi kerak (bozor ulushi, sotish hajmi, foydaning o’sishi).

Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:


iste’molchilarga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarish kerak;


bozorga tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarni muammolarini yechish vositalari bilan ishlash;


tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil etish kerak;


firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;

marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;


tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;


korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommunikatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish; tovarni yashash davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish; tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi ekanligini eslash;


talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo koorrdinatsiyalash va o’zaro ta’sirini ushlab turish;


tovar bozori yoki firma imiji (obro’yi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikka, hujumkorlikka, faollikka intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.




Xulosa qilib aytganda, marketingning mohiyati va maqsadlaridan quyidagicha asosiy tamoyillari kelib chiqadi:

iste’molchilarga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni iste’molchi shohdir;


istiqbolga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni sub’ekt faoliyati istiqbolga yo’naltirilgan bo’lishi zarur;


pirovard ko’rsatkichga erishishga yo’naltirilgan tamoyil, ya’ni bozor hissasini, foydani oshishi va hokazolar.

Marketing kontseptsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari quyidagi guruhlarga bo’linadi2:

marketing tadqiqotlari;


mahsulot assortimenti ishlab chiqarish sohasini rivojlantirish; sotish va taqsimot funktsiyasi;


tovarni siljitish;


narxni tashkil etish funktsiyasi;


marketing-menejment funktsiyasi.



Marketing tadqiqotlari funktsiyasida:
xalqaro bozorni tahlil etish;

sotish bozorini tadqiq etish;


iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish;


marketing operatsiyalarini o’rganish;


axborot to’plash va qayta ishlash;


marketing-miks kompleksini tadqiq qilish;


raqobatlarni o’rganish;


benchmarketing;


talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o’rganiladi.




Tahliliy funktsiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma rahbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar- texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.

Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobat hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli yechish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o’zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o’rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygandir.

Bunga erishish uchun marketing quyidagi muhim vazifalarni hal etishi lozim:


xaridorlar ehtiyojini o’rganish va aniqlash; narxning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;


avvalo talab va taklif to’g’risida olingan ma’lumotlar asosida bozorni o’rganish;


tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to’g’risida ma’lumotlar olish;


to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida axborot yig’ish;


tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni nazorat qilishdan iboratdir.




Marketingni bosh vazifasi korxonaning mavjud va potentsial imkoniyatlarini baholash va amalga oshirish hamda bozorda talab va taklifni muvofiqlashtirish maqsadida imkoniyatlarni aniqlashdan iborat.

Firmaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:


bozorni egallash;


rentabellik;


moliyaviy barqarorlik;


ishlab chiqarishni ijtimoiy omillarini ta’minlash;


bozordagi mavjud va prestijni tashkil tadbiq mustahkamlash.

Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda 3 ta o’zaro bog’liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:

Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.


Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.




Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar.
Download 19.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling