Bajardi: xalilov b


Download 148.5 Kb.
Sana10.03.2020
Hajmi148.5 Kb.
  • TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI
  • MUXANDISLIK QURILISH INFRASTRUKTURASI FAKULTETI
  • “FUQAROLIK JAMIYATI. O’ZBEKISTON DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALYOTI” FANIDAN
  • TAQDIMOT
  • MAVZU:O’ZBEKISTON JAHON XAMJAMIYATIGA QO’SHILISH VA XALQARO NUFUZI
  • BAJARDI: XALILOV B
  • GURUH 48 B16
  • TEKSHIRDI:UTEMURATOV M
  • 2019-YIL
  • 1. Mustaqil O'zbekiston davlatining jahon hamjamiyatiga qo'shiluvi.
  • 2. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari.
  • 3. O'zbekistonning jahon mamlakatlari bilan har tomonlama o'zaro manfaatli, diplomatik, siyosiy–iqtisodiy va madaniy- ma'rifiy aloqalari.
  • 4. O'zbekistonning mintaqada va jahonda tinchlik, osoyishtalik va hamkorlik uchun kurashdagi o'rni va roli.
  • Reja:

1. XX asr oxirlariga kelib jahon siyosiy xaritasida tub o'zgarishlar

  • - Dunyoning kapitalizm va kommunizm deb ikki qutbga bo'linishi tugadi;
  • - «Sovuq urush» kompaniyasi davri tugadi;
  • - Dunyoning mafkuraviy jihatdan burjua va kommunistik ideologiyalar tomonidan o'z ta'sir doiralariga bo'lib olishiga chek qo'yildi;
  • - Sotsializm (kommunizm) va uning tayanchi bo'lgan SSSR siyosiy tizim va qudratli davlat sifatida jahon xaritasidan o'chdi;
  • - Eng muhimi, yangi mustaqil davlatlar, shu jumladan mustaqil O'zbekiston davlati paydo bo'ldi.

Jahonda uchta tamoyil ustunlik qila boshladi

  • Birinchi tamoyil Rivojlangan va ayniqsa rivojlanib kelayotgan davlatlar demokratik institutlarni, uning tartib-qoidalarini hayotga joriy etishda ancha ilgarilab ketdilar. Xususan, islohotlarni amalga oshirish, jamiyatni demokratlash-tirish va erkinlashtirish, inson huquqlarini ta'minlash, aholini davlat ishlariga ko'proq jalb etish, siyosiy hurfikrlik, erkin saylovlar masalalarida jiddiy siljishlar bo'ldi.

Ikkinchi tamoyil. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlar demokratiya, o'zaro hamkorlik, madaniy, siyosiy, iqtisodiy yaqinlashishlar umumiyinsoniy ahamiyat kasb etib bormoqda. Natijada jahon bo'yicha yagona axborot xududi, yagona demokratik qadriyatlar shakllanmoqda, globallashuv yuz bermoqda.

  • Ikkinchi tamoyil. Davlatlar o'rtasidagi munosabatlar demokratiya, o'zaro hamkorlik, madaniy, siyosiy, iqtisodiy yaqinlashishlar umumiyinsoniy ahamiyat kasb etib bormoqda. Natijada jahon bo'yicha yagona axborot xududi, yagona demokratik qadriyatlar shakllanmoqda, globallashuv yuz bermoqda.
  • Uchinchi tamoyil. Davlatlararo munosabatlarda integratsiya-lashuv kuchaymoqda. Masalan, ular o'z tayyorgarligi va iqtisodiy salohiyatiga qarab mintaqalar bo'yicha siyosiy iqtisodiy harbiy-siyosiy (NATO) jihatidan integratsiyalashib bormoqda.

Bugungi kunda O'zbekiston

  • 1992 yil 2 martda jahonning eng nufuzli xalqaro tashkiloti - Birlashgan Millatlar Tashkiloti a'zoligiga qabul qilindi. Shu bilan O'zbekiston xalqaro hamjamiyatning teng huquqli sub'ektiga aylanganligi qonuniy rasmiylashtirildi.
  • Ma'lumki, sobiq sho'rolar davrida SSSR dan BMTga uning o'zi va ikki ittifoqchi Respublikasi Ukraina SSR va Belorussiya SSR a'zo edi. O'zbekiston uchun bu orzu edi.Shundan so'ng qisqa davrda O'zbekiston (1992 y 30 yanvar), (1992 y noyabr), Evropa Ittifoqi (1996 yildan), NATO (1994 yildan), YuNESKO (1993 y), Evroosiyo Ittifoqi (2005 y) kabi ko'plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan ham o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yildi.
  • Respublikamizda xorijiy davlatlarning 43 ta elchixona va konsulxonasi, 20dan ortiq yirik xalqaro tashkilotlarning missiyalari ishlab turibdi. o'z navbatida, O'zbekistonning ham xorijiy mamlakatlarda 40 dan ortiq elchixona, konsulxona va turli vakolatxonalari faoliyat kursatmoqda.

O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo'shiluvi natijasida

  • Birinchidan, davlatimiz dunyo hamjamiyatida o'z o'rnini topdi.
  • Ikkinchidan, endi dunyoning turli burchaklarida hamma o'zbekni, O'zbekistonni taniy boshladi.
  • Uchinchidan, xalqaro tashkilotlarga kirish va ular bilan hamkorlik qilishi O'zbekiston uchun har tomonlama samarali bo'lmoqda.

Amalda qilingan ishlar

  • O'zbekistonga demokratik tamoyillar kirib kelmoqda. Rivojlangan demokratik davlatlarning bozor munosabatlariga o'tish tajribasini o'rganish imkoniyati va bu borada hamkorlik aloqalari kuchaymoqda.
  • Orol muammosini hal etish bo'yicha hamkorlik qilinmoqda, mablag’ ajratilmoqda.
  • 3. YuNESKO homiyligida qadimiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva, Termiz, Shahrisabz, Qarshi, buyuk mutafakkir allomalarimiz Beruniy, Xorazmiy, Farg’oniy, Moturidiy, Imom Buxoriy va boshqalarning yubileylari o'tkazilmoqda.
  • 4. Inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha qator ijobiy ishlar qilinmoqda.

2. Mustaqillikning dastlabki yillarida O'zbekiston tashqi siyosati borasidagi qiyinchiliklar

  • 1. Sobiq sovet tuzumi O'zbekiston tashqi siyosati jilovini o'z qo'lida ushlab turardi;
  • 2. Tashqi aloqalarni yurituvchi tegishli idora va tashkilotlar yo'q edi;
  • 3. Xalqaro munosabatlar va huquqiy me'yorlar sohasida tajribasizlik;
  • 4. Eksport, import va valyuta resurslarini taqsimlashda tajribaning yo'qligi;
  • 5. Mutaxassis kadrlarning etishmasligi;
  • 6. Tashqi siyosat bobida tajribaning yo'qligi va boshqalar edi.

O'zbekiston tashqi siyosati asosiy tamoyillari:

  • 1. o'z milliy davlat manfaatlarini ustun qo'ygan holda barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni keng rivojlantirish. Bu har qanday davlat bilan hamkorlik qilganda nima foyda ko'ramiz demakdir.
  • 2.Tenglik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik.
  • 3. Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar barcha davlatlar bilan ochiq siyosat yuritish.
  • 4. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, qo'rqitmaslik.
  • 5. Davlatlararo munosabatlarda umumbashariy qoidalarni ustun qo'yib, xalqaro hujjatlarni tan olish va ularga qat'iy rioya qilish.
  • 6. Tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun kurash, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etish, yadrosiz hudud bo'lib qolish.
  • 7. Inson huquqlariga oid xalqaro qoidalarga sodiqlik va ularni bajarish.
  • 8. Barcha davlatlar bilan to'la ishonch asosida ikki va ko'p tomonlama aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish.

3. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng jahondagi barcha davlatlar bilan har tomonlama teng, o'zaro manfaatli diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi.

  • 3. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng jahondagi barcha davlatlar bilan har tomonlama teng, o'zaro manfaatli diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
  • 16 dekabr 1991 yildan O'zbekistonni jahonda tan olish pallasi boshlandi. Natijada 1992 yil oxirigacha jahondagi 129 ta davlat O'zbekiston bilan aloqa o'rnatdi. Bular orasida A?Sh, RF, Angliya, Frantsiya, Germaniya kabi yirik davlatlar bor edi.
  • Natijada bugungi kunda er yuzining turli chekkalarida ishonchli va manfaatdor sheriklarimz paydo bo'ldi. Bular orasida Osiyoda, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Evropada, Germaniya, Frantsiya, Chexiya, Amerika qit'asida, AQSh kabi davlatlar shuningdek, RF qo'shnilarimiz Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa 130 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bor. AQSh, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi kabi jahonning nufuzli mamlakatlari esa O'zbekistonning strategik hamkorlari hisoblanishi ayniqsa ahamiyatlidir.

2005 yil oxiri va 2006 yil boshida O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Rossiya shuningdek butun dunyo davlatlari bilan aloqalari yangi bosqichga ko'tarildi. Birinchidan, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti Rossiya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston o'rtasidagi Evroosiyo ittifoqi bilan qo'shildi. Natijada bu har ikki iqtisodiy tashkilot o'rtasida yagona Evroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Rossiya va O'zbekiston munosabatlari «ittifoqchilik darajasiga» ko'tarildi.

  • 2005 yil oxiri va 2006 yil boshida O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Rossiya shuningdek butun dunyo davlatlari bilan aloqalari yangi bosqichga ko'tarildi. Birinchidan, Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti Rossiya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston o'rtasidagi Evroosiyo ittifoqi bilan qo'shildi. Natijada bu har ikki iqtisodiy tashkilot o'rtasida yagona Evroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti paydo bo'ldi. Ikkinchidan, Rossiya va O'zbekiston munosabatlari «ittifoqchilik darajasiga» ko'tarildi.

O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI

  • O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI
  • O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI TO‘G‘RISIDA

  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SIYOSIY FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI TO‘G‘RISIDA
  • 2-modda.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.
  • 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlarga aralashish, mustaqillikni va suverenitetni kamsitish hamda davlatlararo munosabatlarni mafkuralashtirishning har qanday ehtimolini istisno etuvchi teng huquqli va o‘zaro foydali munosabatlarni barcha davlatlar bilan yo‘lga qo‘yadi.
  • 4-modda.Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda boshqa xalqaro tashkilotlar ishida faol ishtirok etish, Evropa, Osiyo va jahon xavfsizlik tuzilmalariga integratsiyalashuv O‘zbekiston Respublikasi tegishli tuzilmalarining tashqi siyosiy faoliyatidagi eng muhim vazifadir.
  • 6-modda. O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunga va O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasiga muvofiq harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi. O‘zbekiston Respublikasi har qanday davlatlararo tuzilmadan, bu tuzilma harbiy-siyosiy blokka aylantirilgan taqdirda, chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
  • 7-modda. O‘zbekiston Respublikasi mintaqadagi hamda undan tashqaridagi mojarolarning oldini olish va ularni bartaraf etish maqsadida hukumatlararo va hukumatga qarashli bo‘lmagan tuzilmalarning ishida faol qatnashadi.

2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi  

  • 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi  
  • 5-tamoyil . Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalish.
  • Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
  • davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o’rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik muhitini shakllantirish;
  • O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to’g`risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot etkazish;
  • O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
  • davlat chegarasini delimitastiya va demarkastiya qilish masalalarini hal etish.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Мирзиёев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеяси 72-сессиясида сўзлаган нутқи. - Т.: http://www.president.uz/uz/lists/view/1063 , 2017.
  • Утамурадов А. ва бошқалар. Фуқаролик жамияти. Ўқув қўлланма. Т.: Университет. 2018
  • Жўраев Т.А. Миллий давлатчилик: хавфсизлик ва барқарорлик.-Т.:Академия, 2007
  • www.lex.uz
  • ziyonet.uz

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling