Bajardi: Xitoyshunoslik fakulteti xmi va m guruhi talabasi To’rayeva Setora


Download 10.64 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi10.64 Kb.
#199196
Bog'liq
P.mahorat To'rayeva Setora


Bajardi: Xitoyshunoslik fakulteti XMI va M guruhi talabasi To’rayeva Setora

Pedagogik mahorat

ESSE

Pedagogik mahorat- ulkan pedagogik tafakkur ni talab etuvchi , ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli ravishda ijodiy vondashuvni o’z ichiga oluvchi, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati hisoblanib , u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib boorish orqali erishiladi.



Yuqorida ko’rgan vidioimizda shuni tushinishimiz mumkinki pedagogic mahoratsiz inson hech qachon bolalar bilan ishlash qanaqaligini bilishmaydi.

Pedagog – bu o’quvchilarning qalbini sezadigan “bola qalbining ovchisi hisoblanadi. U o’quvchiolar bilan ishlabgina qolmasdan, ularga individual yondashgan holda ularning psixologiyasini o’rganuvchi shaxs hisoblanadi.

O’qituvchidan bir vaqtning o’zida muloqot qilish (kommunikativ) qobiliyati, voqealarni oldindan ko’ra olish qobilyati, eshitish va his qilish qobilyati, xatti hara katlarning muvofiqlashtirish qobiliyati, mantiqiy qobiliyat ya’ni falsafiy qarash qobilyati bo’lshi talab etiladi. Chunki har bitta pedagog borki ular oquvchi bilan muloqat qilishi, uni fikirlari bilan qiziq ko’rishi u bilash birga iliq munosabatlarni o’rnatish uchun zamin yaratib beradi.

Agar o’qituvchi oquvchining his tuyg’ularini oldindan ko’ra olsa, ular bilan qay tarzda muloqat amalga oshirishni belgilab beradi.

Pedagog o’quvchilar bilan suhbatlashish jarayonida eshitish qobilyatiga ega bo’lsagina o’quchining psixik holatini anglay oladi. Hamda buni his qilgan holda o’quvchiga to’g’ri yo’l ko’rsata oladi.

Bundan tashqari pedagog o’z hatti harakatlarini boshqara olishi lozim. Chunki har bitta qilgan nojo’ya harakati o’quvchining hayollarini chalkashtirib yuborishi mumkin. Mantiqiy qobiliyat- Falsafiy mulohazalar yuritishni, raqamlarni matem atikani, murakkab masalalarni hal qilishni sevadi, sababiyat va oqibat natijalarini tushunish malakasiga ega, voqelikda asosiylikni ikkinchi darajalisidan ajrata oladi.

Pedagog o’quvchiga ta’sir eta olishi zarur, albatta ijobiy. O'qituvchining so'z boyligi va notiqlik malakasi ishontirish va o'quvchi ongiga ta’sir etishning muhim manbalaridir.

Pedagogik ta’sir ko‘rsatish - tarbiyalanuvchiga ongli ravishda va mustaqil fikr yuritish uchun , tarbiyani ma’lum bir maqsadga asosan takomillashtirish uchun o’quvchiga muntazam va tizimli ta’sir ko‘rsatish hisoblanadi. Bu jarayonda shaxsni kamol toptirish uchun, uni jamiyatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yordam beruvchi omil hisoblanadi . Pedagogik ta’sir ko'rsatish mazmunida tarbiya mohiyati ifodalangan. Tarbiya mohiyati turli davrlarda har xil ifodalanga bo‘lsa ham, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyatiga ko'ra bir-biriga o‘xshash fikrlarni mujassamlashtiradi. Pedagog eng muhimi tarbiyalanuvchining ko’ngliga yo’l topa olishi zarur. Qattiqqo’lik bilan natijaga erishib bo’lmaydi. Aksincha o’quvchining insonlarga nisbatan fikrlarini salbiy tomonga o’zgartirishi mumkin. Bu esa o’quvchining psixologiyasiga yomon ta’sir ko’rsatadi.



Xulosa qilib shuni aytish mimkinki, Pedagog bo’lish butun bir davlat, jamiyat va shaxsga nisbatan juda ham katta mas’uliyat ta’lab etiladigan kasb hisoblanadi. Chunki bitta insonni buyuk shaxs qilib yaratish ham, jaholat bilan ulg’aytirish ham pedagogning zimmasida va bu juda katta kuch demakdir.
Download 10.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling