Bakalavr darajasini olish uchun bitiruv malakaviy ishi mavzu: namangan viloyati pop tumanidagi nasos stansiyalari yordamchi qurilmalar


Download 356.61 Kb.
Sana16.11.2019
Hajmi356.61 Kb.

O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKЕNT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO’JALIGINI MЕXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI

«Qishloq va Suv xo’jaligi energiya ta’minoti» fakultеti

«5310200» Elеktr enеrgеtika (suv xo’jaligida) bakalavriat ta’lim yo’nalishi

BAKALAVR DARAJASINI OLISH UCHUN

BITIRUV MALAKAVIY ISHI

MAVZU: «NAMANGAN VILOYATI POP TUMANIDAGI NASOS STANSIYALARI YORDAMCHI QURILMALARINI QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI YORDAMIDA TA’MINLASH»

Bajardi: M.Y. Hakimov

Raxbar: PhD D.B. Qodirov

TOSHKЕNT – 2019 yil

Inson ta’siri natijasida dunyo o‘zgarmoqda. Insoniyatning organik energetik resurslarni o‘ylamasdan energetikada, transportda, katta zavod va fabrikalarda qo‘llashi, atom energetikasi hamda katta shaharlar chiqindilarini dunyo okeaniga tashlanishi natijasida atrof-muhit o‘zgarmoqda. Yer yuzida iqlimning o‘zgarishi kuzatilmoqda, mangu muzliklar erimoqda, shaharlar suv ostida qolmoqda, o‘rmonlar yonmoqda.

Yuqorida keltirilgan salbiy o‘zgarishlarning barchasi, millionlab yillar tabiat tomonidan o‘rnatilgan tabiiy muvozanatni insoniyat tomonidan o‘ylamasdan buzulishi natijasida yuz bermoqda.

Yuz berayotgan falokatlarni to‘xtatish uchun nima qilish kerak?


  • Birinchi galda insonning ichki dunyosini tabiatga nisbatan ijobiy o‘zgartirish,
  • Organik energetik resurslardan foydalanishni butunlay to‘xtatish lozim.

Shu bois BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Mun boshchiligida tuzilgan muvofiqlashtiruvchi guruh 2012-yilni “Barcha uchun xalqaro barqaror energetika yili” deb e'lon qilib, yangi global tashabbusni ilgari surgandi. Tashabbus 2030-yilga borib uchta asosiy maqsadga erishishni mo’ljallagan:
  • zamonaviy energetik xizmatlardan ommaviy foydalanishni ta'minlash;
  • dunyo energoiste'molini 40 foizga pasaytirish;
  • dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 30 foizga oshirish.

  • Qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalaridan foydalanish istiqboli uning ekologik tozaligi, ekspluatatsiya qiymatining arzonligi bilan bog’liq.



Yevropa komissiyasi hisob-kitoblariga qaraganda, 2020-yilga borib muqobil energiya sanoatida qo’shimcha 2,8 millionta ish o’rni yaratiladi. BMT ma'lumotlarida aytilishicha, birgina 2008-yilda butun dunyo bo’ylab ko’mir va neft ishlab chiqarish sohasiga 110 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritilgan bo’lsa, muqobil energetika bilan bog’liq loyihalarga 140 milliard dollarlik investitsiya jalb etilgan. Ushbu mablag’ning :
  • 51,8 milliardi shamol energetikasiga,
  • 33,5 milliardi quyosh energetikasiga,
  • 16,9 milliardi bioyoqilg’iga sarflangan.

  • Yevropa davlatlari 2008-yilda muqobil energetikaga 50 milliard,
  • Amerika - 30 milliard,
  • Xitoy - 15,6 milliard,
  • Hindiston - 4,1 milliard dollarlik sarmoya sarflagan.

IQTISODIYOT SOHALARI VA AHOLI BO’YICHA 2018 YILDA ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLINING TARKIBI

Rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun 240-260 gramm yoqilg'i sarflansa, mamlakatimizdagi ayrim stansiyalarda 2 barobar ko'p yoqilg'i sarflanadi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishi natijasida elektr energiyasiga bo'lgan talab 2030 yilga borib 20 ming megavattga yetadi.Mamlakatimizda elektr energiyasi asosan tabiiy gazni yoqish evaziga ishlab chiqariladi. Gaz resurslari cheklangan bugungi sharoitda 2030-yilga borib uni yanada ko'proq sarflash – tiklanmaydigan tabiiy resurslarning juda katta miqdorini uvol qilish deganidir.

ISHNING ASOSIY MAQSADI:

Yurtimiz qishloq va suv xo’jaligi sohalarida qayta tiklanuvchi energiya manbasi hisoblangan quyosh energiyasidan samarali foydalanish imkoniyatlarini tahlil qilish va amaliy ishlar olib borish(Nam.vil , Pop tum. №16 NS misolida).

NIMA UCHUN AYNAN QUYOSH ENERGIYASI ???

  • Shamol tezligi beqaror;
  • Shamol energiyasidan foydalanish jo'g'rofiy joylashuvi bilan jiddiy cheklangan;
  • Shamol energetikasining konvertatsiya qilish samaradorligi past;
  • O'rnatilgan quvvatning o'rtacha 1 kVt narxi o'rtacha 1000 dollarni tashkil etadi.
  • Shamol turbinalari odamlarga noqulaylik tug'diradigan aerodinamik shovqinlarni keltirib chiqaradi (kunduzi 45db tunda 35db)
  • O'rnatish har doim xom ashyo manbalariga yaqin joyda, masalan, chorvachilik fermalari yaqinida joylashgan bo'lishi kerak.
  • O'rnatish jarayonida yoqimsiz hidli gaz hosil bo'ladi, shuning uchun uni uydan etarlicha masofada joylashtirish kerak
  • Biogaz stansiyasining uskunalari juda qimmatga tushadi va uzoq muddat davomida xarajatlar qoplanadi

Fotoelektrik tizimining ulanish sxemasi

Nasos stansiyasi uchun quyosh panellaridan foydalanish uchun avvalo nasos stansiyasi joylashgan hududning ob-havosi ma’lumotlaridan xabardor bo’lish zarur

Buni inobatga olgan holda, nasos stansiyasi joylashgan Pop tumani Jabborsoy qishlog’ining 2018-yildagi ob-havo ma’lumotlaridan foydalanib, quyidagi ma’lumotlarga ega bo’ldik

IQTISODIY QISM



Namangan viloyati Pop tumani №16 nasos stansiyasidagi yordamchi qurilmalarning oylik va yillik energiya iste’moli uchun sarflanadigan mablag’ni hisobi

 

Istemolchi nomi

Quvvati

Soni

Sutkada ishlash vaqti

Sutkalik energiya iste'moli

 

 

kVt

 

soat

kVt*soat

Ma’muriyat binosidagi iste'molchilar nomi

1

Cho'glanma lampalar

0,15

4

7

4,2

2

Lyumissent lampalar

0,1

2

7

1,4

3

Elektr choynak

2,4

1

0,4

0,96

4

Televizor

0,4

1

2

0,8

5

Elektr pechka

2,4

1

2

4,8

6

Xolodilnik

0,4

1

6

2,4

 

Jami

5,85

10

24,4

14,56

Nasos binosidagi yordamchi uskunalar

1

Projektor

0,4

1

4

1,6

2

Drenaj suv nasosi

2,2

1

6

13,2

 

Jami

3,7

6

8,1

14,8

 

Umumiy

9,55

16

32,5

29,36

 

Istemolchi nomi

Sutkalik energiya iste'moli

Sutkalik energiya narxi

Oylik energiya iste'moli

Oylik energiya narxi

Yillik energiya iste'moli

Yillik energiya narxi

 

 

kVt

so'm

kVt

so'm

kVt

so'm

Ma'muriyat binosidagi iste'molchilar nomi

1

Cho'glanma lampalar

4,2

1390,2

126

41706

1512

500472

2

Lyumissent lampalar

1,4

463,4

42

13902

504

166824

3

Elektr choynak

0,96

317,76

28,8

9532,8

345,6

114393,6

4

Televizor

0,8

264,8

24

7944

288

95328

5

Elektr pechka

4,8

1588,8

144

47664

1728

571968

6

Xolodilnik

2,4

794,4

72

23832

864

285984

 

Jami

14,56

4819,36

436,8

144580,8

5241,6

1734969,6

Nasos binosidagi yordamchi uskunalar

1

Projektor

1,6

529,6

48

15888

576

190656

2

Drenaj suv nasosi

13,2

4369,2

396

131076

4752

1572912

 

Jami

14,8

4898,8

444

146964

5328

1763568

 

Umumiy

29,36

9718,16

880,8

291544,8

10569,6

3498537,6

Elektr energiya iste’moli xarajatlari

Nasos stansiyasidagi mavjud yordamchi qurilmalar hammasi bir vaqtda ishlamasligini hisobga olgan holda, ularning kun davomida bir vaqtda ishlaganda quyosh panellaridan talab qiladigan maksimal elektr energiyasini aniqlash uchun ularning sutka davomidagi energiya iste’molini analiz qilamiz.





Qurilma nomi

Xarakteristikasi

Markasi

Soni

Narxi (Chet)

Narxi (so'm)

Umumiy summasi

1

Akkumulyator batareyasi (AKB)

200A*s. 12V

GENESIS NP200-12

5

12969 grn

4176076

20,880,380

2

Kontroller

60 A 48 V

ACM6048 (60А)

3

5078 grn

1635138

4,905,414

3

Invertor

5000 VA

SILA 5000P (PF 1.0)

1

42100 rubl

5603960

5,603,960

4

Fotoelektrik panel

1640×991×35 мм

ABI-SOLAR M60275-D

6

6000 grn

1932026

11,592,156

42,981,910

Fotoelektrik tizimning tarkibi

O’zini qoplash muddati

Tyil = Wsarf / Wyillik.foyda = 42981910 / 3498537,6 = 12,3 yil


Tr

Yillar

Oylar

Tarif uchun to‘lov

Bazis davrga nisbatan o‘zgarishi (Yt/Y2012)

Oldingi yilga nisbatan o‘zgarishi, % (Yt+1/Yt•100)

1

2

3

4

5

6

1

2012

Oktabr

104,0

1,00

113,5

2

2013

Oktabr

120,0

1,15

115,4

3

2014

Aprel

131,4

1,26

114,8

4

2014

Oktabr

144,3

1,39

5

2015

May

155,0

1,49

116,9

6

2015

Oktabr

167,4

1,61

7

2016

Aprel

182,0

1,75

115,7

8

2016

Oktabr

191,0

1,84

9

2017

Iyul

204,3

1,96

109,5

10

2018

Aprel

228,6

2,20

117,1

11

2018

Noyabr

250,0

2,40

Maishiy iste’mol uchun elektr energiyasining narxlarini oshganligi to‘g‘risida ma’lumot

Ushbu jadvaldagi ma’lumotlariga asosan shuni ta’kidlash o’tish joizki, elektroenergiyadan foydalanganlik uchun to‘lovlar (4-ustun) yildan yilga oshib borgan. O‘tgan yillar davomida energiyadan foydalanganlik uchun to‘lovlar (5-ustun) qariyb 2,4 marta oshganini ko‘rish mumkin.


    • Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ushbu turidan foydalanish hozirgi kunda biroz qimmatroq bo’lishi mumkin. Ammo energiyaning bu turidan foydalanmaslik, kelajakda bundan anchagina qimmatga tushishi turgan gap !

Xulosa
  • Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, biz bu qilgan ishimiz bilan birgina ko’rsatilgan nasos stansiyasi yordamchi qurilmalarini quyosh energiyasidan foydalanib ta’minlash orqali bir yilda tarmoqdan olinadigan 10569,6 kVt*soat energiyani va uni ishlab chiqarishga sarflanishi mumkin bo’lgan 4,55 tonna shartli yoqilg’i resurslarini tejab qolishimiz mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Download 356.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling