Bakterial kasalliklar


Download 19.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.12.2021
Hajmi19.57 Kb.
#477420
Bog'liq
Bakterial kasalliklar - Vikipediya
УрДУ бўйича Умумий 5341306416, kali linux hacking, Eftaliylar davlatlari - Vikipediya, АХМАД ДОНИШ ИСТОРИЯ МАНГИТСКОЙ ДИНАСТИИ, АХМАД ДОНИШ ИСТОРИЯ МАНГИТСКОЙ ДИНАСТИИ, surxondaryo tabiiy geografik okurugi, korxonalarda xodimlarni motivatsiyalash darajasini oshirish yollari ozbekneftegaz dxk. st-1 boshqarmasi misolida, BILET N22, BILET N22, 1. Fuqarolik ja, GLOSSARIY (1), GLOSSARIY (1), 1 (2), 1325795, 13 mavzu


Bakterial

kasalliklar

Bakterial kasalliklar, bakteriozlar (oʻsimliklarda) — oʻsimliklarda bakteriyalar qoʻzgʻatadigan

yuqumli kasalliklar. Bakteriyalar taʼsirida oʻsimlik organizmidagi hayotiy jarayonlar buziladi,

toʻqima va hujayralarning fiziologik funksiyasi hamda tuzilishi oʻzgaradi. Gʻoʻza, tamaki,

pomidor, kartoshka, karam, bodring , piyoz, sabzi, gʻalla ekinlari, mevalar va tokni zararlaydi va

q.x.ga katta zarar yetkazadi. Bakteriozlarning bir necha xili farqlanadi: chirish (toʻqimalarning

yumshab, qurishib, parchalanib ketishi, ildiz chirishi); dogʻlar (barg yoki yosh novdalar va

mevalarda dogʻlar paydo boʻlishi); kuyish (gul, tuguncha, barg va novdalarning qoʻngʻir tusga

kirib, qorayishi); bakterial rak (ildiz, poya yoki novdalarda shish hamda yaralar paydo boʻlishi);

shira oqishi (gommoz). Bakteriyalar oʻsimlik ichiga barg ogʻizchalari, nektar ajratuvchi bez

teshiklari yoki jarohatlangan joylardan kirishi mumkin. Bakteriya organizm ichiga kirgach,

hujayralararo toʻsiqni eritib, toʻqimalararo yoʻllar bilan tarqaladi. Natijada toʻqima chirigan

kartoshka va sabzi ildizmevasi kabi yumshab qoladi. Kasallikning bunday kechishi

parenximatoz (toʻqima kasalligi) deb ataladi. Boshqa tur bakteriyalar oʻsimlikning oʻtkazuvchi

nay tutam (tomir)larida tarqalib, tomirlar bakteriozini qoʻzgʻatadi. Bunda oʻsimlik faqat

naylarning tiqilib qolishi tufayli emas, balki bakteriyalar ajratgan zaharli moddalar — toksinlar

taʼsiridan ham soʻliydi. Kasallangan oʻsimlik qoldiqlari bor tuproq asosiy infeksiya (yuqum)

manbai hisoblanadi. Bakteriozlar urugʻlik, kasallangan oʻsimlik qoldiqlari, shamol, shuningdek

atmosfera yogʻinlari, hasharotlar va b. bilan tarqalishi mumkin. Doʻl barg va poyalarni

shikastlab, bakteriozning tezda avj olishiga sabab boʻladi.

Kurash choralari: hosil yigʻib olingach, oʻsimlik qoldiqlarini ildizi bilan birga yoʻq qilish,

shuningdek qabul qilingan almashlab ekish qoidalariga rioya qilish; kasalliklarga chidamli

navlarni ekish. Agrotexnika choratadbirlari kutilgan natijani bermasa, unda maxsus kimyoviy



preparatlar — pestitsidlardan foydalaniladi.

Download 19.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling