Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o‘zi
Download 37.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqMAJBURIY FANLAR
MAJBURIY FANLAR. Ona tili Baliq qornidan tirik chiqqan Oygulning o‘zi Baxtiyorning otasiga unga kelin bo‘lmoq niyatida ekanini aytadi. Ushbu gapda fonetik o’zgarishlarning qaysi turi mavjud? A) tovush tushishi B)tovush ortishi, tovush almashishi C) tovush tushishi, tovush ortishi D) tovush tushishi, tovush ortishi,tovush almashishi Metafora usulida ma’no ko’chishi berilmagan javobni toping. A) devorning yuzi B)Besh qo‘lini og‘ziga Tiqmoq C)uzukning ko’zi D)shishaning og’zi Qaysi javobda o’timli fe’l qo’llangan? A) ko’rilmoq B)boshlamoq C)yugurmoq D)taralmoq Bu bola yig‘lab uyga qaytdi. Ushbu gapda quyidagi so’z turkumlaridan qay biri qo’llanmagan? A) ot B)fe’l C)ravish D)olmosh Darhaqiqat, olam jamolini tomosha qilishdan ham go‘zal narsa bormi? Yuqoridagi gapda so‘z birikmalari soni nechta? A) 3 B)4 C)5 D)6 Qaysi javobda bilan sof ko’makchisi bog’lovchi Vazifasini bajargan. A) Sen bilan men tayyor oshga bakovul bo‘lib Saltanatni tortib oldik sarbadorlardan. B) Yaxshilik va to‘g‘rilik bilan do‘stlash. C) Mard boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar. D) Bilak bilan bo‘lmagan bilim bilan bitar. Ega ot so’z turkumi bilan ifodalanmagan gapni toping. A) U xuddi shunday tanholikni tusab turgan edi. B) G’am bo’yinga bog’langan tosh bo’lsa,quvonch yelkadan o’sib chiqqan qanot. C) Yigit oddiy kiyingan,o‘rta bo‘y, kelishgan va chiroyli ekan. D) Kampir uxlolmadi, u yoqdan bu yoqqa ag’darilaverib oxiri o’rnidan turdi. Uyushiq gap berilgan javobni toping. A) Maktabga qatnay boshlagandan keyin uning ko‘z o‘ngida yangi olam ochildi. B) Osmonda,daraxtlarda,tomlarda,bo‘g‘otlarda Chumchuqlar chirqillashadi. C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa ajabmas. D) Olimlarning aniqlashicha, eng olis yulduzgacha bo‘lgan masofa160ming yorug‘lik yiliga teng ekan Sinonim qo’shimchalar qo’llangan javobni belgilang. A) -li,ba-B)-li,-sizC)-loq,-istonD)-in,be- Tishi o‘tmaydi. Ushbu iboraning ma’nosi qaysi javobda to’g’ri izohlangan. A) Biror qattiqroq narsani maydalashga, chaynashga Tishining qurbi yetmaydi. B) Osonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz. C) Katta,ko‘p narsadan boshlang‘ich va kichik bir qism. D) Noloyiq, yarashmaydigan ish deb bilmoq Download 37.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling