Baliqlar katta sinfining umumiy tavsifi va sistematikasi. Tog‘ayli baliqlar sinfi vakillarining tuzilishi, ko‘payishi va rivojlanishi


Download 26.32 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2022
Hajmi26.32 Kb.
#628519
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BALIQLAR KATTA SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. TOG‘AYLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINING TUZILISHI, KO‘PAYISHI VA RIVOJLANISHI.
I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.bizning yòlimiz-..., I.Karimov.erishgan marralar bilan...., FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR SANOAT, 2-курс амалиёт бетлик, TASMASIMON CHULCHANGLAR SINFI VAKILLARI QORAMOL SOLITYORI CHOCHQA SOLITYORI EXINNOKOK TASMASIMON CHUVALCHANGLARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI, Korxonada yoritishni qo’llash ahamiyati, talablari.Bino inshoatlarni yonuvchanligini kamaytirish, o’tga chidamliligini oshirishtalablari., TAVSIFNOMA, O\'QITISHNING GRAFIKLI ORGANEYZERLI VOSITASIDAN TABIATSHUNOSLIK DARSLARIDA FOYDALANISH. NIMA UCHUN, VENNA DIAGRAMMASI T-JADVAL, B-B-B JADVAL BALIQ SHLETI, QANDAY DIADRAMMASI NILUFAR GULI CHIZMASI KLASTER, Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining nazariy va amali (2), 111111111111111, ИСТОРИЯ ИССЛЕДОВАНИЯ СРЕДНЕЙ АЗИИ, 2-мавзу. Маъруза матни

BALIQLAR KATTA SINFINING UMUMIY TAVSIFI VA SISTEMATIKASI. TOG‘AYLI BALIQLAR SINFI VAKILLARINING TUZILISHI, KO‘PAYISHI VA RIVOJLANISHI.

Reja:
1.Tog`ayli baliqlar sinfining umumiy tavsifi.


2. Tog`ayli baliqlar sistematikasi.
3.Plastinkajabralilar kenja sinfi.

1.Tog`ayli baliqlar sinfining umumiy tavsifi. Baliqlar — eng qadimgi birlamchi suvda yashovchi jag`og`izli umurt­qali hayvonlar bo`lib, faqat suvda yashash qobiliyatiga ega. Ilgariga qarab harakat qilishning asosiy usuli — butun gavdaning yon tomonga qarab tulqinsimon xarakati yoki kuchli dum harakati hisoblanadi. Juft suzgich qanotlari (ko`krak va qorin suzgich qanotlari) baliq gavdasini suvda ma'lum muvozanatda ushlab turish, xarakat tekisligini ta'minlash, rul va ba'zan xarakat organi vazifasini bajaradi: dumosti yoki anal suzgich qanotlari suvda gavdaning turg`unligini ta'minlaydi. Baliqlarning uta faol harakatchanligi nafakat harakat organlarining takomillanishi bilan, balki bosh miya va sezuv organlarining kuchli rivojlanganligi bilan borliqdir. Xazm qilish nayida oshqozon, ingichka va yuron ichaklar paydo bo`ladi. Terisida himoya vazifasini bajaruvchi tangachalar hosil bo`ladi. Ba'zilarida tangacha bo`lmasligi ikkilamchi hol. Terisida bir hujayrali bezlari bor. Yon chiziq organi yaxshi rivojlangan.
Hozirgi zamon faunasida baliqlarning 20 ming atrofida turlari bor. Baliqlar yer sharining hamma suvhavzalarida tarqalgan. Bularning katta-kichikligi ham xar xil bo`ladi. Masalan, kitsimon akulaning uzunligi 20 m ga, massasi 15-20 t gacha yetadi, manta degan skatning massasi 2-3 t, kundalang eni 7 m. Ikkinchi tomondan, Filippin orol-larida yashaydigan buqa baliqning uzunligi atigi 1,5 sm keladi.
Baliqlar suv biotsenozida yashovchi hayvonlarning yetakchi guruhi hisoblanadi va kimmatbaxr gusht va yog byeruvchi oziq-ovqat ob'ekti sifatida bularning ahamiyati juda katta.
Odatda, baliqlar katta sinfi ikkita sinfga bo`linadi: tog`ayli baliqlar sinfi — Chondrichtyes; suyakli baliqlar sinfi — Osteichtyes
Tog`ayli baliqlar hozirgi baliqlar ichida eng qadimgisi hisoblanadi. Asosan, dengiz va okean suvlarida tarqalgan bo`lib, 600 tur baliqni o`z ichiga oladi. Bularda sodda tuzilgan belgilari bilan bir qatorda yuksak belgilar ham namoyon bo`ladi. Skeleti faqat tog`aydan tashkil topgan, ba'zilarida ohak tuzlari tuplanishi mumkin, lekin hech kachon suyak bo`lmaydi. Yelka kamari bosh qismining ostidan va yon tomonidan o`rab turgan yaxlit tog`ay yoydan iborat. Terisi eng sodda plakoid tangachalar bilan qoplangan, ba'zan tangacha bo`lmasligi mumkin. Jabra yeriklari 5-7 juft bo`ladi va to`g`rridan-to`g`rri tashqariga ochiladi. Juft (ko`krak va qorin) suzgich qanotlari tanaga gorizontal xorda joylashgan. Havo pufakchalari yuq- kloakasi bo`ladi. Dum suzgich qanoti teng bo`lmagan pallali-getyerotsyerkal tipda bo`ladi. Ichaklarining ichida xuddi minogalardagidek spiral klapin bor.
Yuksak (progressiv) belgilariga oldingi miya qopqog`ida nerv moddasining bo`lishi, ichki urug`lanishi, ba'zi turlarining tirik tug`ishi va yuraklarida arterial konus (yurak bo`lmasi va yurak qorinchasidan tashqari) bo`lishini ko`rsatish mumkin.
Tog`ayli baliqlar ichida buyi 15 sm keladigan ba'zi skatlar, buyi 15-20 m ga boruvchi ba'zi akulalar bor.

Download 26.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling