Ball „toʻp


Download 21.78 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2022
Hajmi21.78 Kb.
#329429
  1   2
Futbol
Bog'liq
2 mavzu Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari, Futbol, Hisobot Samarqand volontyorlar maktabi, Hisobot Samarqand volontyorlar maktabi, 7 КONUSSIMON TISHLI UZATMALAR ULARNING GEOMETRIK PARAMETRLARI, HOSIL, 1638626434 (2), 2-ma'ruza, 15 Ikki o‘lchovli tanlanma va uning tanlanma xarakteristikasi. Eng kichik kvadratlar usuli. Chiziqli regressiya tenglamasi, pustoy list, 5-класс Музыка КТП , 1-laboratoriya ishi uchun 2021-2022

Futbol (inglizcha foot — „oyoq“, ball — „toʻp“) — sport oʻyini, 2 darvoza (7,32x2,44 m) li maxsus maydon (90-120 x 45- 90)da toʻp bilan jamoa boʻlib oʻynaladi. F. toʻpining ogʻirligi 410-450 g, aylana diametrining uzunligi 68-70 sm, oʻyinning asosiy vaqti 90 daqiqa (45 daqiqadan 2 boʻlim, 12-15 daqiqa tanaffus). Maydonda ikkala jamoada 11 kishidan boʻladi. Oʻyindan maqsad raqib darvozasiga toʻpni oyoq yoki gavda qismlari bilan (qoʻldan tashqari) kiritishdan iborat. Faqat darvozabonlargina qoʻl bilan oʻynashi mumkin (jarima maydonchasida).

F.ga oʻxshash oʻyinlar miloddan avvalgi Misr va Sharq mamlakatlarida maʼlum boʻlgan, keyin Yevropaga oʻtgan. 1848-yilda Buyuk Britaniyadagi Kembrij un-ti oʻqituvchilari F.ning dastlabki zamonaviy qoidalarini ishlab chiqishgan. 1857-yilda shu mamlakatdagi Sheffild shahrida ilk F. klubi tashkil etilgan. 1863-yilda Angliya F. uyushmasi tuzilib, F. qoidalari tasdiqlangan. 18-asrning oxiri — 19-asrning boshlarida Yevropa va Jan. Amerika davlatlarida ham F. uyushmalari tashkil kilindi. 1896-yil F. olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi. 1904-yilda xalkaro futbol federatsiyasi -FIFA tuziddi. F. Braziliya, Germaniya, Italiya, Argentina, Buyuk Britaniya kabi davlatlarda keng rivojlangan. Pele, Maradona, F. Bekkenbauer, L. Yashin, 3. Zidan, R. Ronaldo va boshqa F.chilar bu oʻyinning jahonda ommaviylashishiga hissa qoʻshishdi.



Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan zamonaviy F. qoidalari asosida oʻyinlar oʻtkazilgan. 1912-yilda Qoʻqonda birinchi F. jamoasi tuzildi. Keyinroq Fargona, Samarqand, Toshkent, Andijon, Namangan shaharlarida ham F. jamoalari paydo boʻldi. 20-asrning 20-yillaridan mamlakatimizda turli toifadagi musobaqalar (1937-yildan Oʻzbekiston birinchiligi) muntazam ravishda oʻtkazila boshlandi. 1956-yilda Toshkentda „Paxtakor“ jamoasining tashkil etilishi va shu nomdagi stadion qurilishi respublikada F.ning rivojlanishiga turtki boʻldi. 20-asrning 80-yillaridan Oʻzbekistonda F.chilarning yangi avlodini tarbiyalashga kirishildi. M. Qosimov, I. Shkvirin, A. Abduraimov, M. Shatskix Oʻzbekistondagina emas, Osiyo va boshqa qitalarda ham nom qozondilar.

1959-yilda tashkil etilgan Oʻzbekiston futbol federatsiyasi 1992-yilda (keyin 2001-yilda) qayta roʻyxatdan oʻtdi. 1992-yildan F. boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati va kubogi, turli toifadagi musobaqalar oʻtkazib kelinyapti, F. jamoalarining xalkaro uchrashuvlarda ishtirok etishi taʼminlanayapti. Vazirlar Mahkamasining „Oʻzbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish tadbirlari toʻgʻrisida“ (1993-yil 18 mart) hamda „Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida“ (1996-yil 17 yanv.)gi qarorlari F.dagi yutukdarga zamin yaratdi. Fargʻonaning „Neftchi“ klubi MDH kubogining finaliga chiqdi (1994), „Paxtakor“ klubi Osiyo chempionlar ligasi yarim finalida oʻynadi (2003, 2004), mamlakat yoshlar terma jamoasi jahon chempionati final bosqichida qatnashdi (2003), Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Osiyo oʻyinlari (1994) va AfrikaOsiyo oʻyinlari (2003) gʻolibi boʻldi. Hozirgi kunda Oʻzbekistonda 36 ta (oliy va birinchi ligada) professional klub bor (2004). 2ligada 196 ta jamoa shunday makomga erishish uchun mamlakat birinchiligida qatnashyapti. F. klublari qoshida 18 ta F. internat maktablari, kollejlari faoliyat koʻrsatyapti, ularda 2000 dan ziyod oʻquvchi shugʻullanadi. Shuningdek, F.ga ixtisoslashgan bolalaroʻsmirlar sport maktablari ishi yaxshilandi. F. universiada, „Barkamol avlod“ va „Umid nihollari“ musobaqalari dasturlaridan urin olgan. Bolalaroʻsmirlar oʻrtasida respublikada oʻtkaziladigan „Futbol gʻunchasi“ musobaqalarida 692 jamoada 13840, „Futbolimiz kelajagi“ musobaqalarida 15035 jamoada 300700 oʻyinchi ishtirok etdi (2004). Ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida Andijonning „Andijanka“, Namanganning „Gulbahor“, Qarshining „Sevinch“ jamoalari yetakchilik qilib keladi. Faxriy F.chilar oʻrtasida ham muntazam ravishda musobaqalar uyushtiriladi. Jismoniy qobiliyati cheklangan F.chilar oʻrtasida Toshkentning „Matonat“ jamoasi (hozirgi „Baynalmilal“) jahon kubogini qoʻlga kiritgan (1991). Hozirgi kunda respublikada 362 ta stadion, 7113 ta F. maydoni mavjud, 460658 kishi (ulardan 4642 nafari ayollar) F. bilan shugʻullanadi, 1916 nafar murabbiy faoliyat koʻrsatadi (2004). „Oʻzbekiston futboli“ (Toshkent), „FutbolEkspress“ (Andijon), „Asr futboli“ (Namangan), „Inter futbol“ (Kosonsoy), „Boks plyus futbol“ (Toshkent) kabi ixtisoslashgan gazetalar chiqib turibdi. S. Arutyunov, Ye. Valitskiy, A. Keller, M. Akbarov, R. Akramov, Yu. Sarkisyan, M. Rahimov kabi murabbiylarning oʻzbek F. i ravnaqida xizmati katta. I. Toshmuhamedov, A. Imomxoʻjayev, B. Belozyorov, N. Rizametov, B. Haydarov singari tajribali hakamlar ishini davom ettirayotgan R. Ermatov va I. Kutsillo rasmiy nufuzli xalqaro musobaqalarni boshqarishdi. F.ning turlaridan biri minifutbol (futzal) dir. Maydonining oʻlchami 28-40 x 16-20 m, darvozasining oʻlchami 3x2 m, toʻpining ogʻirligi 400-600 g, aylana diametrining uz. 60-62 sm, oʻyinning sof vaqgi 40 daqiqa (20 daqiqadan 2 budim), jamoalar musobakalarda 12 tadan F.chini roʻyxatga kiritishadi, maydonga chiqqan ikkala jamoada ham 5 tadan F.chi (bittadan darvozabon) qatnashadi. MiniF. boʻyicha jahon chempionati 1989-yildan, Osiyo chempionati 1998-yildan boshlab oʻtkaziladi. Oʻzbekiston miniF. chempionati 1997-yildan boshlangan. Murabbiy R. Abdiyev boshchiligidagi Oʻzbekiston miniF. jamoasi Osiyo chempionatida 2oʻrinni egallagan (2001, Tehron). Ushbu jamoada A. Nurmatov, A. Korolyov, F. Qudratov singari F.chilar mahoratlarini koʻrsatishgan. Oʻzbekistonda 4244 ta miniF.ga moye maydon bor, 3235 kishi F.ning shu turi bilan shugʻullanadi (2004).

Futbol boʻyicha jahon chempionlariYil Chempion1930 Urugvay1934 Italiya1938 Italiya1950 Urugvay1954 GFR1958 Braziliya1962 Braziliya1966 Angliya1970 Braziliya1974 GFR1978 Argentina1982 Italiya1986 Argentina1990 GFR1994 Braziliya1998 Fransiya2002 BraziliyaFutbol buyicha Osiyo oʻiinlari chempionlariYil Chempion1954 Xitoy1958 Xitoy1962 Hindiston1966 Birma1970 Birma va Koreya Resp.

1974 Eron1978 KXDR va Koreya Resp.

1982 Eron1986 Koreya Respublikasi1990 Xitoy1994 Uzbekistan1998 Eron2002 Eron

Futbol bu «oyoq to`pi» dеgan ma`nodagi inglizcha so`z bo`lib, Frantsiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan.

Futbol bu chinakam atlеtik o`yin. U tеzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam bеradi. Futbolchi o`yin paytida xaddan tashqari ko`p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma`naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam bеradi. Futbol o`ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko`rishda yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi. Yonalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, to`pni tеpish, to`xtatib olish va olib yurish, maksimal tеzlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bo`lgan ko`pgina muxim xislatlarni o`stiradigan sport o`yini dеb xisoblash imkoniyatini bеradi.

Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Grеtsiya va Rimda ma`lum bo`lgan «Garponon» (o`sha paytda futbol shunday atalar edi) o`yinini o`ynagan qadimgi Grеtsiya o`smirlari maydon o`rtasidan turib to`pni raqiblar tomoniga o`tkazishgan, Goy Yuliy Sеzarning rimlik ligionеrlari to`pni har qanday usul va priyomlarni qo`llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar. O`rta asrlarda o`yin kеng tus oldi. Bunda ko`cha va qishloqlar maydon o`rnida xizmat qilardi. Musobaqalar kun o`rtasida boshlanar edi va qorong`u tushgancha davom etardi. To`pni butun shahar bo`ylab ma`lum bir joygacha surib kеlishga erishgan «komanda» g`olib xisoblanardi. O`yin tartibsiz bir urib yigitga o`xshar, ko`p xollarda qon to`kar, mushtlashishgacha borib еtardi. Shu sababdan va «jin o`yin» sifatida ingliz qirollari futbolni ko`p marta taqiqlaganlar. Bu taqiq 200 yil amalda bo`ldi.

X1X asr o`rtalariga kеlib, sport mеtodi jismoniy tarbiyaning eng ma?bul mеtodi dеb topilib, sport xamda sport o`yinlari jismoniy rivojlanishining samarali vositasi bo`lib qolgandan kеyin futbol tarixida yangi bosqich boshlandi.

Oyoqda to`p o`ynash birinchi galda ingliz kollеjlari hamda univеrsitеtlarida yoyildi. X1X asrning ikkinchi yarmidan futbol o`yinida ochiq oydin ikki yo`nalish tarkib topadi. Ulardan birini London hamda Kеmbrij kollеjlari qollab quvatlar edi. Bular 1863 yili futbol assotsiatsiyasi tuzadilar va yumaloq toni oyoqda o`ynashi rasm qilishga qaror qiladilar. 1848 yili Kеmbrij futbol klubi birinchi bor yagona o`yin qoidalarini joriy qiladi va bu qoidalarni nashr etishga qaror qilinadi. Afsuski, ular bosmadan chiqmay yo`qolib kеtadi. Bizgacha еtib kеlgan qoidalar 1863 yil 8 dеkabrda e`lon qilingan. Bu qoida 13 banddan iboratdir. hozir biz bilgan futbol ana shunday paydo bo`lgan. 1863 yilgi qoidalar hozirgi qoidalardan farq qilgan. 1871 yili golkipеr

( darvozabon ) larga qo`lda o`ynash ruxsat bеrildi.

Burchakdan to`pni kiritish 1873 yilda kiritildi. 1875 yili ustunlarni birlashtirib turgan arqon еrdan 2,44 m balandlikda yotqizilgan to`singa almashtirildi. 1882 yili 4ta mustaqil futbol ittifoqi Angliya, Shotlandiya, Uels va Irlandiya futbol ittifoqlari birlashdilar. Futbol maydonida xakam birinchi marta 1880 – 1881 yillarda ishtrok etadigan bo`ldi. 1891 yili xakam maydonga ikkita yordamchisi bilan tushadigan bo`ldi. Xalqaro miqyosidagi dastlabki futbol o`yini 1873 yili Angliya va Shotlandiya futbol jamoalari o`rtasida bo`lgan edi. Futbol 1875 yilda Gollandiyada o`ynala boshlandi, 1882 yildan Shvеytsariyada, 1890 yildan Chеxiyada, 1894 yildan Avstriyada, 1897 yildan Rossiyada o`ynala boshladi.

1904 yili Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA ) tuziladi. hozir uning sostavida 190 ga yaqin mamlakat bor. 1954 yildan bеri Еvropa futbol ittifoqi UЕFA ham ishlab turibdi. Unga 50 ga yaqin mamlakat a`zo bo`lib kirgan. 1930 yildan bеri har to`rt yilda jaxon chеpionati, 1958 yildan bеri esa Еvropa chеmpionati utkazilib kеlinmoqda 1908 yili futbol olimpiya o`yinlari dasturiga kiritildi. UЕFA raxbarligida quydagi kubok o`yinlari o`tkazilib turadi:

Еvropa chеmpionlari kubogi (1956 yildan bеri).

Kubok egalari kubogi (1961 yildan bеri).

Bular endilikda UЕFA kubogi dеb yuritiladi

Futbolni ixtiro qilgan kimsa bilan bog'liq bir nechta qarama-qarshiliklar mavjud. Dunyoning ko'plab mamlakatlarida futbol sifatida mashhur bo'lgan bu bugungi kunda eng mashhur sport turlaridan biri ekanini inkor qilish qiyin. Keling, futbolning yillar davomida qanday rivojlanishi va tarqalishini o'rganaylik.

Qadimgi davrdagi futbol

Ba'zilar futbol tarixining mil. Avv. 2500 yilgacha cho'zilganini bildirmoqdalar. Bu davrda yunonlar, misrliklar va xitoyliklar to'p va oyoq bilan bog'liq o'yinlar ishtirok etishgan.

Ushbu o'yinlarning ko'pchiligi qo'lni, oyoqni va hatto to'pni nazorat qilish uchun tayoqlarni ham o'z ichiga oladi. Harpastumdagi Rim o'yinlari har bir tomon imkon qadar uzoqroq vaqt davomida kichik to'pni saqlab qolishga harakat qiladigan to'pga asoslangan o'yin edi. Qadimgi yunonlar " Episkiros " deb nomlangan shu kabi o'yinda ishtirok etishdi. Ikkala o'yin ham zamonaviy futbolga qaraganda ragbeyga yaqin bo'lgan qoidalarni aks ettiradi.

Ushbu qadimiy o'yinlardan eng muhimi bugungi kunda "Assotsiatsiya Futboli" ga Tsu Tsxu ( Tsu-Chu yoki Cuju , ya'ni "to'pni tekislash" ma'nosini anglatuvchi) o'yinidir. O'yin yozuvlari Xan Dynasty'si davrida (mil. Avv. 206 - mil. 220 y.) Boshlanib, harbiylar uchun mashq mashqlari bo'lishi mumkin.

Tsu'Chu ikkita bambukdan iborat qutblar orasidagi teshikka kichik teri to'pini tekkizib qo'ydi. Qo'llarni ishlatishga yo'l qo'yilmadi, biroq futbolchi oyog'ini va tanasining boshqa qismlarini ishlatishi mumkin edi. Tsu'hu va futbol o'rtasidagi asosiy farq erdan taxminan 30 futga yaqin bo'lgan maqsadning balandligi edi.

Tsu'Chhu o'yinlaridan boshlab, butun dunyo bo'ylab futbolga o'xshash o'yinlar tarqaldi. Ko'plab madaniyatlarda oyoqlaridan foydalanishga qaratilgan tadbirlar, shu jumladan, hozirgi kunda Yaponiyada faoliyat yuritayotgan Kemari ham bor edi. Mahalliy amerikaliklar Pahsaherman , mahalliy avstraliyaliklar Marn Grook, Moari esa Ki- rahi edi.

Angliya futbolning uyi

Futbol Yevropada O'rta asr davridan boshlab rivojlana boshladi. 9-asr atrofida Angliyaning barcha shaharlarida cho'chqa go'shti bir nuqtadan ikkinchisiga o'ralashardi. O'yin odatda qiyinchilik sifatida ko'rindi va Angliya tarixining ayrim davrlarida ham man qilindi.

"Xalq futboli" deb nomlanuvchi turli xil shakllar ijro etildi. Angliya o'yinlarining ba'zilari bir-biriga qarshi ikkita katta va juda tezkor jamoa bo'lib turgan. Ular shaharning bir burchagidan ikkinchisiga qadar cho'zilishi mumkin, har ikki jamoa to'pni o'z raqiblarini golga aylantirmoqchi.

O'yinlar odatda past ko'rsatkichga ega deb aytilgan. Standart qoidalar bajarilmadi, shuning uchun deyarli hamma narsa ruxsat etilgan va tez-tez o'ynash juda zo'ravonlikka aylandi. Seshanba kuni ko'pincha yilning eng katta o'yinlarini ko'rgan va ko'pchilik o'yinlari katta ijtimoiy tadbir edi.

Mamlakat sanoati rivojlanganligi sababli shaharlarning kosmik cheklovlari va ishchilar uchun kamroq bo'sh vaqtlari xalq futbolida pasayish kuzatilgan. Bu qisman zo'ravonlik bo'yicha qonuniy xavotirlarga ham taalluqli edi.

Xalq futbolining versiyalari Germaniya, Italiya, Fransiya va boshqa Evropa mamlakatlarida ham ijro etilgan.

Zamonaviy futbolning paydo bo'lishi

Futbolni kodifikatsiya qilish 19-asr boshlarida Buyuk Britaniyaning davlat maktablarida boshlangan.

Xususiy maktab tizimida «futbol» o'yinlari o'ynash va chopish davrida qo'llar ishlatilgan o'yin edi, aks holda zamonaviy futbol shakli shakllandi.

Har ikki tomondan ikki barobar gol qo'yildi, darvozabonlar va taktikalar kiritildi va yuqori saviyadagi qoidalar taqiqlandi. Shunga qaramay, qoidalar katta darajada o'zgargan: ba'zilari regbi o'yiniga o'xshash, ba'zilari esa shov-shuv va mashq qilishni afzal ko'rgan. Masofa cheklovlari o'yinni zo'ravonlik manbalaridan pastga aylantirdi.

Angliya qoidalari va qoidalari rivojlanishda davom etdi va 1800-yillarda maktablarda maxsus futbol klublari paydo bo'ldi. Shunga qaramay, hatto yarim tashkil etilgan shaklda ham qoidalar ragbendan zamonaviy futbolga to'g'ri keldi. Odatda o'yinchilar bir-biriga urilib, biqinlardagi raqibni tekkizishganda, u faqat ushlab qolinganida qotib qoldi.

Yillar davomida maktablar bir-biriga qarshi o'yinlarni o'ynashga kirishdilar. Shu vaqt mobaynida o'yinchilarga qo'llarini ishlatish uchun ruxsat berildi va faqatgina rebutsiyada bo'lgani kabi to'pni orqaga qaytarishga ruxsat berildi.

1848-yilda Kembrij universitetida "Kembrij qoidalari" tashkil etilgan. Bu o'quvchilar tugatilganidan keyin safarda harakat qilishlariga va kattalar futbol klublari keng tarqalishiga imkon bergan bo'lsa-da, o'yinchilar to'pni boshqarishda davom etishlari mumkin edi. Bugungi kunda biz ko'rib turgan zamonaviy futbol o'yinini ishlab chiqarish uchun hali ham biroz yo'l bor edi.

Futbol assotsiatsiyasining tashkil etilishi




Download 21.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling